fa
Feedback
BOOK.UZ

BOOK.UZ

رفتن به کانال در Telegram

📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbek | @bookuzbot 🗺 Katalog: www.book.uz 🕘 Du–Ju. 9:00–22:00 🕙 Sh–Ya. 10:00–22:00 🚚 Yetkazish 20,000 dan boshlanadi 🏡 Toshkent sh. Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60. Geolokatsiya: https://bit.ly/3xiKlRK

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
18 119
مشترکین
-6824 ساعت
-2757 روز
+2 34930 روز
آرشیو پست ها
01:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ KITOBSEVARLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK! Yoshlar ijod saroyida 5–6 dekabr kunlari yirik "Kitoblar festivali" bo‘lib o‘tadi! Bu ikki kun — adabiyot, ijod va ilhom bilan to‘la maxsus kunlar bo‘ladi! 🎉 BOOK.UZ ham festivalda! Sevimli kitob do‘koningiz siz uchun eng yangi va bestseller kitoblarni 20% chegirmada xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi! 📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi 📆 Sana: 5–6 dekabr ⏰ Vaqt: 10:00 – 19:00 ✅ Agar siz ham kitoblar olamiga sho‘ng‘ishni, yangi motivatsiya topishni va yil yakunida o‘zingizga haqiqiy sovg‘a qilishni istasangiz — bu festivalni o‘tkazib yubormang! 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
22.48 MB
🔥 24 17🎉 7🏆 3👍 2
#TOP20 🔥 "Book.uz" kitoblar do‘konimizda noyabr oyida eng ko‘p xarid qilingan TOP 20 ta kitoblar ro‘yxati bilan tanishamiz.
1. "Evrilish" - 25 000 so‘m 2. "Jazosiz tarbiya"- 35 000 so‘m 3. "Rus tilida gapirishni o‘rganamiz" - 27 000 so‘m 4. "30 шагов к русскому языку" - 10 000 so‘m 5. "Qarzga olingan umr" - 32 000 so‘m 6. "Andisha va g‘urur" - 38 000 so‘m 7. "Odam bo‘lish qiyin" - 15 000 so‘m 8. "Martin iden" - 38 000 so‘m 9. "Ming quyosh shulasi" - 21 000 so‘m 10. "O‘yla va boy bo‘l" - 29 000 so‘m 11. "Iblis" - 33 000 so‘m 12. "Kovak" - 35 000 so‘m 13. "Norveg o‘rmoni" - 57 000 so‘m 14. "Qalbingni isloh qil" - 30 000 so‘m 15. "Jinoyat va jazo" - 40 000 so‘m 16. "Qizil ajdarho" - 56 000 so‘m 17. "Xatolaring bilan sevaman" - 30 000 so‘m 18. "Uch og‘ayni" - 50 000 so‘m 19. "Lissabondagi tun" - 33 000 so‘m 20. "Fozil odamlar shahri" - 19 000 so‘m
✅ Kitoblarga buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 14😍 9 7❤‍🔥 5🏆 2👏 1🎉 1🆒 1
00:27
Video unavailableShow in Telegram
Frans Kafka "Kovak" 🎙 Ushbu asarni Kafka yozayotgan vaqtida hayotining eng og’ir damlarini boshdan kechirayotgan va o’limni, qo’rquvni, tahdidni kundan kun yaqindan his qilayotgan edi. Kafkaning tuyg’ulari nafaqat asarga balki kitobxonga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
📘 Frans Kafka (1883—1924) — XX asr adabiyotining eng ta’sirchan va sirli namoyandalaridan biri. Uning asarlarida insonning tanholigi, iroda va ojizlik, hokimiyat va byurokratiya shafqatsizligi, hayotning absurd manzaralari o‘ziga xos uslubda ifoda topgan. Har bir hikoya orqali yozuvchi voqelikning mantiqiy chegaralarini buzib, tushdek sirli va bir paytning o‘zida yurakka yaqin manzaralar yaratadi. To‘plamdagi hikoyalar inson taqdiri, adolat va ma’no izlanishi, qo‘rquv va ichki iztiroblar haqida umrbod yangraydigan savollarni o‘rtaga qo‘yadi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 176 bet 💸 Narx: 35 000 so'mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
IMG_4114.MP47.32 MB
19🔥 16👍 3🏆 2👏 1
💫 Yangilik | Bolalar kitoblari 🌟 “Mitti olam” nashriyotining qiziqarli va rang-barang rasmlarga boy bolalar kitoblari Book.uz do‘konlarida!
