Umidjon Akhtamov | Media
رفتن به کانال در Telegram
Supermiya kompaniyasi Media bo'limi rahbari Mutaxassislik va shaxsiy rivojlanishdagi tajribalarimni blog formatida yoritib boraman. Fikrlarim va tajribalarim hammaga ham mos kelmasligi mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استآموزش714
2025 سال در اعداد

4 285
مشترکین
-224 ساعت
-297 روز
-14330 روز
آرشیو پست ها
STRESS
Bugun yaxshigina stressli kun bo‘ldi. Adashmasam bunaqa darajadagi stressga 1,5-2 yildan beri tushmaganman.
Sabab — ishim bilan bog‘liq.
Bir narsa o‘yladim, bu ishlashiga 60% ishonchim komil. Ko‘ramiz. Ishlasa bu haqida post yozaman.
Siz yuqori stressdan qanday chiqasiz? Bu bo‘yicha qanday tajribangiz bor? Izohlarda yozib qoldiring.
⚡ 4
Repost from N/a
Boshqaruv bo'yicha 20 dan ortiq kurs va kitoblarni o'qib tugatdim.
Olingan ma'lumotlarni bir yildan buyon "Supermiya" kompaniyasini tizimlashtirish va xodimlarni boshqarishda qo'llab kelayapman. Deyarli $1,000,000 qiymatli loyihalar amalga oshirdik.
Natijada zapusklarimizni muddati qisqardi, yangi xodimlar tez jamoaga moslashishayapdi, ish samaradorlik 3 baravarga oshdi.
Lekin hali ham juda ko'p kompaniyalarda quyidagi muammolar bor:
- Jamoa bor, lekin mustaqil ishlamaydi
- Rahbar jamoani emas, vazifalarni boshqaradi
- Doimiy bir xil jarayonlarda xatolar bo'ladi
... va hkz.
O'rgangan va amaliyotda qo'llagan bilimlarimni o'z mentorligimda bermoqchiman. Asosiy maqsadim:
- Vazifa beruvchi emas, balki fikrlaydigan rahbar tayyorlash
- Jarayonlarni tizimlashtirish
- Rahbar o'zini faqat band qilmasdan, aniq natijaviy strategik ishlar bilan shug'ullanishi
Lekin maqsadim natija berish, shuning uchun birinchi mentorligim narxi qiymatidan ancha arzon bo'ladi.
Joylar ham 5 kishi uchun (3 ta band bo'lgan).
Agar siz ham o'z kompaniya ichki tizimingizni ham operatsion ham loyihaviy o'stirib, umuman boshqa rahbar bo'lishni xohlasangiz va meni talablarimga to'g'ri kelsangiz (asosiysi mehnatdan qochmaslik), sizni mentorligimda kutaman va qo'limdan kelgunicha sizga yordam beraman.
Taklif sizga qiziq bo'lsa, izohga + qoldiring.
Nima uchun kimningdir daromadi juda ham tez o'sadi, kimdirda esa juda ham sekin?
Eng muhim narsa nima? Nimalarga e'tibor berish kerak?
Aslida bunga faktorlar juda ham ko'p.
Lekin o'zimni tajribamda ishlagan va kuzatuvlarim natijasida olgan xulosalarim bor.
Yangi youtube videoda istalgan yo'nalishda va xususan daromadingizni ham 10 barobar tezroq oshirishingizga aniq yordam beradigan 4 ta muhim omil haqida aytganman.
Shu havola orqali videoni ko'rishingiz mumkin:👉 https://www.youtube.com/watch?v=9Lpa-e0C2ng
Agar foydali bo'lgan bo'lsa, izohlarda fikringizni yozishni unutmang. Bu manga yanada ko'proq videolar chiqarishimga yordam beradi.
Photo unavailableShow in Telegram
Mahsulot — bu g‘oya.
Auditoriya — bu bozor.
🦾 akhtamov_blogi.t.me
Hurmat, muomala, tarbiya — har doim birinchi o‘rinda
Bugun ish bo‘yicha suhbatga bir qiz keldi. Suhbat uzoqqa cho’zilmadi, sabablari:
• O‘zi haqida ma’lumot berishini so‘raganimda, “CVni o‘qidizmi o‘zi?” deb ensasini qotirib savol berdi.
Eslatma: CV bu – yozma hujjat. Suhbat esa – tabiiy va emotsional signallarni baholash jarayoni. “O‘zingizni tanishtiring” – suhbatning klassik yorituvchi savollaridan biri. Bu savol orqali suhbatdosh: • Gapirish madaniyati • Nutq tartibi • Muomala uslubi • CV’dagi ma’lumotlarni og‘zaki ifoda qila olish qobiliyatini tekshiradi.• Nomzod erkin ish grafigini xohlaydi, ammo bizda qat’iy grafik. Gap uni xohishida emas, buni talab ohangida so‘rashida.
