Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
رفتن به کانال در Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

100 010
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+337 روز
+1 60430 روز
آرشیو پست ها
✅✅✅✅
#Namangan
✈️ Vazir “Prezident sovg’asi” — Chazor avtomobili sovrindori bo‘lgan pedagog bilan uchrashdi
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hududdagi uchrashuvlari davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabda ham bo‘ldi.
🔰 Uchrashuv davomida vazir Prezident sovg‘asi — BYD CHAZOR avtomobili bilan taqdirlangan, ushbu maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Nabiyeva bilan muloqot qildi.
Ustozni samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.
Ma’lumot o’rnida: Nodira Nabiyeva “inglizcha-oʻzbekcha surdo lugʻat” yaratgan boʻlib, Germaniyaning “Lambert Academic Publishing» nashriyotida uning "Teaching English to deaf students" nomli kitobi chop etilgan.8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQSHning Galladet universitetida yordamchi oʻquv-uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda. Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibi bilan uchrashdi
◀️Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Namangan davlat pedagogika institutida bo‘lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️Suhbat davomida so‘nggi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar hamda barkamol avlodni tarbiyalashda maktab, oliy taʼlim dargohlari va pedagoglarning o‘rni alohida ekani qayd etildi.
🔗Shuningdek, vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibasi — oliy taʼlim maskanining 2-kurs talabasi Begoyim Varisovani samimiy tabriklab, bo‘lg‘usi pedagogning kelgusidagi o‘quv va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
➖ “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari;
➖ Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari”;
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan "Kelajak" markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi;
➖ “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi;
➖ maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
➖ menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan “Kelajak” markazlari direktor va direktor o‘rinbosarlariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 50 foiz va 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi;
➖ inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi;
➖ "Kelajak" markazlariga ular tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda tegishli hududdagi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar markazlari bino va inshootlaridan bepul foydalanishga ruxsat etiladi;
➖ 2026-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar to‘lanadi.
👉 Qarorning to‘liq matni
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1297184524
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi, muloqotlari nihoyatda samimiy ruhda o‘tdi. Ayniqsa yosh muhandis, o‘qituvchi E’zozbek Ozodovning hikoyasi ko‘pchilikni ta’sirlantirdi.
E’zozbek yaqinda “Eng yaxshi muhandis” ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili bilan taqdirlangan edi.
Bugun ana shu o‘zbekistonlik yosh bir o‘qituvchimizning tadqiqotlari nafaqat yurtimiz, boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg‘otmoqda. Keling, qolganini E’zozbekning o‘zidan eshitaylik, mamlakatimizda shunday farzandlarimiz ko‘payishi uchun yanada ko‘proq harakat qilaylik.
@hilola_umarova
IMG_4217.MP425.30 MB
01:34
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
Shayxontohur tumanida Ilk rivojlantirish markazi ochildi
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 41-sonli maktabning bo‘sh turgan binosi negizida 120 o‘rinli Ilk rivojlantirish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🟢Ushbu markazda 3–7 yoshli bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy rivojlanishlari, shuningdek, iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
✨Yangi ochilgan markaz kichkintoylarning kelajak sari dadil qadam qo‘yishlari, bilim va salohiyatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
2025-09-13 10.04.56.mp413.46 MB
Repost from TgId: 1297184524
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari uchun diplom olish marosimini oʻtkazdik.
Yodimda, 2021-yil hurmatli Prezidentimizning tashabbusi va qarorlari bilan Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgan, ilk talabalarimizni qabul qilib olgan edik.
Oradan 4 yil oʻtib, bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bitiruvchilarimizga diplom topshirib, katta hayotga kuzatdik. Universitetning Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olgan 129 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirildi.
Ayniqsa, top-10 bitiruvchiga diplom va Prezidentimiz sovg‘asi ham topshirilgani hayajonli boʻldi. Ushbu esdalik sovg‘ada eng bilimli 10 nafar bitiruvchi bilan davlat rahbarining surati va imzosi aks etgan.