💸 Narxi: "Soy bo‘yida" – 21 000 so‘m "Quvonch" – 21 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
😍 12 10👍 5🔥 4🎉 1🤗 1
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Sotuvda | Abdurauf Fitrat "Najot yo‘li" 🎙 Abdurauf Fitratning "Najot yo‘li" ("Rahbari najot") asari o‘z davrida millatni uyg‘otish, jaholat va mustamlakachilik kishanlaridan ozod etish g‘oyasi bilan yozilgan muhim ma’rifiy qo‘llanmadir. Asar xalqni ilm, tafakkur va birlik orqali najot topishga undaydi. Fitrat bu asarda milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy va madaniy yuksalishning yagona yo‘li - zamonaviy bilimlarni egallash ekanini chuqur falsafiy asosda yoritadi.
😎 "Najot yo‘li" o‘quvchiga o‘z xalqining kechmishi, buguni va kelajagini mushohada qilish, mustaqil fikrlash va vatanparvarlik ruhida yashash zarurligini sindiradi. Asarda ma’naviy uyg‘onish hamda tafakkur qilish g‘oyalari yo‘g‘rilgan bo‘lib, o‘qirmanni ilm, adolat va insof yo‘lida harakat qilishga chorlaydi. Ushbu asar, ayniqsa, o‘rta va oliy ta’lim yoshidagi kitobxonlar, shuningdek, milliy o‘zlik va ma’naviyat masalalariga qiziquvchi har bir kitobxon uchun mo‘ljallangan.
🖨 Nashriyot: «Yoshlar matbuoti» 📔 Muqova: Yumshoq, 208 bet 💸 Narxi: 22 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 13 10👍 5😍 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yangilik | Iqbol Qo‘shshayeva "Zaminga sig‘magan orzular" 🎙 Ushbu to‘plamda Bahodir Yo‘ldoshev, Rimma Ahmedova, Dilorom Karimova, Murod Muhammad Do‘st kabi millatimiz oydinlari bilan suhbatlar, san'at va adabiyot haqidagi maqolalar, esselarga keng o‘rin berilgan. Kitobni qisqagina qilib "uyg‘unlik jozibasi" deb ta'riflash mumkin.
😎 Nega bizda lanjlik hukm suryapti? Shoir tarannum etgandek, chindan ham yerdagi jannatda yashayapmizmi? Bali, biz o‘zimizni ko‘p narsadan, hatto haqiqatni ko‘rishdan (aytish demayapman) ham ihotalab tashlagandirmiz. Dard miqyosi tor bo‘lgani uchun badiiy va ekran asarlarida yurakning zarbi sustmikan? O‘zimiz tanlagan ilmlilik, "oltin o‘rtalik" deb ataganimiz sixni ham, kabobni ham kuydirmaslik istagi o‘z-o‘zidan matnga ekranga ko‘chyapti. Afsuski, biz bugun "shaxs" deb ulug‘layotgan ziyolilarni jadidlarning qismati va jasoratidan ko‘ra ularga o‘rnatilgan haykal ko‘proq hayajonlantiradi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 240 bet 💸 Narxi: 40 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 15 14 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 BOOK.UZ'da doimgidek maxsus chegirma bo'lishini kutayotganlar shu yerdamisiz!😉 Bu safar nima munosabat bilan chegirma bo'layapti ekan?🤔- deysizmi? BOOK.UZ kitoblar do'koni o'zingizni va yaqinlaringizni xursand qilishingiz uchun maxsus takliflar tayyorlab qo'ydik.😊 📆 29-30-Noyabr va 1-dekabr kunlari BOOK.UZ ning barcha filiallarida siz istalgan kitoblar uchun:
⚡️150 000 so'mdan oshgan xarid uchun 5% ⚡️200 000 so'mdan oshgan xarid uchun 7% ⚡️300 000 so'mdan oshgan xarid uchun 10% Chegirma barcha kitoblarga amal qiladi!☺️
✨ Do’konlarimizga tashrif buyura olmaydigan mijozlarimiz xafa bo'lmasangiz ham bo'ladi sizlar uchun online buyurtma berish va chegirmadan foydalanish imkoniyati ham mavjud.🤩 ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 12 7🎉 1🐳 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Sotuvda | Taqdimot Komil Sindarov "Or-nomus xuni" ⚡️ Bugun Book.uz ning bosh doʻkonida, soat 10:30 da, "Tergovchi" seriyasidagi "Or-nomus xuni" kitobining taqdimoti boʻlib oʻtadi, shuningdek bu kitob doʻkonlarimizda sotuvga chiqarildi. ✍️ Bugun sizda kitobni sotib olish bilan birga muallif dasxatini olish imkoniyati ham boʻladi.
