fa
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

رفتن به کانال در Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
130 961
مشترکین
-12824 ساعت
-1 1907 روز
-3 37630 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi,
– dedi Prezidentimiz. Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
7👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
7👍 4🎉 2🤔 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini YouTubeda tomosha qiling.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang! 🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
📌
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
15👍 8
06:25
Video unavailableShow in Telegram
#Videorolik #Giyohvandlik “Ko‘rinmas zanjir”
Mazkur videorolikda giyohvandlik, bekorchilik va salbiy muhitning yoshlar hayoti hamda kelajagiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri ta’sirchan tarzda aks ettirilgan. Voqealar rivoji giyohvandlikning nafaqat aybdor shaxs, balki butun oila tazzuliga olib kelishini ochib beradi.
Ushbu videorolik Toshkent davlat transport universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
IMG_6808.MP4138.17 MB
👍 15 8🔥 2👏 1
08:28
Video unavailableShow in Telegram
#brifing 2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing 👉 Matn shaklida o‘qish. 🎞 YouTube'da korish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
1.Brifing Ful hd.mp434.59 MB
👍 16 6😁 2🔥 1🎉 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
“Kelajak soati”da audiochat! Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov ishtirok etadi. Moderator: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova. Audiochatda bogʻcha, maktab va OTMlarda yoʻlga qoʻyilgan Kelajak soati darslari, qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida suhbatlashamiz. Hurmatli pedagoglar, oʻquvchi, talaba, ta’lim sohasi vakillari, muloqotimiz barcha uchun ochiq! Unda siz bemalol mehmonlarimizdan mavzu boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. Audiochat 25-dekabr, payshanba kuni soat 19:00da boʻlib oʻtadi. Savollarni @KelajakSoati_murojaat_bot manziliga yuborishingiz mumkin. Kelajak soati boʻyicha savol va takliflaringiz boʻlsa, albatta, muloqotimizda ishtirok eting! Har bir taklif, fikr biz uchun qadrli! Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
نمایش همه...
👍 10 9😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi ❓Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi? ✅ Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan. Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar ham kiradi) amalga oshiriladi. Arizalar quyidagi shakllarda: 🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti va 🟢Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn; 🟢yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan hududiy Ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinishi ham mumkin. Talab etiladigan hujjatlar: ➖Reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi; ➖O‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar. Muhim eslatmalar: ❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi. ❗️1-bosqich (1-kurs) 1-semestriga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno). ❗️O‘qishni ko‘chirishda fanlar farqi 4 tadan oshmasligi, GPA ko‘rsatkichi esa kamida 2,4 bo‘lishi lozim. Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda Davlat komissiyasi tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral ham kiradi) ko‘rib chiqiladi va natijalar abituriyentlarga ma’lum qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
2
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!
📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”. 🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: 🌍 Veb-sayt: www.president.uz 📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev 📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh 📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
24👍 14🔥 6😱 1
ELO xalqaro ingliz tili olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Amman shahrida bo‘lib o‘tgan ELO xalqaro ingliz tili olimpiadasida dunyoning 58 ta oliy ta’lim muassasasidan 100 dan ortiq kuchli jamoalar ishtirok etdi. Kuchli raqobat sharoitida O‘zbekiston terma jamoasi olimpiadaning barcha bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etib, musobaqaning eng oliy va nufuzli mukofoti — SUPER KUBOK sohibiga aylandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113685
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
IMG_4033.MP452.43 MB
22👍 13👏 3🥰 1
#Eʼtirof O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan bir guruh faol yoshlar, jamoatchilik vakillari taqdirlandilar. Ular orasida Oliy ta’lim muassasasalari vakilllari ham bor. 🎖Bo‘ronov Suhrob Muxammadi o‘g‘li – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, dotsent 🎖Varisova Begoyim Rivojidin qizi – Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi 🎖Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li – Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar yetakchisi 🎖Kobulov Ilxomjon Turgunboyevich – Andijon davlat texnika instituti yoshlar yetakchisi 🎖Tolipov Izatullabek Abdulhoy o‘g‘li – Termiz davlat universiteti yoshlar yetakchisi 🎖Abduraxmanov Abdulaziz Xujamurot o‘g‘li – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi 🎖Suyarov Shaxzod Salim o‘g‘li – Toshkent davlat texnika universiteti yoshlar yetakchisi 🎖Abadanov Dauranbek Japbarbergenovich – Qoraqalpoq davlat universiteti yoshlar yetakchisi Ularning yoshlar bilan ishlashdagi tashabbuskorligi, ijtimoiy-tarbiyaviy loyihalardagi faol ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi mas’uliyati ushbu yuksak e’tirofga munosib deb topildi. Yuksak mukofot sohiblarini samimiy qutlaymiz, kelgusidagi faoliyatida mustahkam sog‘liq, yangi yutuqlar va Vatan ravnaqi yo‘lida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
16👍 9🤩 1
01:06
Video unavailableShow in Telegram
#biz_inklyuziv_jamiyatni_yaratamiz Nogironligi bo‘lgan yoshlar bu videoda so‘z bilan emas, amal bilan gapiradi. Chegara yo‘q. Ishonch bor. Kelajak bor.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
1.Social_long_Master.mp415.37 MB
15
++
نمایش همه...
