fa
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

رفتن به کانال در Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
130 731
مشترکین
-13524 ساعت
-1 0747 روز
-3 36730 روز
آرشیو پست ها
#Xalqaro_munosabatlar #Talabalar_sporti Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi tashkil etildi Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasining Ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mongoliyadan delegatsiyalar qatnashib, mintaqada talabalar sportini rivojlantirishga qaratilgan yangi tuzilma — Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha yakdil qaror qabul qilindi. Shuningdek, FISU prezidenti Leonz Eder taklifiga binoan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov yangi tashkil etilgan Federatsiyaning Bosh kotibi etib tayinlandi. Mazkur qaror O‘zbekistonning mintaqaviy sport sohasidagi faolligi va tashabbuskorligini tasdiqlab, talabalar sporti bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
2👍 2
Kanada delegatsiyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi 18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kanada elchixonasi hamda Kanadaning bir qator ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya tarkibida Kanada Elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha ikkinchi kotibi Yurgita Rushkite, Niagara kollejining global rivojlanish bo‘yicha biznes rahbari va Douglas kollejining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103498 #xalqaro_hamkorlik #Kanada
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
10👍 8👏 1
Berlinda O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi o‘tkazildi 18-noyabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, unda ikki tomondan 200 ga yaqin universitet va ilmiy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Forumning ochilish marosimida O‘zbekistonning Germaniyadagi favquloddagi va muxtor elchisi Dilshod Axatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Germaniya Federal ta’lim va tadqiqot vazirligi (BMBF) xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Matias Oel ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohalarida shakllanib borayotgan ishonchli aloqalar va istiqboldagi loyihalar haqida so‘z yuritdi. Forum “Ta’lim va akademik hamkorlik” hamda “Tadqiqotlar va innovatsiyalar” panelarida olib borilib, ularda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekiston talabalari uchun Germaniyada amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, strategik ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish kabi tashabbuslar muhokama qilindi. Ishtirokchilar O‘zbekiston–Germaniya rektorlari forumi ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
#BeshTashabbus #final #Guliston_2025 #3_kun Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ommaviy sport musobaqa o‘yinlari yakuniga yetmoqda 17-noyabr kuni start olgan va ikki kun davomida qizg‘in tarzda o‘tgan ommaviy sport musobaqa o‘yinlari ertaga, 20-noyabr kuni o‘z yakuniga yetadi. Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti sport majmualarida bo‘lib o‘tgan final bosqichi bahslari mini-futbol, stol tennisi, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori darajadagi raqobat bilan kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyon etishdi. Final bosqich natijalari har bir yo‘nalishda eng kuchli jamoa va sportchilarni aniqlab beradi. G‘olib va sovrindorlar nomi ertaga ma’lum qilinadi hamda tantanali taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
4👍 2
Xalqaro BTEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda “Pearson Education Limited” kompaniyasining xalqaro ekspertlari — Saymon Toplis, Neil Uotkins, Saymon Guldon va Jois Xarvi tomonidan 14 ta texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan 180 nafar pedagog va rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari olib borilmoqda. Kurslar davomida tinglovchilarda o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi. Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda Muhandislik, Qurilish, Mehmonxona xo‘jaligi, Sayohat va turizm hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida BTEC kvalifikatsiyalarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. #Kasbiy_taʼlim #Malaka_oshirish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
👍 6 3🔥 1
Repost from TgId: 1445427429
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦 Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar! 📚 Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz! 😎 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling! 🏢 2025-yil 3-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi: Umumta’lim fanlari: ➕ matematika 🧑‍🔬 kimyo 🌎 geografiya Chet tillari: 🇺🇸 ingliz tili 🇸🇦 arab tili 🇹🇷 turk tili 🇩🇪 nemis tili 📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 25-noyabr soat 24:00 ga qadar ❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🤖 NATIJA BOT ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
نمایش همه...
12
Photo unavailableShow in Telegram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной работы и приоритетным задачам на следующий год в области сокращения бедности и обеспечения занятости населения. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
18👍 7😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar #QS #Reyting O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi! 18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi. Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi. O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari: 🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin 🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin 🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin 🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103292
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
23👍 17😁 10🤔 4😱 2
O‘zJOKUda “Hosil bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuz faslining eng ko‘rkam pallasi — pishiqchilik va hosil yig‘im-terimi davriga bag‘ishlangan “Hosil bayrami” festivali katta tantana bilan nishonlandi. O‘zJOKUning barcha fakultetlari bayramga ijodiy va yangicha yondashuv bilan hissa qo‘shdilar. Har bir fakultet milliy taomlar, kuz ne’matlari, o‘ziga xos dekorlar hamda talabalarning ijodiy ishlari bilan bayramda qatnashdilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
IMG_1833.MP461.18 MB
👍 19 13🤔 4😁 2😱 2
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#BeshTashabbus #final #Guliston_2025 #2_kun_video Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasi respublika final bosqichining ikkinchi kunidan
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
1118(2)(HD).mp458.64 MB
10👍 5🔥 2
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi Bugun, 18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish masalalari” mavzusida ikki kunlik o‘quv seminarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati va tizim tashkilotlari, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklaridan jami 30 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Seminar davomida xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan dasturiy budjetlashtirishning asosiy tamoyillari, budjet jarayonini rejalashtirish va samaradorlik indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103114
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
star reaction 3 24👍 4🔥 2👏 1🤩 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
04:27
Video unavailableShow in Telegram
#tyutorning_bir_kuni ☑️Tyutorlar – yuksak mas’uliyat egalari! Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori Hurmatilla Abdurahmonovning “Tyutorning bir kuni” loyihasi doirasidagi bir kunlik faoliyati
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
نمایش همه...
