fa
Feedback
BOOK.UZ

BOOK.UZ

رفتن به کانال در Telegram

📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbek | @bookuzbot 🗺 Katalog: www.book.uz 🕘 Du–Ju. 9:00–22:00 🕙 Sh–Ya. 10:00–22:00 🚚 Yetkazish 20,000 dan boshlanadi 🏡 Toshkent sh. Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60. Geolokatsiya: https://bit.ly/3xiKlRK

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
18 085
مشترکین
-6824 ساعت
-2757 روز
+2 34930 روز
آرشیو پست ها
Repost from TgId: 2548779715
Nazar Eshonqul ixlosmandlari shu yerdamisiz 🗣 📚 Yangi kitobimiz tayyor! Lekin sizsiz yakunlanmaydi… Quyida 3 ta muqova dizaynini ulashdik. Qaysi biri sizning didingizga mos? Biz uchun sizning fikringiz — eng qimmatlisi. 👉 Ovoz bering va aynan siz tanlagan muqova kitobimizning rasmiy yuzi bo‘ladi! 1⃣- ❤️ 2⃣- 🔥 3⃣- 😍
نمایش همه...
😍 211🔥 74 59❤‍🔥 2👍 2🎉 2
shoh
نمایش همه...
00:38
Video unavailableShow in Telegram
😅 Kayfiyat vaqti! Videoni shunaqa tanishlaringizga jo‘nating! 🎞️Yangi! 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
IMG_3670.MP412.10 MB
🤩 45😎 12 10💯 7🐳 3 1🔥 1🕊 1😍 1🏆 1
⚡️ Qayta nashr | “Tergovchi” 📚 Komil Sindarovning bir nechta sotuvda tugab qolgan kitoblari yana sotuvda!
"Kechikkan qasos" – 29 000 so‘m "So‘poqsoydagi sirli qotillik" – 29 000 so‘m "Qadr kechasidagi qotillik" – 29 000 so‘m "Tungi qotillik" – 29 000 so‘m
🖨 Nashriyot: “Yangi asr avlodi”Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
20🔥 6🏆 3👍 2🆒 1
🤩 Hafta davomida nashr etilgan so'nggi yangiliklar. Mazkur kitoblarni barcha filiallarimizdan xarid qilishingiz mumkin!
"Andisha va g‘urur" – 38 000 so‘m "Kovak" – 35 000 so‘m "Halokat to‘zoni" – 42 000 so‘m "Uch og‘ayni" – 50 000 so‘m "Suv ostida 80 ming kilometr" – 34 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
26🔥 10👍 8🏆 2
3. Muxtorova Dilnoza
F. M. Dostoyevskiyning “Oydin tunlar” asariga taqriz Kirish Jahon adabiyoti sarchashmalarida Dostoyevskiyning asarlariga yetadigani yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Necha asrlardan buyon uning asarlari o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Kitobxonlardan so‘rovnoma o‘tkazsangiz, aksariyati Dostoyevskiyning asarlarini o‘qiganini aytadi. Ammo hamma ham asarning tub mohiyatiga yetib boradimi?! Dostoyevskiy o‘ziga xos uslub va tili bilan yashirin ma’nolarga juda boy yozuvchi. Uning mashhur asarlaridan biri — “Oydin tunlar” — ham yashirin ma’nolari bilan boshqa ijod namunalaridan birmuncha farq etadi. Ushbu asar sentimental bo‘lib, o‘zida quyidagilarni jamuljam etgan: voqealikni hissiy