#oliygohlar #taqdimot Oliy taʼlimda natijalar va kelgusi maqsadlar muhokamasi 24-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlarining navbatdagi taqdimotlarini tinglab, oliygohlarni sifat jihatdan rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Taqdimot davomida Buxoro davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Andijon davlat universiteti hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining oʻtgan yildagi faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi. Ayniqsa, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, oʻquv jarayonini raqamlashtirish hamda oliy taʼlimni iqtisodiyot va hududlar ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113883
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
👍 23 11
Photo unavailableShow in Telegram
#maqola
Yoshlar – mamlakatning bebaho kapitali. Davlat ijtimoiy liftlar yaratish orqali har bir yigit-qizning jamiyatda, tobora raqobat ortib borayotgan mehnat bozorida o‘rnini topishi uchun g‘amxo‘rlik qilishi, ularga o‘z qobiliyati va salohiyatini namoyon etib, rivojlantirishi uchun barcha shart-sharoitni yaratishi shart. zamonaviy ta’lim, kasb-hunar tizimi bunda eng birlamchi va hal qiluvchi bo‘g‘in sanaladi.
“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 24-dekabr kungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Kadrlar tayyorlash sifati jahon standartlari darajasiga chiqmoqda” mavzusida gazeta muxbiri bilan suhbati chop etildi. 👉Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
6🔥 3👏 3👍 1
#xalqaro_hamkorlik Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasini yaratish boʻyicha hamkorlik bitimi imzolandi Zhejiang Sci-Tech University tashabbusi bilan joriy yilning 23-dekabr kuni Xanchjou shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo toʻqimachilik universitetlari alyansi” hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida “Qadimiy va zamonaviy Ipak yoʻli” Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, shuningdek, respublikamizning toʻqimachilik sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Markaziy Osiyo tomoni vakili sifatida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Baxtiyor Nasimov qoʻshma laboratoriya direktori lavozimiga tayinlandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113654
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
👍 160🔥 158 148🤩 140🎉 130
Photo unavailableShow in Telegram
#Olima_ayollar TATU professori “Yil ayoli” milliy tanlovi g‘olibi va xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi Bugun, 23-dekabr kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovning “Olima ayollar” yo‘nalishi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamedova faxrli 1-o‘rinni egalladi. Professor D. Muhamediyeva tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlashga mo‘ljallangan dasturiy yechim ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilib, samarali natijalar ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mazkur ilmiy faoliyat xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi. Nufuzli GovInsider xalqaro axborot platformasining “Meet the Women in GovTech 2025” maxsus loyihasida ham D. Muhamedova ayollar yetakchiligi, inklyuziv texnologiyalar va GovTech sohasidagi hissasi bilan alohida taqdim etildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Olima” grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha: ➖ 97 foiz aniqlik ko‘rsatkichiga erishgan; ➖ hududiy tibbiyot muassasalarida sinovdan o‘tkazilgan; ➖ amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan ilmiy ishlanma sifatida e’tirof etilgan. Mazkur natijalar O‘zbekistonda ilm-fan, sun’iy intellekt texnologiyalari va olima ayollar salohiyati xalqaro miqyosda tobora ortib borayotganining dalilidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
👍 53 16🔥 5👏 3🎉 1
#oliygohlar #taqdimot Oliygohlarning yil yakunlari va kelgusi ustuvor vazifalariga bagʻishlangan navbatdagi taqdimotlari oʻtkazildi Oliy taʼlim tashkilotlarida joriy yil davomida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan navbatdagi tahliliy taqdimot boʻlib oʻtdi. 2025-yil 23-dekabr kuni tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov ishtirok etdi. Taqdimot davomida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institute, Geologiya fanlari universiteti tomonidan oʻquv jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, har bir muassasaning kelgusi yilga moʻljallangan strategik rejalari muhokama markazida boʻldi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113566
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
10👍 7🤔 3🔥 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
🎯 Giyohvandlikka yo‘q deymiz! Men — o‘zbek jang san’ati ustasiman. Kuchim — irodamda, g‘alabam — sog‘lom hayotimda! 💪🇺🇿 🚫 Giyohvandlik hayotni barbod qiladi. 🏆 Sport esa kuch, ishonch va baxt beradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
video_2025-10-29_20-24-21.mp45.60 MB
🔥 5👍 3 2
00:34
Video unavailableShow in Telegram
🔵 Startapingiz MVP bosqichida to‘xtab qoldimi? Yoki uni rivojlantirish uchun mentorlar kerakmi? Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Parvoz loyihasi hamkorligida “MENTORLAR MAKTABI” qabuli boshlandi. 🎯 Bu — 3 oylik intensiv mentorlik dasturi bo‘lib, unda siz:
- Startapingizni professional mentorlar bilan birga rivojlantirasiz - Real bozor, strategiya va o‘sish bosqichlarini chuqur o‘rganasiz - Loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
✅ Eng muhim jihati: dastur MUTLAQO BEPUL. Agar siz startapingizni haqiqiy natijaga olib chiqishni xohlasangiz — hoziroq ro‘yhatdan o‘ting. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
IMG_3345.MOV11.07 MB
5👍 2