fa
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

رفتن به کانال در Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
18 908
مشترکین
-3624 ساعت
-2067 روز
-59530 روز
آرشیو پست ها
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
12.20 MB
1
01:40
Video unavailableShow in Telegram
Termiz davlat universitetida 9 qavatli 800 o‘rinli zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
نمایش همه...
IMG_4629.MP479.11 MB
17👍 15🔥 3🎉 1
Bayramga tuhfa: Surxondaryo viloyatida 72 ta obyekt foydalanishga topshirildi Bayram kunlarida aholimizga xizmat qiluvchi, hududlar infratuzilmasi va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni ishga tushirish an’anaga aylangan. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Termiz shahri va tumanlarda jami 72 ta obyekt tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Jumladan, 5 ta umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 2 ta ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 7 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 49 ta mahallada yo‘l-infratuzilmasini yaxshilash loyihalari ishga tushirildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va mutasaddilar Termiz davlat universiteti talabalari uchun barpo etilgan 800 o‘rinli 8-talabalar turar joyi binosining ochilish marosimida ishtirok etishdi. Shu yerning o‘zidan “Zoom” orqali barcha obyektlar foydalanishga topshirildi. Tantanada viloyat rahbari yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, yangi bino Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan talabalar uchun munosib tuhfa bo‘lganini ta’kidladi. Shundan so‘ng hokim nuroniylar, faollar, ziyolilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida talabalar turar joyida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ularning yashash va ta’lim olishlari uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan tanishdi. Tadbir yakunida viloyatning barcha hududlarida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilishi, har bir loyiha aholi farovonligi va hayot sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
نمایش همه...
🔥 20👍 17 12
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️TerDU tarixida yangi sahifa – talabalarimizdan bayram tuhfаsi! 🟢Jizzax shahri mezbonligida o‘tkazilayotgan “Birinchi ligaga o‘tish turniri” musobaqasidan quvonchli xabar! 🟢Maʼlumki, O‘FA tomonidan har yili tashkil etiladigan mazkur turnirda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 2-liga chempionlari hamda “Kubok egalari kubogi” g‘olibi ishtirok etadi. 🟢Joriy yilgi musobaqada viloyatimiz sharafini himoya qilgan TerDU-2 jamoasi — Jizzaxda kechgan bahslarda yuksak mahorat ko‘rsatib, “Birinchi liga”da ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi! Bu — universitetimiz sport tarixidagi yana bir muhim marradir. Maʼlumot o‘rnida bugungi kunda TerDUning ikki professional jamoasi ➡️TerDU (respublika 1-ligasi ishtirokchisi, Pro-ligaga yo‘llanma uchun kurashmoqda) ➡️TerDU-2 (endi Birinchi liga vakili) — yurtimiz maydonlarida vohamiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda. 💫Biz o‘z jamoalarimiz bilan faxrlanamiz! Keyingi uchrashuvlarda ham ularga omad, g‘alaba va baland parvozlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
22👍 12🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigiПраздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
10👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! 🎆Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 14👏 5 3🎉 3
#Mutolaa 🔶 Hikoya: Nurli cho'qqilar ✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan 🕖 Davomiyligi: 22:41 🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
Nurli cho'qqilar.mp331.21 MB
8🔥 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🟢 TerDU talabasining Para suzish chempionatidagi ulkan g‘alabasi! 🟢 Sport faoliyati fakulteti 1-kurs talabasi Xudoynazarov Hasan 2025-yil 30-noyabr – 5-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yuksak natija qayd etdi. 🟢Hasan musobaqaning bir nechta yo‘nalishlarida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, nafaqat fakultetimiz, balki butun universitetimiz sha’nini yuksaltirdi: 🥇50 m kroll 🥇200 m kompleks 🥇 400 m kroll 🥇 100 m kroll 🥇 50 m butterfly Bu g‘alaba — Hasanining tinimsiz mehnati, qat’iyati va matonatining yorqin samarasidir. TerDU jamoasi nomidan Xudoynazarov Hasanni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
star reaction 1👍 51 10🔥 4🎉 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#ota_onalar_fikri | #soʻrovnoma Hurmatli ota-onalar! Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, universitet faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida talabalarning ota-onalari o‘rtasida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilayotganligini ma’lum qilamiz va unda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. 🔗 So‘rovnomada qatnashish uchun havola: Talaba ota-onalari uchun so‘rovnoma havolasi 🔎 So‘rovnoma anonim tashkil etilib, uning natijalari muhokama etiladi, ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘riladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 4 2
➡️TerDU professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida 🟢Ayni kunlarda Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakulteti hamda Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari QS reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan Satbayev universiteti hamda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida bo‘lib qaytdilar.
