Iqtisodchi Kundaligi
رفتن به کانال در Telegram
Behzod Hoshimov Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

33 777
مشترکین
-224 ساعت
+1647 روز
+63030 روز
آرشیو پست ها
Suniy Idrok atrofidagi iqtisodiy o'sish pufakmi?
Yo'q deyishyapti bu yerda:
https://open.substack.com/pub/peterwildeford/p/ai-is-probably-not-a-bubble?r=4skgu&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=false
🤔 26❤ 15👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Qiziq narsani shohidi bo‘ldim, menimcha boshqa hech qayerda ko‘rmaganman. Universitet qahvaxonasida ikki talaba suyanchiqli o‘rindiqda o‘tirishgan edi, ularni oldida bunday taburetkaga o‘xshagan o‘rindiq bo‘sh edi. Shu ikki talabani bir do‘sti keldi, ular ko‘rishishdi va ikkala suyanchiqli o‘rindiqda o‘tirgan talaba, uchinchi do‘stiga ularni joyiga o‘tirishni taklif etishdi. Taklif ham etishmadi, hatto o‘sha do‘sti aynan ularni suyanchiqlik kreslosiga o‘tirishi kerak deb turib olishdi hatto. Xullas bir necha daqiqa davom etdi. Men ko‘rgandim kattalarga joy berishlarini yoki ayollarga yoki boshqa bir sabab yoki mavqega ko‘ra odamlar boshqalariga joy berishini, lekin tengdosh do‘stiga joy berishlarini birinchi ko‘rishim. Balki Amirliklardagi madaniyat bu. Xullas qiziq.
❤ 154👍 86🔥 38🥰 19
Repost from TgId: 1227821158
Yaxshi maqola. Shaharsozilik, harakat xavfsizligi masalasida populizmga o'rin yo'q. Ilm-fan orqali, dalillar orqali qilinadigan masalalar.
@uzbekonomics
👍 34❤ 12
Repost from TgId: 1861250537
Photo unavailableShow in Telegram
Daraxtlar — bu shunchaki yashillik emas, bu iqtisodiyot
Yaqinda Toshkentda daraxtlarning kesilishi haqida reportaj tayyorlagan edim. Hokimlikning Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Bobur ko‘chasida 150 tupdan ortiq archa daraxtini tag—tomiri bilan kesib tashlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kesish "kechasi, yashirincha", muhokamalarsiz amalga oshirilgan. Ekologlarning ishiga to‘sqinlik qilingan, ularga bosim o‘tkazilgan.
Aholining aytishicha, daraxtlar 2009 yilda ekilgan, parvarishlangan, tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu katta, 15 yoshli daraxtlar edi — ular ko‘chani shovqin, chang va issiqdan himoya qilardi. Endi ularning o‘rniga 100 ta yangi manzarali ko‘chat ekishgan. Lekin ularni boshqa joyga ko‘chirishni hech kim o‘ylamaganga o‘xshaydi.
Taxminlardan biri — bo‘lajak sammitga (aynan qaysi — noma’lum) ko‘cha "tozalangan". Agar bu haqiqat bo‘lsa, bu juda achinarli: ko‘p yillik yashillik bor—yo‘g‘i 15 soniyalik kortej ko‘rinmasligi uchun qurbon bo‘lmoqda.
Daraxtlar — bu faqat yashillik emas, bu iqtisodiyot. Yashil qoplamaning qiymati va uning iqtisodiyotga ta’sirini o‘lchash mumkin. Bular — havoning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni davolash uchun davlat xarajatlari, erta o‘lim yoki mehnat qobiliyatining pasayishi tufayli yo‘qotishlar, issiqda energiya iste’molining o‘sishi.
O‘sha kuni Toshkentdagi banklardan birida ishlaydigan qozog‘istonlik IT mutaxassisi bilan gaplashdim. Uning aytishicha, hozir O‘zbekistonga mutaxassislar, startapchilar, investorlar bormoqda. Ko‘plab xorijliklarga bizning madaniyatimiz, taomlarimiz, mehribon odamlarimiz yoqadi. Ular bu yerda uzoq yashashni istashi mumkin, lekin ekologik muammolar, infratuzilmaning yetishmasligi — bog‘lar, dam olish hududlari, piyodalar xavfsizligi — va elektr ta’minotidagi uzilishlar bunga halal bermoqda.
