Yoshlar ishlari agentligi
رفتن به کانال در Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

247 868
مشترکین
-1 03724 ساعت
-6 7097 روز
-37 09330 روز
آرشیو پست ها
⚡️Yoshlar ishlari agentligi va “Adolat” SDP o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi
Bugun Adolat sotsial-demokratik partiyasining “Yosh adolatchilar” qanoti Respublika kengashining V hisobot-saylov konferensiyasi doirasida yoshlar masalalariga oid muhim tashabbuslar muhokama qilindi.
Konferensiyada Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Robaxon Maxmudova so‘zga chiqib, yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini, yoshlar esa islohotlarning muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylanib borayotganini ta’kidladilar.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va “Adolat” SDP o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, barcha yoshlarga teng imkoniyatlar yaratish hamda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 22❤ 14🏆 1
01:11
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!
Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.
Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.
Shuningdek, onlayn translyatsiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:
Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: fb.com/Mirziyoyev
Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
👍 26❤ 16
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yoshlar festivali – birga ro‘yxatdan o‘tamiz!
Ayni vaqtda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida vazirlik va idora tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Census” kubogi intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur festival “Birga ro‘yxatdan o‘tamiz, birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida tashkil etilmoqda.
📹Jonli efirda YouTube
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Respublikamizdagi xalqaro B2 va C1 sertifikatini olishni istagan barcha ingliz tili ustozlari uchun ajoyib yangilik — “1000 Ustoz Granti”!
⚡ Xalqaro TOEFL test markazi, My School, Ibrat Farzandlari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 1000 nafar ingliz tili ustozlari uchun GRANT asosida 2 oylik TOEFL imtihoniga tayyorlov kurslari tashkil etildi.
😮 Ushbu imkoniyat orqali ustozlar:
- o‘z kasbiy malakalarini oshirishlari,
- hamda davlat tomonidan berilayotgan 50% ustama haqini osongina qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.
👇 Grant ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi kanalga obuna boʻling va havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring!
📌@toeflexamuz
🔗So'rovnomani to'ldirish
❤ 36👍 16🔥 3⚡ 2🏆 2
01:01
Video unavailableShow in Telegram
❄️ Bolajonlar uchun ajoyib yangilik! “Mo‘jizaviy maktublar” loyihasi boshlandi
24-dekabrdan 31-dekabrgacha davom etadigan “Mo‘jizaviy maktublar” loyihasida bolajonlarni faol ishtirok etishga taklif etamiz. Mazkur loyiha bolalarning eng ezgu orzu-istaklarini ifoda etish hamda ularni kelajak sari yo‘naltirish uchun betakror imkoniyat yaratadi.
❄️ Sizga mo‘jizaviy maktubingizni yozishda yordam beradigan ba’zi savollar: 1. Sizning orzuyingiz nima? Uni tasvirlab bering! 2. Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lmoqchisiz va nega aynan shu kasbni tanladingiz? 3. Qaysi mashhur shaxs (yozuvchi, olim, sportchi, san’atkor va b.) bilan uchrashishni xohlaysiz? Ushbu savollarga javob berib, o‘z mo‘jizaviy maktubingizni yarating.✔️Quyidagi havola orqali @Mojizaviymaktublar o‘z maktubingizni yo‘llang. • Yuqoridagi savollarga javob berib, orzularingizni o‘z bayon eting. Loyihada 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
21.19 MB
❤ 34👌 4⚡ 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o’qing!
🗞 Gazetasining ushbu sonida;
🟢Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi;
🟢Ochiq muloqot;
🟢Qishning oppoq lahzasi;
🟢“Pizik” yoshlar;
🟢“El-yurt umidi” jamg‘armasi: tanlov tizimidagi tizimli muammolar;
🟢Harvardga 100% grant;
🟢Prezident bilan samimiy uchrashuv;
🟢Taʼlim frontining “fruyeri”;
🟢Mohir fortepianochi.
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Rivojlanish
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 9⚡ 3
00:41
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Mahallalardagi eng faol yoshlar yetakchilari taqdirlandi
Bugun “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi-2025” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yetakchilar mahallalarda davlat siyosatini izchil amalga oshirib, yoshlar bilan bevosita muloqot qilayotgan, ularning muammo va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgan Prezident vakillari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ular bugun davlat va yoshlar o‘rtasidagi ishonchli va mustahkam ko‘prik, ertangi islohotlarning tayanchi ekanligi yana bir bor e’tirof etildi.
👉G‘oliblar bilan tanishing!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Eng namunali taqdirlash TG.mp421.78 MB
❤ 43🔥 24👍 8⚡ 3❤🔥 1
⚡️“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi
Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod” saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol, tashabbuskor va fidoyi yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini e’tirof etish, shuningdek ularning ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, huquqni muhofaza qilish hamda harbiy sohalardagi yutuqlarini munosib baholashga qaratildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 44👍 18🔥 7❤🔥 3🕊 1
