fa
Feedback
Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

رفتن به کانال در Telegram
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
11 987
مشترکین
-1124 ساعت
-627 روز
-31130 روز
آرشیو پست ها
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
SamDU Biokimyo instituti ilmiy xodimlari Zarifa Murtazayeva, Azizbek Nasrullayev, Anvarjon Buronov, Davron Turgunov, Shuxrat G'aybullayev, Zohidjon Xushnazarov va Xurshid Bozorovlarning "Imidazole Hybrids: A Privileged Class of Heterocycles in Medicinal Chemistry with New Insights into Anticancer Activity" nomli sharhli maqolasi Web of Science, PubMed va Scopus bazalarida indekslanadigan (Q1, CiteScore 8.6, IF=4.6) nufuzli Molecules jurnalida chop qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 14🔥 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zingni anglagan kuning  haqiqiy hayoting boshlanadi. Shukur Xolmirzayev Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Ob_havo Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
نمایش همه...
3👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Bangladesh Xalq Respublikasining ta’lim vaziri Choudxuri Rafiqul Abrar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 4 1
Repost from TgId: 2289308285
“22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” “22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetining зsixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultetning ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Psixologlar qalb tarjimoni” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, dotsent Zarifa Muminova kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda talabalar tomonidan hozirgi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oila muammolari, psixologik zo‘riqish va toliqishni kamaytirish, ularning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlari va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Asqar Karimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Sеrjantlar tayyorlash oliy maktabining Milliy iftixor va harbiy vatanparvarlik kafedrasi boshlig‘i, professor, podpolkovnik Lochinbek Ravshanov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarini tayyorlash fakulteti boshlig‘i, dotsent, polkovnik Anvar Jabborov qatnashdilar. Tadbir yakunida faoliyatida fidoyi, bilimli xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 6 4
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov 🎓 Stipendiant bo'lish vaqti keldi! ⚡️Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademiklar nomidagi universitet stipendiyalariga tanlov boshlanganligini e'lon qiladi! Nomzodlarga qo'yiladigan talablar quyidagilar: 📌 O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo'lishi; 📌 Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi; 📌 O'z yo'nalishiga mos ravishda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan bo'lishi; 📌 Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-3-bosqich talabalari, 2-bosqich magistranti va 1-2-bosqich doktorantlari bo'lishi lozim (Aziz Sanjar stipendiyasi uchun). ❗️Doktorantlar uchun qo'shimcha talablar mavjud. 📆 Hujjatlar qabul muddati: 2025-yil 27-noyabrga qadar ✍️ Nomzodlarning hujjatlari Ilmiy- tadqiqotlar va innovatsion rivojlantirish boshqarmasi, 209-xonada qabul qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
3👍 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Azizjon Ubaydullayevning "Reactions of acetylhaplophyllidine with nitrating mixtures under various conditions" nomli maqolasi  Scopus va WOS bazalariga kiruvchi "Chemistry of Natural Compounds" jurnalida  nashr etildi (Scopus:Q3). Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 6 2
Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda talabalarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan "QO‘SHMA MUROJAATI” o‘qib eshittirildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
نمایش همه...
👍 2😱 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
EKOLOGLAR ANJUMANI Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) (COP20) ishtirokchilarining XX konferensiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Zarafshon milliy bog‘ida CITES hamkori bo‘lgan “ZOE” xalqaro ekologik tarmog‘i bilan hamkorlikda yoshlar va talabalar uchun ekologik ta’lim tadbirlari o‘tkazilmoqda. Zarafshon milliy bog‘i xodimlari va “Flamingo” ornitologik klubi rahbari Leyla Belyalova ekologiya fakulteti 4-kurs talabalariga bog‘ning maqsad va vazifalari, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlashda CITESning tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar o‘qishdi. Ma’ruzadan so‘ng ishtirokchilar “Siz Markaziy Osiyoning noyob hayvonlari va o‘simliklarini qanchalik yaxshi bilasiz?” mavzusidagi viktorinada ishtirok etishdi. Viktorina g‘oliblariga bog‘ va bo‘lajak tadbir — CITES (CITES COP20) ishtirokchilarining XX konferensiyasi timsollari tushirilgan sovg‘alar topshirildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
4
Photo unavailableShow in Telegram
#Tugʻilgan_kun 📌 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Bugun Samarqand davlat universiteti xo'jalik bo'limi xodimi Tohir Rahmatovning tug'ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi Tohir Rahmatovni tabriklaydi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
نمایش همه...
