fa
Feedback
IT specialist

IT specialist

رفتن به کانال در Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
9 692
مشترکین
-224 ساعت
-327 روز
-12830 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #IT_humor #rasm_bilan_ishlash Tushungan tushundi ruknidan! 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Ushbu rukn ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
🤣 15😁 7👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin. Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari: — Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi. — Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%. — Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun). — Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin. Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi. Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting
نمایش همه...
👍 2🔥 2 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 🆘 Windows 10'da bir juft klik yordamida tizim xatoliklarini bartaraf etish Windows'ga kelgan ba’zi yangilanishlar o‘rnatilganidan so‘ng turli ko‘rinishdagi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin: Wi-Fi ishlamay qoladi, tizim qurilmalarni ko‘rmay qoladi va boshqalar. Xatoliklarni bartaraf etish uchun — FixWin10 dasturidan foydalaning. Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha: 1️⃣. Dasturni ushbu havola yordamida yuklab olamiz. 2️⃣. O‘rnatamiz, ishga tushiramiz va xatoliklar bo‘limlaridan birini tanlaymiz. 3️⃣. So‘ngra joriy muammoni tanlagan holda "Fix" tugmasi ustiga bosamiz. 📀 FixWin10 — tizimga ichki o‘rnatilgan va umuman olganda foydasi unchalik tegmaydigan "Система устранения неполадок" funksiyasining o‘rnini bosuvchi dasturdir. ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Java dasturlash tili bo‘yicha kursga taklif qilamiz. Java — ko‘p funksiyali dasturlash tili bo‘lib, u veb-ilovalar, mobil ilovalar, korporativ tizimlar va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Kurs yangi boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sizga Java tilini noldan o‘rganishga, ishonchli va o‘qilishi oson kod yozishni o‘zlashtirishga hamda o‘z ilovalaringizni yaratishga yordam beradi. Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Ariza yuborish Birinchi guruh (tushlikkacha): 🗓 Sana: 2025-yil 26-may – 11-iyul ⏱️ Vaqt: 09:00 – 11:00 Ikkinchi guruh (tushlikdan keyin): 🗓 Sana: 2025-yil 28-may – 15-iyul ⏱️ Vaqt: 14:00 – 16:00 📍 Joylashuv: UEnter 💼 Format: Oflayn Kurs “KLab Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. @uenteruz Telegram | Instagram | Facebook | Website
نمایش همه...
👍 3 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya Qo‘llaringizga xushyor bo‘ling! 👐🫣 🪟 Yomg‘ir yog‘ganida avtomatik yopiladigan oynalar. 📌 P.S.: Bizda ham yo‘lga qo‘yilganmikan? 🙃 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
ssstwitter.com_1709386707805.mp42.86 KB
👍 9👎 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya 🚖🔋 Shanxayda elektr taksilar bir necha daqiqada akkumulyatorlarni almashtiradigan avtomatlashtirilgan stansiyalardan foydalanadi. 📌 P.S.: Qoyil, Formula 1 poygasida ballonlar almashtirilgani singari holat, zaryadlanishini kutib vaqt ketkazishga ham hojat yo‘q! 🤩 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
twitsave.com_dPvSnHyfdtUnsgVU.mp44.78 MB
👍 16
Repost from IT specialist
#internet #maslahat ⤴️ Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash Chrome brauzerida ko‘plab ochilgan varaqa (вкладка)lar bilan ishlash paytida kerakli varaqa (вкладка)ni yoki brauzer oynasini bexosdan yopib qo‘yish mumkin, bu esa barcha ochilib turgan sahifalarning yopilishiga olib keladi. Agar bu holat sodir bo‘lib, barcha yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash lozim bo‘lsa, buni amalga oshirish osondir. Varaqalar joylashgan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan menyudan Открыть закрытую вкладку bandini tanlang. Bundan tashqari, brauzer qayta ishga tushirilganidan keyin CTRL + SHIFT + T klavishlari birikmasini bosish orqali ham barcha yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklashingiz mumkin. Agar varaqa (вкладка)lar bugun emas, balki vaqt bo‘yicha ancha oldin yopilgan bo‘lsa, ularni Chrome brauzeri tarixi (История) orqali ochish mumkin. Buning uchun CTRL + H klavishlari birikmasini bosing, yopilgan saytni tanlang, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan menyudan Открыть ссылку в новой вкладке bandini tanlang. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz! Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi? Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi? Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil) Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil) Google Chrome haqida yana bir hazil post Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin? Brauzer ishlashini tezlashtirish Brauzerda videoning qotib ishlashi Kesh nima? Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 2🔥 2
