Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ir al canal en Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov
Mostrar más2025 año en números

136 981
Suscriptores
+3824 horas
+1 4637 días
+1 35030 días
Archivo de publicaciones
Kecha Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa shaharlarida havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz topshirig‘i bilan tuzilgan Maxsus komissiya a’zolari, hokimlar va idoralar rahbarlarining bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda tizimli yondashuv zarurligi - qabul qilinayotgan qarorlar bugun natija berishi bilan birga, kelgusida bunday inqirozlarning oldini olishi kerakligi ta’kidlandi.
Shaxsiy nazorat doirasida Saida Shavkatovna Qibray tumaniga borib, kuniga 150 kilogrammga yaqin ko‘mir yoqayotgan issiqxonalardan birini ko‘zdan kechirdi. Atrof-muhit va fuqarolar sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazadigan bunday amaliyotga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, iqtisodiy foyda ekologiyaga zarar yetkazishni oqlay olmasligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning ekologik texnologiyalarga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tekshiruv yakunida mutasaddilarga nazoratni kuchaytirish, filtrlar o‘rnatishni jadallashtirish, ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Maxsus komissiyaga xavfsiz va barqaror ekologik vaziyatni ta’minlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirilgan tartibda davom ettirishga ko‘rsatma berildi.
—
Вчера под председательством руководителя Администрации Президента Саиды Мирзиёевой состоялось совещание, посвященное мерам по стабилизации ситуации, связанной с загрязнением воздуха в Ташкенте и других городах страны.
Были заслушаны отчеты членов Специальной комиссии, созданной по поручению Президента, хокимов и руководителей ведомств о проводимой работе в этом направлении. На совещании подчеркнута необходимость системного подхода – решения должны давать эффект не только сегодня, но и предотвращать подобные кризисы в будущем.
В рамках личного контроля Саида Шавкатовна выехала в Кибрайский район, где проинспектировала одну из теплиц, ежедневно сжигающую порядка 150 килограммов угля. Она отметила недопустимость подобной практики, наносящей прямой вред окружающей среде и здоровью граждан, и подчеркнула, что экономическая выгода не может служить оправданием ущерба экологии.
В то же время указано на необходимость поддержки предпринимателей в переходе на экологичные технологии. По итогам инспекции ответственным лицам даны дополнительные поручения, направленные на ужесточение контроля, ускорение установки фильтров и модернизацию производственных объектов.
Специальной комиссии предписано продолжать работу в усиленном режиме для обеспечения безопасной и стабильной экологической ситуации.
—
Yesterday a meeting was held under the chairmanship of the head of Administration of the President Saida Mirziyoyeva, dedicated to measures on stabilizing the situation related to air pollution in Tashkent and other cities of the country.
Reports were heard from members of the Special Commission established on the President’s instruction, as well as from khokims and heads of agencies, on the work being carried out in this area. The meeting emphasized the need for a systematic approach – solutions must have an impact not only today but also prevent similar crises in the future.
As part of her personal oversight, Saida Shavkatovna visited Qibray district, where she inspected one of the greenhouses that burns about 150 kilograms of coal daily. She noted the inadmissibility of such practice, which directly harms the environment and the citizens’ health, and stressed that economic benefit cannot justify environmental damage.
At the same time, the need to support entrepreneurs in transitioning to eco-friendly technologies was highlighted. Following the inspection, officials received additional instructions to strengthen control, speed up filter installation, and modernize facilities.
The Special Commission was directed to continue its work in an intensified mode to ensure environmental safety.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun sizlar bilan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan yangi vazifalarni belgilab, asosiy masalalarni muhokama qilib oldik. Bu sa’y-harakatlar va qabul qilayotgan qarorlarimizdan maqsad bitta – shu yerda yashab, mehnat qilayotgan odamlarni rozi qilish, viloyatni har tomonlama rivojlangan hududga aylantirish. Albatta, buni ro‘yobga chiqarish uchun har birimiz o‘z kuchimizga ishonib, mas’uliyatni to‘g‘ri anglab, tashabbus ko‘rsatib, yanada qattiq mehnat qilishimiz kerak”,– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida. Sessiya davomida viloyat va tuman hokimlarining hisobotlari, faollarning fikrlari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyat markaziga kirish va chiqishdagi temir yo‘l kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandliklar ko‘p yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan edi.
