Oʻqituvchilar uchun
رفتن به کانال در Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar va tizimdagi dolzarb masalalarni yoritamiz Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

9 742
مشترکین
-524 ساعت
-357 روز
-14930 روز
آرشیو پست ها
01:12
Video unavailableShow in Telegram
5-8-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 2-videosi
@kelajaksoati1
5.8.6.2.mp416.02 MB
01:34
Video unavailableShow in Telegram
5-8-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 1-videosi
@kelajaksoati1
5.8.6.1.mp437.16 MB
5-8-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni metodologiyasi
@kelajaksoati1
5-8-sinf 6-mavzu metodologiya.pdf2.25 KB
5-8-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni dars ishlanmasi
@kelajaksoati1
5-8-sinf 6-mavzu kelajak soati.docx4.41 KB
02:38
Video unavailableShow in Telegram
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 4-videosi
@kelajaksoati1
1.4.6.4.mp473.23 MB
01:34
Video unavailableShow in Telegram
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 3-videosi
@kelajaksoati1
1.4.6.3.mp437.16 MB
01:15
Video unavailableShow in Telegram
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 2-videosi
@kelajaksoati1
1.4.6.2.mp49.91 MB
01:22
Video unavailableShow in Telegram
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni 1-videosi
@kelajaksoati1
1.4.6.1.mp420.13 MB
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni metodologiyasi
@kelajaksoati1
1-4-sinf 6-mavzu metodologiya.pdf2.17 KB
1-4-sinflar uchun Kelajak soati darsida o'tiladigan 6- mavzuni dars ishlanmasi
@kelajaksoati1
1-4-sinf 6-mavzu kelajak soati.docx9.36 KB
🔴🔴🔴6-oktyabr kuni o'tiladigan Kelajak soati darslarining 6-mavzusi uchun qo'llanmalar.
Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi sanalari ma’lum qilindi
Joriy o‘quv yilida asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi 14-23-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. Olimpiadada maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishadi.
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bosqichlar quyidagicha belgilangan:
14-oktyabr – Matematika; 15-oktyabr – Kimyo; 16-oktyabr – Fizika; 17-oktyabr – Informatika va AT; 18-oktyabr – Biologiya; 20-oktyabr – Tarix, Geografiya; 21-oktyabr – Rus tili va adabiyoti, Davlat va huquq asoslari; 22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili; 23-oktyabr – Ona tili va adabiyot, O‘zbek (Davlat) tili, Qozog‘ tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti.Olimpiadalar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 1 turda, test shaklida o‘tkazilishi mumkin. Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijani ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanadi. Natijalar esa o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta topshirish imkoniyati berilmaydi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
01:12
Video unavailableShow in Telegram
“MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari start oldi
➡️Trening davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg’ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashadilar.
📆Ushbu trening joriy yilning oktabr-dekabr oylarida Respublika bo’ylab bosqichma-bosqich bo’lib o’tadi
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
psixologik 2-1-video-export-2025-10-03T12-13-49.075Z.mp4216.26 MB
⚡️Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi
Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.
O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.
✅ Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:
➖ s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
➖ dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
➖ q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
✅ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
➖ s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).
⚠️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.
@muallimga
Photo unavailableShow in Telegram
Японияда Ўқитувчилар куни йўқ
Бу воқеани айтиб берарканман, бутун қалбим билан бизнинг жамият ҳам бу даражага етишини истайман, ўқитувчига нисбатан муносабат шу даражада бўлишини, ўқитувчи ҳам шунга муносиб бўлишини.
👉 https://kun.uz/91787987
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Photo unavailableShow in Telegram
Бу йилги ўқитувчилар байрами ўзгача юқори кайфиятда ўтмоқда, икки ҳафталар олдиндан бошланган байрам кайфияти барчага кўтаринкилик бағишлаган. Сабаби Давлатимиз раҳбари 15 сентябрда бўлиб ўтган селекторда ўқитувчиларга тарихда ҳали бўлмаган, мисли кўрилмаган имкониятларни бердилар. Тан олиш керак, БУГУН ЎҚИТУВЧИЛАР ДАВРИ КЕЛДИ.. пахта далалари-ю, қоғозбозлик, қўшимча юкланган меҳнатлар-у, етар-етмас маошлар бирин-кетин ортда қолди. Аксинча, педагогга қатор имтиёзлар ва имкониятлар берилмоқда: ипотека кредитлари бўйича ёрдам, ўқитувчиларнинг фарзандлари учун шартнома тўловининг 30 фоизини қоплаш ва ҳаказолар. ШУКР, ШУНДАЙ ЗАМОНЛАРГА ҲАМ ЕТИБ КЕЛДИК..
