fa
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

رفتن به کانال در Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
112 379
مشترکین
-35724 ساعت
-1 6297 روز
-6 85030 روز
آرشیو پست ها
#malaka_sinovi 📣 Hurmatli jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari diqqatiga! ✅ Xabaringiz bor, 25-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich jarayonlari oʻtkazildi. Birinchi bosqichda — boshqa fanlardan farqli ravishda mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5 ta) boʻyicha beriladigan 40 ta test topshirigʻining har biri 1 ball bilan baholandi (jami 40 ball). Ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) — musiqa madaniyati fani Madaniyat vazirligi hamda jismoniy tarbiya fani Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilangan va 60 ballik tizim asosida baholanadi. ❗️Yana bir muhim jihat! Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qaroriga koʻra: jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etishadi. ⚡️ Bunda tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari pedagoglariga yuqorida keltirib oʻtilgan 40 ta test savollariga qoʻshimcha ravishda pedagogik mahorat boʻyicha 10 ta test savoliga javob berishdi (jami 50 ta savol). "Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha beriladigan sinovlar (50 ta savol) quyidagi tartibda baholandi: mutaxassislik fanidan — 35 ta savol (har biri 3,1 baldan); pedagogik mahorat boʻyicha — 10 ta savol (har biri 2,1 baldan); kasb standarti boʻyicha — 5 ta savol (har biri 1,1 baldan). ❗️ Eʼtibor bering! Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fanlari oʻqituvchilarining malaka toifa sinov natijalari faqat mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha baholandi (40 ta savol, har bir toʻgʻri javob uchun 1 baldan, jami 40 ball). Pedagogik mahorat fanidan olingan ballar malaka toifasi sinovi natijalariga qoʻshilmadi. ⚡️ Agar pedagog “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashishni istamasa, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta test topshirigʻini bajaradi va bu attestatsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi. “Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar pedagogik mahorat boʻyicha qoʻshimcha 10 ta savolga javob berdi (shuningdek, qo‘shimcha vaqt ham ajratilgan). 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
❗️“Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha test natijalari hisoblanishiga doir izoh berildi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Attestatsiya va “Yil oʻqituvchisi” tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlarining dastlabki natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi. Test topshiriqlarining birinchi bloki 40 ta savoldan iborat boʻlib, shundan: 35 tasi mutaxassislik (asosiy) faniga, 5 tasi kasbiy standartga oid savollardir. Bu savollar test variantlari avtomatik generatsiya qilinish jarayonida aralashtirilgan holda joylashtirilgan. Natijalarni hisoblashda 1–35-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar 3.1 ballga, 36–40-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar esa 1.1 ballga koʻpaytirilishi kerak edi. Ammo variantlarda 1–40 raqamlar oraligʻida mutaxassislik va kasbiy standartga oid savollar aralashib tushgani kuzatilgan. Natijada baʼzi hollarda kasbiy standart savollari uchun 3.1 ball, mutaxassislik fanlari uchun esa 1.1 ball bilan hisoblangan. Keyingi bosqichda tizimda ushbu texnik xatolik bartaraf etilgan pedagogning natijalariga bloklar kesimida (mutaxassislik va kasbiy standart alohida) qayta aniqlik kiritildi. Natijalar standart koeffitsiyentlar asosida qayta joylashtirilib chiqildi. Shu bilan birga, bu tuzatishlar attestatsiya natijalariga va toʻgʻri javoblar soniga taʼsir koʻrsatmaganligini alohida taʼkidlaymiz. 2-bosqich Pedagogik mahorat boʻyicha (10 ta test topshirigʻi) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball berilgan. Pedagogik mahoratdan tushgan 10 ta savolda barcha ballar toʻgʻri joylashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga tushgan savollar soni — mutaxassislik fanidan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta — hech qanday oʻzgarishga uchramagan. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️“Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga izoh berildi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda oʻtkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan. Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qoʻshiladi. Test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo boʻladi. Unda sinov natijalarining “Yil oʻqituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida maʼlumot berilgan. Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan soʻng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi: 1. Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi boʻyicha; 2. “Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha natijalar — toʻgʻri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball koʻrinishida. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
⚡️Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun toʻlov miqdori 50 foizga tushirilishi taklif qilinmoqda. 📃Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori (Loyiha) Davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanadajadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ–286-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin: ... davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllash.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional vamaktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshisidagi “bir baravari” soʻzlari “ellik foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
hozirgi 412 ming soʻm oʻrniga - 206 ming soʻm (370 ming 800 soʻm oʻrniga - 185 ming 400 soʻm)
