NamDU Registrator Ofis
رفتن به کانال در Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

11 823
مشترکین
-5224 ساعت
-2457 روز
-92030 روز
آرشیو پست ها
❗️Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 25-dekabr kuni o‘tkaziladi.
📋 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun @NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2025-yil 25-dekabr):
https://t.me/NostrifikatsiyaBBA/217
https://t.me/NostrifikatsiyaBBA/218
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Talabgorlar ro‘yxati.pdf6.15 KB
❤ 5👍 1
02:51
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | O'zbekiston YOII bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdori
#22dec
Narimon Dehqonov - Namangan davlat universiteti professori
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
MUNOSABAT.mp2222.mp481.46 MB
👍 5❤ 1
Repost from TgId: 1501183462
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Tashabbus yo‘llab, muvaffaqiyatga erishing
🗣“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi Farmoniga muvofiq barcha jarayonlar ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi ta’minlanadi.
Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi; ⏺ moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi; ⏺ butun respublikada joriy qilinadi.Tashabbus mualliflari:
⏺ o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺ istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi; ⏺ 10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr e’tibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing. 🇺🇿 To‘liq matn: asdr.gov.uz 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 💨 Проявите инициативу и добейтесь успеха 🗣Форум перспективных инициатив «Келажак учун» вступил в активную фазу. В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 14 июля 2025 года все процессы форума надежно и системно организованы. В частности, важность регистрации через One ID заключается в защите авторских прав инициатора. Проекты, признанные победителями форума:
⏺будут представлены Президенту Республики Узбекистан; ⏺получат финансирование и будут коммерциализированы; ⏺будут внедрены по всей республике.Авторы инициатив:
⏺получат возможность реализовать свой потенциал; ⏺будут включены в перечень перспективных кадров; ⏺будут награждены денежными премиями в размере от 10 до 50 миллионов сумов.Подача инициатив на форум продолжается. Ни одна идея не останется без внимания. Принимайте участие в форуме. 🇺🇿 Полный текст: asdr.gov.uz facebook ⏺ Instagram ⏺ linkedIn⏺ twitter ⏺youtube⏺ website
❤ 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📚 BIR KUNDA O‘QILADIGAN KITOBLAR
Adabiyotda bahor fasli bilan bog‘liq mashhur hikoya va qissalar judayam ko‘p. Bugun sizlarga ana shunday asarlardan bir nechtasini tavsiya qilamiz va ishonamizki, dam olish kunlarini mutolaa bilan mazmunli o‘tkazasiz.
1. “Qor qo‘ynida lola” – Cho‘lpon
2. “Qizg‘aldoq” – Nurilla Chori
3. “O‘rik guli” – Alisher Ibodinov
4. “Qirmizi binafsha” – Tosio Udo
5. “Qaldirg‘ochlar bahorda keladi” – Maqsud Qoriyev
6. “Bahorning o‘n yetti daqiqasi” – Yulian Semyonov
7. “Bodom qishda gulladi” – Shukur Xolmirzayev
8. “Erta qaytgan turnalar” – Chingiz Aytmatov
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Kelajak_soati #Maʼrifat_darslari
Hurmatli professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Namangan davlat universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida har hafta “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Yangi haftada talabalarning milliy identitlik va Vatanga sadoqatga bo‘lgan qiziqish hamda intilishlarini kuchaytirish, “Men – o‘zbekistonlikman” g‘oyasining shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotdagi mazmunini chuqurroq tushuntirish maqsadida “Men o‘zbekistonlikman” mavzusida ma’rifat soati darslari o‘tkaziladi.
“Ma’rifat darslari” materiallarini milliytarbiya.uz platformasi orqali olishingiz mumkin.
✍️ Mazkur jarayon “Kelajak soati” rukni samaradorligini oshirish va yoshlar ongida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha qo'llanmi saqlab qo'ying hamda magistrlarga yuborib qo'ying.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Magistrlik dissertatsiyasi (metodik qo'llanma).pdf2.12 MB
Magistrlik_disser_si_o'quv_uslubiy_qo'llanma_узб,_рус,_инг.pdf1.31 MB
❤ 3
Qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkin?
