es
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

Ir al canal en Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
629 058
Suscriptores
-46724 horas
+6 5897 días
-7 67630 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
🏅O’zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o’yinlarida 96 ta medal jamg’arib, umumjamoa hisobida 2-o’rinni egallashdi 🇸🇦Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o’tkazilgan VI Islom birdamligi oʻyinlari yakunlandi. Unda sportchilarimiz 🥇29 ta oltin, 🥈35 ta kumush va 🥉32 ta bronza medali bilan 57 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 🇹🇷Turkiyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi. ℹ️ Ma’lumot uchun, delegatsiyamizning ushbu musobaqalardagi eng yaxshi natijasi 2022-yil Turkiyaning Ko’niya shahrida bo’lib o’tgan V Islom birdamligi o’yinlarida qayd etilgan. O’shanda vakillarimiz 51 ta oltin,42 ta kumush va 65 ta bronza, jami 158 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbon Turkiyadan so‘ng ikkinchi o’rinni egallashgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
Photo unavailableShow in Telegram
Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni bilan (PF-226-son, 21.11.2025) farmoni qabul qilindi. U bunga qadar Bo‘ka tuman sudi raisi edi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
03:27
Video unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan, bo‘lajak rafiqasining hovlisini aldab sotib yuborgan kuyovto‘ra voqeasi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Shahzod Rismatov (1997-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. Sud hukmiga ko‘ra, Shahzod Rismatov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shu bilan birga sudlanuvchi hisobidan jabrlanuvchilar J. Yu. foydasiga 3 mlrd 448 mln 701 ming so‘m, S. S. foydasiga 925 mln 769 ming so‘m va J. A. foydasiga 464 mln 672 ming so‘m miqdorida zarar undirilishi belgilandi. Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, “Katta Oqtepa” MFY, Oqtepa ko‘chasi, 5A/3,4-uy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha fuqarolik ish yuritish tartibida murojaat qilish huquqi tushuntirildi. Daryo nashrining yozishicha, sudning alohida ajrimi bilan ishga aloqador boshqa shaxslarga, jumladan, Real Sanjik taxallusi bilan faoliyat olib boruvchi blogerga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasiga xabar qilinishi belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
IMG_6601.MP418.25 MB
star reaction 5
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇨🇳 Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi aytib o'tildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🔺UZTELECOM loyihalarning uzluksiz ishlashi uchun mo‘ljallangan moslashuvchan serverlar hamda ishonchli xavfsizlik yechimlarini taqdim etadi 💻 Bulutli xizmatlar. Xavfsiz, tezkor va istalgancha kengaytirish mumkin. Ma’lumotlar, hujjatlar va loyihalarni saqlash, zaxiralash, 24/7 kirish imkoniyati, virtual serverlar va S3-xotirani boshqarish funksiyalari mavjud. 🎥 Videokuzatuv tizimi. Uy, ofis yoki dala hovlingiz ustidan to‘liq nazorat. Onlayn kuzatish, yuz va avtomobil raqamlarini aniqlash, harakat, shovqin yoki yong‘in bo‘yicha ogohlantirishlar, shuningdek, qulay videoarxiv. ✅ Bepul sinov muddatida bulutli xizmatlarni sinab ko‘ring. ⚡️ Videokuzatuvni hoziroq ulang — barcha imkoniyatlardan foydalanishni boshlang! 👍 Ijtimoiy tarmoqlar | 📱 Mobil ilova | 👍 Matbuot xizmati | 👍 Blog | Reklama
Mostrar todo...