P.S. Mazkur tashabbus joriy yilning 15-sentyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan oʻtkazilgan muloqotda taklif qilingan edi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
❗️Malaka toifa sinovlarida qatnashadigan pedagoglar ro‘yxati 📆 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlarining pedagoglari uchun pedagogik mahorat sinovlari bo'lib o'tadi. Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin: ➖Qoraqalpogʻiston RespublikasiAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSirdaryo viloyatiSurxondaryo viloyatiFarg‘ona viloyatiXorazm viloyatiToshkent viloyati Toshkent shahri 🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga rahbar tayinlandi Joriy yilning 4-noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yigʻilishini oʻtkazdi. Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi oʻqib eshittirildi. Mazkur farmoyishga koʻra Risyukova Yuliya Vasilyevna Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Hilola Umarova Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga doir belgilab berilgan dolzarb vazifalarga toʻxtalar ekan, markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish boʻyicha topshiriqlar berdi. Yigʻilish davomida markaz oldiga qoʻyilgan vazifalar va taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yakunda taʼlim sohasidagi islohotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Yuliya Vasilyevnaga soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatida omad tilaymiz! Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
❗️Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi 📃Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔎Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi. Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi. 🔗Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi. Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Biroq, bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno. 📌Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 2025-yil 4–5-oktabr kunlari geografiya, kimyo va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada Namangan viloyatida matematika fanidan oʻtkazilgan test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilgani uchun ushbu hududdagi 2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17/1-bandiga asosan bekor qilindi. Test sinovi natijalari bekor boʻlgan talabgorlarga ularning xohishiga koʻra amalga oshirgan toʻlovi qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi. Bunda amalga oshirgan toʻlovini qaytarib olish istagida bo‘lgan talabgorlar 16-noyabr kuniga qadar https://my.gov.uz/uz/service/914 havolasi orqali ariza bergan holda to‘lovini qaytarib olishi mumkin. Ushbu muddat ichida ariza bermagan talabgorlar uchun 2025-yil 23-noyabr kuni soat 09:00 da Agentlikning Namangan viloyatidagi binosida qayta test sinovlari tashkil etiladi.
نمایش همه...
01:54
Video unavailableShow in Telegram
❗️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi!
👉 Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 656 171 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Maktab, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
10-noyabr — Namangan viloyati, Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida; ➖11-noyabr — Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida; ➖12-noyabr —Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida; ➖13-noyabr —Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 71-umumta’lim maktabida; ➖14-noyabr —Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida; ➖17-noyabr —Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabida; ➖18-noyabr —Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabi hamda Xorazm viloyati Urganch shahridagi 22-umumta’lim maktabida; ➖19-noyabr —Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 52-umumta’lim maktabida; ➖20-noyabr —Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida; ➖21-noyabr —Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 30-umumta’lim maktabida; ➖22-noyabr —Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-umumta’lim maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.
✈️ Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Jadidlar-hududiy rolik+(iPad).mp434.61 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ Va nihoyat! Kimyo ustozi oylik maoshini 50% ga oshirishi uchun yangi A-level xalqaro sertifikati joriy qilindi! Qo’lga kiritish milliy sertifikatga nisbatan ancha oson, ingliz tilini bilishingiz shart emas. 🎁 Buni 2 kunlik onlayn masterklassda BEPUL o'rgataman. Men 6 yillik tajribaga ega kimyo ustozi Abduraufxon, kimyo ustozlarini ingliz tilini bilmasada 0 dan xalqaro sertifikatga tayyorlab kelaman va ular eng yuqori ballarni olishgan! 5-6-noyabr masterklassda: ✅ A-level xalqaro sertifikati va uni qanday olish yo'lini; ✅ Kimyoda qiyin masalalarni oson yechishni; ✅ Boshqa sertifikatlarni olish uchun vaqtni to'g'ri taqsimlab, barcha ishlarizga birdek ulgurish yo'llarini o'rgataman. 👨🏻‍🎓 Agarda siz abituryent boʻlsangiz, A-Level sertifikati bilan istalgan oliygohga imtihonsiz kira olasiz! Masterklass BEPUL, lekin vaqt kam qoldi! Kanalga qo'shiling 👇👇👇
نمایش همه...
Masterklassga BEPUL qo'shilish ✅
Bepul ishtirok etish 🔥
🔄Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilarning o‘qishini ko'chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshiriladi 📆 Arizalarni joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali tez va oson yuborishingiz mumkin. ➡️A]rizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://transfer.piima.uz/application 📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi; ➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi); ➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi; ➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi.