👍 11🎉 4 3🔥 2
“1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS), ulardan himoyalanish hamda infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha yoshlarga tushunchalar berishdi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
نمایش همه...
1👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun yozgi amaliyotni Toshkentdagi yetakchi kompaniyalarda tashkil etish, kasbiy rivojlanish bilan shug‘ullanish, soha yetakchilari va tengdoshlari bilan aloqa o‘rnatish, biznes va STEM sohalaridagi mutaxassislardan tajriba o‘rganishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish haqida so‘z bordi. Ushbu tadbirlarning barchasi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilishi ta’kidlandi. Mazkur amaliyotga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 6👏 2 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Oldinga yur — qolganlar bir kun seni tushunadi. Mark Tven Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Ob_havo Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
نمایش همه...
Repost from TgId: 2289308285
AQSHning geologiya sohasidagi yetakchi “Schlumberger Oil and Gas Technologies B.V.” kompaniyasi muxandisi Yorqin Karimberdiyev va geologiya va gidrometeorologiya kafedrasi o’qituvchisi Laziz Uralov “Geologiya” yo’nalishi talabalariga “Burg’ulash eritmalari” mavzusida dars o’tishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 7 2
Repost from TgId: 2289308285
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2026-yil qabuli uchun stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar bilan suhbat o'tkazildi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
👍 8 3👏 2
Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda talabalarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan "QO‘SHMA MUROJAATI” o‘qib eshittirildi. Murojaatda bayon qilingan masalalar muhokama qilindi va ko‘zlangan maqsadga faqat birgalikda harakat qilish orqali erishish mumkinligi ta’kidlandi. Shu sababli mazkur murojaat bir vaqtning o‘zida yoshlar, ota-onalar va ustozlarga qaratilgan. Birgalashib harakat qilsak, bugun dunyoda tobora yosharib borayotgan giyohvandlik va narkojinoyatlar illatiga qarshi kurashda ijobiy natijaga erishamiz. Bu orqali nafaqat yoshlarning ertangi taqdiri, balki millat va vatan kelajagi ham saqlab qolinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samdu.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube
نمایش همه...
4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
YASHILLIKKA TO‘LAR TOBORA BU BOG‘... Dunyo sahnasida bari namoyon, Turlanib aylanar har on havolar. Olamda bor ekan toki tirik jon, Boshiga tushadi ne-ne savdolar. Ezgulik gulini ko‘ksiga bosib, Orzular oshiqar tongga intizor. Qadami qutlug‘lar bunga munosib, Xabarlar yo‘llaydi saodatga yor... Kimga bu nasibdir, kimdir benasib, Olovlar ichida qay taqdir giryon. Dovul-u bo‘ronlar yo‘llarni to‘sib, Yer ila osmonni qiynashi ayon. Qaysi bir kimsalar bo‘riday uvlab, Yovuzliklarini etadi oshkor. Mazlumlar haqida o‘tirmas o‘ylab, Maqsadi erta-kech yetkazmoq ozor... Yer shari oh chekib yuborar gohi, Silkinib ko‘ksida sezadi og‘riq. Bilmaydi dunyoda nedir gunohi, Axir inson bilan hayoti bog‘liq... Sendan men zo‘r deya ko‘krak kerganlar, Baxtiga zomindir insoniyatning. Abadiy yashayman deya yurganlar, Ashaddiy dushmani ezgu niyatning! Koinot bag‘rida yashil bir olam, Avloddan avlodga qolguvchi meros. Nahotki kulfatga intilsa odam, U inson emasdir, u — iblis xolos! Tafakkur olami uyg‘oqdir hali, Ko‘hna bu dunyoda yoniq qalblar bor! Yaratgan qo‘llaydi bizni avvvali, Nokas-u nojinsga yo‘l bermas zinhor! Sharq-u G‘arb yo‘lida adashmas quyosh, So‘nmaygay nurlari