Yoshlar ishlari agentligi
رفتن به کانال در Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

247 764
مشترکین
-1 03724 ساعت
-6 7097 روز
-37 09330 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Iqtidor sinovdan o‘tdi, g‘oliblar aniqlandi
🎼Ilk bor o‘tkazilgan “Mohir fortepianochi” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Mamlakatimiz bo‘ylab minglab yoshlarni qamrab olgan ushbu loyiha yana bir bor yosh ijrochilar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Sahnada o‘z mahoratini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bu tanlov — shunchaki musobaqa emas. Bu yoshlar uchun o‘z iste’dodini kashf etish, sahnaga chiqish va o‘ziga ishonchni mustahkamlash imkoniyatidir.
👉G‘oliblar bilan tanishing
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Xushxabar: Prezident maktabi o‘quvchisi SAT’dan maksimal ball oldi
Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etdi.
Ma’lumot uchun, SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni 400-1600 ball oralig‘ida baholanib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanadi.
Shuningdek, Muxtorjon Mo’ydinov bundan avval IELTS xalqaro til imtihonidan 8.0 ball natijani qo‘lga kiritgan.
👏Yoshlarimizning bunday yutuqlari ularning bilimga bo‘lgan intilishi va salohiyatining yaqqol ifodasidir.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
01:23
Video unavailableShow in Telegram
⚡️“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi
Bo‘stonliq tumanida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan faol yoshlar yetakchilari o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlar, ilg‘or tajribalar va tashabbuslarini namoyish etmoqda.
Tanlov yoshlar yetakchilari faoliyatini har tomonlama sarhisob qilish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, eng faol va tashabbuskor yetakchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
IMG_1027.MP430.13 MB
❤ 43👍 11🔥 7⚡ 2
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#YoshlarInside
Bilim – eng kuchli investitsiya. Ayniqsa, yoshlar uchun!
📚 Mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish va yoshlarni sifatli bilim bilan ta’minlash maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha doirasida eng sara ilmiy-ommabop asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yoshlar uchun ochiq manbaga aylanmoqda.
📹Natijalar videoda!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
7-son tg.mp424.93 MB
👍 23❤ 11❤🔥 2💯 2⚡ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Pitch qilishni ko’rib o’rganishga nima deysiz?
Esingizda bo‘lsa, biz ekologik startaplar uchun maxsus arena va “The Art of The Pitch” kursini e’lon qilgan edik. Endi navbat Demo Day bosqichiga.
Startup Arena #Eco
👉Batafsil ma’lumot uchun shu matn ustiga bosing
Ertaga, 23-dekabr kuni 14:00da sizlarni Yoshlar ishlari agentligining Press klubida kutamiz.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting👇
https://forms.gle/QsnMFyu7KfQ2kNHK7
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 35🔥 8👍 5🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥Biz 100K bo‘ldik!
⚡️Yoshlar ishlari agentligining Instagram sahifasi 100 ming kuzatuvchidan oshdi!
Bu faol, tashabbuskor va kelajakka befarq bo‘lmagan yoshlarning ishonchi va qiziqishidir.
Agar siz ham yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tanlovlar va loyihalar, kreativ hamda foydali kontentlarni birinchilardan bo‘lib bilishni istasangiz Instagram sahifamizni kuzatib boring!
📱👉https://www.instagram.com/yoshlaragentligi
“Yetakchi Camp”ning 3-mavsumi start oldi
⚡️Mahallalarda faoliyat olib borayotgan eng faol 100 nafar yoshlar yetakchisi Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Yetakchi Camp” o‘quv-seminarining 3-mavsumida bir joyga jamlandi.
Ushbu o‘quv oromgoh yoshlar yetakchilarining kasbiy va shaxsiy rivojini ta’minlash, ularni zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, samarali kommunikatsiya, media savodxonlik hamda innovatsion fikrlash ko‘nikmalari bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Besh kunlik intensiv dastur doirasida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda HR menejment, soft skills va liderlik, loyiha boshqaruvi, nutq va ta’sirchan muloqot, startaplar hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amaliy trening va mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
⚡️Tibbiyot sohasidagi yoshlar bilan ochiq muloqot
Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Shuningdek, Agentlik direktori, universitet rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar uchrashuvi” ham bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ko‘plab yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, shuningdek, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdi.