Aholining talab va istaklarini inobatga olib, shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun 10 kilometrli aylanma yo‘l quriladi.
Shuningdek, Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani o‘rtasidagi temir yo‘l ustidan ham yangi ko‘prik qurilishi boshlandi.
Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi bo‘lmagan. Bugun Jizzax shahri Oqqo‘rg‘on mahallasida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishildi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi o‘rnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi.
Mazkur obyektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, ta’mirlash va jihozlash uchun 20 milliard so‘m ajratish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, ijtimoiy xizmatlar, mehnat bozori va infratuzilmani markazdan uzoq mahallalar aholisiga yaqinlashtirish zarurligi qayd etildi.
Urbanizatsiya agentligi va viloyat hokimligiga Yevropadan mutaxassislarni jalb qilib, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish topshirildi. Bunda Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahri o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh maydon tanlab olinadi va keyingi yildan ushbu massivda 1 ming 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
Master-rejada yangi massivda barpo etiladigan bog‘cha, maktab, shifoxona kabi ijtimoiy obyektlar, elektr, suv, yo‘l infratuzilmalari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun birdek xizmat qilishi, ikkita hududni bir-biri bilan bog‘laydigan yagona jamoat transporti tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilishi kerak.
Massiv hududida yagona ma’muriy markaz qurib, Sharof Rashidov tumanidagi barcha 21 ta davlat tashkilotini shu yerga ko‘chirish zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Aniq mahsulot ekish sharti bilan auksionga chiqarilgan 10 ming gektar yer bir yildan buyon sotilmayotgani qayd etildi. Shu bois, keyingi yildan boshlab ekin yerlarini ijaraga berishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Endilikda yerni ijaraga olgan dehqon unga nima ekishini o‘zi mustaqil hal qiladi. Shuningdek, auksionda takroriy savdoga qo‘yilgan yerlarning boshlang‘ich narxi 10 foizgacha pasaytiriladi.
Yer ijarasidan tushgan mablag‘lar to‘liq sanoatlashgan bog‘larga suv, elektr, yo‘l tarmoqlarini tortish kabi infratuzilma obyektlari uchun sarflanadi.
AQShlik hamkorlar bilan Zominda parranda bo‘yicha yirik naslchilik korxonasi tashkil qilinmoqda. Ushbu klasterda 100 ming bosh quvvatdagi birinchi naslli ona tovuq va 9 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu unikal loyiha respublikada parrandachilikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirda Baxmaldagi 14 ming gektar bog‘larning 4 ming gektari eskirgan, ulardan olinayotgan hosil esa gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi.
Shu bois, eski bog‘larni intensivga o‘tkazish, hosilni saqlash, saralash va qayta ishlash bo‘yicha Baxmal tajribasini joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.
Baxmalda 2026-yilda 1,5 ming gektar eski bog‘larga faqat sertifikati bor ko‘chatlarni ekish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buni qo‘llab-quvvatlash uchun aholi va fermerlarga ko‘chat sotib olish xarajatining yarmi qoplab beriladi.
Bundan tashqari, tumandagi bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun yana bir qator yangiliklar e’lon qilindi.
Xususan, intensiv bog‘ tashkil qilishda 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 14 foizdan kredit beriladi. Mevaning turiga qarab, shpalerlar uchun 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizini asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplab beriladi. Meva-sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga ham qadoqlash xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan subsidiya to‘lanadi.
Umuman, kelasi yili bog‘dorchilik bo‘yicha Baxmalda tajriba maktabi yaratilib, ushbu imtiyozlar butun respublikada joriy qilinadi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Kartoshkachilikni rivojlantirish borasida Jizzax viloyati namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun, eng avvalo, sifatli va serhosil kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish kerak.
2026-yildan boshlab kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etilishi belgilandi.
Bunda mineral o‘g‘it, texnika, yoqilg‘i va boshqa xarajat uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 12 foizli kredit ajratiladi.
Kreditlarning 50 foizgacha qismiga kafillik taqdim etiladi, sug‘orish nasoslariga quyosh paneli o‘rnatish xarajatining yarmi qoplab beriladi.
