fa
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
8 185
مشترکین
-124 ساعت
-397 روز
-2830 روز
آرشیو پست ها
#live Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasini Jizzax politexnika instituti jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
8.48 MB
5.11 MB
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Repost from Edu.uz
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang! 🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
📌
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
👍 1🔥 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 26-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: GANIYEV INOMJON GULOMOVICH (Yo'l muhandisligi kafedrasi mudiri) TOJIMURODOV SARDOR ILXOM O‘G‘LI (Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi o‘qituvchisi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
19.61 MB
👍 3🔥 1🎉 1
Talabalar turar joyida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-yil 24-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. Shoxrux Ustemirov Rustam o‘g‘li birinchi hamda uchinchi sonli talabalar turar joyida bo‘ldi. Sh.Ustemirov dastlab 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan samimiy suhbat olib borib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, o‘quv hamda ilmiy faoliyatda faollikni oshirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish va o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish borasida muhim tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng, 3-sonli talabalar turar joyida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. Shoxrux Ustemirov hamda mas’ullar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul avvalida institut rektorining 2025-yil 23-avgustdagi 300-AF-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan rektor hamda prorektorlarning virtual qabulxonalari haqida ma’lumot berildi. Ma’lumot uchun, bugungi kunda xodimlar hamda talaba-yoshlar o‘z murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi manzillar orqali Jizzax politexnika instituti soha prorektorlariga yuborishi mumkin: ➡️ @JizPI_yoshlarprorektoribot — Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor qabulxonasi ➡️ @JizPI_prorektoribot — O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor qabulxonasi ➡️ @JizPI_ilmiyprorektoribot Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor qabulxonasi ➡️ @JizPI_moliyaprorektoribot Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor qabulxonasi. Navbatda ishtirokchilarga institutning talabalarga ta’lim berish imkoniyatlari, institutda mavjud fakultetlar, kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy laboratoriyalar haqida to‘liq axborot taqdim qilindi. Sayyor qabul davomida talaba-yoshlarning murojaatlari tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 5 1🔥 1
01:18
Video unavailableShow in Telegram
🎁 Bayramga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda ❄️ Qurilish muhandisligi fakulteti tomonidan “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbiriga barcha xodimlarni hamda talaba-yoshlarni taklif qilamiz! Bayram tadbiri 2025-yil 26-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi. @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
SaveVid_Net_AQOKkBHlqLSvCfHWEoJwOFluusJFCTn4FK3V3_I2g0_M5JyT0pBcMK7P.mp418.95 MB
12👍 4🔥 3😁 1🎉 1🙏 1🏆 1🤝 1😎 1
Giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbir doirasida "Totli ro‘yolar" tarbiyaviy-psixologik spektakli namoyish etildi
Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi yo‘naltirilgan profilaktik ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida institutda o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida "Totli ro‘yolar" tarbiyaviy-psixologik spektakl namoyish qilindi. Mazkur tarbiyaviy-psixologik spektaklda giyohvandlikka olib keluvchi ijtimoiy-psixologik omillar, shaxs ongidagi salbiy o‘zgarishlar hamda ushbu illatning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri badiiy yondashuv orqali yoritilgan. Shuningdek, talaba-yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’molining tibbiy, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari, sog‘lom hayot tarzining jamiyat barqarorligi va inson kapitali rivojidagi o‘rni, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Mazkur tadbir talabalar orasida giyohvandlikka qarshi ijtimoiy immunitetni shakllantirish, huquqiy ongni yuksaltirish va sog‘lom hayot tarzini tanlashga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 3🔥 1
01:48
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang! Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi quyidagi telekanallar orqali jonli efirda namoyish etiladi: MTRK tizimida: "O‘zbekiston 24", "O‘zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma’rifat", "Toshkent", "Dunyo bo‘ylab", "O‘zbekiston tarixi" hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: "MY5", "Sevimli", "Uzreport TV", "Milliiy TV", "Zoʻr TV". Shuningdek, onlayn translyatsiyani Prezident matbuot xizmatining rasmiy sahifalarida ham tomosha qilish mumkin: Veb-sayt: www.president.uz Facebook: fb.com/Mirziyoyev Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
IMG_4434.MP421.44 MB
2👍 1
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (5-qism) 🚗 "Transport muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.
🤭 Tadbir avvalida ertaklar olamidan tashrif buyurgandek Qorbobo va Qorqizning chiqishlari bayramga yanada fayz kiritdi. Ularning quvnoq suhbatlari, ezgu tilaklari va ramziy sovg‘alari tomoshabinlarga bolalarcha quvonch ulashib, barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona sahna chiqishlari aynan shu ertakona kayfiyat bilan uyg‘unlashib, tadbirga o‘zgacha joziba baxsh etdi. 🎄 Bayram jarayonida yil davomida ta’lim va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘qishida, jamoat ishlarida va ijtimoiy hayotda faolligi bilan ajralib turgan talaba-yoshlar alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari hamda faxriy tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tibor ustozlar mehnatini yuksak qadrlash, talabalarni esa yanada katta marralar sari ilhomlantirishga xizmat qildi. 🔔 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yangi yilni katta orzular, yuksak maqsadlar va ezgu niyatlar bilan qarshi olish tilaklari ostida birlashdilar. Ushbu bayram JizPI jamoasining ahilligi, ustoz va talabalar o‘rtasidagi mustahkam hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi. Yangi yil barchamizga yangi yutuqlar, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
🔥 8👍 6 3 2👎 1
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (4-qism) 🚗 "Transport muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.