📘 "Tergovchi" seriyasining navbatdagi asari hukmingizga havola qilinayotganidan mamnunmiz. Qissada mavzu markaziga olinayotgan or-nomusning toptalishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, bir kishining noto‘g‘ri hatti-harakatlari ortidan turli-tuman qabihliklarga qo‘l urilishi yoritilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etuvchilari qanchalik puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishmasin, ularni topishda asar bosh qahramonlari – Fahriddin va Sanjarbeklar hamda tezkor-tergov guruhi faol a’zolarining sa’y-harakatlari besamar ketmaganligining guvohi bo‘lamiz. Kitobni o‘qish davomida, bir tarafdan, jamiyatning ayrim a’zolari bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolayotganligi, ularning axloq, tarbiya, xulq-u saviyasi qaysi darajada tubanlashib ketganligi va buning natijasida yuzaga kelayotgan baxtsizliklar vujudingizda og‘riq hosil qilsa, ikkinchi tarafdan, sizi-u bizni hushyorlikka, yon-atrofda bo‘layotgan hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.Ushbu asar detektiv ixlosmandlari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 304 bet 💸 Narxi: 39 000 so‘m Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
21🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Sotuvda | Charlz Dikkens "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" 🎙 Charlz Dikkensning "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" romani XIX asr Angliyasidagi ijtimoiy tengsizlik, bolalar mehnati va muhtojlar hayotini fosh etuvchi ilk ingliz ijtimoiy-realistik romanlaridan biridir. Asarda yetim Oliverning jamiyatda omon qolish kurashi, axloqiy tanlovlari, jinoyatchilar olamidan qutulish yo'lidagi sa'y-harakatlari tasvirlanadi.
