fa
Feedback
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

رفتن به کانال در Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
136 974
مشترکین
+12724 ساعت
+1 3107 روز
+1 36230 روز
آرشیو پست ها
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi. “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. — В Национальной библиотеке Узбекистана имени Алишера Навои состоялась презентация узбекского издания книги пакистанского журналиста и писателя Мухаммада Аббаса Хана под названием «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущего». В мероприятии приняли участие представители Администрации Президента и Олий Мажлиса Республики Узбекистан, советник и пресс-секретарь Президента Исламской Республики Пакистан Муртазо Соланги, руководители министерств и ведомств, а также деятели науки, литературы и медиа двух стран. Книга «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущее» представляет собой художественно-публицистическое произведение, посвященное сути и содержанию идее Третьего Ренессанса, выдвинутой Президентом нашей страны Шавкатом Мирзиёевым, а также реализуемой под его руководством программы реформ. Предисловие к книге написал Премьер-министр Пакистана Шахбаз Шариф, что является ярким символом доверия и крепкой дружбы между нашими странами и народами. Выступившие на мероприятии выразили уверенность, что книга будет способствовать более глубокому пониманию идей Третьего Ренессанса и Нового Узбекистана на международной арене, а также укреплению сотрудничества и дружбы между Узбекистаном и Пакистаном. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.
O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi. Bejiz “Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi”, deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir. Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman,
– dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Men bir gapni takror aytishdan charchamayman. Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi,
– dedi davlatimiz rahbari. Bugun agrar sohada 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya, ularda juda katta salohiyatga ega yuzlab olim va ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda. Mazkur salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun “ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integratsiyasini ta’minlaydigan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu akademiya qishloq xo‘jaligidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. O‘tgan yilda 4 ta institut negizida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish instituti tashkil etilgan edi. Ushbu institutda yiliga 8 mingdan ortiq soha vakillari, xususan, fermer, dehqon va klasterlar xodimlari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishga o‘qitiladi. Mutasaddilarga Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoydan malakali agronomlarni olib kelib, dehqon va fermerlarni yangiliklarga doimiy o‘qitib boradigan tizim qilish topshirildi. Bundan tashqari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi eng ilg‘or 200 nafar fermer, meva-sabzavot yo‘nalishidagi eng mirishkor 200 nafar bog‘bon va dehqon, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng faol 100 nafar eksportchi Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilib, o‘qitiladi. Ushbu 500 nafar fermer, bog‘bon va eksportchilarning yo‘lkira va mehmonxona xarajati to‘liq qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir masala – respublikada ekin maydonlaridan o‘tgan 70 ming kilometr uzunlikdagi ochiq drenaj va kollektorlar bor. Agar ular bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilsa, ekin ekish uchun qo‘shimcha maydon ochiladi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejaladi. Bu masala, ayniqsa, yer tanqis bo‘lgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb. Shu bois, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bu maqsadlar uchun 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning o‘zida kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga o‘tkazib, 20 ming gektar qo‘shimcha ekin maydoni ochish uchun mas’ul bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Qishloq xo‘jaligi vazirligida dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi. Shu yilning o‘zida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani meni xursand qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larni yildan-yilga oshirib boryapmiz. Bundan keyin ham sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman. Lekin bu mablag‘lar o‘z vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Qishloq xo‘jaligidagi subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi. Shu bois, barcha subsidiyalar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda ko‘rsatadigan Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi. Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi 4 bosqichdan 2 bosqichga, uni olishga ketadigan vaqt esa 1 oydan 15 kunga qisqaradi. Eng muhimi, har bir subsidiya fermerlarga ma’qul bo‘ladigan shartlarda, ularga mablag‘ eng zarur paytda beriladigan tizimga o‘tiladi. Keyingi yildan suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi e’lon qilindi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi. Karp va sovuq suv baliqlari bo‘yicha Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi. Chetdan nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi. Baliqchilik xo‘jaliklari inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi. Intensiv baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan xo‘jaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi. Aksincha, intensiv usulga o‘tmagan, ko‘llardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanadi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir muhim, e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masala – go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish. Kelgusi yilda chetdan 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga ruxsat beriladi. Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi. Chorvachilik loyihalari uchun keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan 157 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi. Bunga qo‘shimcha JICAdan 150 million dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda 5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish muhimligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda bozorlardagi narx-navo barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