🤭 Tadbir avvalida ertaklar olamidan tashrif buyurgandek Qorbobo va Qorqizning chiqishlari bayramga yanada fayz kiritdi. Ularning quvnoq suhbatlari, ezgu tilaklari va ramziy sovg‘alari tomoshabinlarga bolalarcha quvonch ulashib, barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona sahna chiqishlari aynan shu ertakona kayfiyat bilan uyg‘unlashib, tadbirga o‘zgacha joziba baxsh etdi. 🎄 Bayram jarayonida yil davomida ta’lim va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘qishida, jamoat ishlarida va ijtimoiy hayotda faolligi bilan ajralib turgan talaba-yoshlar alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari hamda faxriy tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tibor ustozlar mehnatini yuksak qadrlash, talabalarni esa yanada katta marralar sari ilhomlantirishga xizmat qildi. 🔔 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yangi yilni katta orzular, yuksak maqsadlar va ezgu niyatlar bilan qarshi olish tilaklari ostida birlashdilar. Ushbu bayram JizPI jamoasining ahilligi, ustoz va talabalar o‘rtasidagi mustahkam hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi. Yangi yil barchamizga yangi yutuqlar, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (4-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 7🔥 2👎 1🎉 1
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (3-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 5🔥 2
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (2-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 6🔥 2
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etilldi (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
9👍 6🔥 2
00:41
Video unavailableShow in Telegram
🧯 Har bir inson birlamchi o‘t o‘chirgichdan qanday foydalanishni bilishi kerak. Bu ko‘nikma eng kerak bo'lgan vaqtda yordam beradi. ——— 🧯 Уметь пользоваться огнетушителем должен каждый. Этот навык вам пригодится в самый нужный момент. @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
fvv_tg.mp44.51 MB
4👍 4🤝 2 1🔥 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 25-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: KUSHAKOV GULMUROD ADILOVICH (Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi) NAZAROVA NIGORA SHUKURILLAYEVNA (Xodimlar bo'limi xodimasi) SOATOV SHAROF ANVAROVICH (Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi) XAYDAROV NURIDDIN ALISHER O‘G‘LI (Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi o‘qituvchisi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
19.61 MB
5🔥 2🎉 1
01:28
Video unavailableShow in Telegram
🎁 Bayramga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda 🎄 Transport muhandisligi fakulteti tomonidan “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbiriga barcha xodimlarni hamda talaba-yoshlarni taklif qilamiz! 🕖 Bayram tadbiri 2025-yil 25-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi. @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
IMG_1310.MOV17.40 MB
👍 21 6🎉 5 1🔥 1👏 1😁 1
JizPIda tashkil etilgan navbatdagi bayram tadbiri (2-qism) "Sanoat texnologiyalari" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida “Yangi yil — yangi orzular sari” shiori ostida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli, ko‘tarinki ruhdagi tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultet jamoasi va talaba-yoshlar uchun yil yakunini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni e’tirof etish hamda Yangi yilni yangi rejalar va katta orzular bilan qarshi olishga bag‘ishlandi. Bayram dasturi doirasida talaba-yoshlar tomonidan Yangi yil mavzusiga uyg‘un she’rlar, sahna ko‘rinishlari, musiqiy va ijodiy chiqishlar namoyish etilib, tadbirga yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi. Har bir chiqishlarda ijodkorlik, tashabbus va talaba-yoshlarning iste’dodi yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida yakunlanayotgan yilda o‘qish, ilmiy faoliyat, jamoat ishlari va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, fakultet xodimlari hamda faol talaba-yoshlar alohida e’tirof etildi. Bayram dasturining eng qiziqarli jihatlaridan biri sifatida tashkil etilgan turli interaktiv o‘yinlar, bellashuvlar va quvnoq sahna lavhalari ishtirokchilarning yanada faol bo‘lishiga xizmat qildi. Ushbu jarayonlar barchaga chinakam bayram shukuhi, iliq muhit va samimiy tabassumlar ulashdi.
@jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 5 2🔥 2🎉 1
JizPIda tashkil etilgan navbatdagi bayram tadbiri (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
👍 5🔥 2🎉 1
00:47
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🎄 Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257- farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2026-yil boshida dam olish kunlari quyidagicha belgilandi: • 31-dekabr — qo‘shimcha dam olish kuni; • 1-yanvar — Yangi yil bayrami; • 2-yanvar — qo‘shimcha dam olish kuni; • 3-yanvar (shanba) — 5 ish kunida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, 6 ish kunida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; • 4-yanvar (yakshanba) — barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni. 📢 Shu tariqa, Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish imkoniyati yaratiladi. @jizpiuz | @jizpi_online
نمایش همه...
IMG_2796.MOV37.37 MB
3👍 2🔥 2 1🤝 1