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Уйда ўтириб ишлаб, минглаб доллар даромад қилиш мумкинми? Видео монтаж орқали ойига $30,000 гача даромад қилган фрилансер мисолида. Бу йўлни қандай бошлаган? Ишни қаердан топган? Қандай кўникмалар керак? Бу йўл ҳамма учун очиқми? Шу мавзуда Ўзбекистоннинг энг тажрибали фрилансерлари суҳбатлашган. 📺 Видеони тўлиқ кўринг. Балки бу сиз излаётган соҳа айнан шудир: https://youtu.be/WZ5Brsr7sKY?si=3EmzoWh9mml2kdLi
نمایش همه...
tizer tg - comp 4.mp412.51 MB
👍 2🔥 2
Repost from IT specialist
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz: 💻 Kompyuter dasturlari: 01. Straighforward Macmillan Beginner; 02. Straighforward Macmillan Elementary; 03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate; 04. Straighforward Macmillan Intermediate; 05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate; 06. Straighforward Macmillan Advanced; 07. Basic Grammar in Use, Third Edition; 08. Cambridge Advanced Learners Dictionary; 09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at); 10. WordWeb 10.02 Free (x86/x64); 11. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar. 📱Mobil ilovalar: 01. Duolingo; 02. Drops; 03. Memrise; 04. Busuu; 05. HelloTalk; 06. Полиглот 16/32 va boshqalar; 07. English LinDuo; 08. Rosetta Stone; 09. English Galaxy; 10. Lingvist; 11. IELTS Test; 12. English Level Checker; 13. English Tenses; 14. English Grammar in Use; 15. 4 pics 1 word; 16. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar; 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism. 💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar: Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar; • CV nima? + Namuna; • Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak? Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi? Udemy - onlayn taʼlim platformasi; • Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar; • List of English & IELTS Channels to follow; • Top 10 onlayn lug‘atlar; • Interactive glossaries; • Uz-En, En-Uz lug‘at; • O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at; • Filmdan parchani topish va yuklab olish; • Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak; • Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?; • Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru); • Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?; • Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi; • Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?; • Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin; • Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar; • Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting; • Bu shunchaki imtihon! Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi? Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin. Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi? Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat; • “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat; • IELTS va TOEFL nima farqi bor? Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi? Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin? Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film 🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi 📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Monorepoga o‘tish mikroxizmatlar bilan ishlashga bo‘lgan yondashuvni qanday o‘zgartiradi — Uzum Team yangi ma’ruzasida 23-aprel kuni soat 19:00 da Uzum Team’da Uzum Fintech Senior Backend Developeri Otabek Xudoyberdiyevning "Monorepo mikroxizmatlarni ishlab chiqishga yondashuv va uning Polyrepo‘dan farqi" mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. Ma’ruza doirasida Otabek monorepo yondashuvi va uning polyrepo dan farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumot beradi hamda ushbu yondashuvni Uzum Fintech mahsulotlarida joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Otabek monorepoga o‘tish uning mikroservis arxitekturasi haqidagi tasavvuriga qanday ta’sir qilganiga alohida e’tibor qaratadi. Tadbir o‘zbek tilida 23-aprel kuni soat 19:00 da Uzum E-com ofisida bo‘lib o‘tadi. Kirish oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali bepul: https://uzum.team/
نمایش همه...