Kartoshka yetishtiruvchilar uchun yana bir muhim yangilik: kelgusi yildan sug‘orish nasoslari elektr xarajatining 50 foizi qoplab beriladi, chetdan olib kelingan kartoshka ekish va yig‘ib olish texnikalari bojxona bojlaridan ozod qilinadi.
Shuningdek, super elita va elita urug‘larini fermerlarga yetkazib berishgacha bo‘lgan davrda muzlatkichli omborxonalarda saqlash xarajatining 50 foizini qoplab berish mexanizmi joriy qilinadi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratdi.
Viloyatdagi jami 900 ming gektar lalmi va yaylov yerlarining 110 ming gektari zaxirada turgani, ularda ozuqa, moyli ekinlar ekish va sanoat bog‘larini yaratish orqali kamida 20 ming odamni ishli qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Jizzaxdagi yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Shu bilan birga, keyingi yildan yaylovlarda yer egalari yuqori daromadli ekinlar ekib, yerdan maqsadli foydalansa, ularga yer solig‘i 2 karra kamaytirib beriladi.
Shuningdek, viloyatdagi ko‘plab chorvador va fermerlar ozuqa va meva-sabzavot yetishtirishda suv nasosiga sarflangan elektr uchun subsidiyani har oyning boshida to‘lab berishni so‘ragan.
Mutasaddilarga butun respublikada ushbu subsidiyalarni oy boshida beradigan tizim qilish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Jizzax shahri markazidagi “Istiqlol” bog‘i, unga tutash Sangzor daryosi bo‘yidagi yerlar uzoq yillardan buyon qarovsiz yotgan edi. Yil boshida 24 milliard so‘m ajratilgani natijasida bu yerlarning qiyofasi butunlay o‘zgarib, odamlar hordiq chiqaradigan maskanga aylandi.
Kelasi yil Sangzor daryosini tozalash, suv bilan to‘ldirish, piyodalar o‘tish ko‘prigi va amfiteatr qurish uchun yana 20 milliard so‘m berilishi belgilandi.
M-39 va A-376 xalqaro yo‘llarning 150 kilometri Jizzaxdan o‘tgani yo‘l bo‘yi servisini rivojlantirish uchun katta imkoniyat ekani ko‘rsatib o‘tildi. Magistral yo‘l bo‘yida alohida yo‘lakdan kiriladigan, Yevropa standarti bo‘yicha 2 tadan savdo-servis majmuasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, M-39 magistral yo‘lining Jizzax hududidan o‘tgan 98 kilometr qismida yo‘lovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida yirik sohil turizm majmuasi va sog‘lomlashtirish markazi qurilgani Arnasoy tumani aholisining daromadi ko‘payishiga katta turtki berdi.
Endilikda Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, Aydar-Arnasoy ko‘ligacha temir yo‘l ham olib kelinadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga Do‘stlik tumanidan ko‘l hududigacha 45 kilometrli yangi temir yo‘l liniyasini qurishni boshlash topshirildi.
Shuningdek, 7 milliard so‘m hisobiga tumandagi Baxtli mahallasining infratuzilmasi yaxshilanib, turizm qishlog‘iga aylantiriladi. Hududga olib boruvchi yo‘l ta’mirlanadi, tungi yoritish chiroqlari va turizm yo‘l belgilari o‘rnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatning boshqa tumanlarida ham savdo va servisni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p.
Masalan, Baxmalga olib boradigan yo‘l ta’mirtalab bo‘lgani uchun Zominga kelayotgan sayyohlar shu yerning o‘zidan qaytib ketyapti.
Ushbu tumanlardagi tog‘ hududlari yagona turizm halqasiga birlashtirilsa, Zominga kelayotgan sayyohlarning kamida yarmini Baxmalga jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi. Yuzlab servis obyekti ishga tushadi, minglab odam ishli bo‘ladi, turizm eksporti karrasiga oshadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda “Zomin – Baxmal – G‘allaorol” yo‘lining 158 kilometr qismini ta’mirlashni boshlash topshirildi.
Baxmal tumanida 39 gektar maydonda 40 million dollar investitsiya hisobiga turizm klasterini tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.
Umuman, Baxmalga ham “turizm tumani” maqomi berilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatda infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kelasi yil qariyb 10 trillion so‘m resurs berilishi e’lon qilindi.
Ajratilayotgan mablag‘ning 1 trillion 700 milliard so‘mi Sharof Rashidov tumaniga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilashga Jahon bankining 8 million dollar mablag‘i beriladi.
