Iqtisodchi Kundaligi
رفتن به کانال در Telegram
Behzod Hoshimov Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

33 761
مشترکین
-224 ساعت
+1647 روز
+63030 روز
آرشیو پست ها
Yangi Dud' - rus adabiyoti haqida. Menga ham Pushkinni Erzurum haqidagi she'ri juda yoqadi, qanday qilib kontekstni shunaqa yaxshi bilgan ekan deb o'ylar edim, ko'p o'qigan bo'lsa kerak sayohatchilarni qaydlarini derdim. Dudni suhbatdoshi aytib berdi - borgan ekan.
https://youtu.be/qUDiy4GbtYU?si=9B0eEd6spHnjI4iz
❤ 24👍 12🤔 6🔥 5
Repost from TgId: 1227821158
Qonun va davlat odamlarni jinsiy zo'ravonlardan yaxshiroq himoya qilishi va jazo esa bunday jinoyatlarni oldini olishi kerak.
Tasodifan bu maqolaga ko'zim tushib qoldi. Buni menimcha hamma o'qishi kerak, ayniqsa deputatlar, qonun yozuvchilar. Bunday ishlar uchun 5 sutka juda va juda kam deb o'ylayman. Aslida, jazoga ham o'xshamaydi, samosudni oldini olish uchun jinoyatchini 5 kun himoyaga olingandek. Nahotki O'zbekistonda jinsiy zo'ravonlikning bunday turi jiddiy jazolanmaydi deb o'ylab qoldim va to'g'risi, qo'rqib ketdim. Maqolaning tagida boshqa zo'ravonlik haqida ham yozilgan ekan. Qarang, jamoat transporti rivojlanishi haqida gapiramiz, lekin avtobusda qizlarimiz yursa bittasi "nafsimni tiya olmadim, bitta joyiga qo'lim ketib qoldi" deb jinsiy teginsada va keyin "bundan uyaldim, uzr so'rayman" deb ma'muriy javobgarlik bilan 5 sutkaga jazolansa.
Uy-joy masalasi haqida gapiramiz, lekin ijarada turgan va yaqinda turmushga chiqqan ayolning eri ishga ketganda bittasi uyiga aldab va bostirib kirib kuch ishlatib, bir joyidan ushlab jinsiy aloqa qilmoqchi bo'lgani, o'pmoqchi bo'lgani va ayol pichoq bilan o'zini himoya qilishga majbur bo'lgani va natijada jinoyatchi ma'muriy kodeks bilan 5 sutkaga qamalgandi meni xavotirga solmoqda. O'qib ko'ring, qo'rqinchli narsaku bu.
Biz o'zi qanday jamiyat quryapmiz? Ayollarimiz va qizlarimiz uchun nimaga uni xavfsiz qila olmaymiz? Bu yangilikka chiqqan 1-2ta vaziyat xolos, bularning soni necha mingta o'zi? Bu yerda savol qonunchilikka va parlamentga. Men huquqshunos emasman, lekin qonunchilikda jinsiy zo'ravonlik va jinsiy tegajonlik qanday jinoyat ekanligi haqida jiddiy muhokamalar ularning jazolari qayta ko'rib chiqilishi kerak deb o'ylayman. Jinsiy zo'ravonlikka yetib bormagan istalgan teginishlar va kuch ishlatishlar ham qattiq jazonalishi kerak.
Shahvoniy shilqimlik so'zlarining interpretatsiyasini chetga surib turaylik: istalgan odam istalgan boshqa odamning xohishiga qarshi jinsiy teginish qonun va jinoyat kodeksi bilan shavqatsiz jazolanishi kerak. Bu yerda zo'rlash haqida gap ketmayapti. Zo'rlashga yetib bormasa ham (ayol pichoq bilan o'zini himoya qilib qutilib qolgan), zo'rlashga harakat, va umuman kuch ishlatib xohishga qarshi teginish bo'lsa bo'ldi, shuning o'zi katta jinoyat bo'lishi kerak. Sexual battery, sexual assault degan jinoyat AQShning ko'p shtatlarida felony hisoblanib kamida 1 yildan boshlab qamoq bilan jazolanadi. Nafsini, boshqa joyini tiya olmasa ular qamoqda uzoq muddat o'tirishi kerak. 5 kun 3 mahal ovqatlanib chiqmasdan. Bir tiyinga qimmat ularning televizor oldidagi uzrlari va uyalishlari. Qonun va jazo shunday bo'lishi kerakki potensial jinoyatchilar o'zlarini tiyishlari, jinoyatlar esa oldi olinishi kerak. Aks holda, joriy jazolar potensial jinsiy jinoyatchilar uchun o'ta yumshoq signal yubormoqda. Qancha ayol-qizlar jinsiy teginishlarga, zo'ravonliklarga duch kelishadi, buni Xudo biladi. Jamoat transportida ham, o'z uyida ham, ko'chada va ishda ham va umuman istalgan joyda ayol-qizlarimiz o'zlarini o'ta xavfsiz his qilishlari kerak. Xavfsizlik davlatning birinchi vazifasi.
