fa
Feedback
Edu - Taʼlim yangiliklari

Edu - Taʼlim yangiliklari

رفتن به کانال در Telegram

🔔 Reklama: @Edurekadmin Ta'limda nima yangiliklar? O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 📩 @Edu_murojaatBot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
481 958
مشترکین
-3 90924 ساعت
-17 6557 روز
-51 65130 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmaganOxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan 2025-yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam. Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 253 ming 844 nafari (41,29%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham to‘play olmagan. O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor, ko‘z tegmasin. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq to‘plagan edi. 2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang). 2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu alohida e'tiborga molik raqam. 🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud: ⬆️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9% ⬆️ Navoiy — 8,9% ⬆️ Sirdaryo — 8,1% ⬆️ Buxoro — 7,8% ⬆️ Qashqadaryo — 6% O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor. *** 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👎 29🤣 19🔥 14👍 9🤩 6👏 3🎉 3😱 2
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Temir yo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish — har bir qatnov xavfsiz va aniq bo‘lsin!
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida temir yo‘l transportida harakatni samarali boshqarish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘ling! O‘qish muddati: 4 yil Yillik kontrakt: 12 000 000 so‘m Ta’lim shakli: Kunduzgi Siz: 1.Temir yo‘l transportida harakatni tashkil etish va boshqarish. 2.Harakat xavfsizligini ta’minlash 3.Zamonaviy transport texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaysiz. Qabul davom etmoqda! Aniq reja, xavfsiz qatnov — sizdan boshlanadi!
Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060 - (Qashqadaryo) Yozish +998557056060 - (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram | Web-sahifa
نمایش همه...
IMG_6779.MP411.56 MB
👍 4👎 2👏 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha doimgidek Buxoro yetakchi. Eng oxirgi o‘rinda esa — Andijon Bilimlarni baholash agentligi joriy yilda abituriyentlar to‘plagan natijalar bo‘yicha ayrim statistikalarni e’lon qildi. Hududlar kesimida o‘rtacha ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan — 89,5 ball. Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri (82,8) hamda Navoiy viloyati (80,4) egallagan. Eng quyi pog‘onadan esa Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7) hamda Andijon (70,9) joy olgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 76,9 ballni tashkil qilgan. O‘z navbatida, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali 81,7 ballni tashkil qilgan. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👍 19🔥 3👎 2
01:18
Video unavailableShow in Telegram
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; 2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; 3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. ❗️Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
Yotoqxona pulini qaytarib olish uchun ariza2.mp442.57 MB
👍 12❤‍🔥 5🔥 5👎 2😍 2🎉 1
01:24
Video unavailableShow in Telegram
🎓Chet elda amaliyot, AQSH bilan qo'shma dastur, Sifatli ta'lim olish uchun — OXUda tahsil oling. Bugun yuzlab talabalar shu yo‘lda, ertaga esa safga siz ham qo‘shilishingiz mumkin! Osiyo Xalqaro Universiteti — xalqaro hamkorliklari, zamonaviy infratuzilmasi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlari bilan ajralib turadigan oliygohdir.
OXUda sizni kutayotgan imkoniyatlar: 90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari 10 mln so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlari AQSh bilan qo‘shma dastur va ko‘plab xorijiy hamkorliklar Rektor stipendiyalari va grant dasturlari Xorijiy amaliyot ✅ Simulyatsion markaz, laboratoriyalar, farmatsevtika mini-zavodi va klinik baza 5 ta kampus Har yili ortib borayotgan xorijlik talabalar safi
📚OXUda mavjud ta’lim shakllari: 🟢Kunduzgi ta’lim 🟢Kechki ta’lim 🟢Masofaviy ta’lim 🚀Sizning kelajagingiz ham shu yerda boshlanishi mumkin. Qabul davom etmoqda — bugun qaror qabul qiling va ertangi muvaffaqiyatlaringizni bugundan yarating! Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Biz bilan bog'lanish: +998553050009
نمایش همه...
