A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
رفتن به کانال در Telegram
Facebook https://www.facebook.com/avloniy.uz Website http://avloniy.uz/ YouTube https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA Қайта тайёрлов: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

152 443
مشترکین
-70424 ساعت
-3 0897 روز
-9 05230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
—
Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратится с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.
Смотрите прямую трансляцию Послания c 11:00:
на телеканалах «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (с сурдопереводом), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;
«Toshkent» и «Dunyo bo‘ylab» (с русским переводом);
«Yoshlar» и «Uzreport TV» (с английским переводом);
на страницах пресс-службы Президента в Telegram и Facebook, а также на официальном канале в YouTube.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 10👍 5
✅✅
❓Maktablarda jamoatchilik va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik qanday yo‘lga qo‘yilishi lozim?
❓Maktabda inson resurslari (HR) amaliyotlari qanday joriy etiladi?
🔵Ayni damda dekabr oyida tashkil etilgan "Menejerlik o‘quv kursi" tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazilmoqda.
💬Yakuniy sinovlarning amaliy topshiriqlarida tinglovchilar yuqoridagi kabi savollarga yechim topadigan mavzularda tadqiqot ishini himoya qilmoqdalar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 20👍 17🔥 4
❗️DIQQAT, QO‘SHIMCHA KVOTA!
👍Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 513-son buyrug‘iga asosan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida doktorantura va tayanch doktoranturaga qo‘shimcha joy ajratildi.
✅Institutning quyidagi:
💬13.00.07 – Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha PhD 1 ta;
💬13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha DSc ga 1 ta va PhD ga 1 ta;
💬08.00.13 – Menejment ixtisosligi bo‘yicha 1 ta;
💬08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo‘yicha 1 ta qo‘shimcha kvotalar ajratilgan.
Batafsil ma‘lumot olish uchun "Doktorantura bo‘limi"ga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun tel:
(55)508-06-67 (1049)
Qayta taqsimot 2026.pdf1.78 MB
❤ 12🔥 6👍 3
01:11
Video unavailableShow in Telegram
💜💜💜
👍 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси!
📌Мамлакатимиз тараққиётининг яқин истиқболдаги стратегик йўналишларини белгилаб берувчи, Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлидаги туб ислоҳотларни янги босқичга кўтарадиган йилнинг энг муҳим сиёсий воқеасини ўтказиб юборманг!📺 Мурожаатномани қуйидаги телеканаллар орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин: 👍 МТРК тизимида: «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «Toshkent», «Dunyo bo‘ylab», «O‘zbekiston tarixi» ҳамда 12 та ҳудудий телеканаллар. 👍 Нодавлат телеканалларда: «MY5», «Sevimli», «Uzreport TV», «Milliiy TV», «Zor TV». 👍 Шунингдек, онлайн трансляция Президентнинг расмий саҳифаларида: ✅ Veb-sayt: www.president.uz ✅Facebook: fb.com/Mirziyoyev ✅ Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh 📹 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬 Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
❤ 11👍 1🔥 1
Repost from TgId: 1297184524
Photo unavailableShow in Telegram
Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!
O‘quvchilarimizning xorijiy tillar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, ular uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.
Endi bitiruvchi sinf o‘quvchilari xorijiy tillarni bevosita xorijlik ustozlardan o‘rganish, maktabni til bilish sertifikatiga ega holda bitirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bu — katta loyiha, unda qariyb 40 ming nafar 11-sinf o‘quvchilarining ishtirok etishi kutilmoqda. Intensiv darslar asosida ular til bilish sertifikati sinovlariga tayyorlanishadi. Muhimi barcha jarayonlar bepul tarzda tashkil qilinadi.
Ayni vaqtda poytaxtimizda katta uyushqoqlik bilan loyiha doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu testlar natijasida biz o‘quvchilarning til bilish darajalarini aniqlash hamda shu asosda guruhlarga ajratishni maqsad qilganmiz.
Shuni alohida aytishni istardim, 3 kundan beri davom etayotgan testlarda yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda erishilayotgan amaliy natijalarimizdan darak beradi.
Umuman, bularning hammasi yoshlarimiz, ularning sifatli ta‘lim olishi va malakali kadr bo‘lib yetishishi yo‘lida qilinmoqda. Zero, bilimli, keng dunyoqarashli farzandlarimiz taraqqiyotning asosi demakdir.
#Toshkent_tajribasi #Language_for_the_future
@hilola_umarova
❤ 9👍 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
#Диққат_эълон
#jamoatchilik_muhokamasi
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida zarur ishlar olib borilmoqda.
➖ Xususan, har bir fan va yoʻnalish kesimida ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalar va ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.
👉 Quyidagi havola orqali oʻzingizga tegishli fan va yoʻnalishlar boʻyicha joylashtirilgan spetsifikatsiya hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 5
✅2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi
🔺Farmon bilan 2026-yilda nafaqat Yangi yil, balki boshqa bayramlarda ham qo‘shimcha hamda ko‘chirilgan dam olish kunlari oldindan belgilandi.
💬Unga ko‘ra, 2026-yilda:
🔵Qo‘shimcha dam olish kunlari:
➖barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba;
➖olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba.