“Chet elliklardan tez—tez shunday gaplarni eshitaman: „Hozircha shu yerdamiz, keyinchalik ko‘ramiz“. Garchi O‘zbekiston hozir dunyoga ochilayotgan, bu yerga sarmoyalar va mutaxassislar oqib kelayotgan bo‘lsa—da, bu dastur samara berishi uchun odamlarni shunchaki to‘plash emas, balki ularni saqlab qolish ham zarur. Ko‘chmanchilar bo‘lmasligi kerak. Ular kelib, biror narsa qilib, ketib qolmasliklari lozim”, — dedi u.Hech qanday muloqot va oldindan tushunarli qarorlar bo‘lmagan holatlarda qilingan bunday reaktiv harakatlar hokimiyatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi. Keyinchalik har qanday ezgu tashabbuslar ham qarshilik bilan kutib olinadi. O‘nlab savdo, biznes markazlari va gastroko‘chalari qurish mumkin. Ammo bunday iflos havo va iqlim bilan odamlar ko‘chaga chiqishni yoki bu shaharda yashashni istamaydi. Ba’zi tanishlarim qish mavsumini chet elda o’tkazishmoqchi. Kimlardir esa migratsiyani o‘ylab qolgan — sabab esa iqtisod emas, ekologiya: allergiya, bosh og‘rig‘i, bolalarning sog‘lig‘i uchun xavotir. Ehtimol, shuni ekologik migratsiya deb atashsa kerak. Agar yaqin yillarda yashillik, havo va suv resurslari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashsa — bunday odamlar soni yana ham ortadi. Ammo bu oqibatlarni to‘g‘ri yondashuv bilan yumshatish mumkin. Dunyoda muvaffaqiyatli keyslar mavjud — do‘stona, yashil va qulay shaharlarga aylangan. Shunchaki shaharlar odamlar uchun bo‘lishi kerakligini unutmaslik kerak. @latipovsblog
❤ 83🔥 31👍 21🥰 2
Hamyurtimiz va Luivill Universitetidagi Osiyo Demokratiyasi Markazi ilmiy tadqiqotchisi, ilmiy siyosatshunos Xasan Redjaboyev bilan podkast chiqibti.
Suhbat davomida Markaziy Osiyo, kommunist mustamlaka, mintaqa va yurtimizdagi demokratiya va siyosiy iqtisodi, hamda siyosatshunoslik tadqiqotlari haqida muhokama bo'libti.
Inside Asia Podcast turkimida ekan.
Faqat audio formatida: Vebsayt | Apple Podcast | Spotify da eshitish mumkin ekan.
Tinglang va do'stlaringiz bilan ulashing.
❤ 31👍 20👏 10🔥 5
Repost from TgId: 1227821158
Podkastimizning yangi epizodi chiqdi.
Uni Kremniy vodiysida, Stenford universiteti kampusida sur'atga oldik. Suhbatimiz sun'iy idrok, uning kapital taqsimoti, mehnat bozori, ish jarayoni, va umuman hayotimizga ta'siri haqida bo'ldi.
55 - Kremniy vodiysidan sun'iy idrok, uning ko'lami va ta'siri haqida
Youtubeda video: https://youtu.be/yvteGj_SehM
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
Epizod hamkori: AQShdan O'zbekistonga va O’zbekistondan AQShga turli xil yuklarni yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi "Yellow" va kargo kompaniya "ALIF UZ CORP".
https://yellowwayinc.com/
https://www.instagram.com/alifuzcorp/
@uzbekonomics
❤ 39👍 28🔥 13👏 3
Reprezentativ kuzatuv emasku, lekin AQShda ko’p shaharlarda qahvaxonalarni eng to’la payti soat 7 larga to’g’ri kelar edi. Amirliklarda soat 10.30 larga to’g’ri keladi.
AQShda 17.00 dan keyin qahvaxonalarda odam ancha kam, Amirliklarda soat 20.00 dan boshlab odam kamayar ekan.