@uzbekonomics
🔥 131👍 57❤ 40🤯 19
Laziz akani hamma fikrlariga qo’shilmagan holda aytish kerakki, qurilish korxonalarini foydasini asosiy ulushi - qurilshlar kamligi bilan bog’liq. Talab qondirilmagan.
Ya’ni agar siz qurilish korxonasi bo’lsangiz, sizni foydangizni asosiy ildizi va manbaasi - qurilishlar kam bo’lishida. Shunda marjinallik oshadi. Agar qurilishlar ko’payib ketsa - narx tushishi va keyin esa foyda tushishi aniq. Narx ko’tarilib borayotganini asosiy sababi - yetarlicha qurilshlar bo’lmayotganida.
https://t.me/lazizhamidov/2421
🔥 59👏 28❤ 15🤯 10
Repost from TgId: 1227821158
Podkastimizning yangi epizodi chiqdi:
56 - Ma'naviy xatar (moral hazard) haqida
Bu epizodda biz iqtisodiyotning eng muhim tushunchalaridan biri - Moral Hazard (Ma'naviy xatar) haqida gaplashdik. Ma'naviy xatar - bu inson o'z harakatlarining salbiy oqibatlari uchun to'liq javobgar bo'lmaganda (xarajatni boshqa birov to'laganda), o'zini ehtiyotsiz tutishi va ko'proq tavakkal qilishidir. Bu muammo Principal (mulkdor) va agent (Ijrochi) o'rtasidagi munosabatda paydo bo'ladi. Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarning deyarli barcha yo'nalishlarida kuzatiladigan muammo va tushuncha. Bu tushuncha sug'urta bozoridan tortib, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozgacha bo'lgan barcha jarayonlarni tushunishga yordam beradi.
Youtubeda: https://youtu.be/nbgzSxhZ4rY
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
Epizod hamkori: AQShdan O'zbekistonga va O’zbekistondan AQShga turli xil yuklarni yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi "Yellow" va kargo kompaniyasi "ALIF UZ CORP".
@uzbekonomics
❤ 41👍 25🔥 12🥰 3
Repost from TgId: 1227821158
Zararlangan atrof-muhit va iflos havo muammosining bir nechta yechimlari bor: energiya islohoti, regulyatsiya (chiqindi chiqarish), qonun ijrosi va nazorat (daraxt kesilishi) vhkz.
Ba’zilarini tatbiq qilish sekinroq va unga ko’p yillar ketar. Lekin, jamoatchilik salomatligiga iflos havo zararini kamaytirish uchun davlat ba’zi ishlarni bugun va tezda qila oladi: masalan havo tozalagichlarini O’zbekistonga olib kelish va sotishdagi barcha boj va cheklovlarni bekor qilish.
Aholi o’z salomatligi uchun o’zi kurashish jarayonida uy va ishxonalariga havo tozalagichni qo’yishni xohlaydi. Bozorda ushbu uskunalarning taklifi shundoq ham cheklangan paytda oshib ketgan talab tufayli albatta narx oshadi. O’z o’rnida oshgan narx va talab bozorga yaxshi signal berib ishlab chiqaruvchilar va importyor-tadbirkorlar uchun bozorga ko’proq havo tozalagichlarni olib kelishga undaydi.
Agar bozorda erkin savdo va raqobat bo’lsa, bugun talabi keskin oshib ketgan tovarning taklifi bozorda bir necha kunda keskin oshgan taklif bilan qarshi olinadi. Narx tushadi.
Agar savdoga cheklovlar bo’lsa mavjud bo’lgan va yangi tadbirkorlarda bozorga talabi oshgan tovarni olib kelishga rag’bat qolmaydi. Bozorda shundoq ham kam bo’lgan havo tozaligichlarning narxi esa tabiiyki, qaytaraman, tabiiyki oshadi.
Xullas, havo tozalagichlarning importiga bojlarni zudlik bilan olib tashlanishi aholi salomatligi uchun qilingan minimal yordamlardan biri bo’lardi.
