fa
Feedback
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

رفتن به کانال در Telegram

Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
63 511
مشترکین
-2224 ساعت
-2697 روز
-55530 روز
آرشیو پست ها
#Shonli_34_yil ❗️Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining birinchi tayinlangan Ichki ishlar vaziri kim boʻlgan?Anonymous voting
  • Vyacheslav Kamalov
  • Bahodir Matlubov
  • Zokirjon Almatov
  • Adham Ahmedbayev
0 votes
👏 72👍 34 15🤔 3🎉 1
INSON SIYRATIDAGI OLIY TUYG‘U Vatanparvarlik insonning avlod-ajdodlariga, or-nomusiga, millatiga chuqur ehtiromi, vijdoniga, burchiga sodiqligidir. Yana u inson siyratiga qo‘shib yaratilgan oliy tuyg‘uki, o‘zlikka sadoqatdan kuch oladi, yuksaladi. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etishni maqsad qilgan xalqimiz shunday olijanob tuyg‘ular bilan yorug‘ manzillarga intilmoqda. O‘z taqdirini yurt taqdiriga daxldor deb bilgan yurtdoshlarimiz bu tuyg‘udan quvvat olmoqda. Shu elning farzandi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari yurt tinchligi, osoyishtaligi, taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida bor bilim hamda salohiyatini safarbar etmoqda. Ular Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilishga ham tayyor. Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga layoqatli, ma’naviy yetuk, ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, malakali xodimlar bilan jamlash choralari ko‘rilmoqda. Ayniqsa, tizim xodimlari o‘rtasida «Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i», «Eng yaxshi ekspert-kriminalist», «Eng yaxshi tergovchi», «Eng yaxshi profilaktika inspektori», «Eng yaxshi tezkor xodim», «Eng yaxshi murabbiy», «Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi», «Eng yaxshi kitobxon», «To‘maris izdoshlari», «Eng faol faxriy xodim» kabi o‘nlab tanlovlar an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Yosh xodimlarda burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini yuksaltirishda faxriylarning o‘rni benihoya katta. Bu borada, ayniqsa, ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan uch avlod uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. YUKSAK MA’NAVIYAT, YUKSAK KASB MAHORATI Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar tizimida ham yuksak malakali, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z burchiga, Vatanimiz va xalqimizga sodiq kadrlar islohotlar taqdirini belgilab beradi. Shu ma’noda, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga ko‘tarilayotgan bugungi sharoitda har bir xodimdan yetarli bilimga ega bo‘lish, muloqot va muomala madaniyatini oshirish, har qanday murakkab vaziyatda ham to‘g‘ri qaror qabul qilib, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarish uchun o‘z ustida tinimsiz ishlash talab etiladi. Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida soha xodimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar qatorida muomala madaniyatiga rioya etish, murojaat qilgan shaxs ni e’tibor bilan tinglash, qo‘pollik va loqaydlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, holatga xolisona va vijdonan yondashish orqali shaxsiy namuna ko‘rsatishlari lozimligi ham belgilangan. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbini sevadigan, xizmat burchiga sadoqatli, yurt tinchligi, xalq manfaati uchun xizmat qilishni oliy maqsadi deb biladigan chinakam fidoyi xodimlar ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli, sharaf bilan bajarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bundaylar esa tizimda ko‘pchilikni tashkil etadi. Azizjon FAYZIYEV, podpolkovnik. ✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing  📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing   🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🔽 2025 йил мавзулари /  2025 yil mavzulari
نمایش همه...
