fa
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

رفتن به کانال در Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
100 788
مشترکین
+1124 ساعت
-3827 روز
+62730 روز
آرشیو پست ها
04:08
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 YEVROPA ITTIFOQI BILAN ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA Avvalambor tarixiy kelishuvlar doirasida mamlakatimizga Yevropa kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va ularning zamonaviy texnologiyalari kirib keladi. Hozirgi kunda barcha yo‘nalishlar qatori energetika sohasida ham Yevropa kompaniyalari, xususan, “Siemens Energy”, “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies” kompaniyalari yurtimiz generatsiya quvvatlari loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Yangi loyihalarni oladigan bo‘lsak, Belgiyaning Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Gateway” forumi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa investitsiya banki o‘rtasida “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi. Jumladan, ushbu anglashuv memorandumlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 500 mln dollarlik, Yevropa investitsiya banki bilan esa 200 mln dollarlik mablag‘lar ajratishni nazarda tutadi va mazkur kelishuvlar bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bundan tashqari, Yevropaning boshqa moliya institutlari bilan ishlar boshlandi. Xususan, yangi imzolangan kelishuv doirasida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha Yevropa kompaniyalari va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan ishlar tashkil qilishga kelishib olindi. Bu loyihalar esa, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kam yo‘qotishlarsiz iste’molchilarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Shuningdek, Italiyaning yetakchi “Pietro Fiorentini” kompaniyasi bilan hamkorlikda gaz taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish va ushbu tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. Hozirgi kunda Germaniyaning “Linde” kompaniyasi bilan “Navoiyazot” AJda havoni taqsimlash qurilmasini qurish boshlanyapti. Bu “Linde” kompaniyasining O‘zbekistonga birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisoblanadi. Umuman olganda, ushbu yirik kompaniyalar bilan hamkorlik kelishuvlari ularning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi va uzoq muddatli hamkor bo‘lishiga tayyorligini bildiradi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
نمایش همه...
11_converted.mp452.86 MB
02:08
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 SHIRINKENT MAHALLASIDA ELEKTR TA'MINOTI TUBDAN YAXSHILANDI Jomboy tumanidagi Polvonariq, Qo‘lbosti, Qo‘ng‘irot, Shirinkent, Saroy mahallalarida Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida 7 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi, mavjud 9 tasining quvvati oshirildi. Shu bilan birga, 976 dona beton ustunlar o‘rnatilib, 33,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Xususan, tumanning birgina Shirinkent mahallasida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi, 1 ta transformator punkti modernizatsiya qilindi. 15 kilometrga yaqin SIP kabellari, 475 metr 10 kV elektr tarmog‘i yangidan tortildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
نمایش همه...
10.25 MB