Tyutor Eduga mob.mp465.35 MB
15👍 9🔥 4😁 3
02:01
Video unavailableShow in Telegram
#Davlat_bayrogʻi #34_yilligi Bir Vatan, bir el, bir bayroq!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
bayroq_reels_format.mp451.69 MB
8👍 5
#BeshTashabbus #final #Guliston_2025 #2_kun_video Guliston shahrida oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ommaviy sport musobaqalari final bosqichida kuchlilar saralanmoqda 18-noyabr kuni erta tongdan boshlab Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti sport majmualarida olimpiadaning ikkinchi kuni bahslari davom etmoqda. Mini-futbol, stol tennisi, voleybol va stritbol sport turlari bo‘yicha o‘tayotgan bellashuvlar tobora qizg‘in tus olib, ishtirokchi jamoalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon qilmoqda. Final bosqich natijalari o‘z yo‘nalishida eng kuchli jamoa va sportchilarni aniqlab beradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
11👍 3
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Futbol bo‘yicha U-17 milliy terma jamoamizdan tabrik! 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi (U-17) yurtdoshlarimizni bayram bilan tabrikladi. Eslatma: bugun U-17 milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining nimchorak finalida Italiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Futbolchilarimizga omad tilaymiz! #BirVatan #BirEl #BirBayroq #Davlat_bayrogʻi #34_yilligi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
IMG_9886.MOV48.33 MB
20👍 8🎉 1
00:51
Video unavailableShow in Telegram
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi haqidagi qonun qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi Bugun yurtimiz istiqlol ramzlaridan biri — davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. Bayrog‘imizdagi har bir rang va belgi xalqimizning tarixiy merosi, bunyodkorlik ruhi hamda yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi. Bugun biz Vatan timsoli bo‘lgan ushbu muqaddas ramz ostida yoshlarimizning bilim va tafakkuri, ilm-fan yutuqlari, bunyodkorlik ishlari hamda xalqimizning ezgu intilishlari namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Yurtimiz uchun faxr va g‘urur timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, xalqimizga kuch va ilhom bag‘ishlab tursin! #BirVatan #BirEl, #BirBayroq #Davlat_bayrogʻi #34_yilligi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
bayroq tg.mp431.80 MB
20👍 7
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Kriptologiya bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada mamlakatning 27 ta oliy ta’lim muassasasidan 70 dan ortiq talaba ishtirok etib, o‘zlarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra fuqorolik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida g‘olib bo‘lgan talabalar:
1-o‘rin: Ubaydullayev Dilshod Feruzovich (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) 2-o‘rin: Mamirov Rahmonjon Rahimjon o‘g‘li (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) 3-o‘rin: Saidova Sevara Sobirjon qizi (Buxoro davlat texnika universiteti). Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida g‘oliblar: 1-o‘rin: Ravshanov Sardor Shuxrat o‘g‘li (TATU huzuridagi RTATM) 2-o‘rin: Alloyorov Yusuf Shobdulla o‘g‘li (TATU huzuridagi RTATM) 3-o‘rin: Azizov Diyorbek Ural o‘g‘li (Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini axborotlashtirish harbiy instituti).
G‘olib talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-, 2-, 3-darajali diplomlari, qimmatbaho sovg‘alar hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin sohibiga — 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov; 2-o‘rin sohibiga — 5 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov; 3-o‘rin sohibiga — 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
Kriptologiya 480.mp414.29 MB
👍 12 7
Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarida pedagoglar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda malaka oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov ishtirok etib, uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda tinglovchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning samarali usullari yuzasidan ma’ruza qildi. Seminar davomida ishtirokchilar savol-javoblar va muhokamalar orqali uzluksiz kasbiy rivojlanish samaradorligini oshirishga doir ustuvor vazifalarni belgilab oldilar. Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va malaka oshirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
14🎉 1
INNO texnoparkida Erasmus+ doirasidagi “GreenEngine” xalqaro loyihasining taqdimoti o‘tkazildi 17-noyabr kuni INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Erasmus+ doirasidagi “GreenEngine” xalqaro loyihasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov so‘zga chiqib, loyihaning milliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Qayd etilganidek, loyiha Erasmus+ dasturining CBHE yo‘nalishi doirasida amalga oshiriladi va 2025–2028-yillarda O‘zbekiston, Gruziya, Italiya, Gretsiya va Turkiyadagi 11 ta tashkilot hamkorligini o‘z ichiga oladi. “GreenEngine” loyihasi doirasida zamonaviy muhandislik ta’limi modeli yaratish, yashil texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, STEAM yondashuvini rivojlantirish, xalqaro talablar asosida muhandislik dasturlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Tadbir yakunida xalqaro tadbir ishtirokchilari INNO texnoparkining laboratoriyalari, ishlab chiqarish zonalari va amaliy ta’lim maydonchalarini ko‘zdan kechirdi hamda universitet–texnopark–sanoat integratsiyasi bo‘yicha tajribasini yuqori baholadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
10👍 3👏 1😁 1
#talabaga_qulaylik #ARM_ochilishi Guliston davlat universitetida zamonaviy Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi 17-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi musobaqasi doirasida Guliston davlat universitetining yangi barpo etilgan, 600 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion Axborot-resurs markazi ishga tushirildi. Mazkur ma’rifat markazining ishga tushirilishi tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsinjon Xodjiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Qarshiboyev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/102772
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
14👍 6