Uchrashuvda ilgari surilgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mentorlik qilish hamda kelajagi bor tashabbuslarga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 33❤ 21🏆 10
Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi muhokama qilindi
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisda talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.
Unda oliy ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
👉 Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 34👍 15🕊 1
⚡️Ayni paytda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivoji, ularning liderlik salohiyatini oshirish, shuningdek, tibbiyot yo‘nalishidagi yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.
#Live
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 44❤ 21🔥 8🏆 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqi
Prezident nutqida yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, davlatimiz rahbari mintaqada yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidladi:
“Yoshlar hamjamiyatlari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz.”🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 45👍 18❤🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing
✅Bugun, 19-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi binosida korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Brifingda Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 30⚡ 20👍 13🎉 3🔥 2
“Intellektual olimpiada” yakunlandi
Poytaxtimizda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqalari yakuniga yetdi.
Musobaqa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida o‘tkazildi.
🏆Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 5 mlrd 400 mln so‘mni tashkil etdi. Prezident sovg‘asi sifatida umumjamoa hisobida:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti (2 mlrd so‘m);
2-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m);
3-o‘rin: Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m) taqdirlandi.
Shuningdek, “Zakovat” g‘oliblari uchun magistraturaga imtihonsiz qabul hamda oylik stipendiya kabi imkoniyatlar belgilangan.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 36⚡ 28🏆 10❤🔥 1🎉 1
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Imperatori Naruxito hamda Yaponiya Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
reels_imperator_tg_new2.mp465.13 MB
👍 45❤ 29🔥 4🎉 2
00:22
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇯🇵Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #vatandoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
25.48 MB
❤ 63👍 41🤩 9❤🔥 8😍 6
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Marrani “Mutolaa”dan boshlang!
🔶Mutolaa loyihasidan yana bir yangilik. Endi siz har kuni kamida 5 daqiqa kitob o‘qib, ilovada o‘zingiz uchun yashil makon yaratishingiz mumkin.
🌿“Marra” tizimi innovatsion va motivatsion yondashuv asosida ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi davomiy mutolaa jarayonida ilovada nihol ekadi. Kitob o‘qish davom etar ekan, nihol o‘sib daraxtga, daraxtlar esa donishmandlik bog‘iga aylanib, foydalanuvchining shaxsiy “yashil makoni”ni hosil qiladi.
Bu tizim kitobxonlarga kitob mutolaa qilish odatini shakllantirish va ko‘proq kitob o‘qishga yordam beradi!
✔️Havola orqali ilovani yangilab oling: Mutolaa ilovasini yuklash
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 40👍 12⚡ 5🔥 1
Yoshlar siyosatini hududlarda samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
✅Avval xabar berganimizdek, Bo‘stonliq tumanida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘lim rahbarlari uchun o‘quv-seminar davom etmoqda.
Bugun seminar doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hududlarda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan hududiy mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hududlarda yangi tashkil etilgan yoshlar markazlari faoliyati, ta’lim va tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 71❤ 30🔥 6🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
Erta tongdan gazeta o‘qish kunni bilim va xabardorlik bilan boshlashga yordam beradi.
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasini yangi soni bilan tanishing
🟢II o‘quv markazlari forumi;
🟢510 nafar yosh taqdiri;
🟢Milliarder o‘quvchilar;
🟢Mobil operatorlarning tili birmi?
🟢Ijtimoiy tarmoqlar global xavfsizlikning bir qismi;
🟢Aylanma iqtisodiyot resursi
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Liderlik #Rivojlanish
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 40👍 15⚡ 7❤🔥 5🔥 2
Hududiy boshqarma va bo‘lim boshliqlari uchun o‘quv-seminar
✅Yoshlar bilan ishlashning kompleks chora-tadbirlarini belgilash, yoshlar siyosatida yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash, yoshlarga oid davlat siyosatini hududlarda bajarilishini tahlil qilish, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish va natijadorligini oshirish maqsadida Bo‘stonliq tumanida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 46👌 14❤🔥 5⚡ 4🏆 3