talqin etish; o‘z manfaatidan boshqalarning manfaatini ustun qo‘yish; sayohat jarayoni orqali oddiy xalq ijtimoiy hayotini o‘rganish; pessimizm Asarni bir qarashda o‘qigan odam uni sevgidan kuygan inson haqida deb o‘ylashi mumkin. “Ko‘pdan beri men birovni izlardim, izlaganda ham sizni izladim. Mana endi nasib qilgan ekan, topdim, gapdonlarim ochilib ketdi, gapirmasam yorilib o‘laman.” “Men sizni 20 yildan buyon yaxshi ko‘rib yurgan bo‘lsam ham, lekin hech qachon hozirgichalik sevmagandim!” (Asardan parcha) Ammo Dostoyevskiy bu asarda sevgi qissasi orqali o‘quvchilarga boshqa, yanada chuqurroq ma’noni ham ko‘rsatgan — ya’ni inson yolg‘izligi, xayol va haqiqat o‘rtasidagi kurash, hamda jamiyatdagi ko‘rlik masalalarini ochib bergan. Voqealar nega asosan tunda sodir bo‘ladi? Nega aynan qiz va yigit uchrashuvi tunda? Nega 26 yoshga to‘lgan, sakkiz yil Peterburgda yashagan bo‘lsa ham, birorta tanishi yo‘q? Yolg‘iz. Asar nomidan kelib chiqsak, “tunlar” — bu odamlar kundalik ishlaridan horib dam oladigan, ijodkorlarning ilhomi keladigan vaqt. Asarda tun so‘zining qo‘llanilishi orzu va xayol bilan bog‘liq. Ko‘pchilik tunda xayol suradi, orzularga beriladi, o‘tgan kunini sarhisob etadi. Tunda tinchlik, osudalik bor. Asardagi qiz necha yillardan beri ko‘zi ojiz buvisi qaramog‘ida yashaydi. Uning hayoti mahbuslardek: o‘zi uchun qaror qabul qila olmaydi, barcha narsani buvisi hal qiladi. Buvi obrazi — ko‘zi ojiz, ya’ni haqiqatni ko‘rmaydigan, lekin boshqalarga ham ko‘rishga yo‘l bermaydigan, faqat o‘zini haq deb biladigan inson qiyofasi. Dostoyevskiy qiz obrazida esa hamma zamonlarda uchraydigan insonlar timsolini yaratadi — xayol suradigan, real hayotdan qochib, o‘z xayoliy dunyosida yashovchi insonlar timsoli. Ko'p odamlar hayotda nimadandur ko‘ngli to'lmasa, "bunday bo‘lsa edi, u shunday bo'lsa edi" deb orzulaydi. Lekin hayotda hamma narsa ideal darajada bo'lmaydi. Buni asar mazmunida ham ko'rishimiz mumkin: qiz boshqa yigit bilan bo'lishini bilsa ham, tungi suhbatdoshidan ayrilishni istamaydi. Chunki u suhbatdoshi — qizning orzularidagi, xayolidagi yigit. Bu esa insonning real hayotdan uzoqlashib, faqat ideal — ya'ni xayolotdagi hayotni istashini ochib beradi. Xulosa "Oydin tunlar" — bu oddiy sevgi qissasi emas. U orqali Dostoyevskiy inson qalbining eng nozik qatlamlarini, orzu va haqiqat o‘rtasidagi ziddiyatni, yolg‘izlikni va ichki kechinmalarni yoritgan. Inson real hayotdan uzoqlashib qanchalik xayollar og'ushiga sho'ng'iyversa shunchalik real hayotni qabul qilishi qiyinlashadi.
