AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Ir al canal en Telegram
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Mostrar más2025 año en números

131 981
Suscriptores
-5624 horas
-3387 días
-52130 días
Archivo de publicaciones
#TILOVAT
Kahf surasi | Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum
👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=PjhBkkrkf4c
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_OYATI
Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi? (Zariyat, 24)
Tafsir:
Bu oyatda xitobning Payg'ambar alayhissalomga qaratilishi xabarni ulug'lashtirish, unga alohida e'tiborni tortish uchundir. Ibrohim alayhissalom huzuriga kelgan mehmonlar yosh, xushro'y yigitlar suvratidagi farishtalar edi. Ularni Alloh taolo «karamli» deb sifatladi, chunki ular Allohning huzurida mukarram edilar. Ibrohim alayhissalomning bundan xabarlari yo'q edi. Shuning uchun ham ular kirib u zotga salom berganlarida, alik oldilar-da, tanimayotganlarini izhor qildilar. Buni quyidagi oyatdan anglab olamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagramc08:09
Video unavailableShow in Telegram
Qiyomatda barcha tirik jon o‘lgandan so‘ng, Alloh taolo borliqga shunday nido qiladi!
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | InstagramcNido.mp427.67 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_OYATI
Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim boʻladigan kunda, o'sha kunda botilchilar ziyon torturlar. (Josiya, 27)
Tafsir:
Dunyodagi hamma narsalar Alloh taoloning mulkidir. U Zot mulkida xohlaganicha tasarruf qiladi. Xohlasa, o'ldiradi, xohlasa, qayta tiriltiradi, xohlasa, boshqa ish qiladi. U Zotni birov cheklay olmaydi, ishiga aralasha bilmaydi. Lekin bir narsa aniqki, qiyomat kuni botil ishlarni qiluvchilar ziyon tortadilar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagramc❤ 292👍 79😢 52🔥 6
33:43
Video unavailableShow in Telegram
Farg’ona viloyati “ESHON BOBO” jome masjididagi ilmiy suhbat
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | InstagramcTo'liq suhbat tg.mp4140.76 MB
👍 195❤ 92🔥 14🤩 5😢 2🥰 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_OYATI
U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. (Sajda, 5)
Tafsir:
So'ngra o'sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Unga chiqar. Ya'ni Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qo'ygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki, qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni, o'zining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming yilga teng bo'ladi. Ana o'sha kunni o'ylab ish ko'rish kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagramc❤ 302👍 73😢 50🔥 6😱 1
Repost from Muslim.uz
03:13
Video unavailableShow in Telegram
#yangiliklar
Туркий давлатлар муфтийлари йиғилишининг асосий воқеалари
📲 ОБУНА БЎЛИНГ ✅ ВА УЛАШИНГ🗣
✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
⏺ MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
Turkiy davlatlar yig'ilishi tg.mp415.54 MB
04:04
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
Huzayfi qiroatida tg.mp410.95 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so'ngra uni kessin. (Haj, 15)
Tafsir:
Ushbu oyati karimaning ma'nosi haqida tafsir ulamolari ikki xil fikr aytganlar. Bu ikki xillik oyati karimadagi:
<<Kimki Alloh unga bu dunyoyu oxiratda nusrat berishiga shubha qilsa» jumlasidagi «<unga» so'zining kimga ishora qilayotgani xususidagi bahsdan kelib chiqqan. Ba'zi ulamolarimiz, «unga»dan maqsad shubha qilayotgan shaxsning o'zi, deydilar. Shu ma'no oyatning siyoqiga ham to'g'ri keladi. Oldingi oyatda mo'minning ta'rifi keltirilgan edi, bu oyatda esa kofirning holati bayon qilinmoqda. Kofir odam Alloh o'ziga yordam berishiga shubha qiladi. Unday holda, u o'ziga yordam topish uchun ilojini qilib, vosita topsin-da, osmonga chiqib, yordamni uzib olsin. Yoki o'zini o'zi ossin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram1:01:29
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
Quron shafoati 1-dars.mp4133.22 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_OYATI
Kim Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U o'ta eshitguvchi va o'ta bilguvchidir. (Ankabut, 5)
Tafsir:
Ana o'shanda har kim qilganiga yarasha mukofot yoki jazo oladi. Shuning uchun ham:
<<Kim Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa...>> ko'nglini to'q tutaversin.
"...albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir».
Kelmasdan qolmaydi. Albatta, keladi. Ana o'shanda Alloh bergan va'dalar ham albatta amalga oshadi. Har kim bu dunyoda qilganiga yarasha mukofot yo jazo oladi. Chunki buni va'da qilgan Zot Allohdir.
«U o'ta eshitguvchi va o'ta bilguvchidir».
