fa
Feedback
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

رفتن به کانال در Telegram

Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
106 448
مشترکین
-12024 ساعت
-7047 روز
-3 06630 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ham 50 foiz ustama to‘lanadimi?
Savol
Yaqinda maktab direktorlari uchun mo‘ljallangan menejerlik kursida o‘qib, sertifikat olgandim. Sertifikatni “zavuch”ga ko‘rsatib, qo‘shimcha ustama yozib bering desam, bu ustama siz uchun emas, deyapti. Axir men 1 oy o‘qib, sertifikatni qo‘lga kiritdim-ku, “zavuchning” bu harakatlari qonuniymi? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1275
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Talabalar qasamyod qildi 2025-yil 8-noyabr kuni Profi Universityda bo‘lajak shifokorlar — tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun tantanali qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular inson hayoti va sog‘lig‘i uchun mas’ul kasb egalari sifatida halollik, fidoyilik va burchga sodiqlikni va’da qilishdi. Siz ham shunday sharafli yo‘lni tanlamoqchimisiz? Unda kelasi yil qabul imtihonida sizni kutamiz! ➡️ Universitet haqida batafsil Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l. Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
IMG_9640.MP433.37 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Germaniya maktablarida urush va mudofaa bo‘yicha darslar joriy qilinishi mumkin Taklif etilayotgan o‘quv dasturi evakuatsiya va birinchi yordam ko‘rsatish mashqlarini, favqulodda holatlar, jumladan, suv toshqini, kiberhujum yoki elektr ta’minotidagi uzilishlarni simulyatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ham maktab o‘quvchilari uchun qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tash tartibi yo‘lga qo‘yilib, maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berilgandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1414
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Yangi tartib: kimlar boshlang‘ich sinfda dars bera oladi? 2026-yil 1-avgustdan boshlab boshlang‘ich sinfdagi dars soatlari faqat shunday mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga biriktiriladi. Avvalroq, pedagog xodimlarga darslarni taqsimlash to'g'risidagi nozimga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilgani haqida xabar bergandik. Xo’sh, yangi tartib qanday ishlaydi? Bu haqda ushbu video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin. Mavzuga oid qo'shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
AQNYXwbJO2Q81L01xVrWDlR1HJq6f5shwRo_e5_RifXWaCvhdiXcEcdYPuvFzwn.mp412.89 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
O‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin 2026-yildan boshlab maktab o‘quvchilarda shubhali yoki salbiy xulq alomatlari kuzatilsa, bu haqida ota-onalarni o‘z vaqtida xabardor qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. 2026-yil fevral oyidan narkojinoyat sodir etishga moyil (sodir etayotgan) o‘quvchilarni aniqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar bergan pedagoglarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonida nazarda tutilmoqda. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1413
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Vazirlik mutasaddilarining oxirgi bor qachon jurnalistlar qarshisiga chiqqanini eslolmayman” — Ilyos Safarov Jurnalist Ilyos Safarov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilari hatto minglab bolalar zaharlangan paytlarda ham jamoatchilik qarshisiga chiqmaganiga e’tiroz bildirdi. U ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar hisoblangan vazir hamda uning o‘rinbosarlaridan hali birortasi ham ta’lim qaysi yo‘ldan ketayotgani haqida jamoatchilikka tushuntirish bermaganini qoraladi.
"Biz bugun vazirlikdan faqat o‘quvchi o‘qituvchidan shapaloq yegan, kimdir kelib o‘qituvchini kaltaklagan, o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgan yoki homilador bo‘lib qolgan paytlardagina munosabat ololyapmiz. Bo‘ldi, matbuot va vazirlik aloqalari faqat shunday paytlardagina, o‘ta cheklangan tarzda ishlamoqda", - dedi u.
Eslatib o'tamiz, bundan ikki oy avval, ya’ni 2025-yil 28-avgust kuni xalqtaliminfo.uz saytida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalariga yopiq qolayotgani haqida “Matbuot anjumanisiz o‘tayotgan bir yil” nomli maqola e’lon qilingandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1412
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:12
Video unavailableShow in Telegram
15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o'qituvchilarga qachondan boshlab imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi? Xabaringiz bor, joriy yilning 15-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab berilishi haqida ma'lum qilgandi. Ko'pchilik pedagoglar bu tartib qachondan boshlab kuchga kirishi haqida so'ramoqda. Bu haqda esa ushbu videoda javob berilgan. Mavzuga oid qo'shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
AQOlGwi95FfNt7V_j7snTPCSRNhSPPbflVCvFO4NWCnsChi6ucmS3zRV7I9VoCW.mp414.51 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
Xalq ta'limi Info iqtibosi
"Erta yoshdan boshlab ta'lim tizimi barcha uchun teng bo'lishi kerak, shunda hamma bir xil darajada shakllanadi..."