Tumanning Eski Toshkentlik, Saraylik, Yaxtanlik, Taraqqiyot mahallalarida 300 dan ortiq xonadon mebelchilik bilan shug‘ullanadi. Ushbu 4 ta mahalla uchun eng qulay hududdan 3 gektar joyda mebelchilik markazi tashkil etilsa, tumanda mazkur soha sanoat darajasiga chiqadi. Natijada 1,5 ming odamning daromadi ko‘payadi.
Davlatimiz rahbari 250 mingdan ziyod aholi yashaydigan Sharof Rashidov tumanida birorta park yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
Shu bois, Yangi hayot mahallasida foydalanilmay turgan 10 gektar maydonda yashil bog‘ barpo qilish uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.
Prezidentimiz yana bir nechta shunday imkoniyatlarni sanab, tuman hokimlariga ajratilayotgan mablag‘lardan unumli foydalanish va ularni o‘sish nuqtalariga yo‘naltirishni topshirdi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi 510 million dollarlik 30 ta loyiha hisobiga 10 mingga yaqin odamning bandligi ta’minlandi. Bu yerda yana 540 million dollarlik loyihalar jadal ketmoqda.
Tadbirkorlar yangi loyihalar uchun sanoat zonasini yetarli quvvatda elektr bilan ta’minlash va suv tozalash inshooti qurib berishni so‘ramoqda.
Energetika vazirligiga bu yerga 40 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq tortib kelib, 40 megavattli podstansiya qurish topshirildi.
2026-yil sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirish dasturida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida suv tozalash inshooti qurish uchun 100 milliard so‘m nazarda tutish vazifasi qo‘yildi.
Ilgari viloyatning elektr ta’minoti to‘liq Shirin GES hisobidan bo‘lgan. O‘tgan yili “Masdar” kompaniyasi G‘allaorolda 220 megavattli quyosh stansiyasini ishga tushirdi.
Prezidentimiz bu ishlarni jadal davom ettirib, xitoylik hamkorlar bilan joriy yil 200 megavatt, keyingi yil 300 megavattli quvvatlar yaratilishini ta’kidladi. Bunga qo‘shimcha 30 megavattli 150 ta kichik va mini GESlar ishga tushiriladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatning metall konlari katta istiqbolga ega.
Masalan, yiliga 1 ming tonna volfram qazib olish loyihasi amalga oshirilmoqda. G‘allaorol va Nuroboddagi loyihalar ishga tushsa, O‘zbekiston volfram ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biriga aylanishi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga G‘allaoroldagi oltin resursiga ega istiqbolli maydonga investor jalb qilish, Forishdagi qo‘rg‘oshin-rux konida geologiya-qidiruv ishlarini yakunlash, Arnasoydagi uran zaxirasi aniqlangan konning texnik-iqtisodiy asosini yakunlash topshirildi.
Jizzaxda sement, gazobeton, bazalt, pardozbop toshlar, oyna, kaolin pigmenti kabi 100 ga yaqin turdagi qurilish materiallari chiqarilmoqda.
Agar chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib, sifat, brend va sertifikat bo‘yicha ko‘proq ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 20-30 foizga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz viloyatda sanoat va investitsiya sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jizzaxning respublika avtomobilsozlik sanoatidagi ulushi 25 foizga yetdi.
Navbatdagi vazifa zavodlar atrofida yondosh tarmoqlarni rivojlantirib, mahalliylashtirish darajasini oshirish va tannarxni kamaytirishdan iborat.
Jizzax shahridagi Texnopark hududida bo‘sh turgan 10 ming kvadrat metr binoni sohadagi tadbirkorlarga qulay shartlarda taklif qilish, Sharof Rashidov tumanidagi sanoat zonasining 118 gektar bo‘sh hududida ham tayyor bino qurib, loyihalarni joylashtirish muhimligi qayd etildi.
Kelgusi yildan butlovchi qismlarni validatsiya qilish xarajatlarining 50 foizini Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun viloyatda har bir tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, investorlarga aniq loyihalar paketini taklif qiladigan muhit shakllandi.
Viloyatdagi ulkan salohiyat hisobiga hozirning o‘zida 12 milliard dollarlik 152 ta yirik investitsiya loyihasi portfeli tayyor ekani e’lon qilindi.
