fa
Feedback
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
14 776
مشترکین
-524 ساعت
+707 روز
+14530 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
🇨🇳 Xitoy olimlari dunyoda birinchi universal 6G-modemni yaratishdi ⚡️ Uning tezligi 100 Gbit/s ga yetadi! Bunday tezlikda hajmi 50 GB bo‘lgan 8K formatdagi videoni atigi bir necha soniyada yuklab olish mumkin. ℹ️ Modem 0,5–115 GHz oralig‘idagi istalgan chastotada ishlay oladi. ➡️ #6G | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
👍 35🆒 5🔥 4 3 2
🧩 LEGO “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi “Qora marvarid” kemasini taqdim etdi ℹ️ To‘plam tafsilotlari: - 2862 ta detal - Ko‘plab yashirin elementlar - 8 ta minifigura: Kapitan Jek Vorobey, Gektor Barbossa, Joshami Gibbs, Cotton, Uill Tyorner, Elizabet Svonn, Anna Mariya va Marti 📏 O‘lchamlari: - Balandligi — 64 sm - Uzunligi — 64 sm - Kengligi — 23 sm 🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 15-sentabr 💵 Narxi: $380 ➡️ #lego | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
10🤣 7❤‍🔥 3🔥 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yandex Uzbekistan — Dev Camp ta’limiy dasturini boshlamoqda 🧑‍💻👩‍💻 20 sentyabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng Dev Camp — dasturchilar uchun lektoriy dasturiga start beriladi. Ishtirokchilarni: ● Yandex mutaxassislaridan backend-dasturlash, algoritmlar va sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha ma’ruzalar, ● Amaliy mashg‘ulotlar: code-battle, ma’lumotlar bazalari, Flutter + AI, ● Karyera vorkshoplari va demo-intervyular, ● Junior'dan Senior'gacha bo‘lgan karyera bosqichlari haqida panelli muhokamalar. Dasturda qatnashish nima beradi? ● Backend va algoritmlar bo‘yicha chuqur bilim, ● Yetakchi mutaxassislar bilan real muammolar ustida ishlash tajribasi, ● Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyati. 📍Joyi: INHA universiteti, Toshkent 📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17 sentyabrgacha 💭 Leksiyalar rus va ingliz tillarida, sinxron tarjima bilan olib boriladi. ✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq
نمایش همه...
👎 5 3👍 2🔥 1
🔊 Marshall ulkan kolonkani taqdim etdi – g‘ildirakchali va yoritkichli! ℹ️ Bromley 750 nomli yangi kolonka 24 kg og‘irlikda. Yon tomonida ko‘tarib yurish uchun tutqichlari, orqa qismida esa chiqarib olinadigan qo‘l tutqichi va g‘ildirakchalari bor – xuddi chamadondek. Bundan tashqari, LED-podsvetka, IP54 himoya va mikrofon ulab, karaoke rejimida foydalanish imkoniyati mavjud – haqiqiy kechalar yulduzi! 🎶 Ovoz imkoniyatlari: - 2 ta 10 dyuymli sabvufer (har biri 150 W) - 2 ta o‘rta chastotali dinamika (har biri 50 W) - 4 ta tvitter: 2 tasi 14 W, 2 tasi 7 W 📡 Ulash imkoniyatlari: - Bluetooth 5.3 (SBC, AAC va LC3 kodeklari) - RCA (“tyulpan”) - 3,5 mm audio port 🔋 Avtonomiya: 40 soatgacha ishlaydi. Akkumulyatorni almashtirish yoki tarmoq orqali ishlatish mumkin. 🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 23-sentabr 💵 Narxi: $1299 ➡️ #marshall | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
11 6🥰 3🤮 3❤‍🔥 1
«Pepsi Maniya»da ishtirok eting @pepsisummerbot
نمایش همه...