Eslatma: Ish bo‘yicha suhbatda nomzodning talab ohangini ishlatishi — bu muloqot madaniyati pastligi, haddan oshgan ishonch yoki konfliktga moyil xarakter belgisi. Aynan hozirgi vaziyatda ish so‘rab kelgan odam — u.Xullas dastlabki 2-3 ta savoldan keyin aniq xulosa qildim: bu nomzod aniq bizga to’g’ri kelmaydi. Suhbatni cho’zmasdan “Menimcha siz bizga to’g’ri kelmaysiz” deb eshikkacha kuzatib qo’ydim. 🦾 akhtamov_blogi.t.me
Repost from N/a
Davronbek Turdiev media jamoasida AMALIYOT o‘tash imkoniyati!
Agarda sizda SMM, mobilografiya, kopirayting yoki videografiya sohasida real tajriba orttirish, kuchli jamoada ishlash va o‘rganish istagi bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!
🧠 Bu Davronbek Turdiev media jamoasida amaliyot:
1. Oddiy amaliyot emas — bu “o‘rganish, sinash, va o‘z ustingizda ishlash” imkoniyati.
2. Siz bu yerda amaliy ishlaringizni real loyihalarda ishlatasiz.
3. Har bir pozitsiyada sizga mentorlik, aniq yo‘l xaritasi va o‘sish uchun sharoitlar yaratiladi.
Hozirgi vaqtda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyotchilar qabul qilinadi:
- Marketolog
- SMM menejeri
- Kopirayter
- Mobilograf
- Videograf
Bizga o‘z ustida ishlaydigan, o'sishni xohlaydigan va intiluvchan yoshlar kerak.
Suhbatga yozilish uchun shu anketani to'ldiring 👉 https://forms.gle/7mfq4YjB6RYqdWA57
Doim noto‘g‘ri uxlab, ishga uyquga to‘yib kelmaydigan xodim — bo‘lim/biznes samaradorligi uchun katta xavf.
Bunday xodimlar diqqati sust, kreativ fikrlay olmaydi va xato qilishga moyil bo’ladi.
🦾 akhtamov_blogi.t.me
Jonsiz bo'limlar epidemiyasi
Yuqoridagi boks apparati bir qaraganda juda aqlli biznes g'oya bo'lib ko'rinadi.
Ammo samaradorlik juda past. Sababi oddiy — tizim bor, kayfiyat yo'q. Unda odamni jalb qiladigan, qiziqtiradigan, hayajonga soladigan hech narsa yo‘q.
Buni ko'plab kompaniyalardagi tizimlarga qiyoslasak bo'ladi. Xodimlar faqat "keldim-ketdim"ni belgilaydi. Mediadagilar faqat kontentni yuklaydi. Boshqaruv vazifalarni so'raydi. Hech kim bu ishlarni robot kabi bajaradi.
Aynan "jonsiz bo'limlar epidemiyasi"dan aziyat chekkan xodimlar in-house'dan ko'ra frilans yo'lini tanlashyapti.
Xo'sh, tizim qanday qurilishi kerak? Menimcha SOP tuzayotganda, xodim uchun KPI belgilayotganda quyidagilarga jiddiy e'tibor berish kerak:
1. Tizim — bu xodimdan robot yasash uchun emas!
2. U ijodni, tashabbusni, brend ruhini o'ldirmasligi kerak.
3. Har bir tizimda hayot bo'lishi kerak. Bu — kommunikatsiya, promoushn, psixologiya bilan amalga oshiriladi.
Xullas, hozirgi PM yoki COOlar oldiga qo'yiladigan talab: Yoki tizimni jonlantir, yoki iste'dodli xodimlar krizisiga tayyor tur.
🦾 akhtamov_blogi.t.me
⚡ 5
5
1
Do'stlarim ishlashyapti, men esa yolg'izman...
Minecraft o‘yinining yaratuvchisi Markus Persson (Notch) 2014-yilda o‘z kompaniyasini Microsoftga 2,5 milliard dollarga sotadi.
Bundan keyin u bir nechta qimmat xaridlar qiladi, xususan Kaliforniyadagi eng qimmat uylardan birini naqd 70 mln dollarga sotib oladi.
Menimcha hozir siz ham Perssonga havas qilib, uni o'rnida bo'lib qolishni istayotgandirsiz, ammo shoshmang.
Shuncha boyligi bo'lishiga qaramay, u boylik ortidan yolg‘izlik va ma’nosizlik hissiyotlarini boshdan kechirishni boshlaydi.
Twitterdagi bir nechta twitlari bunga misol:
"Hamma narsaga ega bo‘lish muammo: bu sizni harakat qilishga undaydigan sabablarni yo‘qotadi"
“Do‘stlarim ishlashyapti, men esa yolg‘izman.”
“Pul bor, ammo ma’no yo‘q.”
2.5 milliard dollar uni baxtli qila olmadi.
Chunki miyamiz boylik bilan emas, maqsad, unga olib boradigan yo'l va albatta stress bilan yashashga o'rgangan.
🦾 akhtamov_blogi.t.me