98👍 6🎉 3🤔 2👌 2👏 1
43/2025 – mavzu SHARAFI MASHAQQATIDAN USTUN (25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni)
Ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart. Shavkat MIRZIYOYEV
BEBAHO NE’MAT ...Subhidam. Oltin kuzning tarovati o‘zgacha. Poytaxt har domgidek g‘ala-g‘ovur, odamlar chumolidek qayoqqadir oshiqadi. Mahalla idorasida rais Qodir aka, profilaktika inspektori Nozimjon bugungi ish rejalarini maslahatlashardi. Ular birinchi galda ikkita notinch oilani murosaga keltirish lozim degan to‘xtamga kelishdi. To‘g‘ri-da, oila Vatan ichra kichik Vatandir, uning tinchligi yurt tinchligiga daxldor. Xalqimizda «Tinchlik bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer», degan naql bor. Darhaqiqat, insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘q. Yurt notinch bo‘lsa, to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yinkulgi tatimaydi. «Ne’matning qadri yo‘qolganda bilinadi», deydilar. Hozirgi kunda dunyoning turli hududlarida o‘zaro ziddiyatlar, urushlar oqibatida qancha-qancha odamlar jabr chekayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. EL DARD-U TASHVISHIDA Bugungi ichki ishlar organlarida xalq dard-u tashvishi bilan yashaydigan, xalqparvar xodimlar xizmat qilyapti. Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ichki ishlar organlari faoliyatini mutlaqo yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish, soha xodimlarining aholi bilan doimiy muloqoti va hamkorligini yanada mustahkamlash, tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod va xavfsiz mahalla» tamo yilini amaliyo tga ta tbiq e tish doirasida aholi o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini kuchaytirish choralari ko‘rilayotgani hamda jinoyatchilikni «mahallabay» tamo yili asosida jilovlash mexanizmi yaratilgani ijobiy natija bermoqda. So‘nggi yillarda barcha mahallalarda xavfsiz, tinch va osoyishta muhit yaratish choralari ko‘rilayotganini, hududlarda ilg‘or tajribalar amaliyotga tatbiq etilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Profilaktika, Patrul post va Probatsiya xizmatlari xodimlarining faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish, ularning bilim darajasini oshirish orqali hududlarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni profilaktika inspektorlari o‘z vaqtida aniqlashlari hamda mavjud muammolar mahalla yettiligi tomonidan samarali hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi va uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari yaratildi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy xavfli qilmishlarni fosh etish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi yondashuvlar tubdan o‘zgartirildi. Tizimdagi har bir rahbar va xodimning kundalik xizmat faoliyatida raqam va foizlar ortidan quvish emas, balki fuqarolarning haq-huquqlarini amalda himoya qilish birinchi galdagi vazifaga aylanmoqda. Soha xodimlarining obro‘-e’tiborini, nufuzini, imijini oshirish, ularning mas’uliyati va kasbiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha ham qator ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jinoyatchilikning yangi ko‘rinishlariga qarshi kurashish uchun ularda zarur ko‘nikmalar shakllantirilyapti. Tizimni to‘liq raqamlashtirish yo‘nalishida muhim qadamlar qo‘yildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ikki bosqichdagi «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilib, oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlarning 39 foizga kamayishiga erishildi. Hududlarda respublika huquq-tartibot idoralari rahbarlarining sayyor qabullari, aholi bilan bevosita muloqotlari muntazam o‘tkazib borilmoqda.
نمایش همه...
350👍 6👏 5🔥 4🎉 3😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
ТИЛНИ ВАТАН КАБИ АСРАМОҒ КЕРАК Мақола муаллифи. Ҳуршидбек Рўзиев Ички ишлар вазирининг маслаҳатчиси, подполковник https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
نمایش همه...
30👍 8🔥 6🤔 2
Ichki ishlar organlarida ham o‘zbek tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish, shuningdek, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatilib, fuqarolarga tegishli ma’lumotnoma, ruxsatnoma, guvohnoma va qayd varaqalari beriladi. Ushbu jarayonlar ham to‘liq davlat tili qoidalari asosida yuritilmoqda. Biroq ayrim o‘rinlarda hujjat loyihalarida imlo va grammatik xatoliklar ham kuzatilayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shu bois xodimlarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» bo‘yicha o‘quv kurslarida reja asosida doimiy tarzda o‘qitib borish ham ijobiy samara bermoqda. Vazirlikning ushbu markaz bilan amaliy hamkorligi natijasida 2023-yildan buyon har yili o‘rtacha 300 nafar xodim o‘quv kurslarida ishtirok etib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib kelmoqda. Qolaversa, tarkibiy va hududiy ichki ishlar organlari ma’muriy hududidagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, e’lonlar va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek imlosida va xatolarsiz yozilishini to‘liq ta’minlash borasida reja asosida monitoring o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Albatta, bu kabi amaliy harakatlar har bir xodimning mas’uliyatini yanada oshirib, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish va qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir xodim o‘z faoliyatida, ayniqsa, fuqarolar bilan bevosita muloqot jarayonida tilni to‘g‘ri qo‘llashi, xushmuomalalik bilan fikrni aniq yetkazishi kerak. Turli vaziyatlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirib yetkaza olish, muammoli holatlarni bartaraf etish, zarur kezda, adolatli qaror qabul qilish, eng asosiysi, odamlarning ichki ishlar tizimidan rozi bo‘lishlariga erishishda ham nutqiy mahorat va muomala madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar xodimning muomalasi samimiy, tili sof, nutqi ravon va aniq bo‘lsa, muloqot qilgan har bir inson va atrofdagilarda ijobiy taassurot uyg‘otishi tabiiy. Eng asosiysi, bugungi shiddatli zamonda har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashi, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylashi va rivojlantirishi muhim ekanligini unutmaslik zarur. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan, ajdodlarimizning qoni, jasorati, sabr-u matonati ila barhayot yashayotgan tilimizni asrash, uni ona Vatan, muqaddas tuproq kabi himoya qilish bugungi avlodning muqaddas burchidir. Xurshidbek RO‘ZIYEV, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, podpolkovnik. ✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing  📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing   🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🔽 2025 йил мавзулари /  2025 yil mavzulari
نمایش همه...
