JizPI online | rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

8 177
مشترکین
-324 ساعت
-437 روز
-4330 روز
آرشیو پست ها
00:43
Video unavailableShow in Telegram
🏆 FIFA Jahon chempionati kubogi haqida siz bilmagan 5 ta fakt
Eslatib oʻtamiz, qur’a tashlash marosimi bugun, 5-dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida bo’lib o’tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
IMG_3789.MOV15.27 MB
👍 1🏆 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 5-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
PARSOXONOV ABDULQOBI G‘AFUROVICH (Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi)
DJAMALOV ZOHID ZAFAROVICH (Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi)
QODIROV SHERALI SHODIQUL O‘G‘LI (Yo'l muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 5❤ 2
“Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalari tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-dekabrdagi 05/61-60/48-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 21-noyabrdagi F–60-son farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan dasturning 48-bandida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalarini tashkil etish, ta’lim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, o‘quvchilar yasagan o‘yinchoqlar, ramzlar bilan bezatish vazifasi belgilangan. Yuqoridagi vazifalar ijrosi bo‘yicha Jizzax politexnika institutida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, insitutning asosiy binosi hamda II o‘quv binosi foyesida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalari tashkil etildi. Shuningdek institut binosi bayroqlar va sharlar, ramzlar bilan bezatildi. Institut Axborot resurs markazida “Konstitutsiya burchaki” tashkil etildi. Talaba-yoshlar hamda xodimlar ushbu burchak orqali Konstitutsiyaning asosiy qoidalari va tamoyillari bilan tanishish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda huquqlar va majburiyatlar haqida bilim olish imkoniyati yaratildi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4👍 3🔥 1👏 1
“Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzusida huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti hamda Kibersport fakulteti hamkorligida “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzusida navbatdagi huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni mustahkamlash, shuningdek, adolat tamoyillarining hayotdagi ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir mehmonlari sifatida bir qator tajribali mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan, Jizzax shahar adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti Araqulov Olimjon, “Madad” NNTning Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi G‘ulomov Olishboy, Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi mayor Karimova Shahnoza, tergovchi Shokirova Sabrina hamda Yoshlar ishlari agentligining yoshlar venchur jamg‘armasi yetakchi xodimi Orifjonov Omadbeklar tadbir mehmoni boʻlishdi. Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning huquqiy savollariga batafsil javoblar berildi. Tadbir davomida “Konstitutsiyani o‘rganamiz” hamda “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi, ishtirokchilar bilan fikr almashildi. Yakunda Konstitutsiya davlat va jamiyat hayotining bosh hujjati ekani, uni chuqur o‘rganish va unga hurmat bilan yondashish har bir fuqaroning muhim burchi ekani ta’kidlandi. Tadbir talabalar uchun mazmunli va foydali bo‘lib, huquqiy dunyoqarashni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4
#sport
“Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati professor-oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi. Bugun, 4-dekabr kuni shaxmat, shashka va stol tennisi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtdi. Navbatdagi kunlarda mazkur sport turlari qatoriga futzal hamda voleybol boʻyicha musobaqalar ham qoʻshiladi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 3👍 1
Talabalarimiz ayni kunlarda Koraleva nomidagi Samara universitetida bo‘lib turishibdi
Jizzax politexnika institutining faol talabalari bugungi kunda ko‘plab xorijiy davlatlarda turli grand va amaliyot dasturlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi “MKQ va M” yo‘nalishi talabalari Bozorov Asilbek va Yo‘ldashev Ravshanlar “Muhandislik fanlari bo‘yicha qishki maktab” loyihasi doirasida 24-noyabrdan 7-dekabrga qadar Rossiyaning Koraleva nomidagi Samara universitetida bo‘lib turishibdi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 7👍 3👏 1
JizPI Konstitutsiya darslari davom etmoqda
Konstitutsiya darslarida ishtirok etayotgan talaba-yoshlar asosiy konstitutsiyaviy tushunchalar bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda Konstitutsiyaning mazmuni, inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tamoyillari hamda yangi tahrirdagi yangiliklarni sodda va amaliy misollar bilan tushuntirib berilmoqda. Bugungi mashg‘ulotlar davomida real holatlar asosida huquqiy tahlillar qilindi va talaba-yoshlar Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglab oldilar.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 6❤ 1
#Talabalar_ligasi #sport #jarayon
🏓 Jizzax politexnika institutida stol tennisi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 1
Jizzax politexnika institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha navbatdagi audit yig‘ilishi o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash va oila masalalari bo‘yicha tizimli yondashuvni rivojlantirish maqsadida navbatdagi audit ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida institutda gender siyosatini izchil tatbiq etish, xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ularning faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati, ayniqsa, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Institutda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari alohida muhokama qilindi. Mazkur audit yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda teng imkoniyatlarni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning meʼyoriy-uslubiy yo‘riqnomalari asosida tashkil etildi. Yig‘ilish institutda gender tenglik siyosatini izchil davom ettirish va xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 6👍 2🔥 2
Repost from Edu.uz
#dayjest #korrupsiya
Oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda
🔵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 🔵Buxoro davlat texnika universiteti; 🔵Qarshi davlat texnika universiteti; 🔵Urganch davlat universiteti; 🔵Samarqand davlat tibbiyot universiteti; 🔵Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Buxoro davlat pedagogika instituti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; 🔵Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 🔵Buxoro davlat universiteti; 🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; 🔵Andijon davlat tibbiyot instituti; 🔵Jizzax politexnika instituti; 🔵Samarqand davlat pedagogika instituti; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 🔵Osiyo texnologiyalar universiteti; 🔵Navoiy innovatsiyalar universiteti; 🔵Samarqand davlat chet tillar instituti; 🔵Toshkent farmasevtika instituti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_1822.MP413.76 MB
IMG_1819.MP442.08 MB
IMG_1820.MP459.83 MB
IMG_1823.MP42.50 MB
❤ 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ “Tyutorga murojaat” boti ishga tushirildi
📲 Taklif, shikoyat yoki boshqa murojaatlaringizni mazkur botda yozib qoldirishingiz mumkin.