Videolar bo‘yicha g‘oliblarni esa Instagram sahifamiz orqali ulashib boramiz! 📱 bookuzbekistan 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
14💯 3🎉 1
2. Kan_kodoma
Yapon adabiyotini o‘qigan kishi biladi: unda voqealar shiddatli yoki keskin burilishlarga boy bo‘lishi shart emas. Yapon yozuvchilari ko‘proq inson ruhiyatiga, his-tuyg‘ularning chuqur qatlamlariga e’tibor qaratadi, hayotning ramziy ma’nolarini tahlil qiladi. “Kapalaklar mavsumi” to‘plamida 12 nafar mashhur yapon yozuvchisining hikoyalari jamlangan. Unda klassik adabiyot vakillaridan tortib zamonaviy mualliflarga qadar keng doira qamrab olingan. O‘zbek kitobxonlariga allaqachon tanish bo‘lgan Akutagava Ryunoske, Kobo Abe, Yasunari Kavabata va Haruki Murakami singari ijodkorlarning hikoyalari ham kitobga kiritilgan. To‘plam Akutagavaning “Tansiq taom” asari bilan boshlanadi. Bu hikoya oddiy bir harbiyning orzusi – batat bo‘tqasini to‘yib yeyish istagi haqida. Ammo u orzusiga yetgach, kutilmagan holda ichki bo‘shliqni his qiladi. Shu paytda o‘quvchi hayotning o‘zi orzudan ko‘ra boyroq va mazmunliroq ekanini anglaydi. Har kim bu hikoyadan o‘ziga yarasha falsafa topadi, va aynan shunda haqiqiy adabiyotning qudrati namoyon bo‘ladi. Yasunari Kavabataning “Jonsiz yuz” hamda “Olovga talpinayotgan ayol” hikoyalari esa muallifning nozik uslubini yanada yaqqol ko‘rsatadi. U inson ruhining eng og‘riqli, ammo tabiiy holatlarini – go‘zallik, muhabbat va ayriliq o‘rtasidagi nozik chiziqlarni yengil, ammo ta’sirli tarzda ifodalaydi. Kobo Abening “Bolalar xonasi” hikoyasi esa o‘quvchini o‘z ichiga tortib oladi. Abe o‘ziga xos absurd va psixologik chegaralarni chizadi. Bu hikoyani o‘qir ekansiz, bolalikdagi “siz” va bugungi “siz”ni solishtirasiz, jamiyat qo‘ygan qafaslarni his qilasiz. U sizni ichingizdagi bolalikning qachon yo‘qolganini o‘ylashga majbur etadi. Murakamining “Spagetti yili” hikoyasi esa hayotdagi oddiy tafsilotlardan falsafa yaratish qobiliyatining yorqin namunasi. Bu hikoya yolg‘izlik, o‘z yo‘lingni izlash va ichki tinchlik haqida. To‘plamda Yamamoto, Tadsudzo Isikava, Sin’iti Yukilar kabi yozuvchilarning hikoyalari ham o‘rin olgan bo‘lib, ular orqali o‘quvchi yangi yozuvchilarni kashf etadi, turli ruhiy olamlarga sayohat qiladi. Hikoyalar turli tarjimonlar tomonidan o‘girilgani sababli, uslubiy farqlar seziladi. Biroq shunga qaramay, ayrim hikoyalar tarjimasi o‘zbek adabiyotidagi eng sifatli ishlardan biri darajasida. Bugungi shoshqaloq hayot sur’atida “Yapon hikoylari ” sizni biroz to‘xtab, o‘ylashga, ichki dunyongizni tinglashga va sokinlikni his etishga chorlaydi. Bu kitob – o‘zingizga qaytish, ruhiy tinchlikni topish imkoniyatidir.
نمایش همه...
🔥 2🏆 2
✍️ O‘yinimizning 'kitob taqrizi' qismi ham o‘z nihoyasiga yetdi. ✅ Mutaxasislarimiz tomonidan quyidagi taqrizlar tanlab olindi: 1. Shaxriyor