55👍 2
42/2025 – mavzu O‘ZBEK TILI – ONAJONIM TILI BU (21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni)
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shavkat MIRZIYOYEV
Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmat yil sayin ortib bormoqda. Bunday e’tibor Vatanini sevgan, o‘zbek ekanligidan faxrlanadigan, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglagan har bir yurtdoshimiz yuragida o‘zgacha quvonch, faxriftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi tabiiy. Prezidentimizning «Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir», degan fikrlari mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirishga qaratilgan ezgu ishlarning asl mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadidagi ushbu ezgu harakatlar ona tilimizga qayta jon baxsh etgandek bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni muqaddas qadriyat sifatida avloddan-avlodga yetkazish uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq, hozir ham kelajakni xorijiy til bilan tasavvur etadigan, endi bog‘chaga borayotgan farzandi bilan ham rus yoki ingliz tilida so‘zlashishni muvaffaqiyat, deb biladigan oilalar bor. Axir inson bolasi, avvalo, o‘z ona tilini bilsa, «Ona» so‘zini talaffuz qilib, Vatanni, muqaddas qadriyatlarni anglagach, boshqa tillarni o‘rgansa, to‘g‘ri bo‘lmaydimi? Boshqacha aytganda, poydevor milliy ruh bilan sug‘orilmasa, o‘nta tilni bilgan bo‘lsa-da, undan ertaga chinakam vatanparvar inson yetishib chiqishiga ishonish mumkinmi? Xorijiy til va o‘sha mamlakat madaniyatining shaydosi, yot ellarning qadriyatlarini ulug‘lovchi qavm yuzaga kelmaydimi? Yoki oilada o‘zbek tilida so‘zlashishni or bilgan millatdoshlarimizni kim deb atash mumkin? Bu – shu yurtda yashab turib, millatga xiyonat, ajdodlar ruhiga bepisand munosabat emasmi? O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov o‘zining «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida quyidagicha yozgandi: «Qancha ko‘p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... o‘lim oldida onasini ona tilida yo‘qlaydi...» So‘nggi yillarda «smart», «chellenj», «startap», «feyk», «press-tur» kabi boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar muloqotimizda ko‘p ishlatilmoqda. O‘zbek tilida ushbu so‘zlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi muqobillari ham mavjud. Biroq ko‘pchilik osonini qo‘llash yo‘lidan bormoqda. Taraqqiyot va ilm-fan rivojlanarkan, tilimizga yot so‘zlar kirib kelishi tabiiy. Asosiysi, o‘sha yangi so‘zlarni qo‘llashda ayni shu ma’noni anglatuvchi o‘z tilimizdagi so‘zlardan foydalanish, ularni targ‘ib etish, tushuntirish zarur. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-sonli bayoni bilan o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritilgan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatda motivatsiya – ruhlantirish, rag‘bat, aysberg – muztog‘, dostavka – yetkazish, link – havola, navigator – yo‘llagich, bodikamera – yonkamera, chellenj – chorlov, smart – aqlli kabi bir qator so‘zlar berilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar ilmiy muassasalardan tashqari, har bir vazirlik va idoralarda ham olib borilmoqda. Yangi so‘z va iboralarning tilimizdagi muqobil variantlarini topish va is te ’molga kiritish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarida iste’molda mavjud bo‘lgan, boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va atamalarning muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash borasida vazirlik Akademiyasi va Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan ham ilmiy o‘rganishlar olib borilib, takliflar kiritilmoqda.
