MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
رفتن به کانال در Telegram
Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

63 530
مشترکین
-6324 ساعت
-3067 روز
-56030 روز
آرشیو پست ها
Huquqni muhofaza qilish va favqulodda xizmatlar, ichki ishlar organlari xodimlari, maxsus xizmatlar, harbiylar, tez yordam va favqulodda vaziyatlarni nazorat qiluvchi xodimlar kasbiy malaka bilan birga, stressga bardoshlilik, ruhiy barqarorlik va samarali stressni yengish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarida xodimlarning ruhiy holati, ularning xizmatga mosligi, stressga chidamliligi va faoliyatga tayyorligini aniqlash maqsadida olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, yosh xodimlarda stressni yengish va ruhiy barqarorlikni o‘stirish strategik ahamiyatga ega.
Yosh xodimlarda stressni yengish va ruhiy barqarorlikni saqlashda uchraydigan asosiy to‘siqlar, psixologik (tajriba, hissiy nazorat, xavotir), tashkiliy (ish yuki, navbatchiliklar, tartib-qoidalar), ijtimoiy (jamoaga moslashish), shaxsiy (o‘zini o‘zi nazorat qilish, ishonchsizlik) omillar bilan bog‘liq.
Xodimlar har kunlik xizmat jarayonida psixologik faollik, emotsional barqarorlik va stressga chidamlilikni saqlab turishlari zarur.
Ayniqsa, yosh xodimlar bu jarayonda ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladi. Ilmiy tadqiqotlar jamoaviy qo‘llabquvvatlashning xodimlarda stressni 40–70 foizgacha kamaytirishi va ruhiy barqarorlikni oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan jamoaviy qo‘llab-quvvatlash ichki ishlar organlarida stressga qarshi eng kuchli, samarali va uzoq muddatli «qalqon» sifatida qaraladi. Jamoaviy stressni kamaytirishning asosiy prinsiplari hamkorlik va o‘zaro yordam – xodimlar orasida ishonch muhitini shakllantirish. Muloqot va fikr almashish – ochiq suhbatlar orqali qiyin vaziyatlarni tahlil qilish. Qo‘llab-quvvatlovchi muhit – emo tsiyalarni erkin bayon qilish va psixologik stressni yumshatish. Amaliyot va tajriba almashuvi – favqulodda vaziyatlarda birgalikda harakat qilish. Shu bilan bir qatorda, stressni yengish va xizmat jarayonida ruhiy barqarorlikni saqlash – ichki ishlar organlari va boshqa yuqori stressli kasblarda xodimlarning psixologik va emotsional salomatligini saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Bu mexanizmlar: stressga chidamlilikni oshiradi, xizmat samaradorligini yuksaltiradi, yosh xodimlarni tezroq moslashtiradi, jamoada ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlaydi.
Insonni stress tug‘diradigan taranglik emas, hayotga va unda vujudga keladigan vaziyatlarga tayyorlanmaganlik vayron qiladi.
Darhaqiqat, ruhiyatga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi voqea-hodisalardan hech kim sug‘urtalanmagan. Shunday ekan, hayotda muammolar kamroq bo‘lishini emas, tajriba ko‘proq bo‘lishini xohlang. Insonlardan mukammallik qidirmang, ularni boricha qabul qiling. Muammoli vaziyatlarda ijobiylikni qidiring.
Mavluda ORZIYEVA,
Navoiy viloyati IIB MMI va KBTX bosh psixologi,
kapitan.
✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing
🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽 2025 йил мавзулари / 2025 yil mavzulari
❤ 58😁 4👍 1
51/2025 – mavzu
STRESSNI YENGISH VA XIZMAT JARAYONIDA RUHIY BARQARORLIK
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor maqsadi, avvalo, inson omilini har qachongidan ham yuqori darajaga ko‘tarish, ma’naviy barkamolligini ta’minlash, yuksak taraqqiyotga erishish orqali barcha sohalarda jahon hamjamiyatida yetakchi o‘rinni egallashdan iboratdir. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‘z ichki imkoniyatlarini xolis baholashni, shuningdek, psixologik bilimlar zaxirasi bilan yaqinlari va hamkasblarining ruhiy dunyosini bilishni taqozo etmoqda. Insonning qizg‘in va o‘zgarishlarga boy hayoti endilikda undan psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zarurligini talab qilmoqda.
