Surxondaryo viloyati hokimligi
رفتن به کانال در Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

23 696
مشترکین
+1124 ساعت
+577 روز
+31130 روز
آرشیو پست ها
❄️ Noqulay ob-havoga qaramay energetiklar nosozliklarni bartaraf etmoqda
Surxondaryo viloyatida kuzatilayotgan qor yog‘ishi va sovuq ob-havo sharoitlariga qaramasdan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali ishchi brigadalari kuchaytirilgan ish rejimida, jumladan kechki va tungi soatlarda ham xizmat olib bormoqda.
Murakkab ob-havo sharoitlariga qaramay, energetiklarimiz har bir xonadonda yorug‘lik va barqaror elektr energiyasi bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda.
Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ushbu ishlar elektr ta’minoti tizimi barqarorligini saqlash va sifatli energiya yetkazib berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 26❤ 3🔥 3🙏 3⚡ 2👏 2🎉 2
Maxsus shtab: kommunal tarmoqlardagi uzilishlar bartaraf etilmoqda, vaziyat doimiy nazoratda
Qish faslidagi qorli kunlar va ob-havoning keskin o‘zgarishi oqibatida energiya resurslariga bo‘lgan talab keskin ortmoqda. Bu esa ayrim kommunal tarmoqlarda vaqtinchalik nosozlik va uzilishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan Maxsus shtabda kommunal xizmatlar mutasaddilari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda maxsus brigadalar ishtirokida yig‘in o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish, joyida o‘rganish va mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Eng avvalo, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, hududlarda yuzaga kelayotgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, avtomobil yo‘llari va turar joylar atrofidagi yo‘laklarni qordan tozalash, muzlamalarning oldini olish maqsadida tuz-qum aralashmalari sepish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Hozirda barcha xizmatlar kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda, vaziyat Maxsus shtab tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Vohadoshlarimizdan ayni sovuq va qorli kunlarda yuzaga kelayotgan vaqtincha uzilish va nosozliklar yuzaga kelganda 1055 qisqa raqami orqali viloyat Maxsus shtabiga yoki hududlarda tashkil etilgan tuman shtablariga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Barcha murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilib, muammolar bosqichma-bosqich hal etiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 13❤ 7⚡ 2👏 2🤝 2💯 1
Hududlarda qishloq xo‘jaligidagi vazifalar ijrosi hamda yarmarkalar faoliyati o‘rganildi
Surxondaryolik mirishkorlar qishki tinim davridan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transport vositalarini saqlovga qo‘yish, kelgusi mavsumga tayyorlash maqsadida ta’mirlash, shuningdek, g‘allazorlarni parvarishlash hamda yer maydonlarini mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlarini davom ettirmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, klasterlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullarga fermerlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish, yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifalari belgilab berildi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida viloyat rahbari mazkur tumanlarda Yangi yil archasi hamda bayram munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, yong‘in va umumiy xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Shuningdek, aholi uchun zarur bo‘lgan, bayram dasturxoniga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda va yetarli miqdorda sotuvga chiqarishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 11👍 10⚡ 1👏 1
Viloyatning asosiy bayram archasi o'rnatilgan "Yangi O'zbekiston" massiviga boruvchi jamoat transporti grafiklari
➖ShAY 246-yo‘nalishi (Yashil Dunyo bozori — “Yangi O‘zbekiston” massivi) bo‘ylab 8 ta avtobus;
➖Termiz tumani markazidan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali 6 ta “Damas” avtomobili;
➖Angor va Sherobod tumanlari markazlaridan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali avtobuslar hamda yo‘nalishli taksilar.
Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 5❤ 3🎉 2👏 1🙏 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
🎄Yangi yil bayrami konsert tomoshalariga marhamat!
Bugun, 20-dekabr kuni 18:00 dan boshlab viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydonida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida o‘tkaziladigan konsert dasturiga barchani taklif etamiz.
Yangi yil bayrami muborak bo‘lsin!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
77.mp4151.44 MB
👍 10❤ 6👏 4🎉 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎄Yangi yil bayrami konsert tomoshalariga marhamat!
Surxondaryo viloyatida aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, bayram shukuhini yanada oshirish maqsadida konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 20-dekabr kuni viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massivi amfiteatr maydonida soat 18:00 da O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Termiz tumani, Yangiobod mahallasi (sobiq ippodrom), “Yangi O‘zbekiston” massivi amfiteatri.
✨Barcha vohadoshlarimizni Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan konsert dasturlariga taklif etamiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 8🔥 1🎉 1
00:33
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
reels_sammit_tg_new.mp461.30 MB
👍 6⚡ 2❤ 1🔥 1👏 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
🎄Surxondaryoda Yangi yil bayrami shukuhi
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydoniga o‘rnatilgan asosiy Yangi yil bayram archasi atrofida tashkil etilgan konsert dasturlari hamda ko‘ngilochar tadbirlarga taklif etamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sequence 02_1.mp4135.92 MB
❤ 6👍 4👏 4👎 1
Surxondaryoda Yangi yil bayrami tadbirlariga start berildi
Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida bayram archalari o‘rnatilib, ular atrofida ko‘ngilochar tadbirlar hamda konsert dasturlari namoyishi boshlandi. Xususan, bugun Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan viloyatning asosiy bayram archasida ushbu bayram tadbirlariga rasman start berildi.
Viloyatning asosiy bayram archasi o‘rnatilgan maydonda hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mas’ul tuzilmalar rahbarlari ishtirokida bayram tadbirlarini xavfsiz, jamoat tartibini ta’minlagan holda, yuqori saviyada o‘tkazish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlarda archalar o‘rnatilgan maydonlarda mutasaddilar ishtirokida bayram tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Aholiga bayram kayfiyati ulashish maqsadida viloyatning asosiy hamda hududiy maydonlarida bugundan boshlab konsert dasturlari va ko‘ngilochar tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek har bir hududda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyatini yanada jadallashtirish, bayram dasturxoni va aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni barqaror narxlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 4🔥 3👏 1
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturiga muvofiq, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ryosey Akazava, "Sojitz", "Sumitomo", "Toyota", "ITOCHU", "Mitsubishi", "Marubeni", "Daito Trust Construction", "NEC", "SBI Holdings", "Ajinomoto", "Japan Tobacco", "Hitachi", "Mitsui", "Balcom", "NEC", "Eurus Energy", "Chubu Electric Power", "Shikoku Electric", "Shimizu", "Hankyu Travel International", Yaponiya metall va energetika sohasida xavfsizlik tashkiloti (JOGMEC), Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash kompaniyasi (NEXI), Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO), Yaponiya MDH mamlakatlari bilan savdo bo‘yicha assotsiatsiyasi (ROTOBO), "Norinchukin" va "SBI Shinsei" banklari, Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi kabi yirik korporatsiyalar va moliya institutlarining top-menejerlari ishtirok etdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8⚡ 2🔥 1👏 1
