fa
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
80 236
مشترکین
-1524 ساعت
-427 روز
-1 22930 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025: Sindorov finalni 4-o‘rin bilan yakunladi 2025 yil 8–11 dekabr kunlari Janubiy Afrikaning Keyptaun hududida o‘tgan Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 final bosqichida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 4-o‘rinni egalladi. Musobaqa g‘olibligini esa Levon Aronyan qo‘lga kiritdi. 👉 https://kun.uz/37604319 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
19👍 16😭 4
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh va Yaponiya bombardimonchilari Xitoyga javoban mashg‘ulotlar o‘tkazdi AQShning yadro qurolini tashishga qodir bombardimonchilari va Yaponiya qiruvchi samolyotlari Yapon dengizi ustidan parvoz qildi. Bu harakat – Xitoy va Rossiyaning bir necha kun oldin o‘tkazgan qo‘shma mashg‘ulotlariga javob sifatida baholanmoqda. 👉 https://kun.uz/55464597 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
😁 26 16👏 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo - tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik makoni 2025 yil 12 dekabr kuni «Tinchlik va ishonch» xalqaro forumida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqada o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, mojarolarni muloqot va muzokaralar orqali hal etish muhimligini ta’kidladi. 👉 https://kun.uz/86407116 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
👍 123 4😁 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tramp kelasi yil boshida G‘azo Tinchlik kengashi a’zolarini e’lon qilmoqchi «Qirollar, prezidentlar, bosh vazirlar - hammasi Tinchlik kengashida bo‘lishni istayapti», dedi Donald Tramp. AQSh rejasiga ko‘ra, Kengash – G‘azoda o‘tish davri ma’muriyati hisoblanadi. 👉 https://kun.uz/37561972 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
12😁 9👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatlarda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi Andijonda metan zapravkalar soat 5:00 dan 17:00 gacha, Navoiy viloyatida esa 6:00 dan 19:00 gacha ishlashi belgilandi. Boshqa hududlarda ham cheklovlar kiritilmoqda. 👉 https://kun.uz/93163267 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
😁 10👏 8 4😐 4👍 3😭 3🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Gaz yo‘q hududlardagi iste’molchilar uchun elektrga 50 foiz chegirma berilishi mumkin Bu turdagi imtiyoz qo‘llanishi uchun gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilar subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmayotgan bo‘lishi kerak. 👉 https://kun.uz/35904196 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
👏 36 21👍 17🤯 8😭 6
01:40
Video unavailableShow in Telegram
Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»lar o‘chib qolsa, ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib beriladi – energetika vaziri Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga ko‘ra, 2025-2026 yilgi qish mavsumida vodiy viloyatlaridagi gaz quyish stansiyalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni bartaraf etish maqsadida 2 xil yechim ishlab chiqilgan. Birinchisi, qo‘shni davlatdagi mavjud tranzit trubalardan foydalangan holda yaqinroq masofadan ta’minotni amalga oshirish. Ikkinchisi, 150 ta ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib berish. 👉 https://kun.uz/34558760 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
Gaz.mp435.86 MB
😁 40👍 9 7👏 5🔥 3
07:27
Video unavailableShow in Telegram
“Yemagan somsamga pul to‘layapman” - surxondaryolik ayol tergov va suddan norozi Surxondaryoda tergov va sud organlarining kuchi ikki bolani voyaga yetkazayotgan yolg‘iz ayolga yetgan ko‘rinadi - oilaning yagona boquvchisiga qo‘llangan adolatsiz hukm sabab uch jon nochor ahvolga tushib qolgan. Gap shundaki, Uzun tuman obodonlashtirish bo‘limi qabriston nazoratchisining aybi uchun kadrlar bo‘yicha mutaxassis jazolandi. Huquq himoyachisi bu borada shunday deydi: «asl o‘g‘ri-korrupsionerlarni kechirib, jamiyatdagi zaif qatlam bo‘lgan ayollarga nisbatan bu munosabatni davlat siyosatiga sabotaj deyish mumkin». 👉 https://kun.uz/85644185 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
Мои видео.mp475.14 MB
🤯 29 12😭 5👍 3😐 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi Majburiy ijro byurosi ayrim fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlar orqali, go‘yoki byuro nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqida yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini ma’lum qildi. Bunday xabarlarda fuqaroning ism-sharifi va hattoki pasport raqamlari keltirilayotgani ham odamlarni ishontirishga qaratilgan firibgarlik usuli ekani qayd etildi. 👉 https://kun.uz/11158719 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
🤯 9 8
Photo unavailableShow in Telegram
Oq uy: Tramp ham Rossiyadan, ham Ukrainadan «juda norozi» AQSh prezidenti Donald Tramp «faqat uchrashuv uchun uchrashuvlardan charchagan», u aniq harakatlarni istayapti, deb bayonot berdi uning matbuot kotibi. Uning ta’kidlashicha, Vashington har ikki tomon bilan ishlashni davom ettiradi. 👉 https://kun.uz/45275344 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
😁 14👍 6🤯 3 2😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda katta miqdorda psixotrop dorilarni saqlagan ikki nafar ayol qo‘lga olindi DXX boshqa huquq-tartibot tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida noqonuniy ravishda psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlash hamda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyatni fosh etdi. Tezkor tadbir davomida umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd so‘mlik dori vositalari musodara qilindi. 👉 https://kun.uz/79799413 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
👍 16 9🤯 4😁 2
06:42
Video unavailableShow in Telegram
Saloh «yorildi»: muammo nimada? «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «klub uni avtobus tagiga tashlayotganini» aytdi. Bu demarsh klubdagi inqiroz fonida ro‘y berdi. Gap nimada o‘zi? 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
نمایش همه...
