fa
Feedback
Бокс | Boks Uz (Boxing)🥊

Бокс | Boks Uz (Boxing)🥊

کانال بسته

🥊 BoksUz eng Birinchi Bizda 💪 🗣 Har Kuni Kanalimizda 👇 🌐 Boks Yangiliklari 🔥 🤼‍♂️ Boks Janglari 🔥 ⚡️ Jonli Efirlar 🔥 💰Reklama bo'yicha - @iuztg Reklama: @Social_Energy_UZ Jadval va narx: tg.segroup.me?uz

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
27 385
مشترکین
-4224 ساعت
-2597 روز
-1 14630 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailable
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisi yakuniga etdi. Ushbu turnirning super engil vazn divizionida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov finalga qadar etib kelgani haqida xabar qilgandik. Bokschimiz hal qiluvchi bahsda Kolumbiya vakili Karlos Utriaga qarshi ringga ko'tarildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va afsuski unda bokschimiz ochkolar evaziga imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa, bokschimiz Gran-Prida ikkinchi o'rinni band etdi. 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👏 12😱 7 4🤯 1
Photo unavailable
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik 56 yoshli Roy Jons britaniyalik Entoni Joshua hamda amerikalik Jeyk Pol o'rtasida bo'lib o'tgan jang haqida fikr bildirdi.
"To'g'risi, bu jangni ko'rmadim. Natijani bilgan holda bir narsani aytishim mumkin: Entoni Joshua o'z qalbini sotmaganidan xursandman", - deya Roy Jonsning so'zlarini keltiradi "Match TV".
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 51 8🤬 2
Photo unavailable
Amerikalik aktyor va bloger Jeyk Pol professional boksdagi faoliyatini birinchi og'ir vazn toifasida davom ettirish niyatida. Pol kecha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga oltinchi raunddagi nokaut evaziga yutqazgandi. Jangdan so'ng Jeyk kasalxonaga yotqizildi, shifokorlar unga jag' suyagining ikki joyidan sinishi tashxisini qo'yishdi.
"Biz singan jag'ni davolab qaytamiz va o'z vaznimdagi bokschilar bilan jang qilamiz. Men birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun kurashmoqchiman. Hozircha ozgina tanaffus qilaman... Olti yil davomida og'ir rejimda muvaffaqiyatli ishladim", - deya Polning so'zlarini keltiradi BBC.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
17👍 9👎 1🤔 1
Photo unavailable
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Entoni Joshua - Jeyk Pol jangiga izoh berdi.
"Entoni Joshua qilishi kerak bo'lgan ishni qildi. Uning oldida shunchaki ringda yugurib yuradigan va ko'p zarba bermaydigan yigit bor edi. Bu faqatgina Joshua uni qachon qo'lga kiritishiga bog'liq edi. Menimcha, Pol maksimumini ko'rsatdi. U shunday o'yin ko'rsatyapti, bundan keyin yaxshi bo'lmaydi. Jeyk sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko'tarildi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, undan boshqa natija kutish ham ahmoqlik bo'lardi", - deya Lyuisning so'zlarini keltiradi Boxing News portali.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 24 5
Photo unavailable
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni, o'tgan yili sakkizta mag'lubiyatdan so'ng jahonning eng kuchli ligasidan istefoga chiqarilgan Toni Fergyuson professional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Misfits Boxing 22 turnirida 41 yoshli Fergyuson britaniyalik bloger Uorren Spenser ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Toni butun jang davomida ustunlikka ega bo'ldi. Ikkinchi raundda u raqibini nokdaun holatiga tushirdi. So'nggi beshinchi raundda yana bir bor kuchli zarba bilan Spenserni muvozanatdan chiqardi, lekin muvaffaqiyatini rivojlantirishiga vaqt etmay qoldi. To'liq besh raund davom etgan jang yakunida Toni Fergyuson hakamlarning yakdil qarori bilan (49-45, 49-45, 48-46) g'alaba qozondi.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 13😁 3 2👎 1
Photo unavailable
⚽ APLda shiddatli bahs! 🔥 🏆 Premier League 📣 Aston Villa – Manchester United 🇬🇧 📆 21-dekabr 💥 Aston Villa uyda faol va agressiv futbol ko‘rsatadi, ammo Manchester United tezkor o‘tishlarda doimo xavfli. Qizg‘in va tomoshali o‘yin kutilmoqda! 💰 Ro‘yxatdan o‘tayotganda BOKSUZ promo-kodini kiriting va birinchi depozitda 10 000 000 so‘mgacha bonus oling! 🎯 Stavkangizni 1XBET bilan qiling va g‘alabaga yaqinroq bo‘ling https://bit.ly/3JKAD4L
نمایش همه...
