Farg'ona viloyati hokimligi
Ir al canal en Telegram
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
Mostrar más2025 año en números

38 990
Suscriptores
-20324 horas
-7267 días
-2 48630 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar
⚡️ Farg’ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi HARVARD universitetiga to'liq grant, ya'ni 392 000$ lik grant bilan integrative biology (integratsiyalashgan biologiya) yo'nalishiga qabul qilindi.
🔹 Eslatib o‘tamiz, o'quvchimiz xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni, SAT imtihonidan 1540 ballni qo’lga kiritgan bo'lsa Nemis tilidan Multilevel imtihonida ham B2 darajani egallagan.
🌎 Dilafruz maktabdagi eko-qo’mita sardori, Yangi O’zbekiston Universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi qatnashchisi, Breakthrough Junior Challenge Top 30%dagi video sohibasi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi 2022-2023 yarim-finalisti va ingliz tili olimpiadasining viloyat bosqichi g’olibi ya’ni 1-o’rin egasi.
👍 133👏 44❤ 18🔥 16🙏 4🥰 3🕊 2👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi.
Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 4👍 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi.
Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
12.MP422.75 MB
👍 12❤ 3🕊 1
Farg’onada Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashning 2025-yil yakunlari va 2026-yilda texnikumlarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, viloyat miqyosidagi tashkilot va idoralar rahbarlari, yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari, shuningdek, viloyatdagi 62 ta texnikum rahbarlari ishtirok etdilar.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 6👍 2👏 2
Yozyovon tumanida germaniyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Alcon Development GmbH” kompaniyasi vakillari Shamil Shirinov va Qureshi Ahsen Rashidni qabul qildi.
Uchrashuvda kelishuvlar doirasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari, viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan g‘o‘zapoyani qayta ishlab, biochar — maxsus ko‘mir tayyorlash loyihasi muhokama qilindi.
—
Хоким области Хайрулло Бозоров встретился с представителями немецкой компании Alcon Development GmbH Шамилем Шириновым и Куреши Ахсеном Рашидом.
—
Governor Khayrullo Bozorov met with representatives of Germany’s Alcon Development GmbH, Shamil Shirinov and Qureshi Ahsen Rashid.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 5🎉 1
02:58
Video unavailableShow in Telegram
FarDU talabalaridan MILLIY kontent!
O‘zbekona liboslar jilosi, milliy ohanglar sehri, Quva bog‘larida ipga chizilgandek tovlanib turgan alvon olmalar — bularning barchasi yagona videokontentda mujassam.
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Vodiy1 tomonidan Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokida tayyorlangan ushbu milliy videokontent Sizga albatta, manzur bo‘ladi.
Cover uslubida ijro etilgan mashhur qo‘shiq muallifi — O‘zbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Seni sog‘inmoq.mp430.21 MB
👍 14❤ 8
Viloyat hokimligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona filiali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida mazkur tanlovning yakuniy — final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ikki shart asosida tashkil etildi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Marhaboxon Boboyeva, O‘zbekiston tumani xotin-qizlar faoli, 2-o‘rinni Hamdam Mahmudov, Qo‘shtepa tumani Xo‘jaqishloq MFY yoshlar yetakchisi,
3-o‘rinni Firdavs Ergashev, Rishton tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi egalladi.
Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 12❤ 10
Farg‘ona shahrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida shuningdek, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxonov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha murojaatlarni tingladi.
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va joylardagi holatni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan qabulda 150 ga yaqin hamyurtlarimiz o‘z masalalari bilan murojaat qildilar.