abadiyatning. Tonglari shodlanib shomga qo‘ysa bosh, Ulug‘dir har lahza hidoyatining... Zamondosh, faxrlan ona yurtingdan, Qaragil, vodiylar yastangan, ko‘rkam. Taqdiring baxsh etgan shunday baxtingdan, Sen yashab yuribsan tinch va xotirjam. Nihollar bo‘y cho‘zar azim va durkun, Ko‘k qadar yoyadi qulochlarini. Ularning shashtlari aylaydi maftun, Bog‘larning ming yillik og‘ochlarini. His etdim atrofda bahor sururin, Go‘yoki yashillik yoyibdir supra. Ayamay beminnat sochadi nurin, Quyosh mangu ketmas bu bog‘lar uzra! Yashillikka to‘lar tobora bu bog‘, Qo‘ynini to‘ldirar daraxt, chechaklar. Alamdan, qayg‘udan ketadi yiroq, Bag‘ridan yulinar alaf, pechaklar. Bir tomonda uyg‘oq Bog‘ibalanddir, Nasimlari kelar Bog‘ishamolning. Ular-chun yashnamoq ishi san'atdir, Qudrati yetmaydi xatto xayolning. Uzayib boradi nurafshon yo‘llar, Olis manzillarning borlig‘iga jo. Bog‘ibehisht aro paydo bulbullar, Dillarni yayratar Bog‘idilkusho. Axir bu kunlarga yetmadi oson, To yorug‘ qilguncha bu munglig‘ yuzni. Boshidan kechirgan dovul-u bo‘ron, Necha qish-qirovni, necha yoz, kuzni. Ko‘ngillar qa'riga ulashib uchqun, Umri uzayadi nurli mohtobning. Ajib nidolari keladir bugun, Bog‘larga yelkadosh Afrosiyobning. Qadimiy Zarafshon to‘lib oqqaydir, Madadi tugamas Amu va Sirning. Ezgulik ertasi shodon boqqaydir, Nurafshon manzili maqsadi birning. Shamollar qoshida egilmadi hech, Sellar bosqini ham bo‘ldi besamar. Bu bog‘ tolesiga bo‘ldi baxtlar esh, Orzu-umidlari yetdi ko‘k qadar. Xavotirning uyi bo‘lgaydir barbod, Baxti kelgay albat baxtga haqlining. Bog‘ kabi to‘laver, bo‘laver obod, Nigohi sendadir dunyo ahlining. Ey bog‘! Samarqandda umringdir gulgun, So‘lim chamanlardan olgandir ulgu. Yashnamoq, yashnatmoq uchun atalgan, Osuda hayotning ramzi bo‘l mangu! © O‘tkir RAHMAT
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
“My Samarkand” журналининг иккинчи сони: Самарқанд – халқаро мулоқот ва маърифат маркази Ёрқин саҳифаларида Самарқанднинг тарихий мероси, замонавий ютуқлари ва халқаро нуфузининг янги босқичини кенг ёритиб, ўқувчилар эътиборини қозониб бораётган инглиз тилидаги “My Samarkand” журнали дебоча сонида шаҳар ҳаётининг маданий, илмий, сиёсий ва иқтисодий жиҳатларини чуқур ёритган. Шунингдек, йирик халқаро тадбирлар, маданий мероснинг тикланиши ҳамда ёшлар ташаббуслари янгича руҳ ва ёндашув асносида очиб берилган эди. Батафсил: https://uza.uz/posts/785806 Телеграм каналларимиз Facebook | Instagram | YouTube | X
نمایش همه...
1👍 1
Repost from TgId: 2289308285
00:49
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 VIDEO TANLOV: “Online zo‘ravonlikka barham beramiz!” “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan Ziyo Forum va UN Women hamkorligida ijodiy video tanlovi e’lon qilinadi! Ishtirok etish shartlari: 1. “Ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlikka qarshi kurash” mavzusida qisqa va ta’sirli video tayyorlang; 2. Videoni shaxsiy sahifangizga joylashtiring; 3. Quyidagi heshteglardan foydalaning: #ZiyoForum #UNWomen #StopOnlineViolence #OrangeTheWorld #16Days #Samarkand
Eng yaxshi videolar mualliflari Ziyo Forum va UN Women tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanadi! Ishlar qabul qilish 25-noyabr kuni soat 23:59da yakunlanadi.
Hurmatli talabalar 1-dekabrda oʻtkaziladigan tadbirga Samarqand davlat universiteti mezbonlik qilishi munosabati bilan tanlovga video material tashlagan Samarqand davlat universiteti talabalari BMTning Ayollar tashkiloti tomonidan shaxsan  taqdirlanadilar. Faol ishtirok etishingiz so'raladi. ☎️ Murojaat uchun: 94-691-55-95 94-181-92-22 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
نمایش همه...
IMG_1532.MP417.65 MB
3