Kun.uz | Online
Ir al canal en Telegram
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen Murojaat uchun: @kunuzmurojaat Reklama: +998 78 113 77 33
Mostrar más2025 año en números

55 733
Suscriptores
Sin datos24 horas
-2627 días
-1 20230 días
Archivo de publicaciones
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Iroqdagi savdo markazida fojia: 77 kishi halok bo‘lgan
Mamlakat sharqidagi Al-Kut shahrida yangi ochilgan savdo markazida kuchli yong‘in ro‘y berdi.
👉 @kunonline
video_2025-07-17_14-36-26.mp41.47 MB
😢 105❤ 8👍 2🤔 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Ko‘kdala tumanidagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlandi.
👉 @kunonline
video_2025-07-17_10-43-15.mp42.15 MB
😁 39❤ 25👍 11👎 8🤔 6😢 1
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi tajribali mutaxassislardan iborat guruh voqea joyiga yuborilgan.
👉 @kunonline
😢 64❤ 7🤨 4👍 3😁 3🤔 1
❗️FVV: Ko‘kdala tumanidagi yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Bugun, 2025-yil 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarda chaqnash yuz bergan. Hodisadan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda soat 14:40 da FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, soat 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan, soat 15:35 da esa to‘liq bartaraf etilgan.
Afsuski, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
👉 @kunonline
😢 116❤ 18🤔 2👍 1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Suriya Mudofaa vazirligi shtabi binosi butunlay yakson bo'ldi
👉 @kunonline
ssstwitter.com_1752670102318.mp41.67 MB
😡 381👎 30👍 13❤ 7😁 7😢 5🤨 3
Isroil armiyasi Damashq shahrida joylashgan Suriya armiyasining shtab-kvartirasiga hujum uyushtirdi. Shu bilan birga, u janubiy Suvayda shahridagi Suriya kuchlariga qarshi zarbalarni ham davom ettirmoqda.
👉 @kunonline
ssstwitter.com_1752669054996.mp43.35 MB
ssstwitter.com_1752669057502.mp43.41 KB
😡 362👎 74❤ 19😢 7🤔 4👍 3😁 3🤨 1
Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, bugun soat 14:40larda Qashqadaryo viloyati FVBga, Koʻkdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan gaz quyish shoxobchasi hududida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:45 da yetib borib, yongʻin soat 15:00 da oʻrab olingan va hozirda uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
👉 @kunonline
❤ 31👍 13👎 6🔥 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani Yettitom shaharchasi hududida kuchli portlash sodir boʻldi.
Kun.uz manbalarining xabar berishicha, bugun, 16-iyul kuni 14:30lar chamasida hududdagi katta yoqilgʻi quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir boʻlgan. Portlash bir nechta obyektda kuzatilgan, olov balandligi oʻnlab metrga koʻtarilgan.
Kun.uzʼga FVV matbuot xizmati holat oʻrganilayotgani va tez orada rasmiy maʼlumot berilishini bildirdi.
👉 @kunonline
kun.uz.mp49.23 MB
😢 38❤ 25🔥 13👎 4👍 2
⚡️ Oʻzbekiston yoʻllarida oʻrnatilgan barcha radarlar haqida maʼlumot
YHXX yoʻllardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida maʼlumot berdi.
Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oʻrnatilgan qariyb 2 mingta radarlar haqida maʼlumot keltirilgan.
👉 @kunonline
Radarlar - Uzb.pdf9.59 KB
🔥 99👎 79❤ 33😡 17😁 11🤔 11👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokida “Hamkorlik-2025” oʻquv mashgʻuloti boshlandi
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga koʻra, maxsus boʻlinmalarning 400 ga yaqin shaxsiy tarkibi jalb qilingan mashgʻulotlar “Termiz” umumqoʻshin poligonida 10 kun davom etadi. Oʻquv mashgʻulotlari ikki davlat oʻrtasida imzolangan harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
👉 @kunonline
👎 326😡 62👍 50❤ 22🤔 9🔥 4😁 3🤨 2😢 1
❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimi qarori bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi
Bu 16–18 iyul kunlari havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘lishi bilan izohlangan.
👉 @kunonline
👍 255❤ 28🔥 8
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi
Markaziy bank 16-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 778,12 soʻm (+ 78,98)
🇷🇺 RUB 164,01 soʻm (+ 1,85)
🇪🇺 EUR 14 931,23 soʻm (+ 83,40)
👉 @kunonline
👎 87👍 59❤ 20🔥 8😁 3🤨 3😡 2
FVVga koʻra, yongʻin 15:06da oʻchirilgan. Hududga Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev ham yetib keldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hududda quruq oʻt, eski avtomobil shinalari yongan.
👉 @kunonline
1.mp48.44 MB
2.mp418.06 MB
👍 33😁 17❤ 12🔥 4
Yong'inni o'chirish harakatlari davom etmoqda
👉 @kunonline
1 (1).mp413.04 MB
2.mp425.17 MB
😁 22👍 8🤔 8🤨 6❤ 4😢 4🔥 3
Ko‘chada transportlar harakati cheklandi. Yongʻinni oʻchirishga yana bitta FVV mashinasi keldi.
👉 @kunonline
11.mp41.73 MB
2.mp46.11 MB
3.mp44.93 MB
😁 24❤ 9🤔 8🔥 5👍 2
Yong'in bo'layotgan hududdan yirik qora tutunlar ko'rinmoqda. Hozircha yong'in sabablari va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yo'q.
👉 @kunonline
1.mp418.16 MB
2.mp414.13 MB
🔥 21❤ 15👍 7🤔 5👎 2😁 2
Chilonzor tumanidagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida yong'in chiqdi
Voqea joyida bo‘lib turgan Kun.uz muxbiriga ko‘ra, FVV xodimlari ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.
👉 @kunonline
1.mp413.36 MB
2.mp410.57 MB
3.mp416.74 MB
👍 24❤ 18😁 7👎 6🔥 5🤔 4😢 3🤨 1
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Tramp 50 kundan keyin Rossiyaga «juda og‘ir bojlar» joriy etish bilan tahdid qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar 50 kun ichida Ukraina bilan tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiyaga nisbatan «ikkilamchi bojlar» joriy etilishini kutish kerak.
Ushbu «ikkilamchi bojlar» miqdori 100 foizga yetishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
👉 @kunonline
GuntherEagleman-1944778161545208152-01.mp44.18 MB
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan:
Abdulaziz Komilov — Prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
Sardor Umurzakov — Prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, boshqa maslahatchilar: Gʻofurjon Mirzayev, Ravshan Gulyamov, Mansurbek Olloyorov va Ruslanbek Davletovlarning lavozimi deyarli oʻzgarishsiz saqlab qolindi.
👉 @kunonline
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan:
Xilola Umarova — Prezident Administratsiyasi rahbari - Saida Mirziyoyevaning taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi;
Tamila Aliyeva — Administratsiya rahbarining tibbiyotni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Timur Butunbayev — Administratsiya rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Nodira Hakimova — Administratsiya rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Sherzod Ozodzoda — Administratsiya rahbarining tadbirkorlik loyihalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyadagi tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi;
Dilnoza Ziyamuxamedova — Administratsiya rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
👉 @kunonline
