TerDU rasmiy kanali
رفتن به کانال در Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

18 862
مشترکین
-3624 ساعت
-2257 روز
-62030 روز
آرشیو پست ها
✅ XVIII Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi!
🟢Kuni-kecha Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan Shveytsariya elchixonasi, Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo‘yicha Markaziy boshqarma (ZfA) hamda Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) hamkorligida “Malakali, amaliyot bilan uzviy bog‘liq, kelajakka yo‘naltirilgan” shiori ostida 18-Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
🟢TerDUdan roman-german tillari kafedrasi dotsenti Imomova Umida va kafedra katta o‘qituvchisi Amanova Yulduz ham mazkur anjumanda faol ishtirok etishdi.
Bunday xalqaro darajadagi uchrashuvlar o‘qituvchilarimizning malakasini oshirish, ilg‘or tajriba almashish va nemis tilini o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 16❤ 10🔥 8👍 2🎉 1🫡 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8656.MP412.23 MB
👍 5❤ 2🔥 1
Xalqaro hamkorlik doirasida yangi mahorat darslari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son qarorida belgilangan oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.Eron Respublikasining Sheyda instituti musiqa o‘qituvchisi Tahmineh Fakhravari qariyb bir oy davomida “Musiqa ta’limi” kafedrasi talabalariga: “O‘zbekiston va Eron musiqa san’atining bog‘liqligi”, “Eron klassik musiqasi” mavzularida mahorat darslarini o‘tdi. Safar yakunida Tahmineh Fakhravari xonim Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, berilgan imkoniyat va samimiy munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi. O‘z navbatida rektor ham mehmonni ehtirom bilan qabul qilib, musiqiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Tahmineh Fakhravari “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” yo‘nalishidagi talabalarga “Solfedjio” fanidan 30 soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘tdi. Bu tashabbus ikki xalq musiqiy madaniyatining o‘zaro yaqinligini yanada mustahkamlash, talabalar ijodiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 17👏 8❤ 6🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
✅9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan,
Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan quyidagi tanlovlar tashkil etiladi:
➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!”
➡️“Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!”
Tanlov yo‘nalishlari:
🟢Eng yaxshi insho — 📍Axborot-resurs markazi binosida
🟢Eng yaxshi rasm — 📍“Milliy libos va san’at” fakulteti hududida
🟢Eng yaxshi videorolik — onlayn va oflayn formatlarda qabul qilinadi
📅 Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2025-yil 25-noyabr
🟪 G‘oliblar rag‘batlantiriladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
🟢 Tanlov tafsilotlari fakultet dekanatlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi orqali taqdim etiladi.
Keling, korrupsiyasiz ta’lim muhitini birgalikda yarataylik!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 8👍 7
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi
Bugun Surxon vohasida yurtimiz ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi.
Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, viloyat ijodkorlari, mutasaddilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirda viloyat rahbari ardoqli shoirni Surxondaryo ahli nomidan samimiy tabriklab, uning asarlarida yurtimizning go‘zalligi, xalqimiz ruhi va milliy qadriyatlarimiz chuqur ifoda etilganini ta’kidladi. Shuningdek, shoir ijodida insonparvarlik, Vatanga muhabbat va inson sha’nini ulug‘lash g‘oyalari muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Tadbir davomida yozuvchi va ijodkorlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga, Usmon Azimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.
Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida atoqli ijodkorimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’naviy uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim 1950-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 16❤ 3
🟦🟦
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
🔗https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18108219787546041
❤ 7👍 5
00:46
Video unavailableShow in Telegram
🟢Ayni damda viloyatimiz markazidagi muhtasham Sanʼat saroyida vohadoshimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda...
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_3798.MP435.94 MB
👍 14❤ 5🔥 3
01:59
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda
TerDUda “Milliy qadriyatlar — millat iftixori” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4-1.m4v36.04 MB
❤ 10👏 7🤔 2🔥 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8614.MP49.52 MB
👍 5❤ 2
🇪🇺🇺🇿 Bugun TerDUda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Toivo Klaar boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Samimiy va konstruktiv muloqot davomida universitet rektori Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Jumladan:
🟢Viloyatdagi OTMda nemis va fransuz tillarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish;
🟢Erasmus+ loyihalari doirasida seminarlar tashkil etish hamda Yevropadagi nufuzli OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
🟢Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yanada faollashtirish orqali ta’limiy hamkorlikni chuqurlashtirish.
Ma’lumot o‘rnida: so‘nggi yillarda TerDU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining Erasmus+ (PAVER, INTRAS, TRIGGER) loyihalaridagi faolligi ortib, ishtirokchilar soni 200 nafardan oshdi. Hozirgi kunda TerDU 10 dan ortiq Yevropaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 16👍 15👏 1
Yana bir xush xabar!