✅Bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:
8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirildi.
🗓5 kunliklar uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:
✅Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026-yilda 12-dekabr – shanba kunidan 31-dekabr – payshanba kuniga ko‘chirildi. Ya’ni 5 kunliklar 2026-yil 12-dekabr (shanba) ishga chiqadi, evaziga 31-dekabr (payshanba) dam oladi.
❤ 38👍 7🔥 1🎉 1
Repost from TgId: 1297184524
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Kelajak uchun xorijiy til
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Toshkent tajribasi” asosida “Kelajak uchun xorijiy til” (“Language for the future”) loyihasiga start berildi!
Bu qanday loyiha?
Loyihadan maqsad — xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Jarayon qanday tashkil etiladi?
Loyihaning birinchi bosqichida o‘quvchilarning til bilish darajasi aniqlanadi. Test asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.
Olingan natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilar turli darajalardagi guruhlarga ajratiladi. Debat, Movie, Speaking clublar, qo‘shimcha darslar, mock testlar tashkil etiladi.
Muhimi, bularning barchasi xorijlik o‘qituvchilar tomonidan bepul tashkil etiladi!
Raqamlar!
Ta’kidlash joiz, 22-dekabr kuni boshlangan test jarayonlarida o‘quvchilar tomonidan maksimal — 100 ballik natijalar ham qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida: 2023-yildan hozirgi kungacha davlat umumta’lim muassasalariga 1 500 nafardan ortiq til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.
Toshkent shahri misolida aytadigan bo‘lsak, sertifikatga ega o‘quvchilar soni 2022-2023-o‘quv yilida 3 779 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-2025-o‘quv yilida ushbu ko‘rsatkich qariyb 1,7 barobarga oshdi.
Hurmatli oʻquvchilar va ota-onalar, loyihada faol ishtirok eting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
@hilola_umarova
IMG_5730.MP419.08 MB
❤ 27👍 5🔥 2
00:59
Video unavailableShow in Telegram
#Xorijiy_tillar
#Toshkent_tajribasi
✅"Kelajak uchun ingliz tili" loyihasi doirasidagi test jarayonlari: Toshkent shahar maktablarida o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
final.mp4112.56 MB
❤ 10🔥 4👍 2
📰📰📰📰📰📰📰
🔺Kattalar ta'limi bo'yicha xalqaro kengash Bosh kotibi Katarina Popovich A.Avloniy nomidagi institutda bo‘ldi
✅Institut rahbariyati va mas'ullari ishtirokida xalqaro kengash Bosh kotibi Katarina Popovich hamda UNESCO tashkiloti vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, kattalar ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
💬Uchrashuvda institutning Kattalar ta’limi bo‘yicha xalqaro kengashga a’zo bo‘lish masalasi yuzasidan o‘zaro fikr almashinib, uning malaka oshirish tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
💬Shuningdek, UNESCO tashkilotining Ishonch–2030 loyihasi doirasida Katarina Popovich tomonidan “Kattalar ta’limi konsepsiyasi va uning rivojlanishi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
🎙Unda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim mutaxassislari hamda kattalar ta’limi yo‘nalishi magistrantlari ishtirok etdi.
💬Bundan tashqari, “Master-trenerlar va mentor o‘qituvchilar uchun kompetensiyalar ramkasini ishlab chiqish va muhokama etish” mavzusida amaldagi master-trenerlar va mentorlar ishtirokida amaliy trening tashkil etildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 18👍 4🔥 4🎉 1🤩 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅✅✅✅
#Toshkent_tajribasi
✅ Bugun poytaxtimizda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan test sinovlariga start berildi
🌐 Mazkur jarayonlar "Kelajak uchun ingliz tili" loyihasi doirasida poytaxtimizda joylashgan maktablarda tashkil etilgan.
⏰ O‘quvchilarga MOCK test sinovlarini ishlash uchun 90 daqiqa vaqt beriladi, bunda Tinglab tushunish (Listening), Grammatika va O'qib tushunish (Reading) asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.🔰 Sinovlar yakunida natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilarni turli darajalardagi guruhlarga ajratish va bepul to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari umumta‘lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar tomonidan tashkil etiladi. 🔴 Test jarayonlari davom etmoqda. #English_for_the_future 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 10👍 2🔥 1🎉 1
✅✅✅✅
#Toshkent_tajribasi
✅ Bugun poytaxtimizda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan test sinovlariga start berildi
🌐 Mazkur jarayonlar "Kelajak uchun ingliz tili" loyihasi doirasida poytaxtimizda joylashgan maktablarda tashkil etilgan.
⏰ O‘quvchilarga MOCK test sinovlarini ishlash uchun 90 daqiqa vaqt beriladi, bunda Tinglab tushunish (Listening), Grammatika va O'qib tushunish (Reading) asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.🔰 Sinovlar yakunida natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilarni turli darajalardagi guruhlarga ajratish va bepul to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari umumta‘lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar tomonidan tashkil etiladi. 🔴 Test jarayonlari davom etmoqda. #English_for_the_future 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
