JizPI online | rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

8 185
مشترکین
-1524 ساعت
-487 روز
-3930 روز
آرشیو پست ها
00:47
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🎄 Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257- farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2026-yil boshida dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:
• 31-dekabr — qo‘shimcha dam olish kuni;
• 1-yanvar — Yangi yil bayrami;
• 2-yanvar — qo‘shimcha dam olish kuni;
• 3-yanvar (shanba) — 5 ish kunida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, 6 ish kunida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 4-yanvar (yakshanba) — barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni.
📢 Shu tariqa, Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish imkoniyati yaratiladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
IMG_2796.MOV37.37 MB
⚡ 3👍 2🔥 2❤ 1🤝 1
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida sayyor qabul o‘tkazildi
Mazkur sayyor qabul Jizzax politexnika instituti rektorining 2025-yil 23-avgustdagi 300-AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish maqsadida tashkil etildi. Dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova so‘zga chiqib, institut rektorining 2025-yil 23-avgustdagi 300-AF-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushintirib o‘tdi. Shuningdek, mazkur buyruq institutda talabalar murojaatlarini tartibga solish, ularning har birini qonuniy, o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqishni ta’minlash, bundan tashqari, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ekanligi ta’kidlab o‘tildi. S.Eshbekova tomonidan talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. U o‘z nutqida talaba-yoshlar tomonidan bildiriladigan har qanday murojaat institut rahbariyati uchun muhim hisoblanishini hamda ularning barchasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy va adolatli tarzda hal etilishini qat’iy ta’kidladi. Talabalar tomonidan murojaat yuborishda aniq, bosqichma-bosqich tartibga rioya etilishi zarurligi tushuntirildi. Shu bilan birga, talabalarga institut rahbariyati bilan bevosita va qulay aloqa o‘rnatish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotgani ma’lum qilindi. Jumladan, talabalar @JizPI_yoshlarprorektoribot — “Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor qabulxonasi” telegram boti orqali o‘z murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalarini istalgan vaqtda yuborishlari mumkinligi ta’kidlandi. Birinchi prorektor talabalarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqirib, “Menga bemalol murojaat qilishingiz mumkin”, deya alohida urg‘u berdi. Ta’kidlanishicha, talabalardan kelib tushayotgan murojaatlar institut rahbariyati uchun muhim axborot manbai bo‘lib, ta’lim jarayoni, tarbiyaviy muhit, ijtimoiy sharoitlar va ichki tartib-qoidalarni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, har bir murojaat chuqur tahlil qilinishi, unga mas’ul xodimlar tomonidan jiddiy va mas’uliyat bilan yondashilishi, murojaat natijalari bo‘yicha talabaga aniq, asosli va tushunarli javob berilishi shartligi belgilab o‘tildi. Mas’ul xodimlar zimmasiga murojaatlarni belgilangan tartibda rasmiy qayd etish, ularning ijrosini doimiy nazoratga olish, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash hamda yakuniy natijalari yuzasidan institut rahbariyatiga muntazam ravishda hisobot taqdim etish vazifalari yuklatildi. Murojaatlar bilan ishlash jarayonida shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida qayd etildi. Shuningdek, murojaatlarning takroriy kelib tushishiga ko‘pincha ayrim masalalarning o‘z vaqtida hal etilmasligi, mas’ullar tomonidan yetarli tushuntirish berilmasligi yoki murojaat mohiyatiga chuqur e’tibor qaratilmasligi sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida har bir murojaatni imkon qadar qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish, talabaga batafsil va asoslangan tushuntirish berish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3❤ 2⚡ 1🔥 1
Repost from Edu.uz
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”. 🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: 🌍 Veb-sayt: www.president.uz 📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev 📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh 📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
❤ 4🔥 3👍 1
JizPIda tashkil etilgan “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri (4-qism)
"Energetika muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Jizzax politexnika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ko‘tarinki ruh va quvonchga boy tantanali bayram tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi bayram tadbiri bugun, 24-dekabr kuni institutning “Energetika muhandisligi” fakulteti tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur bayram kechasida Yangi yilga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida yil yakuni munosabati bilan o‘z mehnati, tashabbusi va faoliyati bilan alohida ajralib turgan, ko‘p yillar davomida talaba-yoshlarga bilim va tajribasini ayamasdan ulashib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda faol talaba-yoshlar tantanali tarzda e’tirof etildi. Shuningdek, bayram dasturi doirasida tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar, musobaqalar va interaktiv chiqishlar ishtirokchilarga chinakam bayramona kayfiyat bag‘ishlab, Yangi yil arafasida barchani bir maqsad va ezgu tilaklar atrofida birlashtirdi. Ushbu tadbir institut jamoasi va talaba-yoshlar uchun yil yakunini ko‘tarinki ruhda qarshi olish, yangi yilga yangi reja va umidlar bilan qadam qo‘yish uchun muhim va unutilmas lahzalardan biri bo‘ldi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 5👍 4🔥 3
JizPIda tashkil etilgan “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri (3-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4👍 4🔥 3