Norveg adabiyotining sehrli ovozi sanalgan Knut Hamsun inson ruhining eng nozik iplarini titratib yozadi. Uning Viktoriya, Edvarda va Glaning o‘limi asarlari – bitta umumiy ohangning, bitta iztirobning, bitta abadiy izlanishning davomidir: sevgi bilan taqdir o‘rtasidagi kurash. 1. “Viktoriya” – yurak buyukligini tan olmagan sevgi fojeasi Bu roman – Hamsunning eng sokin, eng go‘zal, eng og‘riqli qo‘shig‘i. Viktoriya va Yoxannes o‘rtasidagi sevgi – ikki yurakning bir-birini tan olishi, lekin jamiyat, tabaqalar va “kerak”lar oldida taslim bo‘lishidir. Hamsun sevgi haqida shunday deydi: “Sevgi – bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan qonun. Uni hech kim bekor qila olmaydi.” Ammo bu qonun Viktoriya hayotida so‘nadi. U muhabbatini tan oladi, lekin unga bormaydi. Roman shu savolni qoldiradi: “Sevgan odamni baxtli qilolmasak, biz haqiqatan sevgan bo‘lamizmi?” 2. “Edvarda” – iztirobni atay tiriltiradigan ayolning hikoyasi "Viktoriya" romanining ruhiy davomidek ko‘riladigan bu asarda Edvarda obrazi butunlay o‘zgaradi. U – mavhum ehtirosning, charchoqning, ichki bo‘shliqning ramzi. Edvarda – “nima qilayotganini bilmaydigan” ayol emas; aksincha, insofoning o‘zini ham qiynaydigan ayol. U sevgi bilan o‘ynaydi, lekin bu o‘yin uni ham, unga oshiq bo‘lganlarni ham yo‘q qiladi. Hamsun Edvardani yomonlamaydi—uni odam tabiatidagi og‘riqli haqiqat sifatida chizadi. Bu qahramon orqali yozuvchi savol beradi: “Inson qalbiga eng ko‘p jarohatni boshqalar emas, o‘zimiz beramizmi?” 3. “Glaning o‘limi” – umrning eng yolg‘iz nuqtasi Bu novella – Hamsun lirikasining eng achchiq, eng sokin yakuni. Glan – tabiat bilan, sevgining baland ovozlari bilan yashagan inson. Ammo uning o‘limi – inson ichidagi osoyishtalik bilan ketish, hamma narsa tugab bo‘lganda, faqat ichki tovush qolganida sodir bo‘ladi. Glan o‘limi – fojea emas. U bir yengillikdir. Bir qo‘yib yuborishdir. Hamsun bizga shuni uqtiradi: “Ba’zan inson o‘limga emas, o‘zi izlagan sukutga qaytadi.” Umumiy ruh Uch asarning eng katta qudrati – insonning ichki kechinmalarini bitta daryoga aylantira bilishida. Viktoriya – sevgi qadrini bilmagan jamiyat fojiasi; Edvarda – sevgi bilan o‘ynab, o‘zidan qochib yurgan ruhning ichki parchalari; Glaning o‘limi – sevgi va azobning oxirgi nafasda tolqinlanib so‘nishi. Bu trilogiya bitta savolni uyg‘otadi: “Muhabbatning o‘zi azobli emas — uni odamlar azobli qiladi.” Hamsun trilogiyasi – qalbiga sodiq bo‘la olmaganlarning faryodi, lekin sevgi deb atalgan mo‘’jizaning eng go‘zal tasdig‘idir. Xulosa Bu asarlar nafaqat o‘qiladi—yurakda yashab qoladi. Hamsun insonning eng yashirin, eng ipdek nozik hislariga qo‘l tekkazadi. Uch qahramon, uch sevgi, uch fojea, lekin bitta haqiqat: “Inson sevish uchun yaratilgan, ammo baxtga erishish uchun har doim ham jasorat topa olmaydi.” Aynan shu og‘riq – Hamsunni Hamsun qiladi.
نمایش همه...
🔥 5 2
🤩 "Yangi asr avlodi" va "Yoshlar matbuoti" nashriyoti tomonidan so‘nggi va qayta nashr etilgan kitoblarni "Book.uz" kitoblar do‘konimizning barcha filiallaridan xarid qilishingiz mumkin!