👍 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish 🖥 Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta’sir qilmay o‘tmaydi. Demak, bu ishlar quyidagilar: 1️⃣. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini iloji boricha lotin (ingliz) yozuvida bering. Ba’zi dasturlar borki, kirill yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi (misol uchun: Oracle DB). 2️⃣. Windows operatsion tizimini aktivatsiya qiling. 3️⃣. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmaueri (Firewall, tarmoqlararo ekrani)ni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o‘chirib qo‘ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o‘chirish uchun quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tasiz: Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows. 4️⃣. Windows operatsion tizimini yangilang va avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta’sir qilishini bilmaysiz. Oldin tekshirib, keyin qo‘lda o‘rnatganingiz ma’qul. 5️⃣. Drayverlarni o‘rnating. 6️⃣. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to‘g‘ri o‘rnating. O‘zbekiston uchun vaqt mintaqasi: UTC+5. Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o‘rnatish: Пуск → Параметры → Время и язык. 7️⃣. Asosiy dasturlarni o‘rnating. 8️⃣. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko‘rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo‘lgan barcha periferik qurilmalarni (printer, skaner, mikrofon va hokazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim. 9️⃣. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqu rejimi (спящий режим)ga o‘tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash: Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима. 🔟. Kompyuterni qayta yuklang (Перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing. 👆🏻Bular eng asosiylari, qolgan sozlamalarni har bir foydalanuvchi o‘z ish jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi. 📍Ushbu maslahatimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉 ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 UNIGRANT — Rossiya Federatsiyasida Kafolatlangan budjet (grant) asosida o‘qish imkoniyatini boy bermang! 🇷🇺 Bizning kompaniya orqali 10 dan ortiq shaharlarda (Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Novosibirsk, Irkutsk, Tyumen, Tomsk, Krasnoyarsk, Omsk, Ufa va boshqalar) 50 dan ziyod yo‘nalishlar bo‘yicha budjet yoki kontrakt asosida o‘qish imkoniga ega bo‘lasiz! 📚 Asosiy yo‘nalishlar: 💻 IT va Sun’iy intellekt 🧳 Turizm va mehmonxona ishi 🛢 Neft-gaz ishi va Geologiya (Geodeziya) 🩺 Tibbiyot va Farmatsiya 🚄 Temiryo‘l moshenisti va muhandisligi 🤖 Mexatronika va Robototexnika 💡 Energetika va Elektrotexnika 🚛 Transport tizimlari va Logistika 📊 Iqtisodiyot, Menejment ⚗️ Kimyo va Biotexnologiya 🧠 Psixologiya, Pedagogika ⚖️ Huquqshunoslik, Xalqaro munosabatlar 💯 Budjet va kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud! 📞 Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling: ☎️ +998-33-3700030 🧑🏻‍💻 @UniGrant_uz
نمایش همه...
👍 3
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #word #internet Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2) 🤫 Ushbu postimizning 1-qismida Sizdan buni amalga oshirishning yana qanday yo‘li borligi haqida so‘ragan edik. Ushbu savolga batafsil javobni esa mana bu maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin. 📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan maqolamizga qo‘shimcha yana bir maslahat, iloji bo‘lsa dastur yorliqlari uchun klaviatura birikmalarini ishchi stolidagi yorliqlarga nisbatan emas, balki Пуск menyusida joylashgan yorliqlarga nisbatan o‘rnating, chunki ish stolidagi yorliqning kimdir tomonidan o‘chirib yubotilishi ehtimoli kattadir. Пуск menyusida joylashgan dasturlarning yorliqlari va papkalariga tezkor murojaat etish uchun Win + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasidagi matn kiritish satriga quyidagi yo‘nalishni kiriting: C:\ProgramData\Microsoft\Windows\Start Menu\Programs va Enter klavishini bosib tasdiqlang. Ochilgan oynadagi dasturlarning yorliqlari bilan yoki papkalariga kirib, ko‘rsatmamizga muvofiq harakatlarni amalga oshiraverasiz. Buning Sizga foydasi tegadi, degan umiddamiz! 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши) Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari” Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar) Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши) Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bu reklama emas, balki tavsiya. Marketing haqida kanallar ko‘p, lekin haqiqiy yaxshi kanallar juda kam. Ana shunday kanallardan biri @sarvarmijozlarqani   📌Bu yerda ta’limiy va ko‘ngilochar kontent o‘rtasidagi muvozanat saqlanib qolmoqda. 🥇Sarvar, mijozlar qani?
