MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
رفتن به کانال در Telegram
Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

63 511
مشترکین
-2224 ساعت
-2697 روز
-55530 روز
آرشیو پست ها
Repost from MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Ҳурматли фойдаланувчиларимиз. Ажойиб янгилик...
Турли банклардан 29 фоиздан баланд олган кредитларингиз бўладиган бўлса, Агробанк уларни ўша банкадан сотиб олади ва Сизга 28 (3 йилга) - 29 (4 йилга) фоизли кредитларга алмаштириб беришни таклиф қилади.
Бунда сизни юқори фоизли кредитларингизни АГРОБАНК томонидан кам фоизли кредитга шундайлигича алмаштириб бериши хисобига ва сизни ойлик тўловларингиз ўзи ўзидан камаяди.
Ипотека, Кредит карта, миқроқарз кредитларини таклиф қилади
**
Мухаммадиев Бахриддин
Агробанк АТБ Тошкент шаҳар филиали "Ахил ҳамкор" банк (манзилга келиш 👈) хизматлари маркази бошлиғи
✉️ 98 812-3-812
📲 99 812-3-812
☎️ Вилоятликлар учун кол марказ 1216
📍ЛОКАЦИЯ 👈👈👈
❤ 73👍 16🤡 8😁 5🤔 4
Repost from MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Ҳурматли фойдаланувчиларимиз. Ажойиб янгилик...
Турли банклардан 29 фоиздан баланд олган кредитларингиз бўладиган бўлса, Агробанк уларни ўша банкадан сотиб олади ва Сизга 28 (3 йилга) - 29 (4 йилга) фоизли кредитларга алмаштириб беришни таклиф қилади.
Бунда сизни юқори фоизли кредитларингизни АГРОБАНК томонидан кам фоизли кредитга шундайлигича алмаштириб бериши хисобига ва сизни ойлик тўловларингиз ўзи ўзидан камаяди.
Ипотека, Кредит карта, миқроқарз кредитларини таклиф қилади
**
Мухаммадиев Бахриддин
Агробанк АТБ Тошкент шаҳар филиали "Ахил ҳамкор" банк (манзилга келиш 👈) хизматлари маркази бошлиғи
✉️ 98 812-3-812
📲 99 812-3-812
☎️ Вилоятликлар учун кол марказ 1216
📍ЛОКАЦИЯ 👈👈👈
01:34
Video unavailableShow in Telegram
18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун.
@manaviyat_va_marifat_darsi
IMG_7264.MOV134.73 MB
❤ 27
Shuningdek, qayta ishlanadigan materiallar – plastik, qog‘oz va metall chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiyot uchun qo‘shimcha resurslar yaratilmoqda.
Bunday loyihalar nafaqat iqtisodiy samara berib, yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiatni asrashning uzoq muddatli kafolati hisoblanadi. Ular orqali kelajak avlodlarga toza havo, sof suv va sog‘lom muhit qoldirish imkoniyati yaratiladi.
Yana shuni aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda jamoatchilik ekologik madaniyatini oshirish va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida «Tozalik va ozodalik oyligi» keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Bu aksiya nafaqat ko‘chalarni tozalash, balki fuqarolar ongida ekologik mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan. Oylik doirasida shahar va qishloqlarda tozalik reydlari, mahallalar o‘rtasida tanlovlar va «yashil hudud» yaratish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad:
– mahalla, ko‘cha va dam olish joylari tozalikni saqlash;
– atrof-muhit muhofazasi va chiqindilarni kamaytirish;
– jamoaviy faollik va fuqarolik madaniyatini kuchaytirish;
– yoshlarda ekologik tarbiya va mas’uliyat hissini shakllantirish.
Bunday tashabbuslar nafaqat hududlarni go‘zallashtiradi, balki jamiyat ongida «toza muhit – sog‘lom hayot» degan g‘oyani mustahkamlaydi.
Atrof-muhit muhofazasi – bu bir kunlik tadbir yoki yumush emas, balki inson ha yotining ajralmas qismi, uzluksiz jarayon va barcha mizning umumiy burchimizdir. Bu nafaqat ekologik majburiyat, balki har bir fuqaroning tabiat oldidagi ma’naviy mas’uliyati hamdir.