نمایش همه...
280👍 10🔥 3🥰 3🎉 3👏 2
02:13
Video unavailableShow in Telegram
Ҳақиқатдан ҳам саволни зўри ва сардорни зўри, хеч кимда бўлмаган жавобни Учқун Тиллаев айтди
نمایش همه...
4.53 MB
👍 122 27🤔 19🔥 11
Тўғри жавоб бу ерда
Photo unavailableShow in Telegram
Чуқур маънога эга видео экан. Тезликни ҳуш кўрадиган айрим тоифаларга юбориб қўйинг
نمایش همه...
👍 41 37🔥 3👏 3🎉 1
Видеони кўриш
Кўрганман буни
Ҳурматли фойдаланувчиларимиз. Ажойиб янгилик... Турли банклардан 29 фоиздан баланд олган кредитларингиз бўладиган бўлса, Агробанк уларни ўша банкадан сотиб олади ва Сизга 28 (3 йилга) - 29 (4 йилга) фоизли кредитларга алмаштириб беришни таклиф қилади. Бунда сизни юқори фоизли кредитларингизни АГРОБАНК томонидан кам фоизли кредитга шундайлигича алмаштириб бериши хисобига ва сизни ойлик тўловларингиз ўзи ўзидан камаяди. Ипотека, Кредит карта, миқроқарз кредитларини таклиф қилади ** Мухаммадиев Бахриддин Агробанк АТБ Тошкент шаҳар филиали "Ахил ҳамкор" банк (манзилга келиш 👈) хизматлари маркази бошлиғи ✉️ 98 812-3-812 📲 99 812-3-812 ☎️ Вилоятликлар учун кол марказ 1216 📍ЛОКАЦИЯ 👈👈👈
نمایش همه...
42👍 11😁 4🤔 3🎉 2👌 1
O‘tgan yili 150 mingdan ziyod yigit-qiz xalqaro til sertifikatlarini olishdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p ekanligi alohida e’tiborga molik. O‘tgan yili o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari xalqaro miqyosda tan olingan 5 ta nufuzli fan olimpiadasida matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo‘yicha 1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Germaniyaning Gyottingen shahrida o‘tkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasidan oltin medal bilan qaytildi. Ilm avlodlar halqasida rivojlanadi, mamlakat ravnaqiga xizmat qiladi. Fan rivojida yoshlarning o‘rni alohida. Ilgari maktab bitiruvchilarining 9 foizigina oliy ta’lim muassasalariga qamrab olingan bo‘lsa, hozir qariyb 30 foizni tashkil etmoqda. Kelgusida bu ko‘rsatkich 50 foizga yetishi kutilyapti. Buning uchun yurtimizda yangi universitetlar ochilmoqda. Xorijiy universitetlar filiallari faoliyatini boshladi. Bu, albatta, juda quvonarli. So‘nggi yetti yilda O‘zbekistonda boshqaruv kadrlarining tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi. Bu yosh avlodning salohiyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasidir. Hozirgi vaqtda dunyodagi nufuzli oliygohlarda 2 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 nafari «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari «TOP-500» talik oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagani barchamizni, albatta, quvontiradi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri AQSHda «El-yurt umidi» stipendiatlari soni 500 nafardan oshgani yurtimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini tasdiqlaydi. Hozirda Google, Meta va dunyoning boshqa eng yetakchi kompaniyalarida o‘zbek yoshlarini ko‘rishimiz mumkin. Sog‘lom, bilimli, salohiyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir. Bugun yuksak maqsadlarni ko‘zlagan Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi har jabhada o‘z so‘zini aytayotgani esa yurtimiz istiqboli porloq ekanidan dalolatdir. Abror POYONOV, o‘z muxbirimiz. ✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing  📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing   🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🔽 2025 йил мавзулари /  2025 yil mavzulari
نمایش همه...