😎 Dikkens kambag‘allik tizimining shafqatsiz mexanizmlarini, xususan, parish (muhtojlar uchun) tizimini, bolalar yetimxonalaridagi zulmni, jinoyatchilik va ekspluatatsiyani ochib beradi. Asar o‘quvchini jamiyatdagi adolatsizliklarga befarq bo‘lmaslikka, insoniylik, mehr-oqibat va axloqiy qadriyatlar ustunligini anglashga chorlaydi. Roman bugungi kunda ham ijtimoiy adolat, axloq va bolalar huquqlari masalasida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Yumshoq, 608 bet 💸 Narxi: 63 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
29🔥 14🤩 4🏆 3😇 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Bola bu oppoq qog'ozdir, Unga nima yozsangiz, shuni o‘qiysiz. Agar siz unga mehr, ezgulik va bilim so‘zlarini yozsangiz — u shunday inson bo‘lib ulg‘ayadi. Agar beparvo bo‘lsangiz, bu qog‘ozni boshqa birov yozadi. Farzandingizga dunyoni tanitishning eng toza yo‘li — kitob. Kitob bola qalbiga nafaqat so‘z, balki ezgulik olib kiradi. ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
IMG_4015.MP45.25 MB
24🔥 9👏 3😎 3🤗 2💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#parcha 😎 Rasmiyatchilikka mukkasidan ketgan, yillar davomida boshqalardan bir pog‘ona yuqori ko‘tarilishdan o‘zga o‘y-fikrlari va intilishlari bo‘lmagan odamlarni kim deb hisoblasa bo‘ladi-a? 📘 Yohann Volfgan Gyote "Yosh Verterning iztiroblari"
💸 Narxi: 30 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
23🕊 3
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Kitobxonlar diqqatiga! 📖 "Tergovchi" seriyasining navbatdagi "Or-nomus xuni" kitobi chiqishi munosabati bilan 28-noyabr kuni 10:30 da, Book.uz ning Qatortoldagi bosh do‘konida kitob taqdimoti va imzo soati bo‘lib o‘tadi. ✍️ Taqdimotda kitob muallifi Komil Sindarovning o'zlari ham ishtirok etadi. Yangi kitobni sotib olish bilan birgalikda unga muallif dasxatini ham qo‘ydirishingiz mumkin bo‘ladi! ☺️ Sizlarni do‘konimizda kutib qolamiz! 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
👍 25 8❤‍🔥 7😍 4
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Yangilik | Sotuvda! ✍️ Mustafo Kamol Chelik "Meni tingla, meni angla" Ota-ona va bola orasidagi munosabat o‘rnatish uchun qimmatli tavsiyalar!
Afsuski, farzand tarbiyasiga ayrim ota-onalar o‘zlari tarbiya topgan davr muhiti ta’siridan chiqmagan holda yondashishadi va turli xatoliklarga yol qo‘yishadi. Yildan yilga bolalarning dunyoqarashi kengayib, imkon qadar erkinroq fikrlashga harakat qilishmoqda. Farzandi hayotda qiynalmay o‘z o‘rnini topishini istovchi ota-onalar har jabhada bolalari fikriga quloq tutishlari lozimligini allaqachon anglab yetishgan. Hurmatli ota-onalar, umid qilamizki, qo‘lingizdagi kitob farzand tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifangizda sizga yaxshi maslahatchi bo‘la oladi!
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Yumshoq, 208 bet 💸 Narxi: 30 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
10❤‍🔥 7👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Yangilik | G‘aybulla Boboyorov "Turkiy o‘zlik" 📖 Ushbu kitob turkiy xalqlarning boy merosi, o'zbek xalqining qadim o'tmishi va tarixiy xotirasini jonlantiradi. Unda qadimgi turklarning yemak - ozuqalanish madaniyati hamda manbalarda aks etgan harbiy san'ati yoritiladi.
"Turon" va "Turkiston" nomlarining qachondan boshlab ishlatilgani, Beruniy tilga olgan "turk podsholari" kimlar ekani, o‘zbek nomining kelib chiqishi butunlay yangicha qarash bilan ilmiy asosda ochiqlanadi. Qadimiy tangalar tahlil qilinar ekan, o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar o‘tmishining naqadar buyuk ekani ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. "Turkiy o‘zlik" bizni o‘z kechmishimizni anglashga, ajdodlarimiz merosidan saboq olishga chaqirish bilan birga, milliy g‘ururimizni ham uyg‘otadi. Shu bois, asar ilmiy jamoatchilikdan tortib, milliy o‘zligini chuqurroq his etishni istagan har bir o‘qirman uchun bebaho manba vazifasini o‘taydi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 224 bet 💸 Narxi: 45 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
👍 19 6🔥 6❤‍🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Sotuvda | "Tergovchi" ✍️ Komil Sindarov "Qimmatga tushgan xato" 🎙 Prokuratura bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan, o‘z kasbining fidoyisi, bir oilaning mehribon otasi sirli ravishda yo‘qoladi. Asar ushbu voqealar bilan boshlanadi. Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sirli ravishda yo‘qolgan mas’ul xodimni izlashda gumon qilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish jarayoni, oilasi, qarindosh-urug‘larining chekkan jafolari, tahlikali o‘tkazgan kunlari asarda o‘ziga xos yo‘nalishda hikoya qilinadi.