Biz tabiatni kelajak avlodga talafotlarsiz yetkazishga mas’ulmiz. Shuni anglab yeta olsak, har bir ko‘chatni – umid ramzi, har bir suv qatrasini – hayot manbayi sifatida qadrlashni o‘rganamiz. Har bir shamol nafasida, har bir quyosh nurida bizga berilgan ne’matni his qilishimiz kerak.
Agar shunday ong bilan yashasak, chiqindilarni kamaytirishdan tortib, suvni tejashgacha bo‘lgan har bir harakatimiz tabiatga bo‘lgan ehtirom ifodasiga aylanadi. Ana shundagina kelajak avlodlar uchun yashil, sog‘lom va barqaror dunyo qoldira olamiz. Yo‘qsa, ular bizni aslo kechirmaydi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing
🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽 2025 йил мавзулари / 2025 yil mavzulari
❤ 64👍 7🔥 2💋 2❤🔥 1
47/2025 – mavzu
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA EKOLOGIK XAVFSIZLIK
So‘nggi yillarda sanoatning rivojlanishi, shaharlashuv va tabiiy resurslarning ortiqcha ishlatilishi tabiat bilan inson munosabatini izdan chiqarmoqda. Bu esa nafaqat atmosfera, balki insoniyatning o‘ziga ham xavf solayotgan dolzarb muammoga aylanib bormoqda.
Ammo bu muammoga qarshi kurashish faqat davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyati hisoblanadi. Bir plastik idish chiqindiga aylanmasligi, bir daraxt kesilmasligi uchun har bir insonning ongli munosabati muhim. «Yashil hayot tarzi» – bu shunchaki shior emas, balki kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatdir.
Shu bois mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida kechiktirib bo‘lmas izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlikka e’tiborni yanada kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish maqsadida davlat darajasida muhim qarorlar qabul qilindi. Davlat rahbari tashabbusi bilan joriy yil Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili, deb e’lon qilinishi mamlakatning barqaror taraqqiyot yo‘lidagi yangi strategik bosqichini boshlab berdi. Bu tashabbus orqali ekologik siyosatni isloh qilish, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish, havo sifati va suv resurslarini doimiy monitoring qilish hamda energiya tejamkor, kam uglerodli texnologiyalarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Yurtboshimizning 2024 – yil 26-sentabrdagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ekologik ma’lumotlarning oshkoraligini ta ’minlash va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qil moqda . Bu isloho tlar O‘zbekistonning ekologik siyosatini yangi bosqichga ko‘tardi.
Yana shuni ta ’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy dasturi bu yo‘nalishdagi keng qamrovli harakatlardan biridir. Dastur doirasida har yili millionlab daraxt va butalar ekilib, shaharlar, qishloqlar, yo‘l yoqalari va aholi yashash hududlari yashil maydonlarga aylantirilmoqda. Bu tadbirlar nafaqat hududlarning ko‘rkamlashuviga, balki havo sifati yaxshilanishi, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
«Yashil makon» tashabbusi mamlakat fuqarolarini tabiatga befarq bo‘lmaslikka, har bir kishini shaxsan amaliy hissa qo‘shishga undayotgan umummilliy harakatga aylandi. Bu jarayonda davlat tashkilotlari, nodavlat tuzilmalar, yoshlar, tadbirkorlar va o‘z ixtiyor fuqarolarning hamkorligi ekologik madaniyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratmoqda.
Shu bilan birga, 2025-yil 15 - mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinganligi bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishda muhim ahamiya t kasb etmoqda. Unda aholi hamda yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, tabiatni asrashni milliy qadriyat sifatida mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishla ri hamda yana bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Yuqoridagi hujjatlar nafaqat bugungi kun muammolarini hal etish, balki kelgusi avlodlar uchun ham toza havo, sof suv va yashil muhit qoldirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ulkan amaliy harakatlardir.