IMG_4921.MP430.67 MB
👍 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Milliy Sertifikat test sinovlari sanalari eʼlon qilindi 📅 Imtihon sanalari va fanlar:
🔹 Sentyabr Ro‘yxat: 12-sentabrgacha Test: 4–5-oktabr Fanlar: Matematika, Kimyo, Geografiya Natija: 3-noyabr
🔹 Oktabr Ro‘yxat: 10-oktabrgacha Test: 1–2-noyabr Fanlar: Ona tili va adabiyot (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) Natija: 1-dekabr
🔹 Noyabr Ro‘yxat: 7-noyabrgacha Test: 29–30-noyabr Fanlar: Biologiya, Fizika, Tarix Natija: 30-dekabr
🔹 Dekabr Ro‘yxat: 5-dekabrgacha Test: 27–28-dekabr Fanlar: Matematika, Kimyo, Geografiya Natija: 2026-yil 28-yanvar
💰 Imtihon to‘lovi: 556 200 so‘m (1,5 baravar BHMning 90 foizi) ⚠️ Muhim! Sentabr, Oktabr va Noyabr testlari uchun ro‘yxatga olish 20-avgustdan boshlanadi. Dekabr testlari uchun ro‘yxatga olish 10-noyabrdan boshlanadi. ✅ Ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👍 17🔥 6❤‍🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
🎓🇯🇵 Yaponiya – ta’lim bo‘yicha dunyoning TOP-10 mamlakati! Siz ham o‘qib, bir vaqtning o‘zida ishlashni xohlaysizmi? 🌟 Bugun bizning 2000$ xizmatimizni butunlay BEPUL qo‘lga kiriting! Yaponiyada o‘qish orqali siz quyidagilarga erishasiz:
✅ Butun dunyo tan oladigan diplom ✅ TOYOTA, SONY, AMAZON kabi yirik kompaniyalarda ishlash imkoniyati ✅ O‘qish bilan birga soatiga 10–15$ daromad topish imkoniyati
🎉 Bugun bizning 4000 ga yaqin talabamiz safiga qo‘shilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔗👉 Yopiq kanalimizga qo‘shiling va vebinarda qatnashing; 💡 Vebinarda siz: Yaponiyada o‘qish tartibini Birinchi 2000$ ishni topish yo‘llarini bilib olasiz! 🎁 Faqat vebinar qatnashchilari uchun: Yapon tili kurslarida mutlaqo TEKINGA o‘qish Ota-onalaringiz uchun TEKINGA viza olish imkoniyati 🚀 Shoshiling! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!👇 🔗Qo‘shilish uchun shu yerga bosing!
نمایش همه...
🔥 6👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
💡Qanday qilib yaxshiroq o'rganish mumkin? Biror narsani o’rganayotganda, bitta o’tirishda hamma narsani o’rganishga urinmang. ⌛️ Agar biron bir narsani o’rganish, jarayonni kichik intervallarga, masalan, 40-50 daqiqaga ajratsangiz, yanada samaraliroq bo’ladi. Uzluksiz ishlash miyaning charchashiga ta’sir qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan va agar siz unga dam bermasangiz, shunchaki ma’lumotni qabul qilishni to’xtatadi. Va bu charchashga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun har soatda 10-15 daqiqa tanaffus qiling va shundan so’ng mashg’ulotlarni davom ettiring. Qisqa tanaffusdan keyin samaradorlik va konsentratsiya ancha yuqori bo’ladi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
❤‍🔥 19👍 16👎 2😍 2👏 1
Cambridge o‘quv markazida yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi! Cambridge LC’da darslarga qatnashib, uyga vazifalarni topshirganingiz uchun maxsus coinlar yig‘asiz. Bu coinlar keyinchalik gadjetlarga almashtiriladi. 🎯 IELTS’dan 7.5 ball olsangiz — 1 000 000 so‘m. 🎯 8.0 ball uchun — 2 000 000 so‘m. 🎯 8.5 ball va undan yuqori uchun — $1000 gacha cashback. 📜 Eng muhimi — Cambridge LC sertifikati orqali O‘zbekistondagi 10 dan ortiq universitetga ingliz tili imtihonisiz kirish mumkin. Cambridge LC 11 yil davomida 100 mingdan ortiq o‘quvchiga ingliz tilini o‘rgatgan, minglab o‘quvchilar IELTS’dan 7.0+ natija olishgan. Bugungi kunda markazning Toshkent, Samarqand va Farg‘onada 14 ta filiali mavjud. 👉 Ro'yxatdan o'tish 📞 78 777 77 74
نمایش همه...
