Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
رفتن به کانال در Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

100 010
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+337 روز
+1 60430 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅
#Live
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida “Yo‘l” filmi taqdimoti boshlandi.
Unda “Shuhrat” medali sohibasi — Buxoroning Romitan tumani 38-maktab o‘qituvchisi Billur Ikromovaning hayot yo‘li haqida so‘z yuritiladi.🌐 Film premyerasini onlayn shaklda ham tomosha qilishingiz mumkin. 🔰 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
◀️Bugun “Oʻzbekiston ISHONCH 2030” jamgʻarmasi muvofiqlashtiruvchi kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
➡️Yigʻilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligidagi vazirlik masʼullari, loyihani amalga oshirish boʻyicha xalqaro hamkor tashkilotlar, jumladan, YUNISEF, YUNESKO hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
➖Tadbirda “Oʻzbekiston ISHONCH 2030” loyihasini amalga oshirishda bugungi kunga qadar erishilgan natijalar, amalga oshirilgan tahlillar va kelgusida hal qilinishi kutilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi, fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
00:58
Video unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅
#Ўқитувчилар_олимпиадаси
✅ Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida O'qituvchilar olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova qatnashib, qizg‘in o‘tgan jarayonlarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan barcha ustozlarni tabrikladi va o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan sinovlarda jami 210 nafar o'qituvchilar matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘zaro bellashishdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra: Biologiya: 🥇1-oʻrin: Mirjalol Axmedov - Buxoro shahar, 35-sonli maktab. 🥈2-oʻrin: Ilhombek Turgʻinboyev - Fargʻona shahar, ITMA 1-son IM. 🥉3-oʻrin: Ikromova Mohinabonu - Buxoro shahar, 35-sonli maktab. Matematika: 🥇1-oʻrin: Abdushukur Axadov - Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, ITMA IM. 🥈2-oʻrin: Elbek Toshpulatov - Toshkent viloyati, Angren shahar, ITMA IM. 🥉3-oʻrin: Abbos Muhammedov - Buxoro shahar, ITMA PM. Informatika va axborot texnologiyalari: 🥇1-oʻrin: Saidjalol Hasanov - Namangan shahar, ITMA PM. 🥈2-oʻrin: Davron Avlakulov - Toshkent shahar, Yashnobod tumani, ITMA al-Xorazmiy maktabi. 🥉3-oʻrin: Mansurjon Kamolov - Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 9-sonli maktab. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Vazir Oqituvchi Olimpiada 3.mp419.56 MB
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
📍Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTTda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
🗣Tadbirning asosiy maqsadi — ota-onalarga o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini yaqinroq tanishtirish va ularning bevosita ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
👨👩👧Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda o‘yinli mashg‘ulotlarda qatnashib, ta’lim jarayonining qanchalik qiziqarli va samarali tashkil etilayotganiga guvoh bo‘ldilar.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
2025-09-26 00.51.36.mp452.98 MB
⚡️“KITOBXONLIK FESTIVALI” SURXONDARYODA
➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.
📣 Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
👇Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandilar: ✅“Eng kitobxon maktab” ✅“Eng faol kitobxon oʻquvchi” ✅“Ijodkor bolalar” ✅“Eng kitobxon oila” ✅“Eng faol kutubxonachi”🎶 Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. ⛳️Tadbir soʻngida festival estafetasi Qashqadaryo viloyatiga topshirildi. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Vazir boshchiligidagi mas’ullar Piskent va Boʻkadagi holatlarni joyiga chiqib oʻrgandi
Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida qayd etilgan holat boʻyicha vazirlik tomonidan dastlabki munosabat berilgan edi.
Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Eʻzoza Karimova, vazir oʻrinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan oʻrganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida boʻldi.
Holat nafaqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar nazoratiga ham olingan.
Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik masʼullari bilan hamkorlikda bogʻchalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar koʻzdan kechirildi. Bogʻcha rahbarlari, tarbiyachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.
Ayni paytda Quyichirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida boʻlib, bolajonlar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan oʻtkazilmoqda. Hozirgacha bolalar sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmadi.
Yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan.
Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat boʻyicha asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslikni soʻraymiz.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:13
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
✅“O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan 5 kunlik o‘quv seminar jarayonlaridan videolavha.🟢Ushbu seminar maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari hamda 11 ta hududiy “Pedagogik mahorat markazlari” mutaxassislari uchun tashkil etildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Last-2.mp415.05 MB
✅✅✅✅
#Jasorat_maktabi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Nuriddin Kadirov, Milliy Gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas'ullar, o‘quvchilar hamda ota-onalar qatnashdi.
🔹 Tadbirda bugungi kunda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi.🔰 Shundan keyin "G‘alaba bog‘i" majmuasidagi "Motamsaro ona haykali" poyiga gul qo‘yish marosimi ham o‘tkazildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar majmuada joylashgan muzeyda ham bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga faxriylar tomonidan ochiq dars ham tashkil etildi.
