Sevgi She'rlari
Ir al canal en Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Mostrar más2025 año en números

12 716
Suscriptores
Sin datos24 horas
-1307 días
-35030 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
TABRIK NARXI ATIGA
2⃣5⃣ MING SO'M 👈
sizlar uchun zor👍👍👍👍 kanal topdim yaqinlaringni Ota onalaringgizni hursandchilik va tuģulgan kunlarida tabriklash uchun zor imkoniyat ularga jonli qonģiroq qilib tabriklab berishadi va sizga mantaj tashlashadi sher qoshiq va tabrik ozlaridan Narxi ham qimmat emas arzimagan pulga yaqinlaringni esta qolarli qilib hursand qilinglar AKSIYADA tabrik narhi
Atiga 2⃣ 5⃣ ming ekan 🤩🤩🤩🤩🤩🤩
Aksiya atiga 1⃣ kun davom etadi
Ulgurib oliylar
Gruppaga ulanib oliylar 👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+sZH62aNx5nI2NTgy
https://t.me/+sZH62aNx5nI2NTgy
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙
Qizlar guruppadan õchirmasimdan oldin tezda ulanib olilar haqiqatdan ham zõr va arzon gruppa ekan bunday tabrikni hech qayerdan topa olmaysizlar🤩🤩🤩🤩🤩😱😱😱😱😱
❤ 8😍 7👍 5🥰 2
00:56
Video unavailableShow in Telegram
🍃DUSHANBA TONGI XAYRLI BO‘LSIN!!!🌺
Allohim bu dunyoda yurgan yo‘limiz xidoyat,
U dunyoda esa sirot бўлсин.🤲
Bu dunyoda kirgan yerimiz Makkayu Madina, U dunyoda esa,
Jannatu a’lo бўлсин.🤲
Ushbu kun barchangizga
Xayrli bo‘lsin!
Yaxshi niyatlaringizga
Alloh yetqazsin.
AMIYN 🤲🤲🤲
https://telegram.me/sherlari_sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
17.22 MB
❤ 8👍 5🥰 4😍 4🔥 1💋 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
24 - N O Y A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
19.18 MB
❤ 7👍 7🥰 4😍 3👏 1🎉 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
🌸🌙XAYRLI TUN
YAXSHILARIM!🌙🌸
✨💫Har bir narsaning hikmati bor!
Hayotimizdagi yomon insonlar ham biz uchun ne’mat ekanini bilasizmi? Chunki ular bo‘lmaganida yaxshi insonlarning qadrini bilmagan bo‘lar edik.
✨💫Ko‘zlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir.
Qalbingni ovutgin yorug‘ dunyoda
Alloh so‘nggi emas, tanho umiddir!
Xayrli tun Azizlarim!👇🏻👇🏻
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2.39 MB
❤ 9👍 6🥰 4😍 3🔥 1💋 1
Shu vijdon bilan xech bezovta bo‘lmang,
O‘zingizga ep bo‘lsa yashayveringda.
Isbot qilmay qo‘ydim xech nima, attang,
Dunyoni mensiz deb, boshlayveringda.
Singan ko‘ngil qoldi, tentak o‘y bilan,
Horigan tana bor, tishlayveringda
Men asli yo‘qdayman, buguniz bilan,
Dunyoni mensiz deb, yashayveringda.
Mayliga xech kimdan emassiz qarzdor,
Beqiyos tog‘larga o‘xshayveringda.
Faqat biz yaraldik shu onlar bekor,
Dunyoni bizsiz deb yashayveringda.
Shalola Jalolova ✍️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 7👍 6🥰 4😍 4🔥 1👏 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒔𝒐𝒈‘𝒊𝒏𝒅𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒎𝒊
𝑴𝒂𝒓𝒉𝒂𝒎𝒂𝒕 🫴
AJOYIB 🌺TABRIKNOMALAR 🌺
Faqat bizda✅
@Elshod6995
+998996226995
TABRIK LOYHASI SIZGA O‘Z XIZMAT NI TAKLIF Qilamiz 🫴
📍+998996226995
+998996226995
+998996226995
@Elshod6995
@Elshod6995
Bizga sizni Tabasumingiz muhim‼️
https://t.me/Tabriklarloyihasi69
15.34 MB
❤ 10👍 6😍 4🥰 3
#shoira_qalbi
ANGLAM
Angladim, qarzdordek kerak yashashim,
Men minglar ichindan tanlangan banda,
Suvga tushgan toshdek ketolmayman jim,
Buyuk bobolarim yuki yelkamda.
Bolam, yov yo'lida sochlarimdir dor,
Ko'ksim osmonida oy bo'l to'lgani,
Senga ona qilib yaratdi Tangrim,
Qiyshiq qovurg'adan narvon bo'lgani.
Tushgan nigohlarni yondirsin orim,
Boychibor yolidan kashtalar eshgum,
Oybarchin ruhidir chin madadkorim,
Momom Havvo erur Jannatdan tushgan.
Har kasga intizor, xor, mahtal etma,
Kuragimdan ko'tar, Rabbono, qo'l ber,
Nokastlar qo'lida umrim hal etma,
Buyuk karvonlarni boshlashga yo'l ber!