"Andisha va g‘urur" – 38 000 so‘m "Kovak" – 35 000 so‘m "Halokat to‘zoni" – 42 000 so‘m "Evrilish" – 25 000 so‘m "Uch og‘ayni" – 50 000 so‘m "Suv ostida 80 ming kilometr" – 34 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
⚡️Bugun 15-noyabr o‘yinimiz o‘z nihoyasiga yetdi. 🌟 Bu sana qaysidir ishtirokchining baxtli kuni bo'lishi mumkin! 🎉 Endi esa g‘oliblarni aniqlaymiz buning uchun bizga sizning yordamingiz kerak! Tepadagi rasmlardan qaysi biri sizga yoqqan bo‘lsa, shu rasm uchun belgilangan emojilarni komentariyada qoldiring: 1– rasm uchun ❤️ 2– rasm uchun 🤩 3– rasm uchun🔥 4– rasm uchun 😍 5– rasm uchun ❤️‍🔥 ✅ Sizning fikringiz biz uchun muhim! 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
160🤩 135🔥 119❤‍🔥 45😍 18👍 3💯 3🏆 2🤗 1😎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Vakansiya 📚 BOOK.UZ kitoblar do’konida faoliyat yuritishni istaysizmi? Ahil jamoa va kitobxonlik muhitida davomiy ishlash va o’sib boruvchi xodim bo’lishni-chi? ✅ Unday bo‘lsa sizni jamoamizni bir qismi bo’lishga taklif etamiz! Jamoamizga: Call-operatori lavozimi uchun xodim kerak. 📌 Talablar: - Talaba bo‘lmasligi yoki sirtqi ta'limda o‘qishi; - Rus tilini bilishi; - Jamoada ishlay olish va feedback’ga ochiqlik; - Yosh chegarasi 18-35 📍 Manzil: Toshkent, "Book.uz" bosh do‘koni ⏰ Ish vaqti: 9:00 - 17:00 gacha 14:00 - 21:00 gacha 💸 Maosh: suhbat asosida kelishiladi. 🥗 Tushlik ishxona hisobidan. ☎️ Murojaat uchun: @Bookuz_HR | +998773260050 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
18🔥 3🤗 3🤩 2😇 2🆒 1
💫 "Yosh kitobxon" seriyasidagi kitoblar 📚 Ushbu seriyadagi eng so'ngi chiqgan kitoblarni Book.uz kitoblar do‘konidan sotib olishingiz mumkin!
"Shinel" – 16 000 so‘m "Tom Soyerning yangi sarguzashtlari" – 15 000 so‘m "Xudoyorxonning so‘ngi kunlari" – 22 000 so‘m " Hojimurod" – 16 000 so‘m "Afg‘on sayohati" – 16 000 so‘m
🖨 Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 19 12🏆 5👍 1💯 1
⚡️ Bugun chegirmaning oxirgi kuni, yodingizdami? Xaridga shoshiling! 😊
نمایش همه...
💘 16 6🐳 4🎉 2🆒 1
💫 Kun iqtibosi — Adolatsiz jamiyat – imkoniyatlaringdan kuching boricha foydalanishga zamin yaratadigan makondir.
📘 Haruki Murakami | "Norveg o‘rmoni" 💸 Narxi: 57 000 so‘m
Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
23🏆 4🔥 3💯 3😇 3❤‍🔥 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 Oldindan buyurtma | Taqdimot Komil Sindarov – "Or-nomus xuni" Huquqshunos, yuridik fanlari doktori, professor yozuvchi Komil Sindarovning "Tergovchi" ruknidagi "Or-nomus xuni" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtadi! 📆 14- noyabr, soat 14:00 📍 Milliy kutubxona
📘 «Tergovchi» seriyasining navbatdagi asari е'tiboringizga havola qilinayotganidan mamnunmiz. Ushbu kitob seriyadagi 16-kitob bo'lib, mavzu markaziga olinayotgan or-nomusning toptalishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, bir kishining noto‘g‘ri xatti-harakatlari ortidan turli-tuman qabihliklarga qo‘l urilishi yoritilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etuvchilari qanchalik puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishmasin ularni topishda asar bosh qahramonlari – Faxriddin va Sanjarbeklar va tezkor-tergov guruhi faol a’zolarining sa’y-harakatlari besamar ketmaganligining guvohi bo‘lamiz.      Kitobni o‘qish davomida, bir tarafdan, jamiyatning ayrim a’zolari bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolayotganligi, ularning axloq, tarbiya, xulq borasida qay darajada tubanlashib borayotganligi va buning natijasida yuzaga kelayotgan baxtsizliklar vujudingizda og‘riq hosil qilsa, ikkinchi tarafdan, sizu bizni hushyorlikka, yon-atrofda bo‘layotgan hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.