📊 Maʼlumot o‘rnida: hozirda Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 408 nafar oʻquvchi saralab olingan.🌐 JONLI EFIR ___________ 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍Andijon viloyati 📍Buxoro viloyati 📍Farg‘ona viloyati 📍Surxondaryo viloyati 📍Sirdaryo viloyati 📍Namangan viloyati 📍Samarqand viloyati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
#Ўқитувчилар_олимпиадаси
🔴 Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi ikkinchi tur jarayonlariga start berilmoqda.
Bugungi sinov jarayonlarida ishtirokchilar:➖ Biologiya fanidan - yozma ish, ➖ Matematika fanidan - maxsus topshiriq, ➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - dasturlash topshiriqlarida oʻzaro kuch sinashadi. 📍 Eslatib oʻtamiz, tadbir Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida tashkil etilgan. #Ikkinchi_tur #Toshkent_viloyati
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti rahbari Jiang Fengchun bilan uchrashdi.
Mazkur muloqot universitet delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.
➖ Ma'lumot o‘rnida: Shenyan pedagogika universiteti — yirik va strategik ahamiyatga ega oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Xitoyning ta’lim sohasidagi davlat dasturlari doirasida qator yirik loyihalarni amalga oshiradi.🔰 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan mahalliy mutaxassislarni Xitoyda tayyorlash va malakasini oshirish, xorijiy professor va ekspertlarni mamlakatimizga jalb qilish, raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish hamda qo‘shma ilmiy va metodik ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✈️ Eslatib o‘tamiz: 2025-yilning o‘zida 100 dan ortiq mutaxassis va talabalar Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda malakasini oshirish uchun Xitoyga yuborildi.➖ Shuningdek, xorijiy oliygoh delegatsiyasi Yangi O‘zbekiston va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlari hamda Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Piskent va Bo‘ka tumanlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qayd etilgan holat bo‘yicha DASTLABKI MUNOSABAT
Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida o‘zgarish bo‘lganligi sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilingan.
Dastlabki tibbiy ko‘riklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning o‘zida aksariyat bolalarning sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Mazkur vaziyat darhol Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari boshlangan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Maktabagacha ta’lim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazilyapti. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik surushtiruv ishlari davom etyapti.
O‘rganishlar yakunlari ko‘ra, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев АҚШда меҳнат ва истиқомат қилаётган ватандошларимиз, ушбу мамлакатнинг нуфузли университетларида таҳсил олаётган "Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиатлари билан учрашди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с соотечественниками, работающими и проживающими в США, а также стипендиатами Фонда «Эл-юрт умиди», обучающимися в ведущих американских университетах.
#Mirziyoyev #tashrif #AQSh #vatandoshlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from TgId: 1297184524
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Qahramonlar oramizda!
Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olis o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.
Yaqinda Yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi Billura Ikromova faoliyati alohida e’tirof etilib, unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili topshirilgan edi.
Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.
Filmni yurtimizdagi barcha fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari ko‘rishini istar edim.
Bu “Najot” loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film. Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish.
Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.
Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.
Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/w2f4UQSGsXw
@hilola_umarova
IMG_4259.MP416.36 MB
02:14
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha o‘quv seminarlar
✅Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan barcha tuman MTTlarida bolalarni sog‘lom va ratsional ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etildi.
🔵Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.➡️Seminarlar davomida poytaxtdagi barcha MTT hamshiralariga, Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tuman bo‘limlari xodimlari hamda autsorsing xizmati mas’ullariga sog‘lom ovqatlantirish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
FILE 2025-09-24 16:10:15.mp434.98 MB
✅✅✅✅
#Press_tur
✅ Сhirchiq shahridagi 14-DMTTda "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida Respublika seminari va OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.
🌐Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar mas'ullari va MTT pedagogik jamoasi ishtirok etishdi.🔰 Tadbir davomida davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirishga oid amaliy ko‘nikmalar, taklif va tavsiyalar muhokama qilindi hamda 14-DMTT misolida jarayonlar namoyish etildi. ➖ Tadbir davomida, shuningdek: ➖ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishning maqsad va vazifalari, ➖ Autsorser korxonalari tomonidan markazlashgan holda DMTTlariga belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazilishi, saqlanishi, oshxonaga chiqarilishi tartiblari, ➖ Tarbiyalanuvchilarga taomlarni tarqatilishi va iste’molga qaratilishi jarayoni haqida ham so'z yuritildi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda Chirchiq shahrida jami 61 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Mazkur bog‘chada Xitoy tajribasi asosida tarbiyalanuvchilarga erta yoshdan e‘tiboran kasb-hunarga yo‘naltirish amaliyoti joriy etilgan.#Toshkent_viloyati #Autsorsing 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
#Fotoreportaj
🔴 Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan oʻtkazilayotgan Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi 1-turidan fotoreportaj.Ishtirokchilar 1-turda fanlar kesimida quyidagi topshiriqlar bo‘yicha bellashmoqda: ➖ Biologiya fanidan - laboratoriya ishi, ➖ Matematika fanidan - yozma ish, ➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - dasturlash topshiriqlari.
🔰 Olimpiadaning 2-turi ertaga, 25-sentabr kuni oʻtkaziladi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