—
В Фергане состоялся очередной массовый выездной приём граждан под руководством хокима области Хайрулло Бозорова
—
A new round of the Governor’s open-air public reception was held in Fergana city under the leadership of Governor Khayrullo Bozorov.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 9👍 4
02:33
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanishdan ehtiyot boʻling, tavsiyalarga amal qiling!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
IS GAZI ELON2.mp414.39 MB
👍 2❤ 1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Ijtimoiy xodimlarning qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandiQonun (O'RQ–1102-son, 17.12.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. 📙 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo'yicha loyihaning alohida bo'limi mavjud bo'lmagan holda ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish: ▪️ BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi. ⛔️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boshqarmalari, "Inson" markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish, ularning qonunchilikda belgilangan talablarini bajarmaslik: ▪️ fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo'lishi ko'zda tutildi. 📁 Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlamaslik, - ▪️ mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi nazarda tutildi. 💸 Shuningdek, Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a'zolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida BHMning 100 baravarigacha to'g'ridan-to'g'ri beriladigan pul mablag'lari tarzidagi homiylik xayriyalariga daromad solig'i solinmaydi. 💰 Nogironligi bo'lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. 📝 Bundan tashqari, ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamlar ko'rsatish uchun mazkur Agentlikka ma'lumotlarga ishlov berish vakolati berilishi nazarda tutildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 5👍 1
Farg‘onada O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tashkil etilganligining 100 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Burhonjon Qo‘ldoshev, Komila Kavlonova so'z olib, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining insonparvarlik yo‘lidagi ko‘p yillik faoliyatiga yuksak baho berib, jamiyatning yuz yil davomida og‘ir vaziyatlarda aholi uchun ishonchli tayanch bo‘lib, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zib kelayotganligini ta’kidladilar.
Jamiyatning aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda xayriya ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Tadbirda jamiyat faoliyatida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir qator xodimlar va volontyorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbirida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga quvonch ulashdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 6❤ 3
03:17
Video unavailableShow in Telegram
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mahdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha 7 ta masofaning barchasini zafarli zabt etib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi!
U o‘zbek qizining jahonda tengsiz ekanligini isbotlash maqsadida 2028-yilda AQSH (Los-Anjeles)da o‘tkaziladigan Para olimpiada musobaqalariga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Biz senga ishonamiz, Mahdiya! Sen bu ishonchni albatta oqlaysan!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Rolik Mahdiya suzuchi~1.mp455.18 MB
👏 10🔥 5❤ 4🎉 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ro‘yxatga olish — soliqqa tortish emas
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ayrim fuqarolar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmasligi lozim. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi soliq solish, jarima qo‘llash yoki nazorat choralarini kuchaytirish emas.
Ro‘yxatga olish jarayonida yig‘ilgan barcha ma’lumotlar statistik ma’lumotlarni shakllantirish, ularni tahlil qilish va umumlashtirilgan holda davlat rejalashtirishida foydalanish maqsadida qo‘llaniladi. Ushbu ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan ko‘rinishda e’lon qilinadi hamda alohida shaxsni aniqlash imkonini bermaydi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish davomida taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar boshqa tashkilotlarga uzatilmaydi. Bu talablar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunlari bilan qat’iy kafolatlangan.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 4👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
E-auksion.uz platformasi orqali Farg'ona viloyatidagi ko'chmas mulklarni sotib oling!
⚡️Ko‘p qavatli turar-joylar - 20 ta
⚡️Turar-joy uchastkasi (hovli) - 24 ta
⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlari - 1 ta
⚡️Noturar-joy obyektlari - 524 ta
⚡️Qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli turar-joylar - 1 ta
⚡️Qurilishi tugallanmagan binolar - 3 ta
⚡️Boʻsh yerlar - 12 ta
⚡️"O‘zagroservis" AJ ko'chmas mulklari - 4 ta
⚡️"O‘zagrokimyohimoya" AJ bino-inshootlari - 16 ta
⚡️Davlat obyekti - 35 ta
⚡️Barchasini ko‘rish
Izoh: Ba'zi toifadagi mulklarning "E-auksion" platformasida chegirma yoki muddatli to'lov asosida sotuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Hukumat qarorlarida belgilab qo‘yilgan tartibda o‘tkaziladi!
☎️ 71 202-21-11
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi tomonidan Matbuot anjumani o'tkazildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
18.62 MB
👍 5🔥 2👏 2
#Xushxabar
Farg‘ona davlat universiteti talabasi Para Osiyo o‘yinlarida 7 ta oltin medal sohibasi bo'ldi!
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida ishtirok etgan Farg‘ona davlat universiteti talabasi Maxdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha 7 ta masofaning barchasida faol qatnashib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
4.20 MB
👍 18❤ 5🔥 4😍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar
Farg‘ona davlat universiteti talabasi Para Osiyo o‘yinlarida 7 ta oltin medal sohibasi bo'ldi!
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida ishtirok etgan Farg‘ona davlat universiteti talabasi Maxdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha 7 ta masofaning barchasida faol qatnashib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
