es
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ir al canal en Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
100 755
Suscriptores
-8624 horas
-3647 días
+60930 días
Archivo de publicaciones
01:00
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “HET BILLING” mobil ilova – siz uchun muammolarning yechimi! Foydalanish xususida videoqo‘llanma. Ilova Android hamda IOS da. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
0717.mp4100.76 MB
📌📌📌📌📌📌 “ZIYOKORLAR” MAHALLASI ELEKTR TA’MINOTINI YANADA YAXSHILASH MAQSADIDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi barcha tuman va shaharlar kesimida elektr ta’minotini ishonchli va barqaror qilish maqsadida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, Urganch shahrining “Ziyokorlar” mahallasida ham rejalashtirilgan mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu hududda elektr energiyasi ta’minotining uzluksiz va barqaror bo‘lishini ta’minlash maqsadida eski turdagi elektr ustunlar o’rniga 40 dona zamonaviy va mustahkam temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
elektro.mp455.45 MB
📌📌📌📌📌📌 ANDIJON SHAHRIDA ELEKTR ENERGIYASI BO‘YICHA QARZDOR ULGURJI ISTE’MOLCHILARGA NISBATAN CHORA-TADBIRLAR KO‘RILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Andijon shahrining bir nechta hududlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir davomida iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirmagan, qarzdorlikni bartaraf etmagan ulgurji iste’molchilar aniqlanib, amaldagi qonunchilik asosida ularning elektr tarmog‘iga ulanishi vaqtincha to‘xtatildi. Mazkur chora-tadbirlar iste’molchilar o‘rtasida tartib-intizomni mustahkamlash, elektr energisidan oqilona foydalanish va tizimda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgandir. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
IMG_2534~1.mp462.56 MB
02:33
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR TAʼMINOTI BOʻYICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR OʻRGANILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Buxoro hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Hududda olib borilayotgan ishlar tahlili “Sevimli” telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
Buxoro 4-1.m4v11.88 MB
03:55
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezidentimiz “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi Elektr va issiqlik energiyasi ekologik me’yorlar asosida ishlab chiqarilmoqda — brifing Issiqxonalar bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda Samarqand shahrida novvoyxona 675 mln so‘mlik tabiiy gazdan, Gʻallaorol tumanida fuqaro qariyb 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan Energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish — zaxiralar umrini uzaytiradi Energetiklar 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib borishmoqda “Euronews” telekanali O‘zbekiston “yashil” energetikasiga oid reportajni namoyish etdi 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
46.62 MB
01:56
Video unavailableShow in Telegram
#24_soatlik_navbatchilik “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 286 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 68 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan. Shuningdek, viloyatning barcha tuman va shahar elektr ta’minoti xodimlari iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik tartibida uzluksiz xizmat faoliyatini olib bormoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
37.48 MB
📌📌📌📌📌📌 HUDUDLARDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORAT QILINMOQDA Farg‘ona viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda Bosh prokuratura va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Qo‘qon shahar hududida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish davomida, shahar eleltr tarmoqlari korxonasi mavsumga tayyorgarligi, yoqilg‘i zaxiralari bilan ta’minlanganligi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari muhokama qilindi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarni tanishtirib borish maqsadida о‘quv-seminari tashkil etildi. Seminar davomida energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini qо‘llab-quvvatlash, shuningdek, sun’iy intellektni keng joriy qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Qayd etish kerakki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining raqamlashtirishga mas’ul о‘rinbosari bir vaqtni о‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bо‘lishi belgilangan bо‘lib, ayni paytda Jamiyatda bu borada elektr energiyasi hisobi va dasturiy ta’minot yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tadbirda raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yо‘nalishda о‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari tо‘g‘risida atroflicha fikr almashildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Erishilgan natijalar: – sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi; – IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi; – mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda; – raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi; – Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
14:52
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR TA’MINOTINI BARQARORLASHTIRISH VA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqand tumanida amalga oshirilayotgan texnik yangilanishlar, ta’mirlash ishlari va mavsumiy tayyorgarlik jarayonlari xususida “Samarqand” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
⚡️_MAXSUS_REPORTAJ_MAVSUMGA_TAYYORGARLIK_ISHLARI_DAVOM_ETMOQDA.mp4120.88 MB
