fa
Feedback
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

رفتن به کانال در Telegram

Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
63 511
مشترکین
-2224 ساعت
-2697 روز
-55530 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Бир дақиқада телефонингизни динамикасини чанг, ғубор ва сув қолдиқларидан тозалаб олинг, дўстларингизга юборинг, телефон овозини борича кўтариб қўйинг...
نمایش همه...
14
👍
😱
🤔
Тозаловни бошлаш
Нима қилиш керак?
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Aralash jang sanʼatlari (MMA) assotsiatsiyasining YouTubedaga sahifasiga obuna bo'lganmisiz?
نمایش همه...
ММА Ўзбекистон.mp43.60 MB
👍 39 29🔥 5👌 4👏 3
Menga qiziq emas
Ha obuna bo'lganman
Yo'q obuna bo'lmaganman
2023-yilda Sirdaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari IIB tibbiyot bo‘limlari qoshida gospitallarning ochilishini xodimlar va ularning oila a’zolari, soha faxriylarining salomatligini saqlash samaradorligining oshishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, deyish mumkin. Qolaversa, vazirlik Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi davolash- profilaktika muassasalariga 2024–2025-yillarda jami 14 ta reanimobil berilgani ham tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, samaradorligi va tezkorligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotir. Har yili tizimdagi markaziy muassasalarning malakali shifokor-mutaxassislari hududlarga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, faxriylarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shu kabi tibbiy profilaktik tadbirlarga katta e’tibor qaratilayotgani tufayli so‘nggi yillarda IIV Tibbiyot boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi yanada oshishiga erishildi. Masalan, 2016–2022-yillar oralig‘ida shaxsiy tarkib o‘rtasida to‘satdan o‘lim holatlari keskin kamaydi. Yoki surunkali kasalliklar bilan dispanser nazorati ko‘lami 2016-yilda 25,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12,5 foizga tushdi. Shahodatlangan xodimlarning birlamchi nogironlikka chiqish ko‘rsatkichi esa keskin kamayib, 2022-yilda atigi 0,6 foizni tashkil etdi. Sirasini aytganda, «Barcha islohotlar inson qadri uchun» degan ezgu tamoyil ifodasini ichki ishlar organlari tibbiyot xizmatida ham juda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar hozirgi kunda biriktirilgan kontingentga sifatli, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga, pirovardida, ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatini to‘laqonli bajarishiga erishish, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Zotan, jamiyat ravnaqi, istiqboli birinchi galda inson salomatligi bilan bog‘liqdir. Shuhrat NISHONOV, IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik ✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing  📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing   🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🔽 2025 йил мавзулари /  2025 yil mavzulari
نمایش همه...
60👍 3🥰 1
45/2025 – mavzu TIBBIYOTDAGI ISLOHOTLAR INSON QADRI UCHUN
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida tibbiy xizmatlarning sifat darajasi oshib, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda. Yangi O‘zbekiston tibbiyoti mutlaqo yangicha tizimga aylanmoqda. Xususan, yaqin yillargacha yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari faqat xorijiy davlatlarda amalga oshirilar edi. Endi nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlar, tumanlar darajasida ham bunday amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarilayotgani sohadagi amaliy ishlar samaradorligining yorqin isbotidir.