نمایش همه...
👍 4👎 1 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #security #maslahat Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫 Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin: 1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring. 2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang. 3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching. 4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang. 5️⃣. "hosts" faylini oching. 6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi"ni kiriting. 7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang. ↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Keng qamrovli IT xavfsizlik: tashkilotni tahdidlardan qanday himoya qilish mumkin? 30-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda IT-infratuzilma provayderi @servercorenews tomonidan yopiq IT-kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Tadbirda kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston IT-bozor yetakchilari bilan birgalikda har bir biznesni tashvishga solayotgan asosiy mavzu – xavfsizlikni muhokama qiladi. Havola orqali bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/xbznp Servercore - Toshkent, Olmaota va Nayrobida mavjud bo‘lgan xalqaro IT-infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun IT- infratuzilmasini — bulutli yechimlarni, shuningdek ijara uchun mahsus serverlarni taqdim etadi.
نمایش همه...
👍 3
Repost from IT specialist
#internet #maslahat Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 🚫 Agar barcha saytlar uchun bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmadan foydalaning: 1️⃣. Chrome brauzerini ishga tushiring. 2️⃣. Oynaning o‘ng yuqori burchagida uch nuqta ko‘rinishidagi tugma ustiga bosing. 3️⃣. “Настройки”ga o‘ting. 4️⃣. “Конфиденциальность и безопасность” bo‘limida “Настройки сайта”ni tanlang. 5️⃣. “Уведомления” bo‘limiga o‘ting. 6️⃣. Endi “Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений” opsiyasini o‘chirib qo‘ying. Qoida bo‘yicha veb-saytlar, ilovalar va kengaytmalarning bildirishnomalari Chrome’da faqat sizning ruxsatingiz bilan paydo bo‘ladi. Ushbu sozlamani istalgan paytda o‘zgartirish mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 7
00:29
Video unavailableShow in Telegram
💣 AyTi'ni amaliyot bilan o'rganish uchun maxsus seminar Dasturlashga qiziqadigan yoshlar ko'p, lekin unda o'sish ko'p vaqt talab qiladi. Sun'iy intellekt esa bu yo'lda katta raqobatchi bo'lib, kompaniyalar junior dasturchilar o'rniga undan foydalanmoqda. 📌 Vaziyatga yechim berish uchun Najot Ta'lim katta seminarda tashkil qilmoqda. Seminarda qatnashib, dasturlashni samarali o'rganishning yo'llarini bilib oling. Seminarda:
— Dasturlashni tez va oson o'rganish yo'llari; — Bozordagi yagon amaliyotga asoslangan Veb praktikum taqdimoti; — Dasturlashda uzoq yillik tajribaga ega ustozdan maslahatlarga ega bo'lasiz.
Seminarda dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan barcha yoshlar, hatto ota-onalar ham ishtirok etishi mumkin. 👉 Seminar uchun ro'yxatdan o'tish Seminar 12-aprel, ertaga soat 14:00 da Najot Ta'lim Chilonzor filialida bo'lib o'tadi. @itspecuz
نمایش همه...
IMG_0041.MP42.51 MB
👍 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️ SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz. 1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish. 3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish. 4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash. 4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash. 5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash. ❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim? Windows 10’da gibernatsiya • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 7
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤 Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir. Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi. Ushbu rejimni Windows 10'dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER). 2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi. 3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi. 4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi. 5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации'ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing. 6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim? Windows 10’da gibernatsiya Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat SHUTDOWN buyrug‘i • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 5