Bugungi kunda chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya manbai sifatida foydalanish yo‘nalishida dunyo miqyosida va mamlakatimizda qator innovatsion yechimlar amalga oshirilmoqda. Masalan, qishloq xo‘jaligida organik chiqindilardan biogaz ishlab chiqarish texnologiyalari joriy etilib, ular orqali nafaqat elektr va issiqlik energiyasi olinayotgani, balki atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdori kamaytirilayotgani kuzatilmoqda.
❤ 258👍 7❤🔥 3🤔 3😁 2
Repost from MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Photo unavailableShow in Telegram
🟦 🟥 25 - октябрь куни хизматда бўлиб ёки бошқа биронта сабабга кўра ижтимоий тармоқлар орқали тақдим этилган клип ва қўшиқларни ўтказиб юборганлар учун махсус таклиф. Барча янги клип ва қўшиқлар бир жойда 👇👇👇
👍 31❤ 19🤡 6🍾 4💋 4
КЛИПЛАРНИ ТОМОША ҚИЛИШ
Repost from INSPECTOR_UZ
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Бу видео икки қисмдан иборат. Биринчи қисмда "Инспектор медиа" жамоаси томонидан тасвирга олинган хазил видео. Иккинчи қисмда эса ёшлигида шу видеони биринчи қисмидаги болакай каби "ўқи болам" деганда сумкани отиб ялло қилиб юрган юртдошимизни фикрлари кўрсатилган. Ҳулоса қилинг. Бугун ўқи десангиз гапингизга кирмасдан юрган болажонларингизга кўрсатиб қўйинг.
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
1111.mp428.51 MB
❤ 23👏 15👍 12💯 2🤡 1
Америка олийгоҳлардаги ўқитувчилар талабаларнинг ChatGPTдан фойдаланиб, «тупой» бўлиб қолаётганидан қандай жаҳли чиқаётганини кўринг.
👍 23❤ 7👏 3
Repost from MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Photo unavailableShow in Telegram
🟦 🟥 25 - октябрь куни хизматда бўлиб ёки бошқа биронта сабабга кўра ижтимоий тармоқлар орқали тақдим этилган клип ва қўшиқларни ўтказиб юборганлар учун махсус таклиф. Барча янги клип ва қўшиқлар бир жойда 👇👇👇
❤ 15😁 9👍 7👏 4
КЛИПЛАРНИ ТОМОША ҚИЛИШ
Ichki ishlar organlari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, poraxoʻrlik va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish ishlari tizimli ravishda davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Call-markazga kelib tushgan murojaat asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olgan vaqtda qoʻlga olindi.
Hurmatli fuqarolar, agar Siz Ichki ishlar organlari xodimlarining korrupsion harakatlari haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, darhol 1102 yoki 71 2313174 raqamlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.——— Ички ишлар органлари тизимида коррупцион ҳолатларни олдини олиш, порахўрлик ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш ҳолатларига барҳам бериш ишлари тизимли равишда давом этмоқда. Ички ишлар вазирлиги Шахсий хавфсизлик бош бошқармаси Call-марказга келиб тушган мурожаат асосида ўтказилган тезкор тадбир давомида профилактика инспектори пора олган вақтда қўлга олинди.
Ҳурматли фуқаролар, агар Сиз Ички ишлар органлари ходимларининг коррупцион ҳаракатлари ҳақида маълумотга эга бўлсангиз, дарҳол 1102 ёки 71 2313174 рақамларига хабар беринг. Шахсингиз сир сақланиши кафолатланади.
❤ 17😁 2🍾 2
Muqimiy teatrida «Nodirabegim», Laos teatrida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», AQSHda «Dunyo yoshlari», Konibodom teatrida «Sudxo‘rning o‘limi», Sirdaryo teatrida «Dardimni kimga aytay», «Ma’mura kampir», Samarqand teatrida «Nodirabegim», «Checha», «Buyuk ipak yo‘li», Navoiy teatrida «Alisher Navoiy» operasi va boshqa spektakllarni qo‘ygan B. Yo‘ldoshev kinoda aktyor sifatida Olchinbek («Olovli yo‘llar»), Muxtorov («Tog‘dagi uchrashuv»), Sherzod («Olmos kamar»), Sobirov («Oshpaz») kabi obrazlarni ham yaratgan.