«Or-nomus xuni» asarini 27-noyabrdan kitob do'konimizdan xarid qiling! ⚡️26-noyabr, soat 23:59 ga qadar oldindan to'lov qilib 20% lik chegirmada 31 200 so'mga xarid qilishingiz mumkin. 🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 304 bet 💸 Narx: 39 000 so'mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
21❤‍🔥 4🔥 2🏆 1
⚡️Kitobxonlar uchun qaynoq chegirmalar!🥳 🎙 Book.uz kitoblar do‘konimizdan ushbu yaqin kunlarda nashr qilingan yangilik kitoblarimizni barchasini 11% lik chegirmada atigi 364 900 so‘mga xarid qilishga ulgurib qoling.🤩 ❗️ Kitoblar soni cheklangan, tezroq ulgurib qoling! 📆 Chegirma 11-noyabrdan 13-noyabrgacha barcha filiallarimizda amal qiladi. 📍 Filiallar manzili ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
8🔥 4😎 4👍 1😍 1🤗 1
Sotuvda | Jeyn Ostin "Andisha va g‘urur" 🎙 Jeyn Ostinning "Andisha va g‘urur" romanida qishloq aslzodasining qizi Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyligi ila mag‘rur katta yer egasining o‘g‘li Fitsuilyam Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlar hikoya qilinadi. 1813-yilda chop etilgan roman o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
😎 "The British Critic" ("Britaniya tanqidchisi") jurnali "Andisha va g‘urur" haqida shunday yozgandi: "Roman shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi barcha asarlardan yuqori turadi". Umid qilamizki, mazkur roman o‘zbek kitobxonlarini ham befarq qoldirmaydi.
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 384 bet 💸 Narxi: 38 000 so‘mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
38🔥 18😍 6 2❤‍🔥 2👍 2🎉 1🕊 1💯 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 Oldindan buyurtma | Frans Kafka «Kovak»
📘 Frans Kafka (1883—1924) — XX asr adabiyotining eng ta’sirchan va sirli namoyandalaridan biri. Uning asarlarida insonning tanholigi, iroda va ojizlik, hokimiyat va byurokratiya shafqatsizligi, hayotning absurd manzaralari o‘ziga xos uslubda ifoda topgan. Har bir hikoya orqali yozuvchi voqelikning mantiqiy chegaralarini buzib, tushdek sirli va bir paytning o‘zida yurakka yaqin manzaralar yaratadi. To‘plamdagi hikoyalar inson taqdiri, adolat va ma’no izlanishi, qo‘rquv va ichki iztiroblar haqida umrbod yangraydigan savollarni o‘rtaga qo‘yadi.
📆 «Kovak» asarini 15-noyabrdan kitob do'konimizdan xarid qiling! ⚡️14-noyabr, soat 23:59 ga qadar oldindan to'lov qilib 20% lik chegirmada 28 000 so'mga xarid qilishingiz mumkin. ✍️ Tarjimon: Navro‘za Mahamadxo‘jayeva 🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi» 📔 Muqova: Qattiq, 176 bet 💸 Narx: 35 000 so'mBuyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...
23👍 8🎉 3🕊 2😍 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
BOOK.UZ'da 11.11 chegirmasi boshlanish arafasida!🥳 11.11 Bu butun dunyo bo’ylab katta chegirmalar kuni! Sevimli kitoblar do’koningiz BOOK.UZ barcha kitoblar uchun 11% chegirma e’lon qiladi. Ushbu chegirma 3 kun davom etadi. Ulgurib qoling! 😉 📆 11-12-13-Noyabr kunlari BOOK.UZ ning barcha filiallarida bo’lib o’tadi. ✨ Do’konlarimizga tashrif buyura olmaydigan mijozlarimiz uchun online buyurtma berish va chegirmadan foydalanish imkoniyati ham mavjud.🙃 Endi bahonalar qolmadi, kitoblaringiz sizni intiqlik bilan kutmoqda! 🥹 📍 Filiallar manzili ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot | +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📚 @bookuzbekistan
نمایش همه...