Tashrif davomida: 🟢Professor-o‘qituvchilarimiz ushbu nufuzli universitetlar talabalari va pedagoglari uchun maxsus ma’ruzalar tashkil etdilar. 🟢Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi. 🟢Ta’lim jarayonini tashkil etish borasidagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari hamda ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi. 🟢O‘sh davlat universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida san’at, texnika va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida talabalarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 18 11
Konstitutsiya bayrami — tantanali taqdirlash marosimi! 🟢Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan “Konstitutsiya — xalq manfaatlari ifodasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy kechada eng hayajonli onlardan biri — g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘ldi. 🟢Konstitutsiya oyligi doirasida tashkil etilgan olimpiada va maqolalar tanlovi g‘oliblari sahnaga taklif etilib, ularga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Bu jarayon talabalarga katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, adolat va qonun ustuvorligini targ‘ib etuvchi mazmunli tadbirning eng yorqin lahzasiga aylandi. Shuningdek, tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarga Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, demokratik tamoyillari hamda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi ahamiyati keng yoritib berildi. Orkestrning jonli ijrosi esa kechaga o‘zgacha bayramona kayfiyat ulashdi. 🇺🇿Bosh Qomusimiz — xalqimizning irodasi va kelajakka bo‘lgan ishonchining timsoli!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 20 5🤔 2🔥 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
#№62 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Matematik analiz" kafedrasi o'qituvchisi Xasanova Dildora O‘ktam qizi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. ➡️Universitet jamoasi nomidan Dildora O‘ktam qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
🔥 29👍 20 10🎉 5🫡 2
00:55
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 📅Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
IMG_9284.MP419.62 MB
👍 9🔥 1
Repost from TgId: 2974002786
01:21
Video unavailableShow in Telegram
Оила - бу никоҳ асосидаги  кичик, аммо муҳим давлатдир. (2025 йил 4 декабрь кун университет талаба қизлари билан бўлиб ўтган учрашувдан) Telegram | FacebookInstagram | Youtube
نمایش همه...
Img 4557.mp435.31 MB
48👍 40🔥 16👏 5🤔 2🎉 2
04:40
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston vaqti bilan | Huquqshunoslikni ingliz tilida o‘qitayotgan ustoz Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
نمایش همه...
115.25 MB
🔥 26👍 10👏 10 5🎉 2🫡 1
“EKO YOSH IXTIROCHI” — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI! O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Eko yosh ixtirochi” loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-yoshlar chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligini oshirish, yashil texnologiyalar yaratish va ekologik muammolarga amaliy yechimlar taklif etish bo‘yicha o‘z innovatsion ishlanmalarini namoyish etdilar. Shuningdek, atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi 🎨Tadbirda 50 dan ortiq talabalar ishtirok etib, tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va hududlarni tozalash mavzularida ijodiy ishlarini taqdim etdi. ➡️Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🟢Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik mas’uliyatini kuchaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
6👍 5
🟢TerDUda bitiruvchi yoshlar bilan tadbirkorlik bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi 🟢Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, “E-auksion” elektron savdo platformasi viloyat bo‘limi hamda TerDU huzuridagi Karera markazi hamkorligida tadbirkorlikka qiziqqan bitiruvchi yoshlar uchun amaliy uchrashuv o‘tkazildi. 🟢Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha amaliy tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida yoshlarga: — biznesni boshlash bosqichlari; — mavjud grant va kredit dasturlari; — davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar; 🟢Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida tadbirkorlikka qiziqqan 182 nafar bitiruvchining jami 3 mlrd 418 mln so‘mlik biznes loyihalari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlab o‘tildi. 🟢TerDU Karera markazi tomonidan korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida muntazam ma’lumot berib borish, mehnat bozori monitoringini olib borish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. 🟢Tadbir yoshlarga kuchli motivatsiya berib, ularning o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish istagini yanada oshirdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
6👍 2👏 2
🇺🇿TerDU fakultetlarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining“ 33 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil etilmoqda. 🟢Yuridik fakultetida talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdonlari” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Bundan tashqari fakultetining professor - o‘qituvchilari va talabalari harbiy qismlarda “ Konstitutsiya- adolat tantanasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishmoqda. Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan Milliy libos va san’at fakultetida ham qator tadbirlar tashkil etildi. 🟢Orkestr tomonidan Vatan ruhini aks ettiruvchi kuylar ijro etildi. 🟢Fakultet xonandalari Vatan va istiqlol mavzusidagi qo‘shiqlar bilan chiqish qildi. 🟢Rassom talabalari tomonidan Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. 🟢Sport faoliyati fakultetida o‘tkazilgan tadbirda talabalarga Konstitutsiyaning mamlakat taraqqiyoti va jamiyat barqarorligida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida ma’lumotlar keltirildi. Jangovar chiqishlar tashkil etildi. Qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. 🟢Bunday tadbirlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilim va Vatanga muhabbatni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👏 10 4👍 4
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
11.03 MB
👍 7🔥 1