@uzbekonomics
❤ 89🔥 51👏 26🤯 5
Photo unavailableShow in Telegram
Banerjee bugun Abu Dabida maruza qilmoqda.
https://t.me/uzbekonomics/1421
❤ 81🔥 39👍 19👏 10
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyo oxirgi yillarda ancha yashillashgan, daraxtlar soni va qamrab olgan maydoni ancha ko'paygan. Deyarli hamma joyda.
❤ 223🔥 102👍 79😱 32
Repost from TgId: 2308035299
Oldingi postlardan birida ta'kidlaganimdek, Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havo ifloslanishini kamaytirishga davlat tomonidan sarflangan har bir dollar, sog‘liqni saqlash xarajatlarining qisqarishi, mehnat unumdorligining oshishi va ekologik zararlarning oldini olish orqali o‘rtacha 30 dollargacha iqtisodiy qaytim keltirishi mumkin. Albatta, bu natija faqat mablag‘ to‘g‘ri yo‘naltirilganda yuzaga chiqadi. Bugun bu mablag' O'zbekiston kontekstida qayerga yo'naltirilishi kerakligi haqida o'z fikrlarimni yozmoqchiman. O‘zbekistonda havo ifloslanishining asosiy omili energiya ishlab chiqaruvchi stansiyalarda ko‘mir va boshqa yoqilg'ilarning yoqilishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlardir. Bunga qo‘shimcha ravishda avtomobillardan chiqadigan tutun, daraxtlarning kamligi va qurilish ishlari vaqtida ko‘tariladigan chang ham ekologik vaziyatni og‘irlashtiradi.
Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning oktabr oyiga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olingan quvvatlar mamlakatning umumiy o‘rnatilgan energiya quvvatining 23 % ini tashkil qilgan. Bu raqam bir qarashda yaxshi natijadek ko‘rinsa-da, qolgan 77 % energiyaning hali ham an’anaviy yoqilg‘ilar hisobiga ishlab chiqarilayotgani ekologiya uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston yiliga o‘rtacha 300 kun quyoshli bo‘ladigan mamlakat ekani inobatga olinsa, mavjud tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanib, “yashil” energiya ulushini ancha oshirish imkoniyati borligi yaqqol ko‘rinadi.
Buni Germaniya tajribasi ham tasdiqlaydi. 2025-yilda bu davlat umumiy elektr ishlab chiqarishining 67,5 % ini qayta tiklanuvchi manbalardan olgan. Eng qiziq jihati shundaki, Germaniyada quyoshli kunlar soni yiliga atigi 100–105 kunni tashkil qiladi. Shunga qaramay, ular cheklangan tabiiy imkoniyatlarni to‘g‘ri boshqarib, energetika tizimini izchil va qat’iyatli islohotlar orqali tubdan o‘zgartirishga erishishmoqda. Aholisi ikki baravar ko‘p, sanoati juda rivojlangan, energiya talabi biznikidan bir necha baravar yuqori bo‘lgan davlatning bunday natijaga chiqishi katta siyosiy iroda, kuchli ilmiy asos va uzoq muddatli yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Transportdan chiqadigan ifloslanish haqida gap ketganda, elektromobillar masalasi alohida ahamiyatli. Juda ko'p odamlar elektr avtomobil haydashni boshlagan taqdirda ham, agar ular baribir ko‘mir yoki gaz yoqib ishlab chiqarilgan elektr bilan zaryad qilinsa, ekologik foydaning katta qismi yo‘qoladi. Demak, transportning “yashillashuvi” energetika tizimi bilan birga, parallel tarzda rivojlanishi kerak.Daraxtlar masalasiga kelsak, ular kam ekilgani, borlarining esa yetarlicha parvarish qilinmayotgani ko‘p vaqtdan beri muhokamada. Ammo qanchalik ko‘p daraxt eksak ham, asosiy ifloslanish manbalari — energiya ishlab chiqarish va transport o‘zgarmasa, havo sifati tubdan yaxshilanmaydi. Qurilish bo‘yicha esa, men ham ularni to‘xtatish kerak deb o‘ylamayman, chunki uy-joy va infratuzilmaga talab hali ham yuqori. Muhimi, qurilish jarayonlari tartibli bo‘lishi va kompaniyalar zamonaviy ekologik talablar, jumladan bioarxitektura tamoyillarini qo‘llashidir. Bu nafaqat energiya samaradorligini oshiradi, balki shahar muhitining sifatini ham yaxshilaydi. Xulosa qilib aytganda, daraxt ekish, transportni modernizatsiya qilish yoki qurilish madaniyatini yaxshilashning barchasi muhim, ammo havo sifatini uzoq muddatli yaxshilashning eng asosiy omili qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish jarayonini keskin tezlashtirishdir. Energetika tizimida tub islohotlar amalga oshirilmas ekan, ekologik muammolarning ildizi to‘liq bartaraf etilmaydi. @sustainability_uzb
👍 61❤ 33🔥 9
Marhum Vestminster gersogidan (keyinchalik Buyuk Britaniyaning ikkinchi eng boy insoniga aylangan) bir kuni yosh tadbirkorlarga qanday maslahat berishi haqida so‘ralganda, u shunday javob qaytargan ekan:
"Ajdodlari Vilgelm Fotih (the conqueror) bilan juda yaqin do‘st bo‘lganiga ishonch hosil qilsinlar" degan ekan.
