Edu.uz
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

130 903
مشترکین
-12824 ساعت
-1 1907 روز
-3 37630 روز
آرشیو پست ها
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga “Kantey” qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.
—
В честь официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в резиденции "Кантэй" состоялся прием от имени Премьер-министра Японии Санаэ Такаичи.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 9🔥 2😁 1🤔 1😱 1
Toshkent shahrida birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etish rejalashtirildi
Tokioda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasi anʼanaviy ravishda ushbu koʻp qirrali munosabatlarning muhim qismi sanaladi.
Yoshlarga kelgusida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashiga keng imkoniyatlar taqdim etayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Davlatlararo hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Oʻzbekistondagi 7 ta oliy taʼlim muassasasida yapon tili oʻqitilmoqda. Tokio chet tillar universitetida mana 10 yildirki, oʻzbek tili oʻrganilmoqda.
Rektorlar forumi kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda. Bugun Yaponiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Hamkorlik dasturlari, ilmiy va innovatsion almashinuvlarni kengaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Sukuba universiteti bilan birgalikda Toshkent shahrida birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Yakunda Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13👍 5😱 2
#sport
Vazirlik va idoralar oʻrtasidagi “Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida oʻtgan Prezident Kubogi sport musobaqasining Respublika bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi vazirlikning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 45🤩 37🔥 36❤ 34🥰 34
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
“Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
В резиденции «Кантэй» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 10👍 3
#dayjest #giyohvandlik
Oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda
➡️Farg‘ona davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi; ➡️Qoraqalpoq davlat universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi; ➡️Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi; ➡️Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi; ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogoh etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi; ➡️Andijon davlat texnika institutida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi; ➡️O‘zbekiston Milliy universitetida giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlik mavzusida ijtimoiy videorolik tayyorlandi; ➡️Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi; ➡️Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi; ➡️Toshkent farmatsevtika institutida “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi; ➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Giyohvandlik va kiberjinoyatga qarshi kurashish immuniteti” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi; ➡️Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohliklarini oshirish” bo‘yicha profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi; ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalarning savdosini oldini olish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʻtkazildi; ➡️Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatilaridan ogohlantiruvchi videorolik tayyorlandi; ➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop mahsulotlarining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida maxsus ogohlantirishlar o‘rnatildi va talaba-yoshlar o‘rtasida chellenj o‘tkazildi; ➡️Termiz davlat pedagogika institutida “Hayot ranglari – giyohvandliksiz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi; ➡️O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi; ➡️Guliston davlat universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” heshtegi ostida chorlov o‘tkazildi; ➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarda hushyorlik va mas’uliyat hissini oshirish maqsadida “Giyohvandlikka – Yo‘q deymiz!” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_2399.MP415.75 MB
IMG_2398.MP429.36 MB
IMG_2375.MP47.33 MB
IMG_2376.MP423.43 MB
❤ 5👍 2
03:26
Video unavailableShow in Telegram
#Parasport
Farg‘ona davlat universiteti talabasi: ota o'rnida otalik qilgan ustozlarim tufayli chempion bo'ldimBirlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy yilning 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Muzrob G'aniyev para yengil atletikaning nayza uloqtirish turi bo‘yicha yuksak natija qayd etib, oltin medal sohibi bo'ldi. Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Muzrob G'aniyev 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
21.68 MB
❤ 11👍 11
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Yaponiyaning yetakchi universitetlari rektorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялась встреча с ректорами ведущих университетов Японии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
35.30 MB
❤ 12👍 6
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya bilan taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalarida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda yetakchi universitetlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Yaponiya bilan taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Yaponiya tajribasi — “iqtisodiy moʻjiza”ning asosi taʼlim, fan va inson kapitaliga investitsiya ekani alohida qayd etildi.
✅2,8 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talaba hozirda Yaponiya universitetlarida tahsil olmoqda. ✅JDS dasturi orqali 440 nafardan ziyod davlat xizmatchilari Yaponiyada oʻqitilgan. ✅Samarqandda oʻtkazilgan Oʻzbekiston–Yaponiya Rektorlar forumi ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida samarali hamkorlik platformasiga aylangan.Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida:
✅sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, ✅“yashil” energetika va barqaror rivojlanish, ✅qishloq va suv xoʻjaligi, ✅seysmologiya va “aqlli shahar” texnologiyalari belgilandi.O‘zbekistonda Sukuba universiteti bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi. Taʼlim va fan boʻyicha qoʻshma komissiya, innovatsiyalar boʻyicha konsorsium tuzish taklif qilindi. Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun “yoʻl xaritasi” qabul qilinishi belgilandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 12
Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan
Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabdjanov Yaponiyaning yirik sanoat va qurilish korxonalari — Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.