Bugun barcha sohalar qatori, tibbiyot ham zamon bilan hamnafas takomillashuv jarayonida ekanligi hech birimizga sir emas. Yurtimiz tibbiyotiga robot texnologiyalari ham kirib ulgurdi. O‘nlab tibbiy tekshiruv va muolaja turlari sun’iy intellekt asosida bajarilmoqda. Sohani raqamlashtirish sur’ati jadallashdi. Tibbiyot muassasalarida elektron yo‘llanmalar berish tartibining amaliyotga joriy etilishi ham soha xodimlarining ish yuklamasini kamaytirib, aholining birlamchi bo‘g‘in xizmatlaridan qoniqish darajasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, sohada tez tibbiy yordam moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bemorlarga xalqaro talablarga mos tez tibbiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilyapti. Shu bilan bir qatorda, tez tibbiy yordam tizimida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi ishga tushirilishi natijador yangilik bo‘ldi. Buni aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati ortib, murojaat manzillariga kechikishlar soni 1,1 foizdan 0,3 foizga kamaygani misolida ham ko‘rish mumkin. Quvonarlisi, respublikamizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor epkinlari ichki ishlar organlari tibbiyot xizmatini ham chetlab o‘tmadi. IIV Tibbiyot boshqarmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida keng ko‘- lamli qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, qulay shart-sharoitlar yaratildi. Tibbiyot boshqarmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari zamonaviy tibbiy apparatlar, diagnostika jihozlari bilan ta’minlanishiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, IIV Markaziy gospitalida kasallikni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davo choralarini zudlik bilan ko‘rish maqsadida magnitoterapiya, laporoskop va artroskop uskunalari, ko‘plab yangi fizioterapevtik tibbiy jihozlar o‘rnatildi. Markaziy poliklinika esa raqamli rentgen qurilmasi, statsionar UTT, exoensefaloskop, videokolposkop, gematologik analizator va boshqa diagnostik uskunalar, fizioterapevtik apparatlar bilan to‘liq ta’minlandi. Shuningdek, «RadGlory321» nomli 8 jamlanma raqamli rentgenografiya uskunasi xarid qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari poliklinikalariga berildi. IIV Akademiyasida klinik laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilib, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Barcha davolash-profilaktika bo‘limlari laboratoriyalarida IFA (immunoferment) tekshiruvlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda davolash-profilaktika muassasalaridagi diagnostik va fizioterapevtik tibbiy asbob-uskunalar bosqichma-bosqich yangilariga almashtirilmoqda. 2018-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo‘limiga qarashli poliklinikaning rentgen va laboratoriya xonalari joriy ta’mirlandi. Tibbiyot bo‘limi gospitali kapital ta’mirdan chiqarilib, talab darajasida jihozlandi. 2018–2019-yillarda Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi uchun uch qavatli yangi bino qurildi. Binoning 1-qavati poliklinika uchun, 2–3 qavatlari gospital uchun ajratildi. 2019–2020-yillarda Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi, yaqinda Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi gospitali rekonstruksiya qilinib, to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi. Bu kabi qurilish-ta’mirlash ishlari Tibbiyot boshqarmasiga qarashli barcha davolash- profilaktika muassasalarida amalga oshirilgani bilan e’tiborlidir.
نمایش همه...
305👍 10🎉 4🔥 3👏 3
1
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🟦 🟥 25 - октябрь куни хизматда бўлиб ёки бошқа биронта сабабга кўра ижтимоий тармоқлар орқали тақдим этилган клип ва қўшиқларни ўтказиб юборганлар учун махсус таклиф. Барча янги клип ва қўшиқлар бир жойда 👇👇👇
نمایش همه...
44👍 3
КЛИПЛАРНИ ТОМОША ҚИЛИШ
03:35
Video unavailableShow in Telegram
“Янги Ўзбекистон Генераллари” | Фарход Қамбаров, ИИВ Ансамбли хонандаси @manaviyat_va_marifat_darsi
نمایش همه...
1029.mp4107.42 MB
👍 14 9🤔 2
Ulug‘ ajdodimiz o‘z asarlarida odamlarni ma’rifatga, ezgulikka targ‘ib qiladi, ilm o‘rganishga, kasb egallashga, yaxshi xulq egasi, shirinsuxan, saxovatpesha inson bo‘lishga undaydi. Xususan, «Pandnomai Moturidiya» («Moturidiy o‘gitlari») nomli risolasida «To‘g‘ri yo‘lning kaliti ilmdir», deya ta’kidlaydi. «Qurolingni ilmdan yasa» deb, har qanday vaziyatda ham ilm eng asosiy qurol – vosita bo‘lishini uqtiradi. Yana bir o‘rinda esa, «Diningni ilm bilan asragin» deb nasihat qiladi. Ma’lumki, muborak dinimiz insonlarni doimo tinchlikka, hamjihatlikka undab kelgan. Imom Moturidiy ham quyidagi o‘gitlari orqali tinchosoyishta umrguzaronlik qilishni targ‘ib qiladi: «Tinch yashay desang, yomonlikdan yuz o‘gir», «Yurt obodligini tilasang, ochiqqo‘l bo‘l», «Nifoq ilmsizlik belgisidir». Insoniy fazilatlar ichida kamtarlik xislati kishining kamolotga erishishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Allomaning «Birov maqtasa, kekkayma», «Shuhratparast bo‘lma», «Qalbingni hasad o‘ti bilan kuydirma», «O‘zingni maqtashdan tiyil», «Takabburlikni dev hisobla», «Yaxshilik qilganingni aytib yuruvchi bo‘lma» kabi o‘gitlariga ahamiyat bersak, bu bejiz emasligiga amin bo‘lamiz. Umr bo‘yi Samarqand madrasalarida