🤮 23👎 4
00:37
Video unavailableShow in Telegram
2.62 MB
👎 24
00:11
Video unavailableShow in Telegram
🍏 Apple taqdimoti vaqti aniq 🍏 Kompaniyaning rasmiy saytida interaktiv logotip paydo bo'ldi: u kursor harakati yoki iPhone va iPad’dagi ehtimoliy issiqlik kamerasi effektini eslatadi. Ehtimol, bu smartfonda yangi teplovizor texnologiyasi emas, balki yangi modellarda sovutish tizimini yaxshilaganiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. 🍏 Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 17’da yangilangan dizayn bo‘ladi: to‘liq alyuminiy korpus va MagSafe uchun oynavand deracha. Logotipdagi gradient — to‘q sariqdan och-ko‘k ranggacha hamda iPhone 17 Pro va iPhone 17 Air yangi ranglariga ishora qilayotgani aytilmoqda. 🪶 Taqdimot shiori — “Awe Dropping” (“hayratdan yoqib tushadigan”) aniq “Jaw Dropping” iborasi bilan o‘ynalgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, Apple atigi 5,5 mm qalinlikdagi ultrayingichka iPhone 17 Air’ni tayyorlamoqda. 📅 Asosiy sir esa 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da ochiladi — Apple o‘z yangiliklarini rasmiy tarzda taqdim etadi. ➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
IMG_4123.MP41.67 MB
👍 14 2🔥 1
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇸 Amerikalik blogerlar «Mad Max» uslubida 3 g‘ildirakli monster-trak yasashdi 🏍 Mashina dizel turbomotorda harakatlanadi, eng qiziq tomoni — haydovchi kabinasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri old g‘ildirak ichiga joylashtirilgan. ⚙️ Ixtirochilar yarim yil davomida ushbu apparatni yig‘ishgan, ammo bu shunga arziganini aytishmoqda: ularning ta’kidlashicha, bu muhandislik mo‘’jizasi deyarli har qanday notekis yo‘llarni yengib o‘tishga qodir. ➡️ #transport | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
трак1монт.mp48.85 MB
15👍 11🗿 4❤‍🔥 2🔥 1
🔥 Qisqasi, yana bir loyiha boshlaganmiz. Eng so'nggi yangiliklarni qisqacha-piskacha qilib @qisqasitv da video shaklida aytib beryapmiz. 😉 Qiziqsangiz, obuna bo'lib qo'ying.
نمایش همه...
star reaction 1🐳 9😁 4🤝 3 2👍 1
01:54
Video unavailableShow in Telegram
🐉 Mortal Kombat: Legacy Kollection yangi treyleri chiqdi 🎮 Ushbu to‘plamga yigirmadan ortiq klassik o‘yinlar kiritilgan: Mortal Kombat 1–4, Mortal Kombat Mythologies: Sub-Zero, Mortal Kombat: Special Forces, Mortal Kombat Advance, Mortal Kombat: Deadly Alliance, Mortal Kombat: Tournament Edition, shuningdek turli konsollar uchun ularning portlari. 👨‍💻 Dasturchilar o‘yinlarni zamonaviy platformalarga moslashtirish, grafikani yaxshilash va multiplayer qo‘shishni va’da qilishgan. 📅 Xabarlarga ko‘ra, to‘plam 29-sentyabr kuni chiqariladi. U PC, PS5, PS4, Xbox Series X|S, Xbox One va Nintendo Switch/Switch 2 uchun mavjud bo‘ladi. ➡️ #game | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
IMG_4605.MP440.07 MB
8🔥 5 4👍 2👾 2
00:34
Video unavailableShow in Telegram
🌱 #SeedsForTheFuture2025 – talabalarga o‘zini global darajada namoyon qilish va AKT sohasida o’z bilimlarini oshirish uchun ajoyib imkoniyat. 🌱 Ishtirok etish uchun arizalarni 2025-yil 31-avgustga qadar topshiring. Buning uchun rezyume, o‘qishdagi baholar to‘plami, motivatsion xat, o‘zingiz haqingizda ingliz tilida qisqa video tayyorlash, yutuq va mukofotlaringiz (mavjud bo‘lsa) bilan bo‘lishish, shuningdek #Huawei AKT Akademiyasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz zarur. Batafsil talablar va ko‘rsatmalar havola orqali joylashtirilgan. https://www.huawei.com/uz/events/seeds-for-the-future-2025 📧 Barcha materiallar SeedsUz@huawei.com elektron pochtasiga yuboriladi. Xalqaro ta’lim loyihasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
نمایش همه...