5👎 2🤬 2
Aston Villa
Manchester United
📱 1XBET android uchun
01:21
Video unavailable
👊Shahram G’iyasov mashg’ulotlarda 🔥 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
SaveVid_Net_AQPcXDUux4EInz5j_3iiP9SuDJto9QsMOmYmvaZDOZfIO4hhTBN.mp419.02 MB
🔥 20👍 12 8
Photo unavailable
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisiga yakun yasaladi. Bugun ushbu turnirning super engil vazn divizioni finalida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ringga ko'tariladi. CHarm qo'lqop ustamizga Kolumbiya vakili Karlos Utria raqiblik qiladi. Turnirning Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi belgilangan. 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 11🔥 5 4👏 1
Photo unavailable
2023 yilgi Jahon chempionati finalchisi Dulat Bekbauov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga diskvalifikaciya qilindi. Bu xabarni Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tarkibiga kiruvchi Xalqaro Test Agentligi (ITA) elon qildi. Bekbauov bir yil ichida uch marta doping rasmiylariga qaerda ekanligi haqida malumot bermagan, bu qoidabuzarlik doping testini o'tkazib yuborish deb hisoblanadi. Dulatning diskvalifikaciya muddati 2025 yil 18 noyabrda boshlangan va bu u 2027 yilning 17 noyabrida yakuniga etadi. Garchi yil davomida charm qo'lqop ustasi yirik musobaqalarda qatnashmagan bo'lsa-da, uning bu yilgi barcha natijalari bekor qilindi 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
5🤔 4🤯 1
Photo unavailable
To'liq bo'lmagan olti raundlik jangdagi amerikalik bokschining zarbalar statistikasi shunchaki kulguli. Jeyk Pol jang mobaynida 16 tagina aniq zarba yo'llay olgan, xolos. U Joshua tomon 56 ta zarba berishga uringan. Aniqlik 28,6 foiz. Entonining zarbalari ham juda havas qiladigan darajada emas. Endi bu erda raqibdan kelib chiqib, avvalgi chempionlik janglari bilan taqqoslab bo'lmaydi. Joshuaning jami 146 ta zarbasidan 48 tasi Polning bosh yoki tana qismiga etib borgan. Aniqlik 32,9 foiz. Takidlash joiz, faollik va uning ortidan kelgan zarbalar so'nggi raundlarga to'g'ri keldi: beshinchi raundda Pol ikki bor nokdaun holatiga tushdi. Zarbalar statistikasi: Umumiy zarbalar: Joshua (48/146, 32.9%) — Pol (16/56, 28.6%). Jeblar: Joshua (14/67, 20.9%) — Pol (7/34, 20.6%). Kuchga yo'g'rilgan zarbalar: Joshua (34/79, 43%) — Pol (9/22, 40.9%). Tana qismiga yo'llangan zarbalar: Joshuada 12, Polda — 2. 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
16👍 7🤔 2
Photo unavailable
Ushbu jang tashkilotchilariga yaqin manbalarning aksariyati har ikki bokschi taxminan 90 million dollar atrofidagi gonorar haqida gapirayotgandi. So'nggi face to face marosimidan keyin Jeyk Pol va Entoni Joshua bilan suhbatlashgan taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani bokschilar qancha gonorar olishi haqida o'z malumotlari bilan bo'lishdi.
"Ey Jey va Jeyk Pol - bu yigitlar o'n millionlab dollar pul olishadi. Eshitishimcha, gap har bir bokschi uchun 40-50 million dollar atrofidagi mablag' haqida ketmoqda. Nima deb o'ylaysiz, nima uchun Jeyk Pol bu yigit bilan urishdi? Bu aqlsizlik emasmi? Bu juda katta xavf edi", - dedi jurnalist studiyada Xorxe Masvidal va Kayla Xarrison bilan suhbatlashar ekan.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
9👍 5😱 1
Photo unavailable
⚽ APLda katta to‘qnashuv! 🔥 🏆 Premier League 📣 Tottenham – Liverpool 🇬🇧 📆 20-dekabr 💥 Tottenham uyda jasur va agressiv o‘ynaydi, Liverpool esa yuqori sur’at va bosim bilan javob beradi. Tomoshali va shiddatli bahs kutilmoqda! 💰 Ro‘yxatdan o‘tayotganda BOKSUZ promo-kodini kiriting va birinchi depozitda 10 000 000 so‘mgacha bonus oling! 🎯 Stavkangizni 1XBET bilan qiling va g‘alabaga yaqinroq bo‘ling https://bit.ly/3JKAD4L
نمایش همه...