Latofat AMIROVA
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 8🥰 8👍 6😍 3🔥 1👏 1
Yasha sevgilim 💔""
Azoblar qalbimni tilgani bo'lsin
Alamlar birma--bir kelgani bo'lsin
Xattoki ismingni unutay desam
Sen o'sha va'dangni unutma gulim
Sensizlik olovga tashlama gulim
Yonsam gar lov yonip bo'lay ishqingda
Adoman majnundek so'ylab tushimda
Bir kuni sensizlik domida qolsam
Tik boqib ko'zimga so'nma sevgilim
Baxtsizlik bog'iga tashlama gulim
Dastalar terganim senga gul bo'lsin
Azonlar ko'z tikib kutganing bo'lsin
To'rt devor ichiga qamalib olsam
Kunu tun xovuchlab tilarman dilim
Xasratlar domiga tashlama gulim
Dod solib yig'lasam shayton kuladi
Yuragim birgina sen deb uradi
Qayt endi yil ichra sevgimni xaqqi
Baxt sari intilgin kelgin sen gulim
Judolik domiga tashlama gulim
Yashnagin, sevgimiz, tarix boyligi
Borliging, baxt o'zi, sevgim borlig'i
Na do'stim qoldiyu,na yaqin kishim
Xotira ko'zlarim qonga to'ldirib
Sensizlik azobga tashlama gulim
Ne bo'lar xayotim yashnasa bir bor
Tunlari uyqusiz yig'lab xor-zor
Rayxoni olisdan taratgan gulzor
Men uchun dunyoda yasha sen gulim
Sensizlik domida tashlama gulim
Muallif Jo'rabek Ruzievich
22 11 2025 09:50:22
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13👍 12🥰 5😍 3🔥 2
UMRIM BITKUNCHA
Sog'inib ketyapman mayli buguncha,
Qalbimda bor axir og'ir tuguncha,
Chidayman boriga, imkon boricha,
Bezovta qilmayman, umrim bitkuncha.
Sen menga berdingda juda ko'p ozor,
Ko'ngling ham to'ldimi qilib qo'yib xor,
Bir kuni bo'lsan xali menga zor,
Bezovta qilmayman, umrim bitkuncha.
Jim turib hammasin, Allohga soldim,
Tuxmatlar qilding ko'p lol bo'lib qoldim,
Darst bo'ldi bu ishing xulosa oldim,
Bezovta qilmayman, umrim bitkuncha.
Deyishar dunyoni shunga ham bir-kam,
Allohim bo'ladi sabrimga xa-kam,
Qaytar bu dunyo ham, oz qoldi sal-kam,
Bezovta qilmayman, umrim bitkuncha.
✍Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 20😍 6👍 4🥰 3🔥 2🕊 1
Umr karvoni......!
Vaqt degan tilsimning sodiq qulimiz!
Bog‘lab qo‘yilgandek oyoq qo‘limiz!
Chopa-chop, ura-ur, yugur-yugurlab,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Behuda sarf bo‘lgan fursatlar uvol,
Nodonla qurilgan suhbatlar uvol,
Tuxmatga tosh tashib yurgan biz hammol,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Maqsadsiz bosilgan qadamlar bilan,
Gohi to‘y, gohida motamlar bilan,
O‘zimiz suymagan odamlar bilan,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Ming yil yashaydigan kabi taraddud,
Qarzlarimiz unut, burchimiz unut.
Bugun tirikmisan, Qiyomatni kut,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
To‘rt yarim kun o‘zi aslida dunyo,
Biz uni besh kun deb o‘ylaymiz go‘yo,
Yarim kuningni ham qilgin to‘tiyo,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Dillarni og‘ritish bilan sarsona,
Necha gul ko‘ngillar zumda vayrona,
Balolar kelganda yana hayrona,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Jigarlar mehrdan mutloq benasib,
Nafs degan, hirs degan botqoqlar sasib,
Peshonaga benomoz tamg‘asin bosib,
O‘tib borayapdi umri kunimiz!
Mohirmiz kimdandir yotib kularga,
Xudo nazar solgan asli ularga,
Qachon ulguramiz tavba qilarga?
O‘tib borayapdi umri kunimiz
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 15👍 8🥰 5😍 5🔥 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
🍁Assalamu alaykum
Qadrdonlarim yaxshi dam oldingizmi?
Tonggi ibodat va zikrlar qabul va ma’qul бўлсин.🤲
Allohim siylab yana bir nurafshon tong nasib etibdi,beadad shukrlar bo‘lsin...
Kunlarni qadriga yetaylik,ilm olaylik,yaxshiliklar qilaylik,mehr beraylik...
Alloh bergan ne’matlarni qadriga yetaylik...
Xayrli tong qadrdonlarim...
https://telegram.me/sherlari_sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.05 MB
❤ 9👍 7😍 6🥰 4🔥 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
23 - N O Y A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
19.18 MB
❤ 10👍 5😍 5🥰 4🎉 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🍂🌙 XAYRLI TUN
MЕHRIBONLARIM🌙🍂
🌙🍁Zaminga tun cho‘kib, yulduzlar chaqnar,
Osmonda Oymoma allalar aytar.