Hayot juda murakkab bo‘lib, quvonchli, saodatli onlar, g‘amtashvishli damlar inson zotini ne ko‘ylarga solmaydi, deysiz. Zamonaviy shaharlar, mashaqqatli hayotiy vaziyatlar, oiladagi, ko‘cha-ko‘ydagi va ishxonadagi bir-biriga zid asabiy ruhiy muhitlar, charchoq, surunkali kasalliklar, yomon ekologik sharoitlar kabi bir qator omillar inson fe’l-atvorining o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Olimlarning fikricha, odam o‘z ruhiyatini ongli ravishda boshqara bilsa, bemalol qon bosimini, qand moddasi va gormonlar miqdorini idora etishi, yurak urishini tartibga solishi, og‘riq va charchoqni bartaraf qilishi, noxush asabiy tangliklardan saqlanishi mumkin. Bugungi kunda insonlar orasida kun sari oshib borayotgan ma’naviy nogironlik ongning benazir imkoniyatlariga to‘sqinlik qilmoqda. Oila va ishdagi kelishmovchiliklar, sog ‘liq muammolari, nizolar va asabbuzarlik, mehnat faoliyatimizdagi salbiy ko‘rsatkichlarga stressning ta’siri haqida ko‘p gapiramiz.
Stress – organizmning tashqi yoki ichki omillarga nisbatan psixofiziologik javob reaksiyasidir. Bu tushuncha ilk bor kanadalik fiziolog Gans Sele tomonidan 1936-yilda ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib, u stressni organizmning har qanday talab yoki tahdidga umumiy adaptatsion reaksiyasi sifatida ta’riflagan. Zamonaviy tadqiqotlar stressning psixologik, biologik va ijtimoiy jihatlarini chuqur o‘rganib, uning inson salomatligi, xulq-atvori va mehnat samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Stress turli mezonlar asosida tasniflanadi: vazifasiga ko‘ra, haqiqiy sababga ko‘ra, davomiyligiga ko‘ra va ta’sir darajasiga ko‘ra. Emotsional xususiyatga ko‘ra, stress ikki asosiy turga ajratiladi: ijobiy stress va salbiy stress. Ularning farqi fiziologik reaksiyalar, psixologik holat va natijaviy samaradorlikda namoyon bo‘ladi.
Birinchisi, insonga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, uning ichki resurslarini faollashtiradigan va motivatsiyani oshiradigan stress turi. Bu stress organizmni kerakli darajada mobilizatsiya qiladi, ammo zo‘riqtirmaydi, hushyorlik va diqqat oshadi, motivatsiya kuchayadi, energiya va ijodkorlik faollashadi, qaror qabul qilish tezlashadi, ish qobiliyati baland bo‘ladi. Fiziologik xususiyatlari, adrenalin va noradrenalin miqdori me’yoriy darajada ko‘tariladi, bosh miya qon bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda «energiya balansi» optimallashadi.
Salbiy stress esa organizmda fiziologik va psixologik resurslarni kamaytirib, xavotir va qo‘rquv, diqqat va xotiraning susayishi, uyqusizlik va charchoq, emotsional notinchlik kabi belgilarda namoyon bo‘ladi. Natijada kortizolning uzoq muddatli yuqori darajada saqlanishiga, immunitetning pasayishi va yurak-qon tomir tizimida zo‘riqishlarga sabab bo‘ladi.
Har bir kasbda stress bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi kasblar yuqori stressli hisoblanadi. Uni kamaytirish uchun shaxsiy tayyorgarlik, psixologik usullar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqori stressli kasblar shaxsdan yuqori emotsional, psixologik va jismoniy yukni hamda tezkor qaror qabul qilish va mas’uliyatni talab qiladi. Bunday kasblarda xodimlar doimiy ravishda favqulodda vaziyatlar, xavf va uzoq ish jadvali bilan yuzma-yuz keladi.
❤ 229👍 10🔥 2😁 2💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
ИИВ тергов ҳибсхоналари ва жазони ижро этиш муассасаларида сақланаётган шахсларни мажбурий тиббий кўрикдан ўтказиш тартиби тасдиқланди.
Ҳужжат билан батафсил танишиш 👈
❤ 26👍 5😁 5🤔 1
Repost from INSPECTOR_UZ
03:14
Video unavailableShow in Telegram
#arxiv #tarix
1992 йил 10 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинди.
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
Abdulla Oripov - Madhiya.mp47.62 MB
👍 50❤ 22👏 1🎉 1
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Конституциявий билимингиз етарли бўлса, сизга барча эшиклар очилаверади?
Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикасининг конституцияни телеграмда ўқишни ҳохлайсизми, бунинг учун шу кўк ёзувни устига бир марта босинг
13.85 MB
❤ 25👍 11
Repost from INSPECTOR_UZ
02:11
Video unavailableShow in Telegram
“Ёшлар орасида жиноят: 1-босқич талабалар 2600 та дозага тенг бўлган жами 520 грамм “ўлим дориси“ билан қўлга тушди!”
“Хавфсиз ва соғлом юрт” кенг қамровли профилактик тадбири доирасида наркокурьерлик билан шуғулланиб келган олий таълим муассасаси 1-босқич талабалари ушланди.Батафсил видеода
44.21 MB
❤ 20👍 10
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, faxriylar va taʼlim mutaxassislar ishtirokida ichki ishlar organlari xizmatini takomillashtirish, muammolarni tanqidiy muhokama qilish va yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Maslahatlashuv kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi
▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти, фахрийлар ва таълим мутахассислар иштирокида ички ишлар органлари хизматини такомиллаштириш, муаммоларни танқидий муҳокама қилиш ва ёш кадрларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Маслаҳатлашув кенгаши фаолияти йўлга қўйилди
▶️ Батафсил
———
Налажена деятельность Консультативного совета с участием руководства Министерства внутренних дел, ветеранов и специалистов в области образования, направленная на совершенствование службы органов внутренних дел, критическое обсуждение проблем и поддержку молодых кадров
▶️ Подробно
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
❤ 72👍 46👏 7🤔 3
Repost from INSPECTOR_UZ
03:04
Video unavailableShow in Telegram
❗️Хизмат вазифасини бажараётган ЙПХ ходимини видеотасвирга олиб, ижтимоий тармоқларда тарқатган шахсларга чора кўрилди
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
IMG_3939.MP436.47 MB
👍 182❤ 21👏 15
Photo unavailableShow in Telegram
Қашқадарёда ЙПХ ходимини обрўсизлантирган блогерга 10, шеригига 7 сутка қамоқ жазоси тайинланди
👍 225👏 9🔥 8❤ 5🤔 3
ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИШ
Vatanparvarlik deganda, yurt oldidagi mas’uliyat va burch tushuniladi. Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog‘liq. Inson Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri va istiqbolini qancha ko‘p anglasa, vatanparvarlik tuyg‘usi shunchalik baland bo‘ladi. Haqiqiy vatanparvarlik millat, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida mehnat qilish va kurashishdir. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Zero, vatanparvarlik uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanadigan ijtimoiy tuyg‘udir. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan muhim masala hisoblanadi.
Demak, ichki ishlar organlari xodimlari ongiga yurtga daxl dorlik tuyg‘ularini singdirish, ularda xizmat burchini bajarish borasida qat’iy hayotiy e’tiqodni qaror toptirish, ularning Vatan va xalq taqdiriga, davlatimiz hamda islohotlar talablariga sodiqligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviy barkamol, ma’naviyatli, mas’uliyatli xodim xizmat intizomiga qat’iy rioya qiladi. Qonun doirasidan chetga chiqmasdan, o‘z vazifalarini sidqidildan bajaradi. Ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni bevosita fuqarolar ko‘z o‘ngida amalga oshiradi, demakki, fuqarolar bilan muloqotda ochiq va samimiy bo‘lish, dardini eshitish, ularning murojaatlari bilan ishlashda adolatli bo‘lishi zarur.
Sir emaski, keyingi paytlarda xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, ularni haqorat qilish, xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish bilan shantaj qilish holatlari ham uchrab turibdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda osoyishtalik posbonlarini obro‘sizlantirish, noxolis axborotlarni bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari kuzatilyapti. Bunday sharoitlarda soha vakillari el orasida obro‘ qozonishlari, o‘z imijini oshirishi uchun, avvalambor, zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan bajarishlari lozim. Har bir xodim fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishi, kasbiy va huquqiy bilimlarini muttasil oshi rish ustida tinmay izlanishi zarur. Ana shundagina muayyan maqsad va muddaolarga erishiladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy barkamolligi, ya’ni Vatan va xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yib, xizmat burchiga sodiq qolishi, odob-axloq qoidalariga va muomala madaniyati talablariga, xizmat intizomi va qonunlarga qat’iy rioya etishi, shuningdek, yosh xodimlarda shu kabi fazilatlarni shakllantirishda jamoaning o‘rni va ta’sirini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Azizjon FAYZIYEV, podpolkovnik.