Ulkan iste’dod sohibi B.Yo‘ldoshevning ijodiy faoliyati, tashkilotchilik salohiyati, ayniqsa, mustaqillik yillarida yorqin namoyon bo‘ldi. Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlari hamda yurtimiz va chet ellarda katta shuhrat qozongan «Sharq taronalari» musiqa festivalini, maqom va baxshichilik, milliy hunarmandchilik san’atlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarning badiiy dasturlarini yaratish borasida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilganini xalqimiz, jamoatchilik yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
San’atni chin dildan sevgan, unga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotining ma’no-mazmuni deb bilgan Bahodir Yo‘ldoshev o‘zbek rejissyorlik san’atida o‘z ijodiy maktabini yaratdi. Butun hayotini milliy san’atni ravnaq toptirishga ba g‘ishlagan ulug‘ san’atkor 2009-yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qildi. Ushbu studiya faoliyati orqali o‘nlab iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, milliy mumtoz adabiyot namunalarini sahnalashtirish va targ‘ib etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi.
B. Yo‘ldoshevning milliy san’at va madaniyatni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U «O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi» hamda «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvonlari, «Mehnat shuhrati», «Fidokorona xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun», «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan.
Bahodir Yo‘ldoshev 2021-yil 16-may kuni 76 yoshida vafot etgan.
Xalqimizning buyuk san’atkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.
G‘ayratulla SHUKUROV,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing
🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽 2025 йил мавзулари / 2025 yil mavzulari
❤ 62👍 7😁 2🔥 1
46/2025 – mavzu
TAFAKKURDAN MAVJLANGAN YURAK
Atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev nomini bugungi kunda nafaqat teatr ixlosmandlari, balki barcha san’at ahli yaxshi biladi. San’atning qattiq nonini tatigan, og‘ir yukini yelkasida ko‘targan, past-u balandidan mardona o‘tgan ziyoli oilada kamol topgani ham, uning bu yo‘lga tasodifan emas, balki ijodkorga osoyishta hayot begona ekanini bilgan holda kirganidan dalolat beradi.
Taniqli rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti, san’at arbobi Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yil 7-sentabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida, san’at korlar oilasida tug‘il gan. Otasi Tursunboy Yo‘ldoshev o‘sha kezlari teatrda sozanda bo‘lib ishlagan, onasi Shirinxon Meliyeva esa aktrisa bo‘lgan. Uning ijodiy kamolotida bu muhit hal qiluvchi omil bo‘lgani aniq: uch yoshga to‘larto‘lmas onasi Kattaqo‘rg‘on teatriga direktor etib tayinlangach, uyi ham teatr bo‘lib qoldi. Sekin-asta yosh bolalar obrazi bo‘lgan spektakllarda rol ijro etdi.
Toshkent teatr va rassomchilik institutida ajoyib o‘zbek rejissyori Toshxo‘ja Xo‘jayevdan saboq olgan Bahodir keyinchalik Leningrad katta drama teatrida mashhur san’atkor Georgiy Tovstonogov qo‘lida o‘qidi. Rejissyor va murabbiy Aleksandr Ginzburg bilan yonma-yon ishladi. Bu esa uning rejissyorlik mahorati oshishida katta yordam berdi.
