Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

95 954
مشترکین
-324 ساعت
+2887 روز
+9430 روز
آرشیو پست ها
#uchrashuv
Navoiy viloyatida soliq toʻlovchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Bugun Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 246-son Farmoni mazmun-mohiyatini soliq toʻlovchilarga batafsil tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Soliq qoʻmitasi hamda viloyat soliq xizmati organlari mutaxassislari tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi muhim yangiliklar, ularning amaliyotda qoʻllanilishi hamda biznes faoliyatiga ijobiy taʼsiri xususida atroflicha va sodda tarzda tushuntirishlar berdi.
Ochiq muloqotda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mutaxassislarga murojaat qilib, amaliy misollar orqali batafsil javoblar oldi.
Hududlarda oʻtkazilayotgan seminarlar farmonda belgilangan asosiy yoʻnalishlar: naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda shaffof biznes muhitini yaratish kabi muhim jihatlarni soliq toʻlovchilarga yetkazishga xizmat qiladi.
Bu kabi targʻibot tadbirlari Soliq qoʻmitasi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
02:30
Video unavailableShow in Telegram
#elektron_xizmat #qqs
Elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan savollar
– Elektron xizmatlar nima❓
– Qaysi xizmatlar elektron xizmatlar hisoblanadi❓
– Nima uchun xorijiy elektron xizmatlar soliqqa tortiladi❓
Shu va boshqa savollarga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi Elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonalar faoliyatini monitoring qilish sho‘basi bosh inspektori Xurshidbek Baxodirov javob beradi.
______________________
#electronic_service #VAT
Most common questions about foreign companies providing electronic services
- What are e-services❓
- Which services are considered e-services❓
- Why are foreign e-services taxed❓
Khurshidbek Bakhodirov, Chief Inspector of the Department for Monitoring the Activities of Foreign Enterprises Providing Electronic Services at the Interregional Tax Inspectorate for Large Taxpayers, answers these and other questions.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
IMG_9796.MP412.95 MB
01:22
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_pochtasi
✅Samarqandlik bolajonlarga Soliq qo‘mitasi Raisining Yangi yil sovg‘alari yetib bordi
🎄Soliq qo‘mitasi Raisining tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Raisga Yangi yil maktubi” loyihasi doirasida Samarqand viloyatida 21 nafar soliq xodimlari farzandlari Raisga o‘zlarining samimiy maktublarini yo‘lladi.
📩 Bolajonlar maktublarida o‘z orzularini, soliq xizmatida faoliyat yuritayotgan otasi yoki onasining fidokorona mehnati hamda joriy yilda o‘zlaringing o‘qishda, sportda erishgan oshaxsiy yutuqlari haqida fikrlarini bayon qilishgan.
🎁 Qatnashchilarga Soliq qo‘mitasi Raisining javob xati va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
IMG_7223.MP416.32 MB
03:14
Video unavailableShow in Telegram
#mahallabay
Mahalla soliq inspektori faoliyatida ijobiy koʻrsatkichlar
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanining “Eski qalʼa” va “Paxtakor” mahallalariga biriktirilgan mahalla soliq inspektori Bobir Norboyev joriy yilda samarali faoliyati bilan ajralib turibdi.
Uning aholi va tadbirkorlar bilan olib borayotgan ochiq muloqoti hamda aniq tushuntirish ishlari natijasida mazkur mahallalarda toʻlov intizomi oshmoqda. Inspektorning mehnati samaradorlik koʻrsatkichlarida ham oʻz aksini topib, u oyma-oy 90 balldan yuqori reyting natijalarini qayd etmoqda.
Maʼlumki, aholining soliq madaniyatini yuksaltirishda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Shu hamjihatlik orqali hududda tadbirkorlik faoliyati faollashib, joriy yilda 70 nafardan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtdi, 50 ga yaqin ishbilarmon esa oʻz faoliyatini kengaytirdi.
Xulosa qilib aytganda, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish boʻyicha belgilangan vazifalar amalda oʻz samarasini bermoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Бухоро.mp487.90 MB
02:35
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_pochtasi
Soliq qo‘mitasi raisining Yangi yil sovg‘alari qashqadaryolik bolajonlarga yetib bordi
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tizimida ishlovchi xodimlarning 11 nafar farzandlari mazkur aksiyada faol ishtirok etib, Raisga yangi yil maktubini yo‘llashgan.