Universitet jamoasi qisqa davrda xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, katta natijalarga erisha oldi, oliygohning bir qancha yoʻnalishlardagi tajribasi butun mamlakatimiz OTMda tatbiq etilmoqda.
Hozirda universitetning 96 nafar talabasi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular allaqachon Epam Systems, Kiberxavfsizlik markazi, Fan va olimpiadalar markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Ucell, MobiUz, Payme, Ipoteka bank, “O‘zsanoatqurilishbank” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Ipak yo‘li bank” AJ, Biznesni rivojlantirish banki ATB, Korzinka.uz, TBC Bank kabi yirik mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ish boshlagan.
Hurmatli bitiruvchilar va ularning ota-onalari, universitet jamoasi, barchangizni yana bir bor tabriklayman. Qadrli bitiruvchilar, bilim va tajribangizni mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida sarflab, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashingizga ishonaman.
@hilola_umarova
Buxorolik muallimaga Prezident sovg‘asi — BYD CHAZOR avtomobili topshirildi
➡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida e’tirof etdi:
- Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.
Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.”
➖ Billura TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori.
➕Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
⬇️Bugun bu fidoyi muallimaga yuksak ishonch ramzi va mehnatlarining e’tirofi sifatida Prezident sovg‘asi – BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
- Mamalakatimizda o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli mening yuksak orzularim ro‘yobga chiqdi va men bugun bor salohiyatim va kuch-g‘ayratimni Ona Vatanim ravnaqi, taraqqiyotiga safarbar etishga bel bog‘laganman, - deydi Billura.🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Давлатимиз раҳбари Наманган шаҳрида кундузги парвариш ва кундузги қараб туриш марказлари фаолияти билан танишди.
—
Глава государства ознакомился с деятельностью центров дневного ухода и дневного присмотра в городе Намангане.
#Mirziyoyev #safar #Namangan #ijtimoiyhimoya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📣 Namanganlik ustoz Nodira Nabiyevaga Prezident sovgʻasi — BYD CHAZOR avtomobili topshirildi
✅ Davlatimiz rahbari kuni kecha soha xodimlari bilan oʻtkazgan muloqot tadbirida Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Nodira Nabiyevaning faoliyatini yuksak eʼtirof etgan edi.
➖ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida ushbu oʻqituvchi bilan uchrashdi hamda uning pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ustozning erishgan yutuqlari hamda oʻz kasbiga boʻlgan fidoyiligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
👏 Shundan soʻng ustoz Nodira Nabiyevaga Prezident sovgʻasi — BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
➡️ Aytish lozimki, Nodira Nabiyeva yurtimizda “inglizcha-oʻzbekcha surdo lugʻat” yaratgan boʻlib, Germaniyaning “Lambert Academic Publishing» nashriyotida uning "Teaching English to deaf students" nomli kitobi chop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQSHning Galladet universitetida yordamchi oʻquv-uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda.
👉Hozirga qadar pedagogning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Germaniya, AQSH, Fransiya, Angliya, Hindiston, Chexiya kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida chop etilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
02:16
Video unavailableShow in Telegram
#Ishtirokchilar_fikri
✅Hilola Xudoymurodova —
Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanidagi 36-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, “Sog‘lom turmush” medali, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_8425.MP449.57 MB
#1_октябр_Ўқитувчи_ва_мураббийлар_куни
✅ Bayram ishtirokchilari bugun Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, senatorlar — Alisher Aʼzamxoʻjayev, Erkin Gadoyev, Odiljon Mamatkarimov, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, taʻlim fidoyilari ishtirok etdi.
📍 Oʻzaro muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda taʼlim tizimiga doir qonunchilik tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, sohani rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng islohotlar xususida soʻz yuritildi.
➖ Tadbirda ishtirokchilar senatorlar faoliyati hamda boshqa yoʻnalishlardagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
👉 Uchrashuv soʻnggida pedagoglar Senat kutubxonasida yaratilgan shart-shroitlarni koʻzdan kechirishdi.