🟢“Besh tashabbus olimpiadasi”ning stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi yakuniga ko‘ra, yana bir bor TerDU talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
✅O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 Pardayev Oybek – TerDU
🥈 Tursunqulov Samandar – TDTU Termiz filiali
🥉 Yo‘ldoshev Jo‘rabek – TDPI
✅ Qizlar o‘rtasida:
🥇 Po‘latova Farida – TDPI
🥈 Abdusamadova Farangiz – TerDU
🥉 Aminova Barchinoy – TDTU Termiz filiali
🟢G‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga keyingi bosqichda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 8🎉 5👍 2🫡 2
“Besh tashabbus olimpiadasi” voleybol bahslarida TerDU jamoasi viloyat bosqichi g‘olib bo‘ldi!
Termiz shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa davomida jamoalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti
🥈 2-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasiga nasib etdi.
Musobaqada 1-o‘rinni egallagan TerDU jamoasi, joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Guliston shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! Universitetimiz sportchilari va murabbiylarini samimiy tabriklaymiz! Sizlarga Respublika bosqichida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 8👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦
❗️ Hurmatli professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar, qadrli talabalar!
Ma’lumki, kuz-qish mavsumiga qadam qo‘yilayotgan ayni kunlarda Termiz shahrida bugundan boshlab gaz bosimi oshiriladi.
Shu munosabat bilan har biringizni o‘z uyingiz va ijara xonadonlaringizdagi isitish tizimlari hamda gaz jihozlarini yana bir bor ko‘zdan kechirishingizni so‘raymiz. Barcha turdagi isitish vositalari va gaz uskunalaridan foydalanishda texnik xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish juda muhimdir.
Is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida xona ichida yetarli darajada shamollatishni ta’minlang, ishdan chiqqan yoki shubhali jihozlardan foydalanmang.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 24❤ 7
🟦🟦🟦
🟢11-noyabr “Kasaba uyushmalar kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan "Zakovat" musobaqasi tashkil etildi.
🟢Qizgʻin kechgan bahslarda tarix, fan, san’at, sport va boshqa sohalarga oid qiziqarli savollarga javob berish orqali ishtirokchilar o‘zlarining bilimlarini namoyish etdilar. E’tiborlish, qatnashchilar o‘z bilim doiralarini kengaytirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Natijalarga ko‘ra, g‘oliblik:
🥇1-o‘rin — Tarix fakulteti jamoasi,
🥈2-o‘rin — Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi,
🥉3-o‘rin — Tabiiy fakulteti jamoasiga nasib etdi.
🟢Taqdirlash marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,"Do‘stlik" ordeni sohibi,O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim ishtirok etib g‘olib jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9314.MP425.84 MB
19:46
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | TerDU "Registrator ofisi" faoliyati.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
MAXSUS_REPORTAJ_FARHOD_TERDU_REGISTRATOR_OFISI_SUN'IY_INTELLEKT.mp4299.04 MB
👍 6👏 5❤ 3🔥 3
Repost from TgId: 2974002786
03:08
Video unavailableShow in Telegram
interyuuu2.mp438.22 MB
👍 44❤ 7🔥 3
Repost from Edu.uz
01:17
Video unavailableShow in Telegram
🧠 Endi talabalarning aqlli yordamchisi bor!
💻 HEMIS AI — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalarni my.hemis.uz platformasi orqali taqdim etadi.
➖GPA tahlili — o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
➖Davomat tahlili — darslarga qatnashish holatini baholab, kechikish sabablarini aniqlaydi.
➖Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
➖Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va natijalariga mos Coursera kurslarini taklif etadi.
➖Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlar va ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlaydi.
➖Moliyaviy holat tahlili — shartnoma, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq tahlilni taqdim etadi.
➖HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlariga tezkor va aniq javob beradi.
my.hemis.uz platformasiga hoziroq kirib, o‘quv natijalaringizni tahlil qiling va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishingizni aniqlang!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
HEMIS AI+TGlow.mp439.44 MB
❤ 8👍 6
01:01
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8578.MP421.61 MB
👍 7❤ 2
02:15
Video unavailableShow in Telegram
🏛TerDU talabasi yana shohsupada.
🟢Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kubogi uchun o‘tkazilgan Professional aralash jang san’ati (MMA) musobaqasida Termiz davlat universiteti sharafini munosib himoya qilgan Sport faoliyati yo‘nalishi 2-bosqich talabasi — Beknazarov Anvar 70,3 kg vazn toifasida raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
🟢Bu g‘alaba — nafaqat Anvarning, balki TerDU jamoasining g‘ururi, matonati va mehnati samarasidir! Tilagimiz kelajakdagi yutuqlari yanada ulug‘ bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
40.73 MB
👍 42🔥 12❤ 9👏 6🫡 3🎉 1