👍 97🤔 65🤯 22❤ 17
Shu fikrga mutlaq qo'shilaman, Toshkentda ham, O'zbekistonda ham umumiy ovqatlanish bozori ancha ancha bo'sh. Kishi boshiga o'rindiqlar soni bo'yicha Qozog'istonga yoki Rossiyaga yetib olish uchun, tushunishimcha, kamida 7-8 va 10-12 karra o'sishimiz kerak edi.
https://t.me/muhrim2022/5913
🔥 43❤ 6👍 5👏 2
Repost from TgId: 1227821158
Photo unavailableShow in Telegram
Sun'iy intellekt bozorlarda mavjud bo'lgan axborot assimetriyasini bartaraf etishga yordam berishi mumkinligi haqidagi qiziqarli argument ekan:
https://www.economist.com/finance-and-economics/2025/10/27/the-end-of-the-rip-off-economy
Internet shunday assimetriyani kamaytirgan edi. Endi sun'iy intellekt uni yanada kamaytirishi mumkin ekan. Bu mavzu haqida avvalroq gaplashgandik.
@uzbekonomics
❤ 32🔥 13👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Lekin, manimcha, istalgan ishchini istalgan sababga ko'ra korxona bo'shata olishi kerak, chunki ish - ikkala tarafga foyda beruvchi kontrakt bo'lishi kerak - agar bir tarafni qoniqtirmasa, ikkinchi taraf bu kontraktdan oson chiqishi kerak. Agar chiqish uchun qandaydir cheklov bo'lsa - u kontraktga kirishni o'ylab ko'radi. Demak qanchalik ishdan bo'shatish qiyin bo'lsa, shunchalik ishga olish ham kamroq bo'ladi.
https://t.me/uzbekonomics/1444
👍 85❤ 36🤔 15😱 5
Lekin, manimcha, istalgan ishchini istalgan sababga ko'ra korxona bo'shata olishi kerak, chunki ish ikkala tarafga foyda beruvchi kontrakt bo'lishi kerak, agar bir tarafni qoniqtirmasa, oson chiqishi kerak. Agar chiqish uchun qandaydir cheklov bo'lsa - u kontraktga kirishni o'ylab ko'radi. Demak qanchalik ishdan bo'shatish qiyin bo'lsa, shunchalik ishga olish ham kamroq bo'ladi.
https://t.me/uzbekonomics/1444
Aytmoqchi, Iroqdan tashqari barcha Arab, o'rta sharq va shimoliy Afrika o'lkalarida fertilik darajasi Isroilnikidan kichikroq.
🤯 79🤔 32👏 8👍 4
Kopengagenlashmaganligimizandir shu muammolarimiz
https://t.me/muhrim2022/5888
🤯 80👏 36🔥 11🥰 3
Repost from TgId: 1350417673
Копенгагенга ярим аср аввал воз кечилган трамвайлар қайтибди
Даслабки босқичда 12 та бекатдан иборат линия очилган, трамвайлар иш кунлари 10 дақиқалик интервал билан қатнайди.
Кейинги босқичда бекатлар сони 29 тага етиб, интервал 5 дақиқагача қисқартирилар экан. Ҳар бир трамвай 260 йўловчи билан соатига 70 км тезликда ҳаракатлана олади.
Манба
👍 62🔥 32❤ 23🥰 3
Nikolas Tompsondan ajoyib insho: "Men nega yuguraman?"
Biz hammamiz, albatta, har kuni o‘lmoqdamiz. Qanday qaramasak ham, biz bu yerda uzoq qolmaymiz. Ammo bir xonali uyimda yolg‘iz o‘tirganimda, nurlanish tanamni parchalab tashlayotganda, o‘lim endi shunchaki gipotetik masala emas edi. Besh oy oldin men yuqori darajali marafonchi edim, endi qizil gilamchada azobda yotar ekanman, o‘sha odam erib ketgandek tuyular edi. Men parchalanib ketgan edim va bularning barchasi men na ko‘ra oladigan va na his qila oladigan hujayralar to‘plami tufayli edi. Bir haftalik izolyatsiya tugashiga ko‘zim yetib turardi. Xuddi 21-Dekabrdan keyingi paytdek: oqshomlar hali qorong‘i, ammo endi har kuni kuni uzoqroq yorishib borardi. Derazalarni lang ochib qo‘yib, uyni yaxshilab tozalagan edim, Daniyelle qaytib keldi. Skanerlar saraton yo‘qolganini ko‘rsatdi. Endi tuzalish jarayonini boshlashim mumkin edi.
https://www.theatlantic.com/magazine/archive/2025/12/the-running-ground-memoir/684633/
🔥 43❤ 31👍 22🤯 3