Mazkur kompaniyalar global miqyosda faoliyat yurituvchi yirik tashkilotlar boʻlib, Daito Trust Construction — yillik aylanma mablagʻi 11,5–12 mlrd AQSH dollari, Daiwa House — dunyo boʻylab 26 ta ofisga ega, yillik aylanma mablagʻi 35–36 mlrd AQSH dollari, Mitsui Sumitomo esa 41 ta ofisga ega boʻlib, yillik aylanma mablagʻi 25–30 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Muzokaralar davomida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.Shuningdek, rektor Daito Trust Construction kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning mehnat faoliyati va kasbiy rivoji bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 12❤ 7
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida
Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.
“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 8🔥 5👍 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:33
Video unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida nutq so‘zladi.
—
Глава нашего государства выступил на первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
reels_sammit_tg_new.mp461.30 MB
❤ 14👍 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Tokio shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti boshlandi.
—
В Токио начался первый саммит Диалога «Центральная Азия + Япония» с участием Президента Шавката Мирзиёева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 21👍 1
#yalpi_majlis_12
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi ko‘rildi
Yalpi majlisda talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.
👉 Batafsil
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.MP422.79 MB
❤ 13👍 4😁 3🤔 2😱 1
“Zakovat” intellektual olimpiadasi g‘oliblariga 4,5 mlrd so‘m Prezident sovg‘asi sifatida topshirildi
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasi yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat” intellektual klubi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.
Intellektual olimpiadada respublika bo‘yicha 132 ta OTMdan 1056 nafar talaba ishtirok etdi. Hududiy bosqichlar natijasiga ko‘ra, 50 ta OTM va 550 nafar talaba finalga yo‘l oldi. 15-18-dekabr kunlari talabalar “Zakovat”, “Breyin-ring”, “Erudit-kvartet”, shaxsiy o‘yin, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida bellashdi. Musobaqaning jami sovrin jamg‘armasi 5,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan 4,5 mlrd so‘m musobaqada umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kirgan OTMlarga Prezident sovg‘asi sifatida topshiriladi. 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida musobaqaning barcha g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.Shuningdek, umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni egallagan quyidagi jamoalarga Prezident sovg‘asi topshirildi: 🥇1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti (2 mlrd so‘m) 🥈2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m) 🥉3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m) Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan talabalarga 900 mln so‘m mukofot ajratildi. Intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” o‘yini g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi, stipendiya bilan ta’minlanadi hamda xalqaro ta’lim va stajirovka dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 25👍 6😁 2👏 1
02:32
Video unavailableShow in Telegram
“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻluvchi, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini yemiruvchi, yosh avlodning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi eng xavfli ijtimoiy illatlardan biridir. Bugungi kunda unga qarshi kurashish faqat davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning masʼuliyati va muhim fuqarolik burchidir.
Mazkur videorolikni Guliston davlat pedagogika instituti Mediastudiyasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich tashkiloti Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida taqdim etadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
30.09 MB
❤ 5👍 5🔥 1🤔 1😱 1
Repost from TgId: 1297184524
Photo unavailableShow in Telegram
Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi!
Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.
Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi. Mana bu videoda u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi.
Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali.
Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla!
@hilola_umarova
❤ 69👏 31👍 16🥰 6🤩 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями ведущих компаний, финансовых институтов и бизнес-объединений Японии.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 6❤ 3🔥 2
Tokio shahrida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiyasining Yaponiya Fanni qo‘llab-quvvatlash jamiyati (Japan Society for the Promotion of Science — JSPS) prezidenti Suyosi Sugino bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni kengaytirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112199
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 7🔥 1
Gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz shahrida gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ulligida tashkil etildi.
Bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh gandbolchilar o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va hayajonli kechgan musobaqalarning final bosqichi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
🟢Yigitlar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — TerDU talabalaridan iborat Surxondaryo jamoasi 🥈 2-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi 🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
🟢Qizlar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi 🥈 2-o‘rin — Xorazm viloyati jamoasi 🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi➡️Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.TermizIMG_5119.mp423.32 MB
👍 8❤ 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
“Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (795-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi.
🔰 Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
🔹 nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;
🔹 oliy ta’lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashish;
🔹 fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
✅ Institutga quyidagi huquqlar beriladi:
🔸 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, o‘quv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish;
🔸 ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rash va bepul olish.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7😁 4👍 3