62🤔 4🔥 1
41/2025 – mavzu O‘ZBEKISTONNING OLTIN AVLODI Birinchi va Ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda. Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga qodirsiz. Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz! Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaqinda dunyoning mashhur axborot platformalaridan biri — CNNda bir qator buyuk o‘zbek allomalari haqida turkum maqolalar e’lon qilindi. Ushbu maqolalarda insoniyat taraqqiyotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ ajdodlarimizning matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot sohalaridagi kashfiyotlari hozirgi zamon texnologiyalari va ilmiy yutuqlarining asosiga aylangani e’tirof etildi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari bobokalonlarimiz alohida tilga olingan. Biz ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shu bilan birga, ularga munosib izdosh bo‘lish yo‘lida Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda. Xoh u ilm-fanda bo‘lsin, xoh sportda… Sport sohasidagi yutuqlar salmog‘i shu qadar ko‘pligidan, so‘nggi uch yillikdagi natijalarni misol qilib keltirish o‘rinli bo‘ladi. 2022-yil. Hindiston. O‘zbekiston faqat yakkakurash yoki sportning boshqa yo‘nalishlaridagina emas, balki intellektual sport turlarida ham o‘z so‘zini ayta olishini amalda ko‘rsatdi. 188 ta davlat jamoalari ishtirokida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida vakillarimiz g‘oliblikka erishgani barchamizga cheksiz iftixor bag‘ishladi. Bundan tashqari, turli musobaqalarda yosh shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ko‘p karra jahon chempioni, «yengilmas» deya ta’riflanadigan norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib, uni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgani dunyo nigohini tom ma’noda o‘ziga jalb qildi. O‘tgan yili Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlari ham O‘zbekiston uchun eng muvaffaqiyatli musobaqa bo‘ldi. Nufuzli musobaqada mamlakatimizdan 90 nafar sportchi ishtirok etib, 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston medallar hisobida 206 davlat orasida 13-o‘rinni, Osiyo bo‘yicha 4-o‘rinni, Markaziy Osiyo, MDH, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar orasida 1-o‘rinni egalladi. Chunonchi, 2024-yilda o‘zbek futboli rivojida yangi sahifa ochilib, 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz o‘z tarixida birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Joriy yilda esa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi finalida mezbon terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, haqli ravishda g‘alabaga erishdi. Joriy yilda uzoq kutilgan mundial orzusi ham ushaldi. O‘zbekistonning oltin avlodini tarbiyalash yo‘lida nafaqat sport, balki ilm-fan rivojiga ham sezilarli darajada e’tibor kuchaydi. Yoshlarga sifatli ta’- lim-tarbiya berish, chet tillarni o‘rgatish, kasb egallab, hayotda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish davlatimizning asosiy vazifasiga aylandi. Zamonaviy talablardan kelib chiqib, bu sohada ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 325 ming yigit-qizlar o‘qitilgan. Bu, shubhasiz, yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim va malakasini oshirishga xizmat qiladi. Ilm-fan, texnologiya, muhandislik kabi ustuvor sohalar uchun kvotalar oshirilib, «TOP-300»talik oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoshlarga 20 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kredit berilishi boshlandi. Mamlakatimizning yoshlarga oid siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti «Yoshlar – 2030» strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirgan. Shuningdek, yurtimiz Yoshlar taraqqiyot indeksida bu borada eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat deb topilgan.
نمایش همه...
303👍 9🔥 4🥰 4🤔 3👏 2🎉 2👌 1
Ҳурматли фойдаланувчиларимиз. Ажойиб янгилик... Турли банклардан 29 фоиздан баланд олган кредитларингиз бўладиган бўлса, Агробанк уларни ўша банкадан сотиб олади ва Сизга 28 (3 йилга) - 29 (4 йилга) фоизли кредитларга алмаштириб беришни таклиф қилади. Бунда сизни юқори фоизли кредитларингизни АГРОБАНК томонидан кам фоизли кредитга шундайлигича алмаштириб бериши хисобига ва сизни ойлик тўловларингиз ўзи ўзидан камаяди. Ипотека, Кредит карта, миқроқарз кредитларини таклиф қилади ** Мухаммадиев Бахриддин Агробанк АТБ Тошкент шаҳар филиали "Ахил ҳамкор" банк (манзилга келиш 👈) хизматлари маркази бошлиғи ✉️ 98 812-3-812 📲 99 812-3-812 ☎️ Вилоятликлар учун кол марказ 1216 📍ЛОКАЦИЯ 👈👈👈
نمایش همه...
