2025 año en números

56 112
Suscriptores
Sin datos24 horas
+2227 días
+1 35330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi?
🔑 ERI parolingizni unutdingizmi? Uni tiklash juda oson!
Agar siz elektron raqamli imzo (ERI) kalitingiz parolini unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, xavotir olmang — uni bir necha bosqichda tiklashingiz mumkin! 💡
📲 1-qadam:
https://e-imzo.soliq.uz/ saytiga kiring.
🖱 2-qadam:
O‘ng tomondagi menyudan "ERI parolni olish" tugmasini tanlang.
🧩 3-qadam:
Chiqqan oynada rasmda ko‘rsatilgan tasdiqlovchi kodni kiriting.
📂 4-qadam:
Parolni tiklamoqchi bo‘lgan ERI kalitingizni yana bir bor tanlang va "Parolni olish" tugmasini bosing.
📩 TAYYOR! Parol sizning ERI kalitingiz bilan bog‘langan telefon raqamingizga SMS orqali yuboriladi.
⏱️ Butun jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, qog‘ozbozliksiz va navbatsiz!
🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing — ERI parolini tiklash mumkin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 14👍 6🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarini tayinlash tartibi soddalashtirildi!📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-son qaroriga asosan: 🔹 fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash; 🔸 ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya pul to‘lovini proaktiv shaklda tayinlash; 🔹 yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiya pul to‘lovlarini proaktiv shaklda tayinlash; 🔸 nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash belgilandi. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❓Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibidan xabardormisiz?
💠Biologik himoya vositalari — qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va o‘simlik mahsulotlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari.✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun tadbirkorlik subyekti Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Biosifat” respublika markazining elektron tizimi orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: “Biosifat” respublika markazi. ⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 13 ish kuni. 📋 Xizmat natijasi bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentabrdagi 595-son qarorida belgilangan miqdorlarda to'lov undiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 11👍 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❓Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
💠NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun NNTning vakili Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 1-3 baravari.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni.
📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 7🔥 2
00:42
Video unavailableShow in Telegram
#eslatma
Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolar e’tibor berishlari kerak bo’lgan holatlar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
IMG_4661.MOV15.38 MB
❤ 15👍 11🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❓Jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.
❗️Eslatma: Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 7🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❓Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
💻Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.
🗓Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
💰Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.
🧾Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.
⏳Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 31👍 5🔥 2
#Adliya_hudud
✅ Adliya vazirligi mas'ullari fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatmoqda
🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.
🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 25👍 7🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi. ❗️E’tibor bering: DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno). U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi: ✅ xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi, ✅ hujjatlaringizni tekshiradi, ✅ to‘g‘ri rasmiylashtiradi, ✅ tegishli vakolatli organga yuboradi. 🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda. Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin. 🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 11👍 1🔥 1
Repost from TgId: 1447170635
Kanalimizni qaysi soha vakillari kuzatishadi?Anonymous voting
- Adliya xodimlari
- Tadbirkorlar
- O'qituvchilar
- Shifokorlar
- Talabalar
- Boshqa soha vakillari
👍 6❤ 4🔥 3
#Adliya_hudud
✅Adliya vazirligi mas'ullari Namangan viloyatida.
🔹Adliya vazirligi mas’ul xodimlari davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi ko'zdan kechirib, sohani yanada rivojlantirish bo’yicha muhim tavsiyalarni berdi.
🔸Namangan shahar DXMdagi oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-axloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.
🔹Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tinglandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qulaylik
📨 Xorijga chiqish biometrik pasportini Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!🚗 Endilikda tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasportini olish uchun migratsiya bo'linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borishingiz shart emas. ✅ Buning uchun ariza berayotganda xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berilishini ko‘rsatsangiz kifoya. 💰Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi. ⌛️Tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasporti pochta xizmati orqali 1-2 ish kunida yetkazib beriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qarori. ✨ Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 4🔥 2
✅Davlat xizmatlari samaradorligi o‘rganilmoqda
🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan har bir xizmat xronometrajdan o'tkazilmoqda.
🔸Monitoringdan asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish orqali xizmat sifatini oshirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
🔹O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga takliflar ishlab chiqiladi va tegishli amaliy choralar-tadbirlar belgilab olinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
✅2025-yil 2-chorak yakunlariga ko'ra, Davlat xizmatlari markazlarining ko'rsatkichlari.
🔹Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Surxondaryo viloyati – 99,99 %
2. Farg‘ona viloyati – 99,99 %
3. Samarqand viloyatlari – 99,99 %
🔹Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani – 99,99 %
2. Jizzax viloyati, Do‘stlik shahri – 99,99 %
3. Namangan viloyati, Namangan shahri – 99,99 %
🔸Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha bahosi eng quyi bo‘lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 97,24 %
2. Toshkent shahri – 98,91 %
3. Jizzax viloyati – 98,98 %
🔸Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani – 20,09 %
2. Farg‘ona viloyati, Quva tumani – 84,03 %
3. Jizzax viloyati, Arnasoy tumani – 87,08 %
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 24👍 7🔥 5
03:29
Video unavailableShow in Telegram
#adliya_hudud
✅Adliya vazirligi mas'ullarining Navoiy viloyatida huquqiy xizmatlar sifatini o'rganish ishlari davom etmoqda.
🔹Navbatdagi manzillar Qiziltepa, Karmana tumanlari va Navoiy shahri bo'ldi. O'rganishdan maqsad - DXM va FHDY bo'limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, soha rivojlanishi uchun amaliy tavsiyalar berishdan iborat
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
KARMANA NAVOIY.mp417.60 MB
❤ 19
✅Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida Nukus shahar va Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlarida bo'ldi.
🔹Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
🔹Markazda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti, xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi.
🔹Xizmat safari yakunida adliya vaziri o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 11👍 7🔥 3
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson!
Pensiya avtomatik tarzda qanday tayinlanadi? Kompozit xizmati nima? Tug’ilishni qayd etish uchun FHDY ga borish shart emas.
“Yuridik klinika plyus”ning bu galgi sonida davlat xizmatlari sohasidagi qulayliklar, muhim yangiliklar muhokama markazida bo‘ladi.
To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=2I7A9LcKvls
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 10👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️Bilasizmi, sizning quyidagi harakatlaringiz ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi:🔹 xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish; 🔹 amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan tegishli hujjatsiz shug‘ullanish; 🔹 litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish. 🧾 Qonunchilikda amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan hamda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari belgilangan. ‼️ Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
❓Qachon davlatning rasmiy yoki qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish mumkin?📌 Qonunchilikka muvofiq, davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga beriladi: 🔹O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa; 🔸davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari; 🔹ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari; 🔸respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari; 🔹respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18👍 2🔥 2
#Bilasizmi
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun qulaylik!
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
✅ Bu tizim quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.
Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 12👍 3