Ular amalga oshirilsa, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida yanada rivojlangan va jozibador hududga aylanadi. Xususan, viloyatning tog‘li, suvli va yaylov hududlari bog‘dorchilik hamda turizm bo‘yicha, dasht va cho‘l yeri ko‘p tumanlar esa sanoat bo‘yicha yangicha yondashuvlar asosida rivojlantiriladi.
Shuningdek, sanoat zonalaridagi 3 ta direksiya negizida investorlarni kutib olish, ularga hamrohlik qilish, marketing bilan shug‘ullanadigan Yagona boshqaruv kompaniyasi tashkil qilinadi.
Ushbu kompaniyaga sanoat zonalarida joylashadigan loyihalarga yerning bozor qiymatida ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Prezidentimiz Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.
Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Davlatimiz rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Paxtachilikka moslashgan viloyatning qishloq xo‘jaligi ham tubdan diversifikatsiya qilindi.
Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Yangiobod, Forish tumanlari bog‘dorchilikka ixtisoslashib, 28 ming gektar yangi bog‘ va tokzorlar barpo etildi.
Mirzacho‘l, Do‘stlik, Zafarobod, Zarbdor, Paxtakor, Arnasoyning cho‘l hududlaridagi 12 ming gektar yerlarda ham bog‘ va sabzavot plantatsiyalari tashkil etildi.
Viloyatda 110 million dollar hisobiga 390 ming tonna meva-sabzavotni quritish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash quvvatlari yaratildi.
Umuman, so‘nggi sakkiz yilda Jizzaxda sanoat 2,5 trilliondan 25 trillion so‘mga, xizmatlar 2,5 trilliondan 20 trillionga, qishloq xo‘jaligi 9 trilliondan 30 trillion so‘mga oshgani ta’kidlandi.
“Albatta, bu – katta islohotlarimizning boshlanishi. Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida hali ko‘p ishlarni qilishimiz zarur”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
“Ilgari avtomobilsozlik deganda hamma faqat Asakani tushunardi. Hamkorlarimiz bilan Jizzaxda ham yiliga 175 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi”,– dedi Prezidentimiz. Jizzax politexnika institutining Muhandislik maktabi ochildi. Bu yerda har yili 300 nafar viloyat yoshlari dual taʼlim asosida zamonaviy muhandis boʻlib chiqadi. Ushbu institut Vengriyaning mashhur Abuda universiteti boshqaruviga berilib, unda nafaqat avtosanoat uchun, balki elektrotexnika, transport, qurilish va qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligida muhandislar, sunʼiy intellekt boʻyicha mutaxassislar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi. Qisqa fursatda Zomin, Forish, Arnasoy tumanlari va Jizzax shahrida 2 milliard dollarlik 500 dan ziyod turizm va servis obyektlari ish boshladi. Arnasoy va Zominda 300 million dollar hisobiga 12 oy davomida toʻliq ishlaydigan kurort zonalari ishga tushgani, ularda aeroportlar barpo etilgani natijasida Jizzax eng jozibador turistik marshrutlardan biriga aylandi. Sakkiz yil oldin Jizzaxdagi ish oʻrinlarining 42 foizi qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bugun 310 mingga yaqin viloyat aholisi sanoat va servis sohalaridagi yuqori daromadli ishlar bilan band. Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.
“Biz oldimizga yuksak marralarni qoʻyib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida astoydil mehnat qilyapmiz, yangiliklar yaratyapmiz va natijalarga erishyapmiz. Viloyatni qanday ogʻir sharoitlardan olib chiqqanimizni, Jizzaxning har bir tumanida boʻlayotgan katta-katta oʻzgarishlarni, odamlarning xursandchiligini koʻrib, juda quvonaman va faxrlanaman”,– dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida. Oʻtgan davrda Jizzax viloyati respublikadagi sanoati eng tez oʻsayotgan hududga aylandi. Sakkiz yilda 6,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari ishga tushgan boʻlsa, shuning 45 foizi sanoat hissasiga toʻgʻri keladi. Masalan, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Forish, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida 2,3 milliard dollarlik 560 ta loyiha ishga tushdi. Bugungi kunda ushbu tumanlar viloyat sanoatining 70 foizini taʼminlamoqda. Facebook|Instagram|X