➖ Bayram tadbirlari davom etmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Saida Mirziyoyeva
Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tadbirda ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashdi. Fidoyi o‘qituvchilar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, qator imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi: ipoteka kreditlari bo‘yicha yordam, o‘qituvchilarning farzandlari uchun shartnoma to‘lovining 30 foizini qoplash, kompyuter texnikasini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, jahonning TOP-300 oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun ta’lim kreditlari va boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
Bugungi kunda o‘qituvchilik chindan ham nufuzli va munosib maosh to‘lanadigan kasbga aylanmoqda. Zero, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, demakki, mamlakatimiz kelajagi aynan muallimlarga bog‘liqdir.
—
Глава нашего государства провёл встречу с работниками сферы образования, приуроченную ко Дню учителей и наставников. Выдающиеся учителя были награждены высокими государственными наградами.
Было объявлено о целом ряде льгот и мер государственной поддержки: помощь по ипотечным кредитам, 30-процентная оплата контракта для детей учителей, льготные кредиты для приобретения компьютерной техники, образовательные кредиты для поступления в ТОП-300 мировых вузов и многое другое.
Сегодня профессия учителя действительно становится престижной и достойно оплачиваемой. Ведь именно от учителей зависит образование наших детей, а значит — будущее нашей страны.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Maktabgacha_taʼlim
✅2025-yil 15-sentabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida, UNICEF xalqaro tashkiloti bilan birga, 5 kunlik o‘quv seminariga start berildi.
📚Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari hamda 11 ta hududiy “Pedagogik mahorat markazlari” mutaxassislari ishtirok etmoqda.
🔹Ushbu seminar “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, bunda: ➡️maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish va joriy etish; ➡️maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor, ularning o‘rinbosarlari va pedagog kadrlarining doimiy malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1472892297
01:01
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
10.00.Нутқидан.mp49.55 MB
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
02:29
Video unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев:
"Таълим сифатини ошириш ҳамда устоз ва мураббийларнинг меҳнат ва яшаш шароитини яхшилаш ислоҳотларимизнинг энг устувор йўналиши бўлиб қолади. Зеро, Янги Ўзбекистонда энг муҳим соҳа – таълим, энг ҳурматли инсонлар – ўқитувчи ва мураббийлардир!"Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
76.83 MB
00:58
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi
✅Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Qarshi shahridagi 43-DMTTda tashkilotlarda kun tartibidagi mashg’ulotlar borishi namoyish qilindi.
⏺Seminar davomida tarbiyalanuvchilarning shaxmat-shashka, karate, mental arifmetika, ingliz va rus tillari bilan shug’ullanish jarayonlari kuzatildi.
➡️Seminarning asosiy qismida bolajonlar tomonidan Turon Kichkintoylari sahna ijrolari ko’rsatildi. Ijodiy dastur davomida jadidlar izidan, milliy raqs, vatanni madh etish, Zumrad va Qimmat ertagi hamda soya teatri sahna ijrolari namoyish qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_9294.mp411.50 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Xorijiy_tillar
#Таълим_саёҳати
✈️ Bugun Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabi” tanlovi final bosqichi ishtirokchilarining bir guruhi Fransiyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketishdi.➖ Bu yerda ishtirokchilar o’z yo’nalishlarida yangi bilim va ko’nikmalarni egallashlari hamda mamlakatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari rejalashtirilgan. 🔰 Eslatib o‘tamiz, tanlovning Respublika bosqichi joriy yilning 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan edi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
03:54
Video unavailableShow in Telegram
✨✨✨✨
📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.
O’tgan haftada amalga oshirilgan:
➖Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari;
➖hududlardagi olimpiadalar;
➖taqdirlash va tantanali bayram tadbirlari — hafta DAYJESTida.
⏳ 8—15-SENTABR, 2025-yil🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Dayjest 32 1.mp458.97 MB