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilariga davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi. ❗️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin. 📌 Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#tayinlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Kalmuratov Timur Nagmetullayevich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi direktori etib tayinlandi. T. Kalmuratov 1986-yilda tug‘ilgan. Informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi mutaxassisi. Tayinlovga qadar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifasida xizmat qilgan. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda malaka-sinov (attestatsiya) jarayonlari haqida turlicha fikrlar, bahslar paydo bo‘lmoqda. Hurmatli pedagoglar! Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar test jarayonining o‘zida platforma orqali tegishli test topshirig‘i bo‘yicha e’tirozlarini yozib qoldirishlari mumkin. Shuningdek, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifalari orqali yoki yozma shaklda apellyatsiya murojaatini yuborish huquqiga ega. Vazirlik har bir test topshirig‘i va bildirilgan e’tiroz yuzasidan asosli izoh berishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Buning uchun (71) 207-79-79 telefon raqamlari ham doimiy ishlab turibdi. Afsuski, jarayondan o‘z foydasi yo‘lida foydalanishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. Yetarli ball to‘play olmagan pedagoglardan turli chora-tadbirlar uchun (advokat xizmati 100 mln so‘m) mablag‘ yig‘ishga da’vatlar, attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish bilan bog‘liq turli asossiz takliflar hamda ayrim test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari sodir bo‘lmoqda. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Vazirlik har bir murojaatlarni ko‘rib chiqib, izoh berishga tayyorligini yana bir bor eslatadi. Agar taqdim etilgan izohlardan pedagog qoniqmasa, u holda sud tartibida murojaat qilish imkoniyati mavjud. Bunday hollarda nizolar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, OAV bilan ham hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligimizni ham ma’lum qilamiz. Yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Hurmatli pedagoglar, unutmang, faoliyatingizga doir har bir muvaffaqiyat o‘z bilimingiz va kasbiy salohiyatingiz ortidan keladi. Vazirlik doimo o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, pedagoglarning huquq va manfaatini himoya qiladi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? ( yoki Toifa Sertifikatlari qachon tarqatiladi?) 📌 Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning roʻyxati tasdiqlanadi. Roʻyxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi. 📘Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi. 🔗Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga borish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida joylashgan shaxsiy kabinetiga kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin. ❗️Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi. P.S. Avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirigi kuni 30-noyabr hisoblanadi (demak, 30-noyabrdan boshlab bir oy ichida Sertifikatlar generatsiya qilinadi, aniqrogʻi dekabr oyining oxirigi ish kunlarida...)! 🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ Va nihoyat! Kimyo ustozi oylik maoshini 50% ga oshirishi uchun yangi A-level xalqaro sertifikati joriy qilindi! Qo’lga kiritish milliy sertifikatga nisbatan ancha oson, ingliz tilini bilishingiz ham shart emas. 🎁 Buni 2 kunlik onlayn masterklassda BEPUL o'rgataman. Men 6 yillik tajribaga ega kimyo ustozi Abduraufxon, kimyo ustozlarini ingliz tilini bilmasada 0 dan xalqaro sertifikatga tayyorlab kelaman va ular eng yuqori ballarni olishgan! 5-6-noyabr masterklassda: ✅ A-level xalqaro sertifikati va uni qanday olish yo'lini; ✅ Kimyoda qiyin masalalarni oson yechishni; ✅ Boshqa sertifikatlarni olish uchun vaqtni to'g'ri taqsimlab, barcha ishlarizga birdek ulgurish yo'llarini o'rgataman. Masterklass BEPUL, lekin vaqt kam qoldi! Kanalga qo'shiling 👇👇👇
نمایش همه...