“To‘g‘ri, kuz-qish uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilyapmiz. Endi bu ishni yil davomida amalga oshirib, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi”,
– dedi Prezidentimiz. Yaqinda ozuqabop, moyli ekin va kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar e’lon qilingan edi. Jumladan, kelgusi yilda fermerlarga 2025-yil olgan hosil qiymatining 50 foizi miqdorida Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 12 foizli kredit ajratiladi. Xorijiy valyutadagi kredit stavkasining 8 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi. Kreditlarning 50 foizgacha qismiga kafillik taqdim etiladi. Har yili “in-vitro” laboratoriyalarda virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-tuganaklari tayyorlanib, urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul beriladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Meva-sabzavotni ko‘paytirish uchun yaylov, qir va adirlardan samarali foydalanish juda muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda sanoatlashgan bog‘, tokzor tashkil qilish, sabzavot, ozuqa ekini yetishtirish uchun adir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi. Auksion g‘oliblari yerni boshqa odamga qayta ijaraga berishi mumkin bo‘ladi va ijara huquqi bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlarimiz kelgusi yil 100 ming gektar adir yerlarni foydalanishga kiritishiga ishonch bildirildi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olmoqda. Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish muhim ekani ta’kidlandi. Bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi. Prezidentimiz bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi. Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi. Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta ko‘p funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yig‘adigan mashina olib kelinishi belgilandi. Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, 17,5 million so‘mga yetkaziladi. Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m beriladi. G‘allachilikda ham sho‘r, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi. Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajo‘xori va g‘allachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor g‘alla navi olib kelindi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi g‘allachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablag‘idan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi o‘z mablag‘i hisobidan g‘alla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati. Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi. Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi. Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi. Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Mirzacho‘l” klasteri cho‘l sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi. Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzacho‘lda innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Mazkur maktabda o‘qib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi. Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan tizim qilinadi. Ustoz fermerlar o‘z tajribasini shogird fermerga o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga ko‘maklashsa, 5 million so‘m mukofot oladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Mahalliy yangi paxta navlarini yaratish ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligi rivojlantiriladi. Genomika va Paxtachilik ilmiy institutlariga fitotron va issiqxona qurib beriladi. Paxta yetishtirish uchun birja orqali mineral o‘g‘it va yoqilg‘ini 10-15 foiz arzon narxda yetkazib berish amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Endilikda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarning alohida reytingi yuritiladi. Bunda kamida 10 yildan ortiq ishlayotgan, kredit, lizing va soliqdan muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan fermerlarga reytingiga qarab Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan berilayotgan imtiyozli kredit stavkalari yanada pasaytiriladi. Ya’ni reytingning yuqori pog‘onasida turgan fermerlarga kredit stavkasi paxta uchun 8 foiz, g‘alla uchun 10 foiz qilib belgilanadi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
“Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”,
– dedi davlatimiz rahbari. Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi. “Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi. Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning zahmati, mard va olijanob fazilatlari har qancha e’tirof va e’tiborga munosib. Shuning uchun ham bugun Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildim”,
– dedi Prezidentimiz. Mukofotlanganlar orasida paxtadan 80-90 sentner, g‘alladan 115 sentnergacha hosil olgan, dalasiga suv tejovchi texnologiyalar va nasoslariga quyosh panelini keng joriy qilgan fermer va klasterlar, meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq, asalarichilikda intensiv usullarni qo‘llab, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportga katta hissa qo‘shayotgan dehqon, chorvador va eksportchilar bor. Suv tanqis sharoitda kanallarni betonlash, suvning hisobini joyiga qo‘yib, adolatli taqsimlayotgan irrigatsiya-melioratsiya xodimlari va mexanizatorlar, qishloq va suv xo‘jaligiga ilm-fanning yangi yutuqlarini olib kirayotgan, urug‘chilik, naslchilik va agrotexnologiya bo‘yicha innovatsiyalar yaratayotgan olimlar ham yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda keskin o‘zgarish qila olgan Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyati hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, Quva, Baliqchi, Do‘stlik, Quyi Chirchiq va Nukus tumani hokimlari ham bor. Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda. Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi. Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir. Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi. Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi. Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi. Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi. G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor. Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi. Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,
– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...