IT specialist
رفتن به کانال در Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

9 694
مشترکین
-524 ساعت
-307 روز
-12930 روز
آرشیو پست ها
Repost from IT specialist
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)
Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.
1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish
Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun
SHIFT + ALT + D klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK.OO.YYYY formatida aks etadi.
Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT + ALT + T birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.
📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.
2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)
Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.
3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish
Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.
📌 P.S.S.: CTRL + SHIFT va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.
4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish
Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT + ALT birikmasini bosib turgan holda mos ravishda ↑ va ↓ strelkalarini bosing.
Davomi keyingi postda... 😉
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from TgId: 1893510856
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Tajribali va malakali IT mutaxassislarni topishda sizga IT-Market yordam beradi!
IT-Market Oʻzbekiston boʻylab IT mutaxassislari uchun boʻsh ish oʻrinlari va rezyumelari joylashgan maʼlumotlar bazasi. Mazkur platforma orqali kompaniyalar IT- mutaxassislarni izlash, ish qidirayotgan IT-mutaxassislar esa oʻz rezyumelarini bepul joylashtirishlari mumkin.
Bundan tashqari, kompaniyalar uchun oʻz loyihalarini ham platformaga joylashtirish imkoni mavjud.
Shuningdek, IT sohasida muddatli toʻlov evaziga taʼlim olish imkonini yaratuvchi IT-Bilimlarni rivojlantirish markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “IT-intern” ijtimoiy loyihasi yordamida yosh IT-mutaxassislar uchun amaliyot oʻtash imkoni yaratilgan. Batafsil ma'lumot uchun
Sayt | Telegram
Repost from IT specialist
#word #bilasizmi
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄
Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет” → “Параметры страницы”ga o‘ting.
— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).
— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Repost from IT specialist
00:57
Video unavailableShow in Telegram
#learn_english_with_software #smartfon #android
🇬🇧 English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.
📎 English Galaxy Premium v1.4.3 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
ENGLISH GALAXY.mp42.64 MB
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#smartfon #iPhone #iOS #android #mulohaza_uchun
Xiaomi 14 ishlab chiqaruvchi jamoasi iPhone interfeysidan juda kuchli “ilhomlangan” ko‘rinadi 📱🤔
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
IMG_0055.MP45.66 MB
Repost from IT specialist
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
00:55
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Assalomu alaykum!
📱Agar sizga optomga va donaga telefon aksessuarlari va ehtiyot qismlari kerak bo‘lsa, @fanpods aksessuarlar internet do‘koniga murojaat qilishingiz mumkin!
Murojaat uchun:
☎️ +998902115058
☎️ +998902115058
👨💻@fanpodsadmin
👨💻@fanpodsadmin2
📱@fanpods_bot
@fanpods | @Aksessuarlar_Olami
@fanpods - sizning doimiy hamkoringiz!
8.21 MB
00:55
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Assalomu Alaykum!
📱Agar sizga optomga va donaga telefon aksessuarlari va extiyot qismlari kerak bulsa @fanpods aksessuarlar internet dokoniga murojaat qilishingiz mumkin!
Murojaat uchun:
☎️ +998902115058
☎️ +998902115058
👨💻@fanpodsadmin
👨💻@fanpodsadmin2
📱@fanpods_bot
@fanpods | @Aksessuarlar_Olami
@fanpods - sizning doimiy hamkoringiz!
8.21 MB
00:15
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #smartfon #game
🕹 Biroz zukkolik va kreativlikni qo‘llab, smartfon orqali poyga o‘ynashda alohida gadjet xarid qilishga hojat qolmaydi 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
video_145@20-02-2021_17-00-14.mp41.68 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim
🎧🔊 Quloqchinlar uchun hajmdor tovush (Spatial sound)ni faollashtirish
Microsoft'ning joriy operatsion tizimida Windows Sonic nomli funksiya mavjud bo‘lib, u video va o‘yinlar namoyishida qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ichki o‘rnatilgan hajmdor tovush hosil qiluvchi audio tizimdir.
Ushbu funksiya ko‘p kanalli quloqchinlar va mos keluvchi kontentdan foydalanganda o‘zini eng yaxshi ifodalaydi. Biroq, o‘yinlar yoki videolar namoyishida 3D-tovushni qo‘llab-quvvatlamaydigan oddiy quloqchinda ham farq sezilarli bo‘ladi.
Opsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalar panelidan faollashtirish mumkin. Bu uchun karnaycha belgisi ustiga bosib, kengaytirilgan sozlamalarga o‘tiladi va Windows Sonic for Headphones bandi tanlanadi.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Photo unavailableShow in Telegram
🎁 Umra ziyoratiga BEPUL yo’llanmalarni qo’lga kiriting!😍
✨ @Muslimtravel agentligi - tomonidan ajoyib tanlov o’tkazilmoqda va g’oliblar
Muborak Ramazon oyida Umra ziyoratiga yo’llanma va boshqa qimmatbaho pul mukofotlarini yutib oladilar. 💸
Sovgʻalar
🥇1 - oʻrin Ikki kishilik ramazon umra yo‘llanmasi 🕋
🥈2 - oʻrin Bir kishilik ramazon umra yo‘llanmasi 🕋
🥉3 - oʻrin 50% chegirmadagi ramazon umra yo‘llanmasi 🕋
🏅4 - oʻrin 5 kunlik Dubai sayohati 😍
🏅5 dan 10 oʻringacha 500.000 so‘mgacha pul mukofoti 💸
🤖 Botga /start buyrug’ini bosib, shartlarni to’liq bajaring va sizga berilgan referal link orqali odamlarni jalb qilish evaziga ballarni qo’lga kiriting.
Eng ko’p ball to’plaganlarga “Umra ziyorati” ga bepul yoʻllanmalar sovg’a qilinadi.
📆 Konkurs Ramazon oyi boshlanishidan bir kun oldin o’z yakuniga yetadi.
https://t.me/Muslim_travelda_tanlov_bot?start=533133503
Repost from IT Masters
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Angliya yo‘llaridagi kameralar sun'iy intellekt asosida ishlashni boshladi, bu yo‘llarga axlat tashlagan haydovchilarni aniqlaydi.
Eng zo'ri shundaki, jarimalar avtomatik ravishda qoidabuzarga yuboriladi.👉 Bizning barcha loyihalar | #ai #england
ntrsh.mp47.37 MB
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Yandex Plusni 90 kun davomida bepul ulashga shoshiling. Obuna bilan siz Kinopoisk-da filmlar va seriallarni tomosha qilishingiz, Yandex Music-da musiqa, podkastlar va audiokitoblarni tinglashingiz, shuningdek Bookmate-da kitob va komikslarni o'qishingiz mumkin.
IMG_0487.MP46.98 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim
⌨️ Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami (1-qism)
Standart klaviaturada “Пуск” menyusini ochish imkonini beruvchi
WIN klavishi mavjud. U odatda klaviaturaning pastki chap burchagidagi xizmatchi CTRL, FN (noutbuklarda va maxsus klaviaturalarda bo‘ladi) va ALT klavishlari orasida joylashadi, o‘ng tomondagi xizmatchi klavishlar orasida esa uni har doim ham uchratmaysiz.
WIN klavishi bilan bog‘liq yana ko‘plab kombinatsiyalar mavjud bo‘lib, ular bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz:
• WIN – “Пуск” menyusini chaqirish/yopish (CTRL + ESC ham shu vazifani bajaradi);
• WIN + A – Bildirishnomalarni boshqarish markazini ochish/yopish;
• WIN + B – Fokusni ekranning o‘ng pastki burchagidagi fondagi dasturlar belgilari sohasiga qaratish;
• WIN + C – “Cortana” yordamchisini eshitish rejimida ishga tushirish (qoida bo‘yicha ushbu imkoniyat o‘chirilgan, yordamchi esa barcha hududlar uchun mo‘ljallanmagan)
• WIN + D – Ishchi stolni ko‘rsatish/berkitish;
• WIN + ALT + D – Kalendar va vaqtni ko‘rsatish/berkitish;
• WIN + E – “Проводник” oynasini ochish;
• WIN + F – Chaqiruvlar markazini ochish;
• WIN + G – O‘yin panelini ko‘rsatish/berkitish;
• WIN + H – Gapirib turish (Диктовка) jarayonini boshlash;
• WIN + I – “Параметры” oynasini ochish;
• WIN + J – Ko‘rinib turgan vaqtida fokusni Windows eslatmasiga qaratish (klavishlar birikmasiga qayta bosish, fokusni maslahat yo‘naltirilgan elementga o‘tkazadi);
• WIN + K – “Подключение” tezkor harakatini ishga tushirish;
• WIN + L – Shaxsiy kompyuterni bloklash yoki foydalanuvchini almashtirish;
• WIN + M – Barcha ochilib turgan oynalarni (muloqot oynalaridan tashqari) vazifalar paneliga tushirish (Свернуть);
• WIN + SHIFT + M – Vazifalar paneliga tushirilgan barcha oynalarni joyiga (ekranga) qaytarish;
• WIN + O – Qurilmaning tanlangan oriyentatsiyasini qotirib qo‘yish (Зафиксировать);
• WIN + P – “Проекцировать” tezkor harakatini ishga tushirish;
• WIN + R – “Выполнить” oynasini ekranga chaqirish;
• WIN + S – Qidiruv panelini ishga tushirish;
• WIN + T – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur va funksiyalar hamda ochilib turgan oynalar o‘rtasida siklik ravishda o‘tish;
• WIN + V – Kengaytirilgan almashinish buferini ishga tushirish;
• WIN + X – Tezkor havolalar menyusini ochish;
• WIN + Y – “Windows Mixed Reality” va ishchi stol o‘rtasida o‘tish.
👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija00:20
Video unavailableShow in Telegram
90 kunlik Yandex Plus obunasi siz uchun bepul! Kinopoisk-da filmlar va seriallarni tomosha qiling, Yandex Music-da musiqa, podkastlar va audiokitoblarni tinglang, Bookmate-da kitoblar va komikslarni o'qing. 2024-yil 15-yanvargacha Yandex Plus-ga ulanishga shoshiling!
IMG_0487.MP46.98 MB
Repost from IT specialist
#internet
🎬 Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
Aytaylik, bir qancha kanallarga obuna bo‘lgansiz, biroq kuzatmayabsiz yoki kuzatishga vaqt ajrata olmayabsiz. Normal algoritmlarni hayotga qaytarish va o‘z tasmangizga bemalol murojaat etish uchun — obunalaringizni tozalang, ya’ni ularni bekor qiling. Buni qo‘shimcha dastur va kengaytmalarsiz amalga oshirish mumkin:
1️⃣. Chrome'ni ishga tushiramiz va YouTube'dagi obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tamiz (Bunda joriy Google-akkauntingiz brauzerda faol holda turgan bo‘lishi lozim).
2️⃣. So‘ngra
CTRL + SHIFT + J klavishlari birikmasi yordamida dasturchi konsoli (консоль разработчика)ga murojaat etamiz.
3️⃣. “Console” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz, ushbu kodni nusxalab olib konsolga joylashtiramiz va ENTER'ni bosamiz.
Natijada skript sichqonchaning harakatini imitatsiya qiladi, mustaqil ravishda obunalarni ketma-ket, navbati bilan bekor qiladi.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• "Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#word
🧾 Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim
Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.
Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi. 😣
Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:
1️⃣. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;
2️⃣. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;
3️⃣. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;
4️⃣. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;
5️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!
Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻🎞.
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
So’nggi yillarda internetdan foydalanayotganlar soni ortmoqda va shu bilan O‘zbekistonda haqiqiy raqamli bum kuzatilishni boshladi. Zamonaviy kompaniyalar kundan kunga tobora ko'proq ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashga majbur va shuning uchun ularning orasida ishonchli va sinalgan IT-infratuzilmasining provayderlarini mavjudligi masalasi tobora dolzarb bo'lib bormoqda.
Servercore – Toshkent shahrida joylashgan IT-infratuzilmasining xalqaro provayderi. U mintaqaviy texnologik o'sish ehtiyojlariga yo'naltirilgan va eng zarur infratuzilma yechimlarini - bulutli va ajratilgan serverlar va PaaS xizmatlari (Managed Kubernetes va Managed Databases) taqdim etadi.
Servercore startaplardan tortib korporatsiyalargacha bo‘lgan barcha turdagi bizneslarga mos keladi, ularning texnik yordami esa barcha mijozlarga to'g'ri infratuzilma yechimini tanlashda yordam berish uchun bepul va kechayu kunduz ishlaydi.
Ushbu provayderning bulutli serverini soatiga atigi 152 so'mga ijaraga olishingiz mumkin va kerak bo'lsa bir necha klik orqali yangi resurslarni ham qo'shsangiz bo’ladi. Eng asosiysi esa xarajatingiz xalqaro valyuta kursiga qarab o'zgarmaydi.
Servercore boshqaruv paneli kompaniya faoliyat yuritayotgan hududlarda (O‘zbekiston, Keniya va Qozog‘iston) virtual mashinalarni ishga tushirish va kerak bo‘lganda ularni masshtablash imkonini beradi. Bundan tashqari, siz xizmatlarni iste'mol qilganingiz uchun osongina to'lashingiz va kerakli buxgalteriya hujjatlarini yuklashingiz mumkin.
➡️ Ushbu havola orqali oʻting va biznesingiz uchun yechim so'rash yoki boshqaruv panelida ro'yxatdan o'tish orqali xizmatlarni o'zingiz sinab ko'ring. Agarda sizda savollar bo'lsa, sayt vidjeti yoki @ServercoreUZ Telegram-kanali orqali texnik mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin.