😎 Aziz kitobxon! Asarda tasvirlangan qahramonlarning ruhiy holatlari, alamli kechinmalari, quvonch-u shodliklariga sherik bo‘lasiz, degan umiddamiz. Darvoqe, “Tergovchi” degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining o‘nta kitobini o‘z ichiga oladi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Yumshoq, 416 bet 💸 Narxi: 29 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
18🔥 9❤‍🔥 3👍 1😇 1
🌟 Biznes va biografiya 📚 Mashhur insonlarning hayoti tarixini o'zida jamlagan kitoblar. Bu kitoblar o'z ustingizda ishlashingiz va rivojlanishingizga katta hissa qo‘shadi.
"Tarjimayi hol" – 49 000 so‘m "Abraham Linkoln" – 45 000 so‘m "Jeff Bezos" – 35 000 so‘m "Bill Geyts" – 32 000 so‘m "Mening kashfiyotlarim" – 24 000 so‘m "Hayotim tarixi" – 28 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 20👍 8 3🏆 3
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Yangilik | Erkin A'zam "Momaqaldiroq ostida sayr" 🎙O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning ushbu kitobida asli bir ko‘chada o‘sib-ulg‘aygan, so‘nggi o‘n yilliklar davridagi ijtimoiy hayot jilvalari-yu dolg‘alari girdobida bo‘yidan baland sakramoqqa uringan uch qahramonning chigal taqdiri ajib haqqoniyat va tabiiylik bilan aks ettiriladi.
😎 1950-yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tugatgan. Roman, qissa, hikoya hamda publitsistik asarlardan iborat yigirmadan ortiq kitobi, besh jildli “Tanlangan asarlar”i chop etilgan. Asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. “Farewell to Fairy Tales”, “Heirs to the Great Sinner Sheikh San’on”, “Adieu aux contes de fées”, “La Fête du poète” kabi kitoblari Buyuk Britaniya va Fransiyada nashr etildi. Yurtimiz teatrlarida sahnalashtirilgan “Jannat o‘zi qaydadir”, “Jiydalilar”, “Farrosh kampirning tushi”, “Tanho qayiq” kabi dramatik asarlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam milliy kinematografiya rivojiga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning “Chantrimore”, “Piyoda” asarlari o‘zbek kino san’atida yangi sahifa ochdi. “Dilxiroj”, “Erkak”, “Zabarjad”, “Suv yoqalab”, “Parizod”, “Bahorni quvib” kabi filmlari nufuzli xalqaro festivallarda e’tirof etilgan.
📔 Muqova: Yumshoq, 288 bet 💸 Narxi: 45 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
20🎉 7🏆 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Kun iqtibosi "Dengizdan-da ulug'vor tomosha bor, bu osmon; osmondan ham ulug'vor bu — inson qalbi".
📘 Viktor Gyugo | "Xo‘rlanganlar" 💸 Narxi: 82 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
30🔥 8😇 6❤‍🔥 3🕊 1
💫 Bolalar ensiklopediyasi 📖 “Yer sayyorasi” va “Inson tanasi” ensiklopediyalari – bolalar uchun yangi va qiziqarli ma’lumotlarni bir joyga jamlagan ikki noyob manba.
💸 Narxi: "Yer sayyorasi" – 80 000 so‘m "Inson tanasi" – 80 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
👍 18 10🔥 5😍 1💯 1😎 1
💫 Yangilik "Jadid adabiyoti namoyandalari" 📚 Seriyadagi kitoblar safiga yangilari qo'shildi:
"Mahmudxo‘ja Behbudiy" - 60 000 soʻm "Elbek" - 60 000 soʻm "Mo‘minjon Toshqin" - 60 000 soʻm "Fozilbek Otabek o‘g‘li" - 50 000 soʻm "Munavvarqori Abdurashidxonov" - 50 000 soʻm
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
star reaction 1🔥 20 8👍 2🥰 1💯 1🏆 1