IMG_5734.MOV22.05 MB
star reaction 1🔥 4 2🏆 1🤝 1👾 1
02:41
Video unavailableShow in Telegram
📷 Insta360 GO Ultra taqdim etilibdi 💬 Bloger sifatida foydalanish ancha qulay bo'lgani quvontirdi. Sifat ham o'sgan bo'lsa bo'ldi. ➡️ #insta360 | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
Meet_Insta360_GO_Ultra_The_Tiny_4K_Cam_Built_for_the_Moment_1.mp441.84 MB
21👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
🎮 Xbox o‘zining ASUS bilan hamkorlikda yaratilgan portativ qurilmalari chiqish sanasini e’lon qildi 📅 Ikkala portativ qurilma ham 16-oktabr kuni savdoga chiqadi: • ROG Xbox Ally — $549.99 • ROG Xbox Ally X — $899.99 👀 Qiziq savol: ularni umuman kimdir kutyaptimi?
نمایش همه...
🤣 24 6👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
📱📱 Galaxy S26 Ultra yangi ekran texnologiyasi bilan keladi — Flex Magic Pixel 🔒 Bu funksiya AI yordamida ekranni yon tomondan ko‘rishni cheklaydi, maxfiylikni ta’minlaydi. ✨ Oddiy plyonka kerak emas, yorqinlik pasaymaydi. 🎨 CoE texnologiyasi bilan rang sifati va energiya tejamkorligi ham yaxshilanadi. 🆕 Galaxy S26 Ultra — bu texnologiyani birinchi bo‘lib oladigan Samsung flagmani bo‘ladi.
نمایش همه...
58🔥 25👍 14👎 5🆒 3
00:58
Video unavailableShow in Telegram
🍏 Xitoylik bir entuziast ko‘pdan beri Apple muxlislari orzu qilib kelayotgan qurilmani yasadi — bu MacBook va iPad gibridi ℹ️ U shunchaki noutbukning ekranini olib tashlab, unga iPad’ni mahkamladi. Natijada planshet noutbuk uchun to‘liq displey sifatida ishlaydi, uni ajratib olganda esa oddiy iPad’ga aylanadi. ➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
IMG_6648.MP420.79 MB
👍 40🗿 8🔥 5 3🦄 1
00:16
Video unavailableShow in Telegram
🤖 Birinchi Jahon robot o‘yinlarida kulgili voqea yuz berdi: yuguruvchi Unitree roboti yugurish paytida bir odamni urib yiqitdi! 🏆 Biroq bu hodisa mashinaga g‘alaba qozonishga halaqit qilmadi — kiber-yuguruvchi 1,5 km masofani atigi 6 daqiqa 34 soniyada bosib o‘tdi. ➡️ #robot | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
загруженное (1).mp45.57 MB
🤣 43😁 16😱 5👍 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
☀️ Quyoshda gigant “koronal teshik” tez sur’atlar bilan kengaymoqda! ℹ️ So'nggi bir sutkada quyoshning Yerga qaragan qismida joylashgan katta teshik 50 % ga kattalashdi. Ushbu mintaqadan kelayotgan quyosh shamoli 800–900 km/s tezlikka yetishi kutilmoqda. Bu odatdagidan 2–2,5 marta yuqori bo‘lib, yaqin kunlarda geofizik muhitga o‘zgarish olib kelishi mumkin. 🚨 Nima bo‘lishi mumkin: - Geomagnit bo‘ronlar, ya’ni G1 darajasidan yuqoriroq kuchga ega bo‘lishi ehtimoli. - Avvalo shamol energiyasi kuchayishi bilan sun'iy yo‘ldoshlar, radioaloqa, navigatsiya tizimlariga ta’sir bo‘lishi mumkin. 🌍 Biroq hozircha yaqin damlarda Yerning magnitosferasi nisbatan barqaror qolishi aytilmoqda ➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
😱 11🤷‍♀ 5👍 2🤷‍♂ 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
iOS 26 🆚 iOS 18 🍏 Apple'ning operatsion tizimlar ichidagi ushbu yirik yangilanishlaridan biri sizga yoqdimi? ➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
نمایش همه...
tikmate.app_7539147406357564679_hd.mp49.27 KB
👎 55🤮 29👍 7 3🔥 3
Pepsi Maniya да иштирок этинг @pepsisummerbot
نمایش همه...
👎 34
00:52
Video unavailableShow in Telegram
3.56 MB
🤮 31🤡 5👎 3🥱 1