Masterklassga BEPUL qo'shilish ✅
Bepul ishtirok etish 🔥
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni Xabaringiz bor, 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 📆 Talabgorlar ingliz, nemis, arab, turk, ispan, xitoy, urdu, pushtu tillaridan imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 1-noyabrga qadar (shu kuni ham) davom etdi. 📌 To‘lov qilish 2-noyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 15-16-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Chet tili imtihoni uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
02:22
Video unavailableShow in Telegram
❗️Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi o'tkaziladi 📆Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi 1-guruh fanlari boʻyicha reja-grafik asosida 24-29-noyabr kunlari o‘tkaziladi.   Olimpiada an’anaviy tarzda 1-guruh (matematika, fizika, kimyo va biologiya) fanlaridan o’zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 turda: yozma va test shaklda tashkil etiladi.   🖼 Yozma ish – 5 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, 180 daqiqa vaqt ajratiladi.   2-turda ochiq va yopiq shaklda 30 ta test topshiriqlari uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.   🔹Informatika fani 1 turda o'tkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala taqdim etiladi. Uni onlayn platformada yechish uchun 240 daqiqa vaqt ajratiladi.   Kimyo fani ishtirokchilari o'zlari bilan Mendeleyev davriy jadvalini, kimyo va fizika fani ishtirokchilari esa kalkulyator olib kirishlari mumkin. Matematika fani ishtirokchilariga qalam, chizg‘ich, o’chirg’ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat beriladi.   📌Ishtirokchilar olimpiadaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), maktabning maxsus ma’lumotnomasi va ruchka bilan kelishlari lozim. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
02202002.mp484.86 MB
❗️Endilikda o‘quvchining dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘qish davri ularning umumiy mehnat stajiga kiritiladi. Shuningdek, dual ta’lim tizimida o‘qiyotgan o‘quvchilarga maxsus platforma orqali har oylik stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ har oylik stipendiya bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi; ➖ stipendiya Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumlarga ajratiladi; ➖ agar o‘quvchining kasbiy ko‘nikmalari yoki intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya to‘lovlari to‘xtatiladi. Dual ta’limdagi o‘quvchilarga to‘lanadigan stipendiya bilan bog‘liq xarajatlar ularning amaliyot o‘tash uchun ajratilgan mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, qarorga muvofiq: 🔹 davlat xaridlarida texnikumlar ishlab chiqargan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga 15 foizlik preferensiya beriladi; 🔹 davlat organlari va tashkilotlariga texnikumlarni jalb etgan holda quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini autsorsing asosida tashkil etish huquqi beriladi: ➖ kompyuter texnikalari, isitish, sovutish va elektr energiyasi tizimlari, shunindek, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish; ➖ ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; ➖ Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishilgan boshqa yo‘nalishlar. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Texnikumlarda 1 nafar ishlab chiqarish ustasiga 20 nafar o‘quvchi nisbati belgilandi Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilandi. Bunda ushbu tizim: 🔹 2026/2027-o’quv yilida Kasbiy taʻlim agentligi tomonidan tanlangan 50 ta; 🔹 2027/2028-o‘quv yilidan esa qolgan barcha texnikumlarda joriy etiladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratiladigan ish haqi fondini hisoblashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga teng miqdorlarda olinadi. Shuningdek, texnikum direktoriga ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida: ➖ ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari sonini tasdiqlash; ➖ mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama va qo‘shimchalarni mustaqil belgilash huquqi beriladi. Bunda bir nafar xodimning oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha belgilanishiga ruxsat beriladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
RASMIY MUNOSABAT ❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bogʻliq xabarlar tarqalmoqda. ❓Xoʻsh, bu qanchalik asosli? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Atabekov bu masalaga quyidagicha oydinlik kiritdi:
💬 Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Avvalo, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining shu yil 26-sentyabrdagi qarori asos qilib koʻrsatilyapti. Hujjat sanasiga eʼtibor bering: u sentyabr oyida imzolangan. Aslida, har yili mavsumiy oʻtkir respirator kasalliklar va gripp avj olishidan oldin bu kabi qarorlar qabul qilinib, joylardagi muassasalarga tegishli tavsiyalar berib kelinadi.
Qarorda epidemik vaziyat murakkablashganda tibbiy niqob taqish belgilangan. Hozir epidemik vaziyat barqaror, shunday ekan, maktablarda yoppasiga niqob taqish zarurati yoʻq. Agar guruhda kasallangan bolalar boʻlsa, oʻsha bemor bilan muloqotga kirishish ehtimoli bor joylardagina niqob taqish tavsiya etiladi. 📌 Havo-tomchi yoʻli bilan yuqadigan kasalliklarda imkon qadar ijtimoiy masofa saqlash va muloqot davrida niqobda boʻlish maqsadga muvofiq. ❗️Hujjatda aytib oʻtilgan tibbiy niqob taqish tartibi joylarda vaziyatga qarab hal qilinadi. Buni zinhor yoppasiga shunday tartib joriy qilinyapti, deb talqin qilmaslik kerak. ✅ Shu maʼnoda, mazkur qarorga joylardagi epidemik vaziyat qay darajada murakkab yoki murakkab emasligidan kelib chiqib, tegishli chora qabul qilish uchun moʻljallangan odatiy hujjat sifatida qaralishi zarur. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...