👍 8❤‍🔥 2🤩 2
⚡️ Abituriyentlar uchun: grantga kirsangiz, uning bir yillik ekanini bilasizmi? ▪️ O'tgan yilidan boshlab, davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta taqsimlana boshladi. Buni Oliy ta'lim vaziri quyidagicha tushuntirgandi:
Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz.
Bu yerda masala faqat birgina yigit yo qizning 11 yil o‘qib to‘plagan oltindan qimmat bilimi yo‘qolib ketishidagina emas, balki ularga ta’lim bergan o‘qituvchilarning mehnati ham zoe ketishidadir. Ilgari davlat granti bir talabaga bakalavriat bosqichida uzluksiz taqdim qilingan bo‘lsa, endi grantni oqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘qishni o‘zlashtirishni muntazam rivojlantirib borish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida har yili yuqori baho olgan talabalar orasida ushbu grant o‘rni qayta taqsimlanadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
🔥 44👍 21👎 15🤩 5😡 5🤣 4🎉 3🤝 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). 📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring! ✔️ Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👍 39👎 7🤣 5
Photo unavailableShow in Telegram
Talaba bo‘lganlar birinchi navbatda nima qilishi kerak? 🎉 Avvalo, talaba bo'lganingiz bilan tabriklaymiz. ➖ Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling. O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing. ➖ Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak. O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik — yaxshi narsa. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👏 42❤‍🔥 28👍 23🤩 4😡 4🔥 3
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi. Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👍 32❤‍🔥 7👏 6🔥 5👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Bugun — medtexnikumlarga qabulning oxirgi kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari)ning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin. Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: ➡Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha. ➡Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin. Tibbiyot texnikumlarini tanlash my.uzbmb.uz saytida 28-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
👍 19🔥 6👎 2
❗️1 yil yo‘qotmagan holda talaba boʻling! 🎓 Hurmatli abituriyentlar! Endilikda siz UZMBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonlarsiz Renessans taʼlim universiteti talabasi bo‘la olasiz. RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash; 🔹 Davlat standartidagi diplom; 🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish; 🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish; 🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati; 🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa); 🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
Ariza topshirish: 👉www.renessans-edu.uz
UZBMB (DTM)dan kamida 150 ball to'plagan bo'lsangiz – 50% hamda 120 ball to'plagan bo'lsangiz25% grantni qo'lga kritasiz.
☎️Murojaat uchun: +998555067007 | @RTUadmin 📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17 ⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.) 📝Telegram💻Instagram📝Facebook 🟥Youtube 🏛 Websayt
نمایش همه...
IMG_8982.MP417.73 MB
👎 2🔥 2
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti – sizdagi cheksiz salohiyatni uyg‘otib, uni yutuqlarga aylantiradigan maskan.