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Temur Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda. Hozir Indoneziyada ekan. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
IMG_2536.MP47.79 MB
star reaction 43
Photo unavailableShow in Telegram
🚧 Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi Qaysi ko‘cha? Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayraqo‘ch ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.Qancha muddatga? Bugun, 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha. ❓Nima sababdan? Yo‘lda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
💰 Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: 🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi; 🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali: ▪️ avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi; ▪️ kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan (20 mln 600 ming so’m) oshmasligi lozim; ▪️ ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
🛜 Ucell uy Wi-Fi tarmog‘iga 5G internet — 40% chegirma! Atigi 1 290 000 so‘m evaziga router + 1 yillik internet ulating. Nimalarga ega bo‘lasiz? 1) 4G dan 10 baravar tezroq1 Gbit/soniyagacha bo‘lgan haqiqiy 5G tezligi; 2) Simsiz o‘rnatish — shunchaki yoqasiz, darrov ishlaydi; 3) Filmlar, o‘yinlar, ish va o‘qish uchun uzluksiz internet. ✅ Fursatni qo‘ldan boy bermang — havola orqali ulaning! Reklama
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirgina yakunlangan o’yinda “Paxtakor” o’z uyida “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag’lub etdi va Super liga turnir jadvalida 2-o’ringa ko’tarilib oldi. Deyarli butun mavsum peshqadam bo’lib kelgan va raqiblaridan katta ochko oldinda borgan “Nasaf” yakunda hatto kuchli uchtalikka ham kira olmasligi mumkin. Chunki ertaga “Dinamo” Samarqandda “Qo’qon-1912” ni mag’lub etsa, “Nasaf” 4-o’ringa tushib ketadi. Shanba kuni “Neftchi” o’z uyuda “Qizilqum”ni mag’lub etsa, muddatidan oldin chempion bo’ladi. Farg’onaliklarni katta bayram kutib turibdi. Super liganing oxiri juda qizib ketdi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 16
Photo unavailableShow in Telegram
Xujanov Aziz Majidovich “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Transport vazirligi Ijro intizomi va nazorat boshqarmasi boshlig‘i edi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Ma’lumot uchun: Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Unga ko‘ra, milliy qo‘mita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
Pulatov Farrux Jaxongirovich O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Kudbiyev Sherzod Davlyatovich O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
❗️Davlat korxonalarida boshqaruv xodimlari soni 10 foizgacha qisqartiriladi Bu bo’yicha Prezident farmoyishi qabul qilindi. Shuningdek, 2026-yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo’lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyati samaradorligini oshirish belgilandi. Farmoyishda davlat korxonalari Prezident qarorlari va topshiriqlaridan tashqari boshqa hollarda homiylik yordamlarini ko’rsatishni to’xtatishi ham ko’zda tutilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 5 ta o‘rin ko‘tarildi va 50-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa Qatarni quvib o’tib, 5-jamoaga aylandik. Bizdan yuqorida Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (22) va Avstraliya (26) joy olgan. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 5
Photo unavailableShow in Telegram
❗️O‘zbek shaxmatida tarixiy kun!!!! Hozirgina Javohir Sindorov tay-brekda Xose Martinezni mag‘lub etib, Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi!!! Bu degani ikki nafar o‘zbek shaxmatchisi — Nodirbek Yakubboyev hamda Javohir Sindorov yarim finalda o‘zaro bahs olib boradi! Bu degani Jahon kubogi finalida 100% bir nafar o‘zbek shaxmatchisi o‘ynaydi, degani. ❗️VA ENG ASOSIYSI!!! Jahon shaxmat toji uchun yo‘llanma beradigan Nomzodlar turnirida kamida bir nafar o‘zbek shaxmatchisi 100% ishtirok etadi degani! Bunaqasi o‘zbek shaxmati tarixida ilk marta bo‘lmoqda! Sababi Jahon kubogida dastlabki uchta o‘rinni egallagan shaxmatchi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi. Hozir 4 nafar yarim finalchining 2 nafari o‘zbeklar! Barakalla! Yashavor, o‘zbek o‘g‘lonlari!!! Xudo xohlasa, katta umidimiz, Nodirbek ham, Javohir ham Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi! Sababi yarim finalda yutqazganlar 3-o‘rin uchun bahsda yana kuch sinashadi va unda g‘alaba qozongan shaxmatchi ham Nomzodlar turnirida o‘ynaydi. Demak, ikkala shaxmatchimizda ham ushbu nufuzli turnirga chiqish imkoniyati mavjud! 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 15
Viloyat hokimliklariga ovqatlanish, savdo va servis sohasidagi milliy brendlarning joylarda filial tashkil etish bo‘yicha loyihalariga ko‘maklashish topshirildi. Agar brendlar yangi ochiladigan filial uchun xodimlarni o‘zim o‘qitaman, desa, buning xarajati Bandlik jamg‘armasidan qoplab beriladi. Filialini ko‘paytirish istagidagi brendlar uchun yangi moliyaviy instrumentlar joriy qilinib, 2026-yilda bunga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Kelgusi yilda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurish maqsad qilingan. Har bir hokim bundan samarali foydalanib, qurilish sohasining o‘zidan kamida 20-25 ming, yaratilgan infratuzilma orqali 10 ming kishini bandligini ta’minlashi mumkinligi qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 4
Bosh vazirga bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani 20 ta tuman hokimlariga chora ko'rish topshirildi. Bular: Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, O‘zbekiston, Guliston, Yakkabog‘, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinko‘l, Qiziriq, Kogon tumanlari. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2