Ularga soliq qo‘mitasi Raisining dil izhorlariga to‘la maktubi va Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov ushbu maktubni bolajonlarga o‘qib eshittirdi va sovg‘alarni topshirdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
ROLIK TAYYOR TELEGRAM+++.mp461.14 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#tax_free
Yil boshidan buyon Tax Free tizimi orqali xorijiy xaridorlarga qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ qaytarildi
Chet davlat fuqarolariga Oʻzbekiston hududida QQS summasini qaytarish tartibi 2023-yilda joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda ham amal qilib kelmoqda.
Tax Free (QQS) summasi qaytarish ko‘rsatkichlari:
2023-yilda - 421 chet el fuqarolari 138,4 mln so'm
2024-yilda - 1 458 chet el fuqarolari 633,2 mln so'm
2025-yilda - 2 352 chet el fuqarolari 4,8 mlrd so'm (31-oktabr holatiga).
Tax Free tizimida sotib olingan mahsulotlar:
- kiyim va kiyim aksessuarlari;
- poyabzal;
- parfyumeriya, kosmetika va pardoz buyumlari;
- soatlar.
QQS (Tax Free) qaytarilishi bo‘yicha TOP-3 shaharlar:
- Toshkent;
- Samarqand;
- Buxoro.
Tax Freedan qanday foydalanish mumkin?
Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan o‘tib xaridlari boʻyicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kifoya. “Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish jarayonini “Soliq” mobil ilovasi orqali onlayn rejimda kuzatib borishi mumkin.
“Tax free” summasi chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan soʻng, tax free tizimida ro'yhatdan o'tgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin qaytariladi.
_____
#tax_free
Почти 5 млрд сумов по системе Tax Free вернули иностранным покупателям с начала года
Механизм возврата суммы НДС (Tax Free) для иностранных граждан действует в Узбекистане с 2023 года и успешно применяется на практике.
Возврат суммы Tax Free (НДС):
2023 г. – 421 иностранный гражданин вернули 138,4 млн сумов;
2024 г. – 1 458 иностранных граждан вернули 633,2 млн сумов;
2025 г. – 2 352 иностранных гражданина вернули 4,8 млрд сумов (по состоянию на 31 октября).
Товары, приобретенные по Tax Free
- одежда и аксессуары;
- обувь;
- парфюмерия, косметика и товары для красоты;
- часы.
ТОП-3 городов по возврату НДС (Tax Free):
- Ташкент,
- Самарканд
- Бухара.
Как воспользоваться Tax Free
Иностранному гражданину необходимо зарегистрироваться в мобильном приложении “Soliq” и отсканировать фискальные чеки онлайн-ККТ по совершенным покупкам. Расчет суммы Tax Free и зачисление на банковскую карту или банковский счет осуществляется через приложение с возможностью онлайн-отслеживания статуса.
Возврат суммы Tax Free производится после подтверждения выезда иностранного гражданина с территории РУз – после 25-го числа месяца, следующего за месяцем регистрации в системе Tax Free.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Photo unavailableShow in Telegram
#QQS
✅ QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati to‘ldirildi
Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi.
👉PF-153-son, 4.09.2025-yil
Prezident Farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan QQSning nol stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati tasdiqlandi.
Nol stavkadagi QQS qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 27 taga ko‘payib, qayta tasdiqlandi va Soliq qo‘mitasi rasmiy saytining ochiq ma’lumotlar bo‘limiga joylashtirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning takliflariga asosan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
_____
#НДС
✅ Дополнен перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС
Как сообщалось ранее, с 1 января 2026 года для реализации сельхозпродукции (за исключением хлопка и зерна), выращенной сельскохозяйственными товаропроизводителями, будет применяться нулевая ставка НДС.
👉№УП-153 от 4.09.2025
В соответствии с Указом Президента Министерством сельского хозяйства и Налоговым комитетом утвержден перечень сельхозпродукции, к которой будет применяться нулевая ставка НДС.
Перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС увеличен на 27 позиций, повторно утвержден и размещен в разделе открытых данных на официальном сайте Налогового комитета.
Министерством сельского хозяйства по согласованию с Налоговым комитетом в перечень могут вноситься изменения и дополнения на основании предложений Жокарги Кенгеса Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и субъектов, выращивающих сельхозпродукцию.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