Mehnat faoliyatini Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshlagan B. Yo‘ldoshev yigirma yetti yoshida ushbu nufuzli teatrga bosh rejissyor va badiiy rahbar etib tayinlandi. O‘n uch yil davomida jamoada ishchan ijodiy muhit yaratish, teatr repertuarini zamonaviy hamda mumtoz milliy va xorijiy asarlar bilan boyitish, yuksak iste’dod egalarini tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shdi. O‘zbek teatriga yangiliklar kiritish, uni yanada yuksaltirish niyati bilan ish boshlagan Bahodir Yo‘ldoshev Shillerning «Qaroqchilar», L. Tolstoyning «Tirik murda», Uyg‘unning «Abu Ali ibn Sino», «Beruniy», «Zebunniso», S. Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» asarlari asosida spektakllar qo‘yib, madaniy jamoatchilik nazariga tushgan. Ayniqsa, B. Vasilev asari asosidagi «Ro‘yxatlarda yo‘q» va Said Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» pyesasi asosidagi spektakllarni alohida ta’kidlamoq lozim. Beg‘ubor kulgu, milliy obraz va topilmalar, bir-biridan jonli va puxta sahnalar, bir nafas ham tomoshabinni befarq qoldirmaydigan harakat hamda aktyorlar ijrosining uzluksiz dinamikasi «Kelinlar qo‘z g‘oloni» spektaklining asosiy fazilatlari edi. Barcha aktyorlarning yuksak ijro mahorati, eng avvalo, buyuk aktrisa Zaynab Sadriyevaning sahnadagi benazir yetakchilik salohiyati spektakl muvaffaqiyatining bosh omili bo‘ldi. Ushbu spektakl o‘zining milliyligi, rejissyorning milliy musiqadan unumli foydalanganligi, aktyorlarning emin-erkin xatti-harakatlari, sahna bezaklari bilan tomoshabinlarni o‘ziga maftun qildi va mehrini qozondi.
Bahodir Yo‘ldoshev 1984-yildan boshlab Abror Hidoyatov nomli O‘zbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirgan. Bu teatrda u «Maysaraning ishi», «Farmonbibi arazladi», «Paranji sirlari», «Qora kamar», «Ziyofat», «Iskandar», «Nodirabegim», «Ipak yo‘li» kabi asarlarni sahnalashtirgan. Bu spektakllar matbuotda ijobiy baholanib, ularning ko‘pchiligi xalqaro va O‘zbekiston teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bahodir Yo‘ldoshev Abror Hidoyatov nomli teatrda ishlash jarayonidagi ijodiy izlanishlarini teatrga yangi dramatik kuchlarni jalb etish, zamonaviy sahna shakllaridan me’yorida foydalanish yo‘li bilan davom ettirgan. Rejissyor «Ipak yo‘li» spektaklini sahnaga qo‘yarkan, «so‘zsiz teatr» vositalaridan unumli foydalanib, uni poetik qissa shaklida talqin etgan. Abror Hidoyatov nomidagi teatrda sahnalashtirgan har bir spektakl teatr san’ati rivojiga, yangi izlanish va tajribalarga yo‘l ochdi.
❤ 276👍 10🥰 5🔥 4😁 3
Repost from IIV | Rasmiy kanal
02:33
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
Murojaat Firibgarlik _ RU~1.mp430.20 MB
❤ 11👍 3
Repost from IIV | Rasmiy kanal
02:38
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
Murojaat Firibgarlik _ UZ~1.mp431.42 MB
❤ 14👍 2🥰 2
01:25
Video unavailableShow in Telegram
BURCH - HAR QANDAY XOLATDA HAM VATAN OSOYISHTALIGI HAR - NARSADAN USTUN
Burch | RizvonTv jamoasidan qisqa metrajli film #treyleri.mp427.44 MB
❤ 23👍 16🔥 3
ФИЛЬМНИ ТЎЛИҚ КЎРИШ
Repost from INSPECTOR_UZ
09:16
Video unavailableShow in Telegram
КУН УЗ нинг Фарғона шаҳар ва вилоят ИИБ томонидан опа-сингилларга тухмат асосида жиноят иши қўзғатилганлиги ҳақида эълон қилган хабарига
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
OPA SINGILLAR___4___03112025.mp4162.42 MB
👍 8❤ 3🤔 1
Repost from INSPECTOR_UZ
03:35
Video unavailableShow in Telegram
“Янги Ўзбекистон Генераллари”
🎤 Фарход Қамбаров, ИИВ Ансамбли хонандаси
✍️ Хуршидбек Рузиев шеьри
✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪 QONUN HUJJATLARI
1029.mp4107.42 MB
❤ 28👍 17😁 2