❤ 61👍 3
50/2025 – mavzu
MA’NAVIY BARKAMOLLIK – XIZMAT INTIZOMI VA MAS’ULIYATNING ASOSI
Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmush darajasini oshirish, muvaffaqiyatlarga erishish mushkul. Shuning uchun ham Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini ta’minlash jarayonida yosh avlodni har tomonlama yetuk, zamon talabiga to‘la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga, ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy, ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.
Ma’naviy barkamollikka erishishda, albatta, shaxs ma’naviyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ma’naviyati yuksak shaxslar davlat hududida yashayotgan aholining aksariyat ko‘pchiligini tashkil qilgan sharoitdagina tinchlik, mehr, muhabbat, fuqarolar va millatlar o‘rtasida hamkorlik, jipslik kabi fazilatlar mustahkam bo‘ladi va davlat barqaror rivojlanib boradi.
Biz shunday jamiyatda yashamoq damizki, har bir shaxs, har bir xalqdan jahon tamadduni erishgan barcha ma’naviy-madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirgan holda, jahon andazalari darajasida fikrlay olish, o‘z milliy ma’naviy-madaniy merosimizni jahon miqyosiga olib chiqa bilish talab etiladi.
Barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat jihatdan yangi pog‘onalarga ko‘tarish, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xodimning ma’naviy qiyofasi to‘g‘rilik, halollik, hayo-nomus, oriyat, g‘urur va vatanparvarlik kabilarda namoyon bo‘ladi.
To‘g‘rilik va kamtarlik inson xulqining bezagidir. To‘g‘ri yo‘l – el yo‘ldoshi, deyiladi maqollardan birida. Buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosida ham to‘g‘rilik, rostgo‘ylik haqida keng tushunchalar berilgan. Ularning butun hayot-faoliyati insonning ma’naviyati, baxt-saodati, xalqning osoyish taligi, mamlakat farovonligi, obodonchilik ishlari, mehr-muruvvat, ilm-fan, san’at va adabiyotning ravnaqiga bag‘ishlangan.
Halollik – insonlar uchun ruxsat qilingan yaxshi, ijobiy ishlar, xatti-harakatlar majmuasi bo‘lib, mehnat evaziga topilgan narsalardir. U inson tabiatidagi eng go‘zal tuyg‘u sifatida o‘zgalarning mehr-muhabbatini qozonadi. Buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy bu haqda shunday nasihat qiladi: «Halol va pokiza kishi doimo xotirjam-u tinchlikda, birovga xiyonat-u yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftor». Shuning uchun ham ota-bobolarimiz halollikka alohida e’tibor qaratgan.
Hayo – yaxshilikning dalilidir. O‘z nojo‘ya xatti-harakatlaridan, ishlari dan uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyatdir. Jurjoniy: «U nafsning bir narsadan tortinishi va malomatdan hazir bo‘lib uni tark qilishidir», degan. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash milliy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Oriyat – inson ma’naviy qiyofasiga xos izzat-nafs, qadr tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha. Oriyatli inson o‘zi va oilasi, millati va Vatanining izzat-nafsini, qadrini yuksak tutadi. U o‘zini ham, o‘zgalarni ham qadrlay oladi. Inson oriyati o‘z oilasi va butun millatning oriyatini ifoda etadi. O‘zgalar qadr-qimmati, sha’nini o‘z qadr-qimmati, sha’ni darajasida ko‘radigan oriyatli inson yuqori obro‘ga ega bo‘ladi. U hamisha adolat uchun kurashadi, bunda uning eng asosiy ko‘makchisi pok vijdonidir. Oriyatli insonlar o‘zlari va oilalarining, tug‘ishganlarining izzat-nafsi, qadri, hurmatini yuksak tutib, uning boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turilmaydi.
❤ 232😁 4👌 4🎉 3🥰 2
Repost from INSPECTOR_UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#Rasmiy_axborot
❗️Хизмат вазифасини бажараётган ЙПХ ходимини видеотасвирга олиб, ижтимоий тармоқларда тарқатган шахсларга чора кўрилди
Жиноят ишлари бўйича Шаҳрисабз шаҳар судининг 2025 йил 5 декабрдаги қарори билан фуқаролар М. М. (1988 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган) ва Б. Р. (1999 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган) Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 195-2-моддасида (ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимларининг фото- ва (ёки) видеотасвирини уларнинг обрўсизлантирилишига олиб келадиган тарзда бузиб тарқатиш) назарда тутилган ҳуқуқбузарликни содир этган деб топилди.