mudarrislik qilgan. Islom ta’limoti sofligini asrashga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bobokalonimiz 944-yili vafot etgan. U Samarqandning Chokardiza qabristoniga dafn qilingan. Xullas, Imom Moturidiy ta’limoti nafaqat diniy, balki umuminsoniy qadriyatlarga ham asoslangan. U insoniyatni hamjihatlik va bag‘rikenglikka, tinchlik hamda totuvlikka chaqiradi. Bu g‘oyalar butun dunyo bo‘ylab ekstremizm va radikalizm xavfi kuchayib borayotgan bugungi kunda ham dolzarbligini aslo yo‘- qotmagan. Ulug‘ allomaning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yil 14-mart kuni «Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida«gi Prezident qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, alloma tavalludini islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda, yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Qaror ijrosi doirasida Samarqand shahrida «Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, «Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi va boshqa shu kabi ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuning barobarida, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan «Ta’vilot al-Qur’on», «Kitob at-tavhid» asarlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, alloma yubileyi munosabati bilan mazkur nodir manbalar o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilindi. Qolaversa, Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha 49 ta kitob, 46 ta risola, 12 ta monografiya chop etildi. Islom olamining buyuk mutafakkiri – Abu Mansur Moturidiyning ilmiy-ma’rifiy merosi nafaqat bizning, balki butun insoniyatning ma’naviy xazinasidir. Bu betakror meros hamisha insonlarni hidoyat sari yetaklaydigan manba bo‘lib qolajak. Kamol OLLOYOROV, o‘z muxbirimiz
نمایش همه...
78👍 2
44/2025 – mavzu IMOM MOTURIDIYNING MA’NAVIY MEROSI (Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi)
«Kalom ilmining sultoni», «Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan Imom Moturidiy o‘rta asrlarda – g‘oyaviy kurashlar avj olgan o‘ta murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini keng ochib beradigan noyob ilmiy-ma’rifiy asarlar yaratgani, turli zararli oqimlar va jaholatga qarshi mardona kurash olib borgani, hech shubhasiz, chinakam ma’naviy jasorat namunasidir. Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston – benazir allomalarga, aziz avliyolarga beshik bo‘lgan qutlug‘ zamin. Bu yurtdan yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkirlar umumbashariy taraqqiyotga benazir hissa qo‘shgan. Islom olamida «Hidoyatga boshlovchi imom» deya tanilgan olim Imom Moturidiy ana shunday buyuk ajdodlarimizdan biridir. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida katta nufuzga ega bo‘lgan diniy ulamo hisoblanadi. Alisher Navoiy unga «Buyuk ulamolar sultoni» deya yuksak baho berarkan, shunday yozadi: «Shayx Abu Mansur al-Moturidiy o‘z zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi alarni «Sulton al-muizzin» der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila orasta ermishlar». Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy taxminan 870-yilda Samarqand viloyatining Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni otasi Muhammad ibn Mahmuddan oladi. So‘ngra o‘sha davrda boshlang‘ich maktab ilmini o‘rgatuvchi Kuttobda, undan keyin Samarqanddagi madrasalarda o‘qiydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, buyuk vatandoshimiz fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan, shu sohaga oid ko‘plab asarlar yozgan. «Kitob at-tavhid», «Ta’vilot al-Qur’on» , «Kitobur-roddi alal Ka’biy», «Kitobu avhomil Mo‘- tazila», «Kitobur-raddi alar-Rofiza», «Al-Maqolot», «Al-Imamah», «Kitobul jadal», «Ma’oxizush-shariy’a», «Kitobul ma’quloti», «Ar-Rodu alal-qaromita», «Ta’vilatu ahlis-sunna» kabilar shular jumlasidandir. Afsuski, bu asarlarning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Alloma yashagan davrda Movarounnahrda to‘g‘ri yo‘ldan adashgan turli diniy guruh va firqalar ko‘paygani sababli ko‘plab ixtiloflar kelib chiqqan. Ularning aksari iymon-e’tiqod masalalari bo‘yicha bahs-u munozaralar tufayli vujudga kelgandi. Ana shunday vaziyatda Moturidiy islom dinining asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan. Xususan, alloma asos solgan moturidiylik ta’limoti oqilona aqidaviy yechimlari, mo‘tadillik, dunyoqarash erkinligi, aqliy tahlil va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari bilan yaqqol ajralib turadi. Imom Moturidiy o‘zining mashhur «Kitob at-tavhid» asarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda asos sifatida xizmat qiluvchi «bilish nazariyasi»ni to‘liq ochib bergan. Unga ko‘ra, hissiy bilimlar, aqliy mantiq va ishonchli ma’lumot ilm hosil qilishning poydevori sanaladi. Bu alloma ta’limotini zamonlar osha eskirmaydigan olamshumul xususiyatga ega bo‘lishida asosiy omil bo‘ldi. Shuningdek, olim «Ta’vilot al-Qur’on» nomli tafsirida muqaddas Qur’oni karim oyatlari ilmiy dunyoqarash, mantiqiy tahlil va ratsional tafakkur bilan hamohang ekanini ochib berishga katta ahamiyat qaratgan. Shu ma’noda, yuqorida nomlari tilga olingan ikki asar islomiy ilm-fan rivojiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shilgan.