2🤬 2🔥 1
Tottenham
Liverpool
📱 1XBET android uchun
Photo unavailable
🆕Entoni Joshua Tayson Fyurini chiqdi ⚡️Jeyk Pol ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan so‘ng Entoni Joshua hech ikkilanmay bayonot berdi. Britaniyalik bokschi jang haqida ochiq gapirdi va to'g'ridan-to'g'ri sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga murojaat qilib, u katta jangga tayyor ekanligini aniq ko'rsatdi. 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 37 9
00:10
Video unavailable
Haqiqatdan ham, Jeyk Polning jag'i sinib ketgan ekan, ☠️ 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
X2Twitter.com_oFyeJ0-QdY4F5MS__1280p.mp42.56 MB
👍 37😁 12 5😱 4🔥 1
  • 00:20
    Video unavailable
  • Photo unavailable
Entoni Joshua Jeyk Polni daxshatli nokautga uchratdi. Ba'zi manbalar yozishicha, Jeyk Polni ushbu nokautdan keyin jag'i sinib ketgan va shifoxonaga yotqizilgan. 🤕 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
X2Twitter.com_OqNXMAY4ehiLKNU4_1080p.mp47.13 MB
🔥 63👍 18 11😁 9
Photo unavailable
👊 Entoni Joshua Jeyk Polni oltinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi! 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 53 10
Photo unavailable
Entoni Joshua Jeyk Pol bilan bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Men hech kimni ayamoqchi emasman, ayniqsa Jeyk Polni. Meni bunday tarbiyalamagan, mening yaxshi oilam bor va tinch xarakterga egaman. Ammo agar ringda Polni o'ldirish imkoni bo'lsa, o'ldiraman. Bu jangga tayyorgarligim shu. Ngannu bilan nima qilganimni ko'rdingizmi? Pol bilan ham xuddi shunday bo'ladi", — dedi Joshua
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 48 10😁 4🤔 1
Photo unavailable
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua va Jeyk Pol o'rtasidagi boks jangidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"37 yoshli yigit faoliyatining oxirida bloger, “Disney”dan chiqqan bola bilan jang qilayapti. Uni Tommi [Fyuri] urgan. Qiziq fakt: agar bir kuni sen bilan to'qnash kelsam, seni o'chirib qo'yaman. Men ikki baravar kichik bloger emasman. Men haqiqiy erkakman. Sen — o'z vatandoshingdan nokautga uchrab, 15 oylik tanaffusdan keyin qaytgan mag'lubiyatli yigitsan. Tasavvur qiling meni o'z vatandoshimdan kimdir nokaut qilganida edi... Sen katta qop, ahmoqsan. Jeyk Pol seni nokaut qilib qo'yishini sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Fyuri.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
🤯 9 7🤬 4👎 3👍 1
Photo unavailable
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Jeyk Pol va Entoni Joshua o'rtasidagi boks jangi haqida fikr bildirdi.
"Dastlabki 60 soniyada Joshua ijrosidagi nokaut uchun koefficentlarni belgiladim - 11 ga 1. Men hali pul tikkanim yo'q, shunchaki vazifamni aniqlab oldim. Ammo "dastlabki 60 soniyada nokaut" bunday koefficent bilan juda jozibali ko'rinadi. Bu Joshua uchun oson jang va ishonchim komilki, Pol jiddiy jazolanadi. Faoliyatimda ko'plab kuchli raqiblarga duch kelganman - Donald Serrone bilan 40, Dastin Pore bilan 60, Joze Aldo bilan esa 12 soniya kurashganman. Ularning kuchi va reakciyasini qanday baholashni bilaman. Ular bilan solishtirganda, Pol yangi, u engilroq, pastroq va tajribasiz. Joshua uchun 60 soniya etarli. Men hatto bu koefficentdan biroz qo'rqaman, lekin har qanday holatda ham bu ajoyib jang bo'ladi!", - dedi irlandiyalik.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
👍 11 5
Photo unavailable
Professional ringdagi chiqishlari bilan tanilib borayotgan amerikalik videobloger Jeyk Pol o'zining bokschilik faoliyati haqida gapirdi.
"So'nggi 10 yil ichida hech kim boks uchun mendan ko'ra ko'proq foyda keltirmadi. Entoni Joshua - klassik bokschi, u butun umr shu ish bilan shug'ullandi. Lekin ayni paytda aynan men boks uchun muhimroqman, deb hisoblayman. SHuning uchun, agar odamlarga boks haqiqatan ham muhim bo'lsa, ular mening g'alaba qozonishimni xohlashlari kerak", - dedi Pol matbuot anjumanida
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
نمایش همه...
😁 17 4👎 3👍 2