✅Ҳуқуқбузарлар М. М. ва Б. Р. жамоат хавфсизлигини таъминлаш бўйича Шаҳрисабз шаҳрида хизмат вазифасини бажараётган йўл-патрул хизмати инспектори Т. Х.ни обрўсизлантириш мақсадида уни видеотасвирга олиб, ижтимоий тармоқларда тарқатган.
❗️Суднинг қарорига кўра М. М.га 10 сутка ва Б. Р.га 7 сутка маъмурий қамоқ жазоси қўлланилди.
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
Repost from INSPECTOR_UZ
Photo unavailableShow in Telegram
Qurol ishlatish huquqi, bolalar jinoyati, korrupsiya muammosi — kriminologlar boshlig‘i bilan suhbat
intervyuni ko'rish 👈bu yerda
❤ 34🤔 6👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Давлат идоралари ва халқ ўртасидаги мулоқот механизмларини янада такомиллаштириш масалалари муҳокама қилинди
Президент Шавкат Мирзиёевга давлат идораларининг аҳоли билан коммуникацияси самарадорлигини оширишга қаратилган ишлар юзасидан ахборот берилди.
Батафсил ўқиш 👈бу ерда
❤ 24🤔 1
Repost from INSPECTOR_UZ
Маззами, мана тортишаётган ака судда ютқизсалар тан олармишларда ГАИ инспектори ишдан кетармиш. Талабни қаранг Қўчқорвой эка шу тўғрими!!!
Шу ўринда қуйидаги айрим долзарб масалалар ҳақида эслатиб ўтишни жоиз деб билдик.
Сизга қизиқ бўлган 👇масала жавоби устига босинг
Ҳайдовчилар ЙПХ ходимларига тегишли ҳужжатларининг асл нусхаcини тақдим этишлари шартми?
Жавоб: 👈 бу ерда
Йўл ҳаракати қоидабузарликлари учун жавобгарлик моддалари ва жарима баллари ҳақида маълумот.
Жавоб: 👈 бу ерда
Йўқотилган ёки шикастланган давлат рақам белгиларини тиклаш тартиби қандай?
Жавоб: 👈 бу ерда
Ҳайдовчилик ҳуқуқидан маҳрум бўлганман. Ҳайдовчилик гувоҳномаси қайта олиш учун яна имтиҳон топшираманми?
Жавоб: 👈 бу ерда
Хорижда олинган ҳайдовчилик гувоҳномаси мамлакатимиз ҳудудида амал қиладими?
Жавоб: 👈 бу ерда
Автомактабларда тегишли тоифаларга ўқиш тартиби қандай?
Жавоб: 👈 бу ерда
❤ 30👍 12👏 2
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Konstitutsiyada inson va fuqarolar huquqlarining kafolatlari tizimi, fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatlari kengaytirildi. Jumladan, har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi; har kim qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilandi.
Konstitutsiyaning 56-moddasida esa inson huquqlarini himoyalashda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vazifasi belgilab qo‘yildi. Unga asosan, milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi. Davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoit yaratadi. Shuningdek, Konstitutsiyada mehnatga layoqatsizlar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, aholining ehtiyojmand qismi, xotinqizlar huquqi alohida himoyalanishi belgilandi.
Inson huquqlarini himoyalash faqat shaxsning huquqiy holatiga taalluqli boblar va moddalardagina emas, Konstitutsiyaning boshqa moddalarida ham uchraydi. Xususan, 133-moddada fuqarolar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalardan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishga haqli ekanligi ifodalangan. Konstitutsiyaga kiritilgan bu yangi qoida fuqarolar huquqining kafolatlarini kuchaytirish bilan birga, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini kuchaytirishga ham qaratilgan.
Konstitutsiyaga maxsus «Advokatura» (XXIV) bobining kiritilishi ham inson huquqlarini ta’minlash choralarining kuchaytirilganligini ko‘rsatadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi hamda uning mustaqilligi 141–142-moddalarda belgilab qo‘yildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, yangi Bosh qomusimizning mazmuni uning insonparvarlik g‘oyalari asosida xalqchil va mukammal ekanligini, davlatning boshqaruv tizimini emas, balki, avvalo, inson va uning manfaatlarini oliy qadriyat sifatida belgilayotganini namoyon etadi.
Hamidullo MO‘MINOV,
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot-resurs multimedia bo‘limi boshlig‘i.
✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing
🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽 2025 йил мавзулари / 2025 yil mavzulari
❤ 52🥰 1🤔 1
49/2025 – mavzu
BOSH QOMUSIMIZDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLARI
(8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni)
Umumxalq referendumi yo‘li bilan qabul qilingan Bosh qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad inson huquqlarini yanada kengaytirish, uni ta’minlash mexanizmini va bunda davlat mas’uliyatini yanada kuchaytirish edi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, uning bevosita amal qilishi, inson huquq va erkinliklari qonunlarning hamda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi, davlat tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun
yetarli bo‘lishi kerakligi, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha normalar
miqdori kengaytirilib, yangi huquqlar va qoidalar kiritildi. Avvalgi Konstitutsiyada inson
huquqlari uchun 23 modda ajratilgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada 34 modda mavjud. Inson huquqlariga taalluqli moddalardagi normalar 37 dan 98 taga ko‘paydi. Bu Asosiy qonunga nafaqat yangi moddalar qo‘shilganini, balki yangi normalar ham kiritilganini ko‘rsatadi.
Xususan, shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emasligi, ushlash chog‘ida tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turish sabablari tushuntirilishi shartligi;
aybsizlik prezumpsiyasi aniq belgilanganligi, aybsizlikka oid barcha shubhalar, ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi; har kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi;
agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi va jazolanishi mumkin emasligi;
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi;
shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi kabi bir qator qoidalarning o‘rnatilishi insonparvar davlat yo‘lidan borayotganimizni ko‘rsatadi.
Konstitutsiyamizda fuqarolarning siyosiy sohadagi huquqlari ham kengaytirildi, unga mutlaqo yangi «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar» degan qoida kiritildi (37-modda). Bu fuqarolarning davlat boshqaruv ishlarida ishtirokiga teng imkoniyat yaratadi.
Konstitutsiyaga homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirishni taqiqlovchi qoidaning kiritilishi esa ayollarning jamiyatdagi o‘rni munosib bo‘lishiga qaratilgan e’tibordir. Har kimning uy-joyi bo‘lish huquqi, har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqi, o‘qituvchilar maqomining alohida belgilanishi, ularning sha’ni, qadrqimmatining himoya qilinishi, ularga alohida g‘amxo‘rlik qilish kerakligi, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishining Konstitutsiyada qayd qilinishi va Konstitutsiyaviy darajada belgilanishi O‘zbekistonning xalqparvar davlat ekanligidan dalolat beradi.
❤ 247👏 7😁 6👍 4❤🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҚАРОРИ
Ички ишлар орrанларининr қўриқлаш соҳасидаrи фаолиятини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида
28.11.2025 йил ПҚ-360-сон 👈
❤ 59🤔 7😁 6🍾 4🔥 2
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармойиши билан ИИВ ҳузуридаги Қўриқлаш департаменти бошлиғи вазифасини бажарувчи этиб полковник Шодибеков Қобил Адилович тайинланди.
Тайинловга қадар Қ.Шодибеков Тошкент шаҳар Қўриқлаш бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.
———
Соответствующим распоряжением Президента Республики Узбекистан временно исполняющим обязанности начальника Департамента охраны при МВД назначен полковник Шодибеков Кобил Адилович.
До назначения К.Шодибеков работал начальником Управления охраны города Ташкента.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
👍 42❤ 39👏 3
Repost from INSPECTOR_UZ
Ассалому алайкум, видеодаги йигит АҚШ да таҳсил олаётган ўзбекистонлик йигит Breakthrough Junior Challenge мусобақасидан 3000 та болани ичидан 30 та бола танланиб, ярим финалга чиқиди. Охирги босқичга қанча кўп лайк тўплаган бола кейинги босқичга ўтар экан.
Ўзбек ватандошимизни қўллаб-қувватлаворамиз.
Ушу мусобақада бутун дунёдан 18 ёшгача бўлган болалар қатнашади, Ўзбекистондан эса фақат йигит иштирок этяпти.
Агар малол келмаса бошқа гуруҳларга тарқатворинглар, илтимос, улар ҳам лайк босиб қўйишсин.
Сиздан биттагина лайк босиб қўйишни ўзи кифоя.
Ўзбекларни яна бир соҳада илдамлигини исботлаш вақти келди
👇👇👇 хаволани устига босинг
https://youtu.be/g9BLmBNsepo?si=SCaaqCoaIgFQ6CKAhttps://youtu.be/g9BLmBNsepo?si=SCaaqCoaIgFQ6CKA
❤ 47👍 4