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida sizni 40ga yaqin bakalavriat va 5 ta magistratura mutaxassisliklari kutmoqda. Har bir yo‘nalish — o‘z sohasining mutaxassislari tomonidan olib boriladigan chuqur, sifatli ta’lim dasturlariga asoslangan. Darslar esa zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarda, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Bakalavriat yo‘nalishlari: Iqtisodiyot, moliya va texnologiyalar: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Moliya va moliyaviy texnologiyalar Bank ishi Pedagogika va ijtimoiy fanlar: Boshlang‘ich ta’lim Maktabgacha ta’lim Jismoniy madaniyat Tarix Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Psixologiya Aniq va tabiiy fanlar: Matematika Biologiya Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili va adabiyoti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Filologiya: ingliz tili Filologiya: rus tili Filologiya: o‘zbek tili Axborot texnologiyalari va muhandislik: Axborot tizimlari va texnologiyalari Kompyuter injiniringi Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi Neft-gaz va konchilik yo‘nalishlari: Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish Quduqlarni burg‘ulash Magistral quvurlar, neftebaza va saqlash tizimlari Konchilik ishi Metallurgiya muhandisligi Geologiya va foydali qazilmalar Transport va geoinformatika: Yo‘l harakatini tashkil etish Avtomobil va temir yo‘l transporti yo‘nalishlari Geodeziya va geoinformatika Mehnat muhofazasi va xavfsizlik: Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (umumiy) Arxitektura va qurilish Kimyo va oziq-ovqat sanoati Kadastr: Yer va mulkni ro‘yxatga olish va baholash yo‘nalishlari Magistratura mutaxassisliklari: 1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 2. Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 3. Tarix 4. Pedagogika 5. Psixologiya Kelajakka yo‘l shu yerdan boshlanadi! Siz ham ta’lim, tajriba va rivojlanish uyg‘un bo‘lgan muhitda o‘qishni xohlaysizmi? Unda — Iqtisodiyot va pedagogika universiteti sizni kutmoqda!
Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060 - (Qashqadaryo) Yozish +998557056060 - (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram | Instagram | Web-sahifa |
نمایش همه...
IMG_2772.MP451.64 MB
🔥 4🎉 2🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ O'qishga kirishga ozroq ball yetmay qolsa, abituriyent qancha kontrakt to'laydi? ◾️ O'tgan yilgi tartibga ko'ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga: 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar; 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar; 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar; 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar to'lashi kerak. ➡️ Eslatma: hali kontrakt va super-kontraktga oid yangiliklar rasman e'lon qilinmadi. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
🔥 16👍 9👏 3
01:36
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Nega butun O‘zbekiston bo‘ylab va hatto XORIJDAN talabalar Turan Xalqaro Universitetini tanlashmoqda? 📍 Andijon, 📍 Farg‘ona, 📍 Samarqand, 📍 Surxondaryo, 📍Xorazm📍Qoraqalpog'iston Respublikasi hatto 🇹🇷 TURKIYADAN kelgan yoshlar aynan Turanda tahsil olishmoqda. Sabablari esa har xil. 🎥 Ushbu video orqali ularning sabablarini bilib olishingiz mumkin.
💬 “Men orzuimdagi universitetni topdim” deyotgandirsiz. To'g'ri aytasiz!
QABUL TUGASHIGA SANOQLI KUNLAR QOLDI! SHOSHILING!!! 🌐 Hujjat topshirish 📞+998999210055 📍 Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy) 📚Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram Website | YouTube
نمایش همه...
118.68 MB
👍 5🔥 1
Qaysi toifadagi talabalardan to o'qishni tugatguncha granti olib qo'yilmaydi? ✔️ Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi ta’lim granti olgan talabalar Qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi.
Ular bu grantni to o‘qishni tugatguncha saqlab qoladi.
Bular, masalan, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, 2 mingtalik grant doirasida talaba bo'lgan xotin-qizlar va shunga o'xshash toifalar. Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
نمایش همه...
❤‍🔥 22👍 11🔥 10🤣 5🤷‍♀ 3
00:22
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
IMG_3846.MP47.99 MB
👍 7❤‍🔥 4🔥 2🤩 1