👉 @JizPItyutorgamurojaatbot
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3❤ 2⚡ 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ “Tyutorga murojaat” boti ishga tushirildi
📲 Taklif, shikoyat yoki boshqa murojaatlaringizni mazkur botda yozib qoldirishingiz mumkin.
👉 @JizPItyutorgamurojaatbot
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 1
Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida Institut yoshlar yetakchisi E. Shavqiyev hamda faol talabalardan tashkil topgan “Yosh targ‘ibotchilar guruhi” hamkorligida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, hushyorlikni oshirish va giyohvandlikka qarshi barqaror ma’naviy immunitetni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida giyohvandlikning inson salomatligiga, psixik holatiga va ijtimoiy hayotga ko‘rsatadigan chuqur ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, xavf omillarini tanish va ulardan himoyalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar. Uchrashuv yoshlarda mas’uliyat, hushyorlik va sog‘lom hayotga intilish kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 8
“Konstitutsiya — bosh qomusimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Jizzax politexnika instituti 3-sonli talabalar turar joyida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Dildora Abduvahobova tomonidan “Konstitutsiya — bosh qomusimiz” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, inson huquqlari va fuqarolik burchiga oid muhim jihatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Konstitutsiya moddalaridan misollar o‘qildi, Vatan, yurtga muhabbat va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlar ijro etildi. Yakunida ushbu tadbir talabalarda huquqiy ongni mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 6
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Energetik muhandisligi hamda Kibersport fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida talabalarga inson huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, Konstitutsiyaning ijtimoiy davlat barpo etishdagi o‘rni yoritib berildi. Ishtirokchilarga xususan, ta’lim olish huquqi, mehnat qilish erkinligi, ijtimoiy himoya, mulk daxlsizligi va adolat tamoyillarining amaldagi qonunchilik bilan qanday mustahkamlangani haqidagi dolzarb faktlar tushuntirildi. Davra suhbatida O‘zbekiston yoshlari uchun ajratilgan 33 dan ortiq davlat dasturlari, ularning huquqiy asoslari va Konstitutsiyada belgilangan “Yoshlar – mamlakatning strategik resursi” tamoyili alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida talabalar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, qonunlarga hurmat bilan yondashish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish borasida zarur tavsiyalar berildi. Mazkur davra suhbati yoshlarning huquqiy ongini mustahkamlash, erkin va farovon jamiyat qurilishida faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 3🔥 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
“Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.
Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.
G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi yoki QR-kod orqali havolaga o‘ting.
📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 2❤ 1⚡ 1🔥 1
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati
(2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra).
@jizpiuz | @jizpi_online.
Taqiqlangan manbalar ro‘yxati.pdf1.64 MB
👍 4
Konstitutsiya darslari o‘tilmoqda
🫥 Jizzax politexnika institutida talabalarning huquqiy dunyoqarashi va fuqarolik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Konstitutsiya darslari” muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Mazkur darslar yurtimizning bosh qomusi, undagi asosiy prinsiplar va fuqarolarning huquq hamda burchlari haqida kengroq tasavvur berishga xizmat qilmoqda. 📘 “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari barcha ta’lim yo‘nalishlarida guruhlar bilan ishlash jarayonida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini talabalarga sodda, tushunarli va amaliy misollar bilan yoritib bermoqda. Darslar davomida talabalarning savollari tinglanib, inson huquqlari, davlat tuzilishi, qonun ustuvorligi borasida muhim tushunchalar berilmoqda. ✨ Ushbu darslar talabalarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan ongli yoshlarni tarbiyalash va jamiyatdagi islohotlarga mas’uliyat bilan yondashishni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda interfaol metodlar, munozaralar va real hayotiy vaziyatlar tahlili orqali bilimlar yanada chuqurlashtirilmoqda.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sunʼiy intellektga koʻr-koʻrona ishonib ketavermang.
@jizpiuz | @jizpi_online.
😁 25👍 7🔥 4⚡ 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 4-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
SARIBEKOV NODIRBEK RAXMAT O‘G‘LI (Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi xodimi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 5❤ 3👍 1