📌📌📌📌📌📌 Hududlarda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” kampaniyasi doirasidagi tadbirlar bо‘lib о‘tmoqda Ma’lumki, har yili 25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kuniga qadar dunyo bo‘ylab “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” global kampaniyasi o‘tkaziladi. Mazkur Kampaniya doirasida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha mamlakatning barcha hududlarida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida turli tadbirlar, muloqot maydonlari va o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida xodimlar uchun ma’rifiy seminar tashkil etildi. Jizzax shahar IIBning mutaxassisi, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi vakili shuningdek “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mutasaddilari va xodimlari ishtirok etgan tadbirda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy himoya mexanizmlari, mavjud reabilitatsiya xizmatlari hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, zo‘ravonlikka qarshi kurash uzluksiz jarayon ekanini qayd etib o‘tdilar. Tadbir ishtirokchilari raqamli makonlarni barcha xotin-qizlar uchun xavfsiz, sog‘lom va imkoniyatlar yaratadigan muhitga aylantirish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar о‘zlarining qiziqtirgan svollariga javoblar olishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
12:26
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “TARAQQIYOT NUQTASI” MUNOZARA KLUBINING NAVBATDAGI SONI "KUZ-QISHGA TAYYORMIZMI?" MAVZUSIGA BAG‘ISHLANDI Unda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va kо‘p kvartirali uy-joy fondlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, energetika va kommunal xizmatlarning barqaror ishlashini ta’minlash yо‘nalishida qilingan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bо‘yicha kо‘rilgan choralar kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. "О‘zbekiston 24" telekanalida mazkur tadbir yuzasidan maxsus reportaj efirga uzatildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
13.mp4104.95 MB
30:12
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz! Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
IMG_0853.MP4158.88 MB
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#24_soatlik_navbatchilik "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha hududiy filial va korxonalari tarkibidagi tuman hamda shahar elektr ta'minot bo‘limlari xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
47.93 MB
📌📌📌📌📌📌 "KIBERXAVFSIZLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI О‘TKAZILDI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 1–30 noyabr kunlari mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida ishchi-xodimlari о‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, kibertahdilardan himoyalagish hamda internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro appart hamda hududiy korxona va filial xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida, ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda internet tarmog‘ida keng ommalashib borayotgan hamda hozirgi kundagi global muammolardan biriga aylangan kiberjinoyatchilik va uning natijasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shu bilan bir qatorda ish vaqtida internet tarmog‘idan foydalanish madaniyati va kibertahdidlardan himoyalanish bо‘yicha zarur ma’lumotlar berib о‘tdilar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
02:41
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ISITISH MAVSUMIDA EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MILLION SO’MDAN BIR MARTALIK YORDAM BERILMOQDA 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
6O.m4v12.71 MB
📌📌📌📌📌📌 HUDUDLARDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida tizimli ravishda ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Sirdaryo hududiy filiala tomonidan Guliston shahar “Ahillik” mahallasida filial xodimlari tashabbusi bilan navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tashabbusda hududga 450 dan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va yashil hududlar yana ham kengaydi. Ekilgan ko‘chatlarning parvarishi bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi. “Yashil makon” loyihasi doirasidagi bunday ezgu tashabbuslar Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
IMG_3105.mp431.76 MB
📌📌📌📌📌📌 G‘allaorol tumanida 3,87 mlrd so‘mlik noqonuniy elektr energiyasidan foydalanish holati aniqlandi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti hamda Jizzax hududiy filiali xodimlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Korisquduq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.D. ga tegishli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro tomonidan elektr ta’minoti bo‘yicha amaldagi shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ravishda uskunalar ulab foydalanib kelgan. Mazkur holat bo‘yicha iste’molchiga nisbatan 3,87 mlrd so‘mlik dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
IMG_7404_1.mp48.65 MB
00:30
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ! Еще раз хотим напомнить, что со стороны АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания (махалли, района или города). Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации. Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
Телеграм-канал рус.mp426.44 MB
00:32
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 HURMATLI ISTE’MOLCHILAR! Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" kanaliga obuna bo'ling va mazkur kanal o'rqali о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz. "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" Telegram-kanalining (@HET_admin) orqali elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz. Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Mostrar todo...
канал узб.mp42.18 MB