🔥 38❤ 15😱 8🥰 1
Repost from TgId: 1350417673
Давлат нима учун керак?
Бу каналда мен бир неча бор давлат ўзи шуғулланиши лозим бўлмаган нарсалар билан шуғулланаётгани ҳақида ёзганман. Лекин бугун шунинг айни тескариси ҳақида гапирмоқчиман.
Иқтисодиётда кўп жараёнларни бозорнинг ўзи тартибга солади. Лекин шундай жараёнлар борки, уларни фақат бозорга қўйиб бериш иқтисодий қиймат йўқотилишига, ресурслар самарасиз сарфланишига олиб келади. Ана шундай жараёнларга нисбатан market failure атамаси ишлатилади.
Давлатнинг муҳим вазифаларидан бири айни шу каби бозорнинг ўзи ресурсларни самарали тақсимлай олмайдиган жараёнларга аралашиб, буни тўғрилаш ҳисобланади.
Market failure сабаблари турлича бўлиши мумкин. Масалан, ижтимоий неъматлар яратилишида бозор самарали ишламаслиги мумкин. Чунки ижтимоий неъматлардан фақат у учун пул тўлаганлар фойдаланиши имконсиз, иккинчи томондан эса бир инсоннинг бу неъматдан фойдаланиши бошқа инсоннинг бу неъматдан фойдаланишини чекламайди.
Яна бир сабаб ташқи таъсирлар ҳисобланади. Ташқи таъсир деганда транзакциянинг унда иштирок этмаётган томонга таъсири тушунилади. Масалан, қайсидир завод экологияни ифлослантириб маҳсулот ишлаб чиқармоқда. Сиз бу заводнинг эгаси ҳам, унинг маҳсулотлари харидори ҳам бўлмаслигингиз мумкин, лекин ҳаво ифлосланиши сизнинг ҳаётингизга таъсир қилади.
Мана шу каби вазиятларда жамият қиймат йўқотишининг (умр қисқариши, молиявий зарар, фаровонлик даражаси камайиши ва ҳоказо) олдини олиш давлатнинг асосий вазифаларидан ҳисобланади.
Бевосита ҳаво билан боғлиқ ташқи таъсир ҳақида фикрласак, бундай вазиятларда одатда давлатлар қуйидагича чоралар кўради:
1. Ҳавони ким ва қанча миқдорда ифлослантираётганини, бу жамиятга қўшимча тиббий харажатлар, камроқ умр кўриш ва бошқалар орқали қанча зарар етказаётганини ҳисоблайди. Кейин эса шунинг асосида ҳавони ифлослантирганлик учун солиқ солади.
2. Ҳаво тозалик даражасини меъёрда ушлаб туриш учун мумкин бўлган ифлосланиш даражасини аниқлайди ва ифлослантирувчи моддалар эмиссияси шу нормадан ошмаслиги учун бу лимитлар олди-сотдиси бозорини яратади.
3. Қатъий технологик стандартлар ўрнатади ва уларнинг бажарилишини назорат қилади.
4. Корхоналар ва хонадонлар экологик тоза ёнилғи ҳамда маҳсулотлардан фойдаланишини рағбатлантиради (газлаштириш, электр энергияси таъминотини барқарорлаштириш, электромобиллар харидларини арзонлаштириш ва ҳоказо).
5. Децентрализацияни амалга оширади. Ҳар бир ҳудуд раҳбари сайловлар орқали лавозимига келса, сайловчилар ўзларининг дарахтларини, яшил зоналарини асраб қолиши осонлашади.
Албатта, дунёда бирон ҳукумат табиатга буйруқ беролмаган, беролмайди ҳам. Лекин бугун юз бераётган жараёнлар дориси ўйлаб топилган касал билан оғришга ўхшайди. Яъни, танқидлар бу мавзуда қайсидир ҳаракат юзасидан эмас, ҳаракатсизлик юзасидан янграмоқда.
👍 100❤ 34🔥 11🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ikkovi ham 2028 yildagi saylovlarda qatnasha olishmaydi lekin.