Aleksandr Stubb, Finlyandiya prezidenti Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi? Kuzgi attestatsiya sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz'ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llanmoqda. Ushbu murojaatlarni inobatga olgan holda batafsil ma'lumot tayyorladik. Marhamat, ushbu savolning javobi bilan saytimizda tanishib chiqing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1411
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Repost from TgId: 1924907171
00:30
Video unavailableShow in Telegram
📲Agarda Sizga yoki yaqinlaringizga noma’lum raqam orqali qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiy ma‘lumotlaringiz xaqida so‘rashsa, e’tiborli bo‘ling - bu firibgarlik sxemasi bo‘lishi mumkin! 🔴Hurmatli fuqarolar! Turli kiberjinoyatlar qurboni bo‘lishdan ogoh bo‘ling! Telegram|Facebook|Instagram
نمایش همه...
IMG_2604.MP49.90 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Endilikda maktab davrida zo‘ravonlik qilgan abituriyentlar oliygohga qabul qilinmaydi — Janubiy Koreya Janubiy Koreya ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni mamlakatdagi olti yirik milliy universitetlar maktab davrida zo‘ravonlik qilgan 45 nafar abituriyentni ularning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga qaramay o‘qishga qabul qilishdan bosh tortdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1409
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Yaqin yillarda “rayono”, “gorono” va “oblono”lar to'liq tugatilishi mumkinmi? Juda ko'pchilikni qiziqtiradigan ushbu masala "Tanaffus" podkastining 25-sonida muhokama qilindi. Siz nima deb o'ylaysiz, yaqin yillarda hududiy MMTBlar tugatilishi mumkinmi? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/McOjnvV-kV8 Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
AQM1prxtwBYYHwWmYls_Et5TtRJLYv3WZAAo2ri1T_9sole70l431vkjvgK46EB93KuKcQwiX.mp45.07 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi Avvalroq, ingliz tili o‘qituvchilarining katta qismi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga, keyinroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga ham murojaat qilgandi. Kecha, 10-noyabr kuni ingliz tili o‘qituvchilari nomidan vakil Hasanboy Rasulov, ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilov, Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Raximboyev, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda bir qancha xorijiy ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda test topshiriqlari bazasining to‘g‘ri shakllantirilganligi hamda ularning amaldagi spetsifikatsiyalarga mosligi atroflicha muhokama qilinib, vakillar o'zaro kelishib olishdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1410
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Endilikda, CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1408
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:42
Video unavailableShow in Telegram
🏆 "IRN OLYMPIADS"dan 2025-2026-o'quv yilining Matematika va Ingliz tili olimpiadasi IRN Respublika "Matematika va ingliz tili olimpiadasi 2025-2026" ikki bosqichdan iborat: saralash va final bosqichlari. Olimpiadada davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishadi. Olimpiada matematika va ingliz tili fanlaridan bo'lib o'tadi. Saralash bosqichi O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida tashkil etiladi. 🏆G'oliblarni munosib rag'batlantirish maqsadida: ✅22 nafar o'quvchiga Turkiyaning Istanbul shahrida 1 haftalik bepul darslar va Xalqaro Universitet ekskursiyasi yo'llanmasi; ✅22 nafar o'quvchiga kompyuterlar; ✅22 nafar o'quvchiga smartfonlar; ✅2 nafar o'quvchiga OLIY SOVRIN "COBALT" avtomobili. 🥇Barcha oltin medal sovrindorlari Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro Universitetda bo'lib o'tadigan matematika, ingliz tili darslari va 1 haftalik sayohat yo'llanmasiga ega bo'ladilar. Bunda barcha xarajatlar 100% "IRN OLYMPIADS" Xalqaro Fan Olimpiadalar tashkiloti tomonidan qoplanadi. 🥈Kumush medali sohiblari qimmatbaho sovrin - kompyuterlar bilan; 🥉Bronza medali sohiblari smartfonlar bilan taqdirlanadilar. IRN Respublika matematika va ingliz tili olimpiadasida matematika fanidan eng yuqori ballni qo'lga kiritgan 1 nafar o'quvchi va ingliz tili fanidan eng yuqori ballga ega bo'lgan yana 1 nafar o'quvchilarga Olimpiadaning OLIY SOVRINi 2 ta "COBALT" avtomobili topshiriladi. IRN Respublika matematika va ingliz tili olimpiadasi saralash bosqichiga ro'yxatdan o'tish 2025-yil 5-dekabr, soat 22:00 gacha davom etadi. Saralash bosqichi 2025-yil 20-25-dekabr kunlari bo'lib o'tadi. 📚Olimpiadaga tayyorgarlik uchun materiallar: @IRN_Olympiads_Materials Ro'yxatdan o'tish uchun: @IRN_Coordinator_Main +998900995722 +998901170702 +998909806555 @IRN_Olympiads
نمایش همه...