نمایش همه...
310👍 6🔥 3🎉 3🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
🟦 🟥 25 - октябрь куни хизматда бўлиб ёки бошқа биронта сабабга кўра ижтимоий тармоқлар орқали тақдим этилган клип ва қўшиқларни ўтказиб юборганлар учун махсус таклиф. Барча янги клип ва қўшиқлар бир жойда 👇👇👇
نمایش همه...
34👍 21🔥 12🥰 1
КЛИПЛАРНИ ТОМОША ҚИЛИШ
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.A.Tashpulatovning 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi ——— Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазири, генерал-лейтенант А.А.Ташпулатовнинг 25 октябрь – Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан байрам табриги Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
نمایش همه...
👍 67 33🔥 7👏 6🥰 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga 25.10.2025 Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari! Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar! Siz, azizlarni 25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. davomi 👈
نمایش همه...
👍 135 36🔥 9
Tabrikni to'iq matni
Photo unavailableShow in Telegram
Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида ​​​​​​​Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони Мамлакатимиз ички ишлар органларидаги кўп йиллик самарали хизмати, юртимизда жамоат хавфсизлиги, халқимиз осойишталигини таъминлаш, тинчлик ва барқарорликни мустаҳкамлашга қўшган муносиб ҳиссаси, жиноятчиликка қарши курашиш, профилактика ишлари самарадорлигини ошириш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш йўлидаги ибратли фаолияти, ўз бурчини шараф ва масъулият билан адо этиб, мардлик ва жасорат намунасини кўрсатиб келаётгани, ёш авлодни Ватанга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбиялашдаги фаол иштироки учун қуйидагилар мукофотлансин:
نمایش همه...
71👍 60👏 11🔥 5👌 5🤡 5
МУКОФОТЛАНГАНЛАР РЎЙХАТИ
#Shonli_34_yil ❗️ Ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy maqomi qaysi hujjat bilan belgilanadi?Anonymous voting
  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
  • Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi Qonun
  • Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi
  • Maʼmuriy va jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidaki Kodeks
0 votes
👏 82👍 41 21💯 11
#Shonli_34_yil ❗️ Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyati qanday hujjat asosida amalga oshiriladi?Anonymous voting
  • Davlat himoyasi toʻgʻrisidagi Qonun
  • Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi Qonun
  • Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi Qonun
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi
0 votes
👏 47👍 23 18🤔 3🥰 2
#Shonli_34_yil ❗️IIO xodimlarining xizmat faoliyati qanday hujjat asosida tartibga solinadi?Anonymous voting
  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Umumharbiy Nizomi
  • Oʻzbekiston Respublikasi IIO toʻgʻrisidagi Qonuni
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qarori bilan
0 votes
👏 48👍 17 15🤔 1
#Shonli_34_yil ❗️Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat hokimiyati tizimining qaysi tarkibiga kiradi?Anonymous voting
  • Nazorat qiluvchi
  • Qonun chiqaruvchi
  • Sud hokimiyati
  • Ijro etuvchi
0 votes
👏 63 14🤔 6
#Shonli_34_yil ❗️Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni necha bob va moddadan iborat?Anonymous voting
  • 8 bob 49 modda
  • 7 bob 65 modda
  • 6 bob 52 modda
  • 8 bob 71 modda
0 votes
👏 52👍 24 15
#Shonli_34_yil ❗️Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?Anonymous voting
  • 1991-yil 16-sentyabr
  • 1991-yil 25-oktyabr
  • 1992-yil 14-yanvar
  • 2016-yil 16-sentyabr
0 votes
👏 47👍 34 18👌 2🤔 1
#Shonli_34_yil ❗️Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining birinchi tayinlangan Ichki ishlar vaziri kim boʻlgan?Anonymous voting
  • Vyacheslav Kamalov
  • Bahodir Matlubov
  • Zokirjon Almatov
  • Adham Ahmedbayev
0 votes
👏 72👍 34 15🤔 3🎉 1