Давлатимиз раҳбари “Мен ўқитувчи деганда ўзим учун азиз ва қадрли бўлган зотларни тасаввур қиламан”, деган эди. Тасаввур қилинг, Президент учун азиз ва қадрли бўлган зотлар - улар бугун чин маънода жамиятда ўз қадрини, азизлигини топмоқда, улар ҳаётимизда қадрли бўлмоқда. Бир қарашда бу нарсалар ўз-ўзидан бўлаётгандек. Аслида эса кундан кунга самарасини кўрсатаётган ушбу юксак натижалар - ПЕДАГОГЛАРНИНГ НЕЧА ЙИЛЛИК АРМОНЛАРИ ЭДИ. Булар ушалмас орзулар эди гўё.. Лекин барчамиз гувоҳи бўляпмизки, қилса бўлар экан, ўқитувчининг нуфузини жамиятда энг олдинги ўринда қўйса бўлар экан. АЛБАТТА, БУ НАТИЖАЛАР ОСОН БЎЛМАЯПТИ, бунинг орқасида катта меҳнат ва машаққатлар ётибди, буларнинг барчаси, аввало, Давлатимиз раҳбарининг ташаббуси, қолаверса Таълимга масъулларнинг харакати ва мустаҳкам иродаси сабабли амалга ошмоқда. Моҳиятан ушбу жараён тизимни тўғри йўлга қўйиш билан бирга, КАТТА САВОБЛИ ИШ ҲАМДИР. Чунки тарихдан маълум, муаллимни қадрлаган, уни юксакларга кўтарганларнинг доимо юзи ёруғ бўлган, йўли очиқ бўлган.
Куни кеча ўқитувчилар учун байрам тадбири бўлиб ўтди, биз ҳам иштирок этдик, у ерда мактабгача таълим, умумтаълим мактаблари, техникумлар ва олий таълим тизимидаги фаол педагоглар билан барчамиз иштирок этдик, уларнинг кўпи билан суҳбатлашдик, кўриниб турибдики ҲОЗИРГИ ДАВР ЎҚИТУВЧИСИНИНГ РУҲИ БАЛАНД, ҒУРУРИ КЎТАРИЛГАН, энг муҳими қадри юксалаётганлиги муаллимлар кўзларидан аён.
Яна бир жиҳат, тадбирда ўзига хос узвийлик, узлуксиз таълим занжири акс этиб турарди, барча таълим тизимидан вакиллар - педагоглар ҳаммаси байрамона кайфиятда.. уларнинг руҳияти осмон эди. Чунки таълимнинг қайси босқичида бўлмасин барча ўқитувчилар бир, уларнинг қалби, юраги бир-бирлари билан ўзаро ўхшаш, улар ҳамнафас. Улар фидоий, улар маҳоратли, улар касбини чин маънода севувчи инсонлар.
Ўқитувчилар Учинчи Ренессанснинг ТАЯНЧ УСТУНЛАРИ экан, бу устун мустаҳкам бўлиши учун унинг мақоми шунга яраша бўлиши керак. Қувонарлиси, эришилган натижалардан яна бири - педагог мақоми ҳам қонун билан кафолатланди. Эндиликда ҳамма асосимиз бор, мустаҳкам. Зеро, мамлакат келажаги, фарзандларимиз таълим-тарбияси айнан МУАЛЛИМЛАРГА БОҒЛИҚ ЭКАН, БИЗ ЭНГ ТЎҒРИ ЙЎЛДАМИЗ! Ва ўқитувчилар қадри ва сифатли таълим учун шу йўлдан дадил қадам ташлайверамиз.
БУГУНГИ БАЙРАМ МУБОРАК БЎЛСИН, АЗИЗ УСТОЗЛАР!
Феруза Мадрахимова
🌐@fmadraximova
Photo unavailableShow in Telegram
📚 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!
🎉Aziz va muhtaram ustoz, o’qituvchi va murabbiylar - Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy qutlaymiz!
Kelajak avlodga ta’lim va tarbiya berishdek sharafli, ammo mashaqqatli mehnatingiz uchun tashakkur izhor etamiz!
💐 Ushbu bayram bahonasida - Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va totuvlik, o’quvchi va shogirdlaringiz mehri va ardog’i doimo hamroh bo’lishini tilaymiz!
Aziz Ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin!
Photo unavailableShow in Telegram
Барчангиз эл-юрт ҳурмати ва ардоғида бўлинг! - президент ўқитувчи ва мураббийларни табриклади
Шавкат Мирзиёев ўқитувчи ва мураббийларни касб байрами билан табриклади. 1 октябр Ўзбекистонда ўқитувчи ва мураббийлар куни сифатида нишонланади.
👉 https://kun.uz/kr/85449125
Kun.uz расмий канали
01:41
Video unavailableShow in Telegram
video_2025-09-28_12-20-54.mp46.62 MB