51👍 12❤‍🔥 4👏 4🤔 4😁 2
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири, генерал-лейтенант Азиз Анварович Ташпулатовнинг байрам табриги Ички ишлар органлари таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари, соҳа фахрийлари ва устоз-мураббийлар ҳамда уларнинг оила аъзоларини 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этаман. Устоз деганда, ҳар биримизнинг кўнглимизда чуқур ҳурмат-эҳтиром ва чексиз миннатдорлик туйғулари билан бирга, ҳеч қандай бойлик билан ўлчаб бўлмайдиган қарздорлик ҳисси уйғонади. Муҳтарам Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев раҳбарлигида миллий тараққиёт стратегиямиз асосида бошқа соҳалар сингари таълим тизимида ҳам том маънода тарихий янгиланиш амалга оширилиб, устозларга кўрсатилаётган эҳтиром юксак даражага кўтарилди. Барчамизга маълумки, келажак – замонавий билим билан қуролланган чинакам ватанпарвар авлодникидир. Биз бу ҳақиқатни теран англаган холда ёш авлодни, шарафли касбимиз давомчиларини давр билан ҳамнафас, ҳар қандай қийинчиликка бардош бера оладиган мутахассислар этиб тарбиялашимиз зарур. Ишонаманки, вазирлигимиз тизимида фаолият кўрсатаётган азиз профессор-ўқитувчиларимиз, қадрли мураббийларимиз, ҳаётий тажриба ва амалий кўникмалар эгаси бўлган устозлар эл-юрт осойишталигига масъул бўлган ёш авлодни тарбиялашдек шарафли ишга муносиб ҳиссаларини қўшадилар. Ушбу шукуҳли айём муносабати билан барчангизни чин дилдан қутлаб, сизларга сиҳат-саломатлик, оилавий бахт, эзгу ва шарафли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилайман. Ҳамиша соғу омон бўлинг, азиз ва меҳрибон устозлар! Азиз Ташпулатов, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири, генерал-лейтенант.
نمایش همه...
75👍 22👏 14🔥 1🥰 1😁 1
Repost from INSPECTOR_UZ
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Талабларга биноан бу видео алоҳида шаклда каналга жойланяпти, устоз дегани шунақа бўлсада... @INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
نمایش همه...
11.29 MB
👍 68 32👏 5🔥 3🎉 1
✅ Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tmasligi, nomaqbul fotosuratlar qo‘yish, o‘zaro muloqotlarda hurmatsizlik qilish, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish singari salbiy holatlarga yo‘l qo‘yishini ham aytib o‘tish joiz. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda, u yerdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga iqror bo‘lib, so‘ngra qaror qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi moddiy va ma’naviy zarar keltirishini unutmasligimiz kerak. Misol uchun, yaqin do‘stimga yuboryapman, deb shaxsiy surat yoki ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmaslik oqibatida hamma ko‘- radigan joyga joyladingiz. Shu vaziyatda shaxsiy ma’lumotlaringiz boshqalarga oshkor bo‘lishi noqulaylik tug‘dirmasligi, obro‘yingizga putur yetkazmasligi, kimlardadir salbiy fikr uyg‘otmasligiga kafolat bormi? Yoki bo‘lmasa, bugun ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt dasturlari yordamida mashhur insonlarning nomidan sahifa ochib yozish holatlari o‘sha insonni obro‘sizlantirishga xizmat qilmaydi, deb o‘ylaysizmi? Sirasini aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviylashib, yangi avlod qurilmalari dunyo bo‘ylab keskin sur’atlarda ommalashib borayotgan bir vaqtda imkoni boricha shaxsiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiritgan ma’qul. O‘z sahifangizni begonalar kuzatmasligi uchun maxfiylik sozlamasini yoqish, boshqa bir qurilmadan ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga kirgan bo‘lsangiz, foydalanib bo‘lganingizdan so‘ng undan chiqib ketish singari oddiy xavfsizlik qoidalarini unutmaslik lozim. Profildan ma’lumotlarni saqlash ombori sifatida foydalanish xavfli. Xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ko‘char va ko‘chmas mulk hujjatlari, mobil banking va banklarning mobil ilovalariga kirish uchun login va parollar hamda elektron bilet, yo‘llanmalar va boshqalardan foydalanganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish zarur. Xalqimiz tilida «O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma», degan naql bejiz yaralmagan. Ijtimoiy tarmoqlar har birimiz uchun axborot dunyosi, biroq hushyorlik, ogohlik har soniyada zarur. Jahongir SA’DULLAYEV, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor. Gulnoza TURG‘UNBOYEVA, o‘z muxbirimiz. ✅ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 🔼 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 🕯 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing  📈 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing   🇷🇺 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🔽 2025 йил мавзулари /  2025 yil mavzulari
نمایش همه...