JizPIda tashkil etilgan “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri (2-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 6❤ 4🔥 3
JizPIda tashkil etilgan “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri (1-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 3🔥 3
💠 Jizzax politexnika instituti ICET 2025 xalqaro konferensiyasida
Jizzax politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnika texnologiyalari” kafedrasi v.b. dotsenti Nabixo‘jayeva Nargiza 2025-yil 21–22-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Wuxi shahrida joylashgan Jiangnan universitetida bo‘lib o‘tgan “2025-yilgi Ekologik to‘qimachilik bo‘yicha xalqaro konferensiya (“Bir makon, bir yo‘l”) — ICET 2025”da ishtirok etdi. Konferensiya “Ekologik to‘qimachilik, ta’limiy bog‘liqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir Jiangnan universiteti tomonidan tashkil etildi. Hamkor tashkilotchilar: — To‘qimachilikda ekologik qayta ishlashning muhim texnologiyalari bo‘yicha fan-innovatsiya va xorijiy intellektni jalb etish bazasi; — Tsyansu viloyati Xalqaro ilmiy-texnik almashinuv va hamkorlik markazi; — Wuxi shahar Fan va texnika assotsiatsiyasi. Konferensiyada Xitoy, Misr, O‘zbekiston, Bangladesh, Efiopiya, Mali kabi “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi davlatlardan 200 nafarga yaqin olimlar, soha mutaxassislari va korxona vakillari ishtirok etib, ekologik to‘qimachilikni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Tadbir doirasida ishtirokchilar Jiangnan universitetining xalq amaliy liboslar markazi hamda trikotaj texnologiyalari bo‘yicha Ta’lim vazirligi muhandislik tadqiqot markaziga tashrif buyurdilar. Shuningdek, universitetning tashqi “A’lo muhandislar” amaliyot bazalari — Wuxi First Cotton Textile Group va Zhangjiagang Guotai Huasheng Industrial Co., Ltd. korxonalarida Xitoy to‘qimachilik sanoatining ilg‘or ishlab chiqarish va boshqaruv tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.➖➖➖ 💠 Участие в международной научной конференции
И.о. доцента кафедры «Технологии сельскохозяйственного и пищевого машиностроения» Джизакского политехнического института Набиходжаева Наргиза приняла участие в «Международной конференции по экологическому текстилю 2025 года („Один пояс — один путь“) — ICET 2025», которая состоялась 21–22 декабря 2025 года в Университете Цзяннань (г. Уси, КНР). Конференция была посвящена теме «Экологический текстиль, образовательная связанность и взаимовыгодное сотрудничество». Мероприятие было организовано Университетом Цзяннань при поддержке: — Базы по привлечению научных инноваций и зарубежных специалистов в области ключевых технологий экологической переработки текстиля — Центра международного научно-технического обмена и сотрудничества провинции Цзянсу — Ассоциации науки и техники города Уси В конференции приняли участие около 200 ученых, отраслевых экспертов и представителей предприятий из стран инициативы «Один пояс — один путь», включая Китай, Египет, Узбекистан, Бангладеш, Эфиопию и Мали. В рамках конференции участники посетили Центр народного костюма факультета текстильных наук и инженерии, а также Инженерный исследовательский центр Министерства образования по трикотажным технологиям Университета Цзяннань. Также состоялись визиты на внешние практические базы университета «Отличные инженеры» — Wuxi First Cotton Textile Group и Zhangjiagang Guotai Huasheng Industrial Co., Ltd., где участники ознакомились с передовым производственным и управленческим опытом текстильной промышленности Китая.➖➖➖ 💠 Participation in an International Scientific Conference
Senior Lecturer (Acting Associate Professor) Nargiza Nabikhodjayeva of the Department of Agricultural and Food Engineering Technologies, Jizzakh Polytechnic Institute, took part in the “2025 International Conference on Eco-Textiles (The Belt and Road) — ICET 2025”, held on December 21–22, 2025, at Jiangnan University in Wuxi, China. The conference was dedicated to the theme “Eco-textiles, educational connectivity, and mutually beneficial cooperation.” More: 👉 https://telegra.ph/en-12-24-6@jizpiuz | @jizpi_online
17.08 MB
❤ 9👍 6🔥 5👏 3
🎄 Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi (2-qism)✨
💡 Yangi yil bayrami munosabati bilan institutimizdagi xonalar bayramona ruhda bezatilmoqda. Yorqin bezaklar va iliq muhit barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. 🎉🎁
Avvalroq institutdagi tungi muhit haqida fotolavhalar taqdim etgan edik. Shuningdek quyidagi manzillar orqali institutdagi bayram shukuhi bilan tanishishingiz mumkin: (1-fotogalereya), (2-fotogalereya), (3-fotogalereya), (4-fotogalereya), (5-fotogalereya) (1-videolavha), (2-videolavha), (3-videolavha), (4-videolavha), (5-videolavha), (6-videolavha)
@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4👍 3🔥 2🎉 2👏 1
🎄 Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi (1-qism)✨
@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 2❤ 1👍 1🎉 1
📚 ARM fondi yana bir ilmiy manba bilan boyidi
Jizzax politexnika instituti «Jismoniy tarbiya» kafedrasi v.v.b. dotsenti Azimova Sitora tomonidan 1 nomda 4 nusxada “Talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini eksplitsit rivojlantirishning pedagogik ahamiyati” nomli monografiya Axborot-resurs markaziga sovg‘a sifatida taqdim etildi. Mazkur monografiya taqdimoti ARMda tashkil etilib, unda institut talabalari hamda xodimlari ishtirok etdilar. Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan pedagogik yondashuvlar va talaba yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, monografiyaning elektron shakli ARMning elektron bo‘limiga ham topshirildi, bu esa undan kengroq foydalanish imkonini yaratadi. Ushbu ilmiy nashr talabalar tomonidan iliq kutib olinib, katta qiziqish bilan qarshi olindi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
☎️ Quyidagi berilgan raqamlar orqali isitish va yoritish boʻyicha institut mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin.