🤔 230👍 102❤ 40🤯 18
Repost from TgId: 1430610689
Ҳукумат ҳозирги ҳолатда ҳаво тозалагичлар, уларнинг фильтрлари ва намлагичларга бож олиш эмас, балки компенсация тўлаши керак. Бу давлатга бунинг оқибатлари билан курашишдан кўра анча арзон тушади.
@paiziev24
👍 167❤ 44🔥 25
Repost from TgId: 1350417673
Аҳолининг ўз саломатлигини асраши нуқтаи назаридан ҳаво тозалагич ва ҳаво намлагичларга қўйилган божлар зудлик билан бекор қилинса яхши бўларди. Кўплаб одамлар бундай қурилмаларсиз энди қийин бўлишини тушуниб улгурди.
https://t.me/the_bakiroo/11331
🔥 108👍 74❤ 18🤯 16
Toshkentdagi havoni to'rtburchak qilib kesib, g'isht qilib ishlab chiqarsa bo'larmikan?
🤯 468🔥 163👍 91🤔 82
Aytish joizki, Toshkentdagi havo iflosligi, tabiiy kulfat nemas, qarorlar natijasi.
👍 563👏 123🤔 42😱 38
Bojlar qo'yishimiz o'ta ketgan zararkurandalikda.
🔥 181👍 69🤯 33❤ 17
Repost from TgId: 1562341176
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz toza havodan nafas olishga allaqachon soliqlar solib qo‘ygan ekan :)
🤯 275👍 59😱 30👏 20
Maria Antuannettani gapi - uydirma emas ekan
🤔 185🤯 43❤ 17🔥 13
Toshkentda parkovka narxi to’g’ri qo’yilganmi? Bilish uchun oddiy sinov qilish kerak, agar ixtiyoriy ko’chada deyarli ixtiyoriy paytda parkovkaga joy topa olsangiz - demak narxi to’g’ri qo’yilgan. Doimo ko’p bo’sh joylar bo’lsa, hech kim parkovka qilmasa - demak arzon qo’yilgan. Agar topa olmasangiz, narx qimmatlashishi kerak.
Abu Dabida shu katta muammo bo’lyapti, jamoat parkovkalari, sohil va park bo’yidagi parkovka narxi yarim dollardan boshlanib soatiga 2.5 dollargacha, lekin, ko’p kunlarda, ayniqsa hafta oxirida shahardagi ko’ngil ochar park va sohil joylarda parkovka topish qiyinroq. Narx qimmatlashishi kerak.
🤯 129🔥 90❤ 39😱 18
Repost from TgId: 1715099029
Davlatlarning iqtisodiy o'sishiga sabab bo'ladigan omillarga qiziqishim "Mamlakatlar tanazzuli" kitobidan keyin karrasiga oshdi. Hozir o'qiyotgan kitobim ham qisman shu haqida va asosiy g'oyasi "Qanday qilib innovatsiyalar xalqlarni qashshoqlikdan qutqara oladi? " savoliga javob topishdan iborat.
Shu o'rinda kitobdan iqtibos keltiraman:
Indomie tez tayyor boʻluvchi lagʻmonlari – Nigeriyada eng sevib isteʼmol qilinadigan mahsulot (eng soddasi boʻlishi ham mumkin). Bir kishilik qadoqlarda sotiladigan, narxi 20 sentga ham bormaydigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi brend butun mamlakat boʻylab aqlga sigʻmaydigan mashhurlikka erishgan. Indomie ugralari orqali Tolaram Nigeriyada amalga oshirgan ishlar tahsinga sazovor. Kompaniya 1988-yilda Nigeriya iqtisodiyotiga kirib kelgan. Bu paytda mazkur davlat hali harbiy boshqaruv ostida boʻlgan. Shundan beri Tolaram oʻn minglab ish oʻrinlari yaratish uchun 350 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi, logistika kompaniyasini ishga tushirdi hamda elektr energiyasi, kanalizatsiya va suv tozalash inshootlarini oʻz ichiga olgan infratuzilma yaratdi. Bundan tashqari, Tolaram yangi taʼlim muassasalari qurdi, jamoat tashkilotlari dasturlarini moliyalashtirdi hamda mamlakat byudjetiga millionlab dollar soliq toʻladi.Farovonlik paradoksi(Kleyton M. Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon) kitobidan Qanday qilib oddiy ugra ishlab chiqaradigan korxona mamlakatning ta'lim tizimini yaxshilash uchun sarmoya kiritishi mumkin degan savolga esa kitobni o'qish jarayonida javob topish mumkin. @Latofat_Shukhrat
👍 94❤ 46🔥 18🤯 13