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro‘yxat asosida qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkinligi bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Bakalavriat_taʼlim_yoʻnalishlari_bitiruvchilariga_beriladigan_k.pdf7.26 KB
👍 5❤ 2
KUN TARIXI
Bugun 22-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇿O‘zbekiston – Energetiklar kuni.
🇮🇩Indoneziya – Onalar kuni.
🇮🇳Hindiston – Matematika kuni.
🇨🇺Kuba – O‘qituvchilar kuni.
🇺🇦Ukraina – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1808 – Venadagi teatrda Betxovenning beshinchi simfoniyasi qoʻyildi.
🔹1857 – Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi.
🔹2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
#tavalludlar
🔹1890 – Ahmad Zaki Validiy – boshqird milliy-ozodlik harakatining rahbari, turkshunos, falsafa doktori.
🔹1908 – Rustam Abdushukurov – faylasuf olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi
🔹1963 – Mirza Azizov – oʻzbek aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti.
🔹1987 – Ozoda Abdullayeva – xonanda.
🔹1993 – Megan Elizabet Traynor – amerikalik qo‘shiqchi, qo‘shiqlar muallifi va prodyuser.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
▶️Bill Geytsdan tonggi motivatsiya:
💡Ko‘proq kitob o‘qib, ko‘proq bilim oling. Bu sizni yangi g‘oyalar va imkoniyatlar bilan boyitadi.
💡Kamtarlik bilan muvaffaqiyatning kaliti shundaki, o‘zingizni boshqa odamlar bilan taqqoslashni bas qiling va o‘z yo‘lingizda davom eting.
💡Hamma narsa faqat sizning qo‘lingizda, shunday ekan, jasoratli bo‘ling.
💡Muvaffaqiyat – bu yomon oʻqituvchi. U aqlli insonlarni hech qachon yutqazmaydigan kabi his qiladi.
‼️Muvaffaqiyatga erishish uchun harakatni bugundan boshlang.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 6👍 5
Repost from TgId: 1354875701
Photo unavailableShow in Telegram
Япония ва Ўзбекистон: анъаналар уйғунлиги, тараққиёт шериклиги
Батафсил ўқиш
📝 Namangantoday
➡️ Обуна бўлинг ➡️https://t.me/namangantoday
❤ 2👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
Bugun 21-dekabr haftaning Yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Butunjahon basketbol kuni.
🌏Qishki quyosh turishi kuni.
🌏Butunjahon Sari kuni.
🌏Krossvordning tug‘ilgan kuni.
#muhim_voqealar
🔹1891 – AQSHdagi Springfild kolleji talabalari tarixda birinchi basketbol o‘yinini o‘tkazishdi.
🔹1898 – Pyer va Mari Kyuri radiyni kashf qilishdi.
🔹1913 – “New York World” gazetasida tarixda birinchi marta krossvord chop etildi.
🔹1937 – Uolt Disneyning birinchi to‘liq metrajli “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1773 - Robert Broun – britaniyalik botanik, Broun harakatini kashf qilgan.
🔹1913 – Rustam Mansurov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1967 – Mixail Saakashvili – gruzin va ukrain siyosatchisi.
🔹1977 – Emmanuel Makron – fransuz siyosatchisi, Fransiyaning 25-prezidenti.
🔹1996 – Keytlin Diver – amerikalik aktrisa.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 2❤ 1
❗️Tyutor vazifalari funksionali joriy etildi #hemis
HEMIS tizimiga yangi Tyutor vazifalari funksionali qo‘shildi. Ushbu imkoniyat orqali har bir tyutor o‘zining ish rejasini shakllantirishi, bajarilgan ishlar natijasini kiritishi hamda hisobotlarni yuklab borishi mumkin.
❓Funksional qanday ishlaydi?
1️⃣ Yangi vazifa bo‘limida vazifaning nomi, qisqacha izohi va bajarish muddati kiritiladi. Shundan so‘ng vazifa Topshiriqlar ro‘yxatida aks etadi.