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 6❤ 4⚡ 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
☎️ Favqulodda vaziyatlarda institut rahbariyati bilan aloqa oʻrnatish uchun telefon raqamlari
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 6❤ 3🔥 2🤝 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 24-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
HUSENOV ABDURASUL O‘KTAMOVICH (Kimyoviy texnologiya kafedrasi xodimi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 6❤ 2👍 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallada
🎅 Energetika muhandisligi fakulteti tomonidan “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbiriga barcha xodimlarni hamda talaba-yoshlarni taklif qilamiz!
⏰ Bayram tadbiri 2025-yil 24-dekabr kuni soat 12:00 da boshlanadi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Energetika.mp49.45 MB
🔥 8👍 4❤ 3😁 1
Birinchi prorektor 1-sonli talabalar turar joyida bo‘ldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevralda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yoʻnalishlari boʻyicha 2024-yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida: Har bir oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) professor-oʻqituvchilar va talabalar jamoasi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish va yechimi yuzasidan tegishli amaliy choralar koʻrishi; Har bir oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) alohida reja-grafik asosida ijara va talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning holidan shaxsan xabar olishi, grafik asosida yotoqxonada talabalar bilan birga yashashi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishi lozimligi vazifalari belgilab berilgan. 2025-yil 23-dekabr kuni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Eshbekova Sanobar Omonliqovna 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida birinchi prorektor oshxona faoliyati bilan tanishib, kechki ovqat uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. Ularga oshxona jihozlaridan unumli foydalanish, tozalikni va tartibni saqlash, gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalarini berdi. S.Eshbekova talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, talabalar turar joyidagi ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulayliklarni birma-bir ko‘zdan kechirib, talabalar istiqomat qilayotgan xonalarda ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Institut birinchi prorektori talabalar turar joyidagi talaba-yigitlar uchun yaratilgan sharoitlarni ham o‘rganib, yoshlar bilan samimiy va do‘stona muloqot o‘tkazdi. Mavjud sharoitlar va kamchiliklar o‘rganildi. Birinchi prorektorning talabalar turar joyiga tashrifi talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi, zero, shu orqali o‘g‘il-qizlar yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, talabalarning bilim olishiga berilayotgan e’tibor, yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni qalban his etdilar.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3❤ 1
01:46
Video unavailableShow in Telegram
Kibersport fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi
Fotogalereya: ➡️ https://t.me/jizpi_online/51122
@jizpiuz | @jizpi_online
video_2025-12-23_21-48-00 (1).mp413.83 MB
❤ 4👍 3🎉 3🔥 1
📣 Diqqat! Grant taqsimoti!
Jizzax politexnika institutining 2026-2027 o‘quv yiliga to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari taqsimoti
@jizpiuz | @jizpi_online
Taqsimot @jizpi_online.pdf2.12 MB
👍 6❤ 2🔥 2⚡ 1
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (4-qism)
Kibersport fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Jizzax politexnika institutida “Men orzu qilgan Yangi yil” shiori ostida yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kibersport fakulteti tomonidan yuqori kayfiyatda tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Bayramona uchrashuv barcha uchun iliq muhit va samimiy taassurotlar bilan yodda qoldi. Tadbir davomida bayramga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, ijodiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Sahna chiqishlarida talabalarning ijodkorligi, tashabbuskorligi va jamoaviy hamjihatligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuningdek, yakunlanayotgan yilda yuqori natijalarga erishgan hamda ko‘p yillar davomida talaba-yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ayamasdan berib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar va faol talaba-yoshlar alohida e’tirof etildi. Ularning mehnati va yutuqlari e’tibor markazida bo‘lib, bu kelgusi yil uchun yanada katta motivatsiya bo‘ldi. Tadbirning eng qiziqarli jihatlaridan biri — bayram davomida tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar va interaktiv bellashuvlar bo‘lib, ular ishtirokchilarga quvonch ulashdi, bayram shukuhini yanada oshirdi. Tadbir yakunida yangi yil tilaklari yangrab, barchaga ezgu niyatlar bildirildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🎉 4🔥 2❤ 1
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (3-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 5👍 2