72👍 8🥰 2👏 2
40/2025 - mavzu AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATI Bugun axborot texnologiyalarining imkoniyatlari «soyasida» bo‘y ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlar axborot xavfsizligi masalasini qanchalar dolzarb mavzuga aylantirgani bor gap. Hayotimizning barcha jabhalarida yuksak texnologiyalar, raqamlashtirish asosida yaratilgan qurilmalar og‘irimizni yengil qilyapti. Bunday rivojlanish insoniyatga keng imkoniyat va qulayliklar yaratish barobarida, bir qancha xavflarni ham tug‘dirmoqda. Bu muammo birgina bizda emas, balki barcha rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda. Bugun biz oddiy elektron pochta (e-email) xizmati yoki ijtimoiy tarmoqlarda maktub yozib, uni kompyuter yoki telefondagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo‘natamiz. Ilgari an’anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish taqozo etilgan. Yana bir misol: hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali kunning istalgan vaqtida xohlagan buyum, kiyimkechakni, kafe, restoranlardan istalgan taomni sotib olish, uyimizgacha olib kelib berishlari uchun buyurtma qilish imkonimiz bor. Shuningdek, internet tarmog‘idan bizni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni olish, dunyo yangiliklaridan tezda xabardor bo‘lish, musiqa tinglab, jahon kinosidan bahramand bo‘lish, ijod namunalarimizdan tortib, reklamagacha joylashtirishimiz mumkin. So‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan barcha soha va tarmoqlarni raqamlashtirish borasidagi sa’yharakatlar natijasi o‘laroq, ortiqcha qog‘ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko‘rishishi, navbat kutish kabi noqulayliklar kamayishiga ijobiy ma’noda ta’sir ko‘rsatayotganini ta’ kidlash joiz. Internet, ijtimoiy tarmoqlar – axborotning cheksiz dunyosi, zamon bilan hamnafaslik vositasi. Biroq bunda insoniyatning imkonlari ortgani sayin shaxsiy, hatto biznes ma’lumotlarini almashishda ham xavotir uyg‘otadigan holatlar, aniqrog‘i, jinoyatlar va ularning turlari kundan-kunga «yangilanib» bormoqda. Avvallari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tan jarohati yetkazish, obyekt va shaxsiy xonadonlardagi o‘g‘irlik yoki oddiy aldov yo‘li bilan firibgarlik kabi jinoyatlar bilan to‘qnash kelardi. Bugun esa axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlardan aziyat chekib qolayotganlar salmog‘i ortib bormoqda. Shu bois ushbu masalaga mamlakatimizda hukumat miqyosida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, joriy yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unda kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni fosh etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish va qator tashkiliy-texnik choralarni ko‘rish belgilandi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining tashabbusi bilan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalarda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘linmalari, tezkor-qidiruv bo‘limlari, tergov, ekspert-kriminalistika hamda tashkiliy bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda soha mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi jinoyatlarning oldini olish va ularni «issiq izida» fosh etish bo‘yicha samarali fao liyat olib borishmoqda. Aytish joizki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy ma’- lumotlari daxlsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish va shaxsiy ma’lumotlar boshqalarning qo‘liga tushishi yoki oshkor bo‘lishida hushyorlik talab etiladi. Misol uchun, onlayn xizmatlardan foydalanganda, istalmagan holda, shaxsiy ma’lumotlar, deylik, bank kartasining parolini notanish kishiga oshkor qilish yaxshigina mablag‘ning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lgan holatlar kundalik hayotimizda ko‘plab kuzatilmoqda.
نمایش همه...
370👍 16🎉 3👏 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-сессиясидаги нутқидан иқтибос №8
نمایش همه...
33👏 13💯 5👍 3👌 2🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-сессиясидаги нутқидан иқтибос №7
نمایش همه...
17👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-сессиясидаги нутқидан иқтибос №6
نمایش همه...
8👍 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-сессиясидаги нутқидан иқтибос №5
نمایش همه...
16👍 3