U O'zining ushbu sifatlari ila bandalardan sodir boʻlgan har bir narsani eshitib, bilib turadi va o'sha eshitgani, bilgani asosida hisob-kitob qiladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍InstagramPhoto unavailableShow in Telegram
#ILMIY_SUHBAT
O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan joylarda diniy-ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, 2025-yil 12-sentabr kuni Farg’ona viloyati Buvayda tumanidagi “ESHON BOBO” jome masjidida Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirokida JUMA SUHBATI bo’lib o’tadi.
Masjid manzili: https://maps.google.com/maps?q=40.557646,71.144376&ll=40.557646,71.144376&z=16
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram“QUR’ONI KARIM VA TAJVID” O’QUV KURSLARI XODIMLARI UCHUN DARS BO’LIB O’TDI
O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan Respublikamizdagi “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, shu maqsadda “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limida “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari o’qituvchilari va mas’ul xodimlari uchun silsilaviy darslar yo’lga qo’yilgan edi.
Bugun 10.09.2025 sanada mazkur silsilaviy darslarning davomi bo’lib o’tdi. Darsda bo’lim mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ma’ruza qildi.
Kelgusida darslarda faol qatnashgan tinglovchilarga mazkur kitob bo’yicha ijoza berish rejalashtirilgan.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram09:58
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
attahiyat duosi.mp451.24 MB
❤ 305👍 107😢 35🥰 11🔥 4
Repost from Muslim.uz
🇺🇿ХАЛҚ САОДАТИ, ВАТАН РАВНАҚИ ВА ДИН РИВОЖИ ЙЎЛИДАГИ ХИЗМАТЛАР МУКОФОТИ
Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратларининг энг асосий фаолиятлари (19.10.2021 – 31.08.2025)🇺🇿 Ислом дини таълимотини кенг ёйиш, халқимизни дину диёнатли, ҳалол-пок, элу юртига муҳаббатли қилиб тарбиялаш, ёшларни рушду ҳидоятга бошлаш йўлидаги хизматлари инобатга олиниб, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Мустақиллигимизнинг ўттиз тўрт йиллик байрами муносабати билан Президент фармонига мувофиқ “Олий даражали Имом Бухорий” ордени билан тақдирландилар. 🗣Буюк муҳаддис бобомиз Имом Бухорий номидаги ушбу мукофотнинг Муфтий ҳазратга тақдим этилгани юксак эҳтиром ва улкан шарафдир. Зеро, Янги Ўзбекистон бунёдкори бўлган Президентимиз томонидан Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратларининг ушбу нуфузли мукофотга муносиб деб топилиши бежиз эмас. Аллоҳ таолонинг инояти ила Ватан равнақи, дин ривожи ва халқ саодати йўлидаги 35 йилдан зиёд вақт мобайнидаги меҳнат самарасидир.
🌙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратларининг қарийб 4 йиллик муфтий вазифасида амалга оширган энг асосий йўналишларини қуйида мухтасар баён этамиз.➡️Батафсил ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣 ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
❤ 176👍 90🔥 12😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_OYATI
Va vaqtiki, tog'lar joyidan ko'chirilsa. (Takvir, 3)
Tafsir:
Insonga eng yaqin va eng salobatli narsa tog'dir. Har bir inson tasavvurida tog'lar qadimdan eng salobatli, eng ulkan, eng katta, eng mustahkam narsa bo'lib kelgan.
Qadimdan barcha xalqlar tog'ni bahaybatlik, serviqorlik, salobatlilik va sobitlik ramzi deb bilib kelganlar. Darhaqiqat, yer yuzida eng katta, eng salobatli va eng yuksak narsa tog'dir. Ayniqsa, hozirgi ilm rivojlangan davrda avval bilinmagan ma'lumotlar ham, jumladan, har bir tog'ning yer ostida o'zidan katta tomiri bo'lishi ham ayon bo'ldi.
Lekin Qur'oni Karimning ta'kidlashicha, bir vaqt kelib, ana shundoq ulkan, yuksak, salobatli, sobit, mustahkam va viqorli tog'lar ham joyidan juda osonlik-la ko'chib, osmonda chang zarralari kabi uchib yurar ekanlar. Bu hodisa ham, xuddi yer yuzidagi chang zarralari joyidan qo'zg'alib havoda uchib yurgandek, osonlik bilan sodir bo'lar ekan. Chunki bu ishni qiluvchi Zot har bir narsaga qodir Alloh taoloning O'zidir. Bu hodisa esa qiyomat kuni sodir bo'ladi. Ha, u kun shu qadar dahshatliki, unda ulug'vor tog'larning chang zarrasi kabi uchib yurishi ham hech narsa bo'lmay qoladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram❤ 237😢 89👍 43😱 6🔥 5