🌙🌹Shirin orom oling,
mehribonim erta nasib qilsa,
diydorlashamiz
🌙🌹Xayrli tun azizlarim,
hammangizni yaxshi ko‘raman😴
Ertani yana birgalikda kutib
olish nasib qilsin ilohim🤲🤲
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
4.12 KB
❤ 11😍 7👍 5🥰 4👏 1💋 1
Yurak sening ismingni,
Aytib urar, tinmaydi,
Sen unutib ismimni,
Yashab ko‘raver, mayli.
Ko‘raman seni tengsiz,
Buni bilmaysan, essiz,
Qulayroq bo‘lsa mensiz,
Yashab ko‘raver, mayli.
Olmoqchimisan o‘ching,
Gap-so‘zing bari piching,
Shunga yetdimi kuching,
Yashab ko‘raver, mayli.
Tushirgancha tuzoqqa,
O‘zing qochding yiroqqa,
Tashlagancha firoqqa,
Yashab ko‘raver, mayli.
Xaqqim yo‘q qol deyishga,
Noxaq taqdir tufayli,
Boshqacha bo‘lsa boshqa,
Yashab ko‘raver, mayli.
Rasulbek
https://telegram.me/sherlari_sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
👍 12❤ 8🥰 4😍 2🔥 1👏 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
ERKATOYIM JON O‘G‘LIM
Sen tufayli go‘zal bu olam,
Ado qilding ming yillik nolam.
Bag‘rimizda ulg‘ayib, o‘sib,
Masjidlarga bosh bo‘lgin bolam.
To‘lin oydek yoritding yo‘lim,
Hazon bog‘im aylading so‘lim.
Bobo, buving ko‘rar ko‘zisan,
Dunyo ichra dunyomsan o‘g‘lim.
Hayotimga keltirding bahor,
Erib ketdi sochlarimdan qor.
Umring uzoq bo‘lsin jon o‘g‘lim,
Ota-onang qilding baxtiyor.
Bag‘rimizda yayrab kamol top,
Toychoq kabi o‘ynab yugur, chop.
Orzularim ushalib bir kun,
Armonlarim eshiklarin yop.
Bizga ko‘z-u, qosh bo‘lgin bolam,
To‘siq kelsa tosh bo‘lgin bolam.
Xudoyimdan so‘rayman doim,
Masjidlarga bosh bo‘lgin bolam.
Maktuba SHAYDO
https://telegram.me/sherlari_sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
2.13 KB
❤ 10👍 7😍 4🥰 3💋 2
Photo unavailableShow in Telegram
Tug‘ilish
Vujudning og‘riqli nuqtalarida,
Idrok etib bo‘lmas sog‘inching bisyor.
Hanuz yashayapsan mendan narida,
Hanuz sensizlikda abgorman, abgor.
Ehtimol umrimning qizg‘in pallasi,
Uzilmas sirtmoqqa uchradi bevaqt.
Men senga bog‘landim, ishqim yaraldi,
Sen esa ishqimga qilmading shavqat.
Endi bu tug‘ilish jonimga jabbor,
Endi bu osiyga o‘tkazolmam so‘z.
Ahir shu ishqimga aytmadi ashor,
Mening yuragimga singib ketgan qiz!
✍ Solih Sulton | 2024
Obuna bo‘ling:
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 12😍 11👍 5🥰 3🔥 2
Asrasin!
Omading kelsa bir bor
Yoningda bo'lar tayyor
Arslonman degan ayyor
Tulkilardan asrasin
Kimlar kimga soldida
Kimlarga kun qoldida
Nokaslarning oldida
Kulgulardan asrasin
Har kim bilgani bilgan
Bilib nimalar qilgan
Harom harishdan kelgan
Ulgulardan asrasin
Erkak degan mard bo'lar
Mard bo'lishi shart bo'lar
Dard ustiga dard bo'lar
Qayg'ulardan asrasin
Mehr dilga ko'milgan
Bazan ko'zlar yumilgan
Soxtalikka cho'milgan
Tuyg'ulardan asrasin
Kim nolishdan bo'sholmas
Umid bilan yasholmas
O'lguningcha ushalmas
Orzulardan asrasin
Kimlar kimni talagan
Xasad bilan qaragan
Ilon yog'in yalagan
Tulkilardan asrasin.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 18.11.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 22👍 5🥰 4😍 3🔥 2👏 1
00:21
Video unavailableShow in Telegram
Xayrli_tong
🌤🌹 Assalomu alaykum!
Shanba tongi muborak bo‘lsin!
Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barakotli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin! 😊
✨Duolaringiz ijobat, niyatlaringiz amalga oshsin! Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik arimasin!
https://telegram.me/sherlari_sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
3.51 MB
❤ 7👍 7🥰 5😍 2💋 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
22 - N O Y A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
19.19 MB
❤ 9👍 6🥰 4😍 4🎉 1
