Kun.uz | Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

80 264
مشترکین
-3424 ساعت
-1107 روز
-1 23930 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
Avval ham 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyatini sodir qilgani uchun sudlangan pedofil sud hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada o‘tash belgilandi.
👉 https://kun.uz/07107540
Kun.uz rasmiy kanali
👍 30🤯 16❤ 6👏 4😭 4😁 3😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 10,7 mln nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Eng ko‘p turistlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan.
👉 https://kun.uz/23113307
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 27👍 19😁 9🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ukrainaning taklifi va frontdagi vaziyat | "Geosiyosat"
Volodimir Zelenskiy e’lon qilgan 20 bandli tinchlik rejasi nafaqat avvalgi 28 bandli formatdan qisqaroq, balki strategik ustuvorliklarning qayta belgilanganini ham ko‘rsatadi. Frontda esa Ukraina Seversk shahrini tark etdi.
Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
❤ 7😁 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
Ukraina prezidenti mamlakat hududini Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari tasvirga olishi bilan RF zarbalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi haqida xabar qildi. Kiyev bu ma’lumotlarni ittifoqchilar bilan muhokama qilish niyatida.
👉 https://kun.uz/40580473
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 12❤ 5👍 3😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim avtobuslarning gaz quyish shoxobchalarida navbatda turib qolishi haqida xabarlar tarqalgani ortidan «Toshshahartransxizmat» AJ vaziyatga rasmiy izoh berdi. Kompaniyaga ko‘ra, sovuq ob-havo sharoitida aholi va muhim obektlarga tabiiy gazni teng yetkazib berish maqsadida avtobuslarga xizmat ko‘rsatuvchi AGsh soni 33 tadan 11 tagacha qisqartirilgan.
👉 https://kun.uz/20100155
Kun.uz rasmiy kanali
😁 15😭 11❤ 10👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Hukumat qarori bilan 2021 yil 24 noyabrdagi qarorga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangilangan tartib yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda maydon me’yorlari, konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini saqlash talablarini belgilaydi.
👉 https://kun.uz/27237533
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 14👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Z-blogerlar: RF armiyasi Kupyansk ustidan nazoratni yo‘qotdi
Kupyanskda RF harbiylari uchun vaziyat “juda ham yomon”, shahar ustidan nazorat yo‘qotilgan, deb qayd etdi yirik Z-bloglar. Ulardan biri frontdagi vaziyat haqida RF Mudofaa vazirligini “yuqoriga” noto‘g‘ri axborot uzatganlikda aybladi.
👉 https://kun.uz/27234979
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 25👏 14👍 5😭 3😁 1
02:16
Video unavailableShow in Telegram
“Ko‘mir ta’minot” Namangan filialida pora olish holati fosh etildi
Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash va ko‘mir vagonlari sonini oshirib berish bahonasida fuqarodan 40 ming AQSh dollari talab qilgan. U vositachi orqali pulni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.
👉 https://kun.uz/78336557
Kun.uz rasmiy kanali
Наманган_кўмир.mp411.08 MB
❤ 14👍 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Strategik metallar zanjiri: 2030 yilda nazorat kimning qo‘lida bo‘ladi?
Energetik o‘tish (energetik transformatsiya) bevosita qayta ishlangan, strategik ahamiyatga ega metallar va nodir yer elementlarining mavjudligiga bog‘liq. Lekin kelajakda ular qayerdan olinadi?
👉 https://kun.uz/55336117
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 11👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oltin uchun "poyga": 2000 yildan beri zaxiralarini eng ko‘p oshirgan davlatlar
XXI asr boshidan beri dunyo bo‘ylab markaziy banklar o‘zining oltin zaxiralarini izchil ravishda ko‘paytirib kelmoqda - so‘nggi yillarda bu tendensiya yanada tezlashdi. Inflatsiya, sanksiyalar va o‘zgarib borayotgan geosiyosat sharoitida zaxira valutalariga, ayniqsa AQSh dollariga ishonch tobora ko‘proq sinovdan o‘tmoqda.
👉 https://kun.uz/77501826
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 29
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
Manbalarga ko‘ra, Moskva Kiyev tomonidan taqdim etilgan hujjatga o‘zgartirishlar kiritishga va qarshi talablarni shakllantirishga erishmoqchi. Shu bilan birga, Rossiya rejani butunlay rad etishga tayyor emas.
👉 https://kun.uz/03301257
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 16❤ 11👍 5😁 3
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Mindichning daragi chiqdi. U Ukrainaga qaytmoqchi emas
Mustaqil Ukraina tarixidagi eng jiddiy siyosiy mojaro markazida bo‘lgan Timur Mindich topildi. Uni Ukraina maxsus xizmatlari, Budanov boshchilik razvedkachilar yoki politsiyachilar emas, oddiy ukrainalik jurnalist topdi.
📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Мои видео.mp441.97 MB
❤ 24🤯 2👍 1😭 1
04:39
Video unavailableShow in Telegram
Yo‘llardagi yuzlab kameralarning internetda ochiq qoldirilishi va o‘zbek so‘mida sigareta tutatgan xorijliklar – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/36558614
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp445.90 MB
❤ 15🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Prezident farmoni bilan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unda belgilanishicha, 2026 yil 1 fevraldan boshlab, zo‘ravonlik oqibatida oilasidan olingan va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
👉 https://kun.uz/11064188
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 64🔥 30👍 22😐 3😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
31 dekabrdan 4 yanvargacha dam olish kunlari bo‘ladi – yangi farmon
«2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
👉 https://kun.uz/13748764
Kun.uz rasmiy kanali
👍 154🔥 32❤ 28🤯 1😐 1
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Onkologiya xizmatlari arzonlashadi: yangi respublika markazida press-tur o‘tkazildi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasida ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbirda mutasaddilar onkologiya xizmatlari narxi kelgusi yillardan bosqichma-bosqich pasaytirilishini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/07579697
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp442.91 MB
👍 111🔥 46❤ 8
Photo unavailableShow in Telegram
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
Muqaddam ham nomusga tegish jinoyatini sodir qilib, sudlangan, joriy yil 14 oktyabr kuni tog‘asining 7 yoshli nevarasini zo‘rlagan pedofil sudning hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining 3 yilini turmada o‘tash belgilandi.
👉 https://kun.uz/82736350
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 81👍 42❤ 19👏 9😐 6😭 6
Photo unavailableShow in Telegram
Abdulaziz Oqqulov turizm qo‘mitasiga qaytdi
Qo‘mitaga 2023-yildan buyon rahbarlik qilgan Umid Shodiyev boshqa ishga o‘tkazilgan.
👉 https://kun.uz/53357636
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 9👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tinchlik rejasi. 20 band. Zelenskiy buni «urushni yakunlash to‘g‘risidagi bazaviy hujjat» deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Vashington Rossiya bilan tinchlik kelishuviga asos bo‘ladigan hujjatlar ustida ishni davom ettirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqidan Ukraina uchun keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini olishga umid qilmoqda.
👉 https://kun.uz/39176305
Kun.uz rasmiy kanali
👍 11❤ 9😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
26 dekabrdan 12 yanvarga qadar bir qator ichki yo‘nalishlarda qo‘shimcha samolyot va poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
👉 https://kun.uz/03482196
Kun.uz rasmiy kanali
👏 25👍 10❤ 9🔥 5😁 1