IMG_4294.MOV35.66 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Har bir maktabda sizni tinglaydigan kasaba uyushmasi bor Bugun, 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni. Bu kunni mehnat huquqlari himoyasi kuni deb atasak ham mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, kasaba uyushmasining eng asosiy vazifasi ham mana shu aslida. “Xalq ta’limi Info” tahririyati O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning turli muammolari va mehnat nizolarini hal etish yo‘lida birga ishlab kelmoqda. Xususan, kuni-kecha "Xalq ta'limi Info" tahririyati hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.
Ba’zan o‘qituvchilarning ustama puli kechikadi, huquqlari poymol bo‘ladi. Bunday holatlar haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin, ammo ko‘p masalalar aynan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi aralashuvi bilan ijtimoiy tarmoqda muhokama qilinmay, ijobiy hal etib kelinmoqda.
Undan tashqari, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan: ➖ Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchilarga 70 hamda 337 mln so‘mlik zarar va tovon pullari undirib berildi; ➖ Bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda kasb kasalliklari haqida ko'rsatuv tayyorlandi; ➖ Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etildi; ➖ Sinf rahbarlari masalasida vazirlikka rasmiy so‘rov yuborildi va masala ijobiy hal etildi; ➖ Ayrim maktablarga Toshkent shahrida joylashgan Ashxobod sayilgohi uchun bepul chiptalar sovg‘a qilindi; ➖ B2 sertifikati muammosi kun tartibiga ko'tarildi; ➖ “Xalq ta’limi Info” tahririyatining O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan olib borayotgan faol hamkorligi yuqori baholanib, kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandi.
Umuman olganda, kasaba uyushmasi sizning yoningizda turadigan eng birinchi himoyachingizdir. Shu sababli, pedagoglar mehnat huquqlari buzilganda birinchi boʻlib ularga murojaat qilishlari lozim.
Shu fursatdan foydalangan holda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari vakillariga minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning pedagog xodimlar uchun qilayotgan ishlaringiz, ularning huquqini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq. Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
01:08
Video unavailableShow in Telegram
"Vazirlik tarozimiz to'g'ri deb turib olmasligi kerak" — Shokir Tursun Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasi test sinovlarida tushayotgan savollarning validligi hali-hamon so‘roq ostida qolmoqda. Ta’lim bo‘yicha ekspert Shokir Tursun esa "Tanaffus" podkastining 16-sonida pedagoglar attestatsiyasi borasida ayrim qiziq fikrlarni ilgari surgandi. Xo'sh, bu borada sizning fikringiz qanday? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
AQN_Uhrii9zd0vpS7v7YAecUzaP925chXu47HS6T5hUtO5J4KNHncn07pIaDz6ysnVU0xq1ziiXmft.mp44.49 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi Avvalroq, pedagog xodimlarga darslarni taqsimlash to'g'risidagi nozimga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilgani haqida xabar bergandik. Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda mavjud bo‘lgan dars soatlarini ololmasligi mumkin. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1406
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirildimi? Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz'ga murojaat kelib tushdi. Murojaatchilarning aytishicha, ularning vazir ustamasi pullari kamayib qolgan, ayrim hududlarda esa mazkur ustamalar to‘xtatib qo‘yilgan. Xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bevosita bog'langan holda holatni o‘rgandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1407
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O'tgan haftada ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi? Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda ➡️ BATAFSIL “Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik ➡️ BATAFSIL Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi ➡️ BATAFSIL Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi ➡️ BATAFSIL Attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi diqqatiga ➡️ BATAFSIL Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi ➡️ BATAFSIL Kimyo yoki fizika laborotoriya xonasi kabinet mudirligi kimga berilishi kerak? ➡️ BATAFSIL Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga direktor tayinlandi ➡️ BATAFSIL Xalq ta'limi Info iqtibosi ➡️ BATAFSIL Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi ➡️ BATAFSIL Pedagoglar attestatsiyasi borasida kechayotgan bahslarga ekspertlar javobi ➡️ BATAFSIL Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak? ➡️ BATAFSIL Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof ➡️ BATAFSIL A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi ➡️ BATAFSIL Yangi baholash tizimi va qog'ozbozlik ➡️ BATAFSIL Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi ➡️ BATAFSIL Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi ➡️ BATAFSIL Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi? ➡️ BATAFSIL
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
نمایش همه...