Мои видео.mp465.48 MB
10😁 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kishi boshiga tabiiy boylik bo‘yicha dunyo yetakchilari: Saudiya birinchi, Kanada - ikkinchi Yangi reytingda Statista’ning tabiiy resurslar bo‘yicha baholari va Worldometer’ning 2025 yildagi aholi soni ma’lumotlari qiyoslanib, eng boy o‘nta davlatning tabiiy resurslari qiymati aholi soniga bo‘lib hisoblandi. 👉 https://kun.uz/44064882 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
🔥 10👍 8 2
Photo unavailableShow in Telegram
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi Ular hozirgi zamonni o‘zgartirgani va insonning 2025 yildagi imkoniyatlari chegaralarini kengaytirgani uchun e’tirofga sazovor bo‘ldi. 👉https://kun.uz/07723473 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
🔥 7😐 5😁 2 1👍 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi Ariza berish 2026 yil 13 yanvarga qadar davom etadi. Chipta egalari 2026 yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi. 👉 https://kun.uz/35900975 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
😁 24 9👍 6😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirish masalasiga e’tibor qaratildi. 👉 https://kun.uz/26473596 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
👍 108👏 37 33🔥 32🤯 1
00:51
Video unavailableShow in Telegram
“Bolangizni kimdir boshqaryapti” - toshkentlik o‘smir PUBG'dagi suhbatlardan keyin yo‘qolib qoldi Toshkentda yashovchi 14 yoshli bola PUBG'da noma’lum odam bilan do‘stlashib qolganidan keyin, uning buyrug‘i bilan uydan chiqib ketib, Farg‘onaga yo‘l olgan. Qochayotganida yuzini yashirish uchun ko‘zoynak va tibbiy niqob taqib olgan. Bola ikki kundan keyin topilganida, u katta qo‘rquv iskanjasida edi. Voqeani Kun.uz'ga so‘zlab bergan o‘smirning qarindoshi ota-onalarni ogohlikka chaqirdi. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
نمایش همه...
Tizer .mp47.57 MB
20😐 16🤯 8😁 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Paragvay bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penyani kutib olish marosimi bo‘ldi. Ma’lumot uchun bu tarixda ilk bor Lotin Amerikasi davlati prezidentining O‘zbekistonga tashrifi hisoblanadi. 👉 https://kun.uz/64176068 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
👍 126🔥 71 49👏 15😁 3
04:33
Video unavailableShow in Telegram
Uy-joy va avtomobil savdosida naqd puldan voz kechilishi va inson a’zolari savdogarlariga jazo – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/54959977 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
Мои видео.mp445.70 MB
3🔥 3👏 1
07:27
Video unavailableShow in Telegram
“Yemagan somsamga pul to‘layapman” - surxonlik ayol tergov va suddan norozi Surxondaryoda kuchi beva ayolga yetgan sud mulozimlari uni ikki bolasi bilan nochor ahvolda qoldirishyapti. Uzun tuman obodonlashtirish bo‘limida o‘tkazilgan tekshirishda qabriston nazoratchisining aybi uchun kadrlar bo‘yicha mutaxassis jazolandi. Huquq himoyachilarining fikricha: «O‘g‘rilar, korrupsionerlarni kechirib, jamiyatdagi zaif qatlam bo‘lgan ayollarga nisbatan bu munosabatni davlat siyosatiga sabotaj deyish mumkin”. 👉 https://kun.uz/85644185 Kun.uz rasmiy kanali
نمایش همه...
Мои видео.mp475.14 MB