2️⃣ Ro‘yxatdagi vazifa nomi ustiga bosish orqali uni tahrirlash yoki natijalarni qayd etish bo‘limiga o‘tish mumkin.
3️⃣ Vazifa bajarilgach, sahifaning “Natija ma’lumotlari” qismida:
➖ vazifaning bajarilish izohi yoziladi;
➖ hisobot fayli yuklanadi;
➖ vazifa statusi “Tugallangan” holatiga o‘tkaziladi.
‼️ Muhim!
Har bir tyutor o‘z shaxsiy ish rejasini mustaqil shakllantiradi va ularning ma’lumotlari boshqa tyutorlarga ko‘rinmaydi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 2👏 1
Dissertatsiya tayyorlashda sun’iy intellektdan foydalanish kerak(mi)?
Sun'iy intellektdan foydalanish kerak. Lekin to‘g‘ri shaklda.
AI yordam beradi:
• adabiyot qidirishda;
• tahlil va xulosalarni tartiblashda;
• statistik hisob-kitoblarda;
• matnni aniqlashtirishda;
• vaqtni 3–4 baravar tejashda.
AI yordam bermaydi:
• ilmiy yangilik yaratishda;
• g‘oyani asoslashda;
• mualliflik mas’uliyatida;
• o‘rningizga dissertatsiya yozishda.
Sun’iy intellekt bu qisqa yo‘l emas. U sizni kuchaytiradigan aqlli ilmiy yordamchi xolos. Ilmiy natija esa baribir sizga tegishli bo‘lishi kerak.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 15❤ 3💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
📚 “Kitob o‘qish foydasiz” deydiganlarga bir og‘iz so‘z!
Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi: "Baribir o‘qiganlarimni keyin unutaman. Ko‘zim og‘riydi. Vaqt ketadi, foyda yo‘q"☝️Aslida bu – bahona. Siz o‘zingizni aldayapsiz. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kitob o‘qigan odam: ↪️Axborotni 2–3 barobar uzoqroq vaqt esda saqlaydi. ↪️O‘qish vaqtida miyaning 5 dan ortiq markazi bir paytda ishlaydi – bu miyaning mashqi. ↪️Shuningdek, so‘z boyligi 70% gacha ortadi, nutq ravonlashadi, fikrlash tezlashadi. ⚡️Ba’zi tadqiqotlar hatto o‘qigan odamlar o‘qimaganlarga qaraganda miyasini 5–7 yil “yoshroq” saqlab qoladi degan xulosaga kelgan. Demak, siz o‘qiyotgan har bir sahifa – vaqtni emas, o‘zingizni rivojlantirayotgan onlarni ifodalaydi. 📌Shunchaki eslab qolish emas, kitob sizni o‘zgartiradi. Har bir kitob – miyangizdagi yangi yo‘l, yangi dunyo, yangi versiyangizga qadam. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 7❤ 1🏆 1
Qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkin?
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro‘yxat asosida qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkinligi bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Bakalavriat_taʼlim_yoʻnalishlari_bitiruvchilariga_beriladigan_k.pdf7.26 KB
❤ 4👍 2
KUN TARIXI
Bugun 20-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro inson birdamligi kuni.
🇰🇿Qozogʻiston – Kuryerlik xizmati kuni.
🇷🇺Rossiya, 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇬Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
🔹1991 – Pokiston Islom Respublikasi va Ruminiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
🔹1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.
🔹1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1873 – Mehmet Akif Ersoy – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
🔹1891 – Mariya Skobsova – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi.
🔹1896 – Rahim Pirmuhamedov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 3
Repost from TgId: 2329295246
#Uchrashuv #Kelajakka_qadam
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi
Namangan davlat universiteti hamda Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektrori Xayot Kadirov, Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejerlari Rahimov Muhammadnosir hamda Toirova Elnara va talabalar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida bank-moliya sohasi rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy menejment yondashuvlari hamda yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga o‘z tajribalarini ulashib, amaliy maslahatlar berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchi talabalarni kelgusida ish bilan taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Mehnat bozoridagi dolzarb yo‘nalishlar, sohada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilarning talab va takliflari hamda bitiruvchilarda bo‘lishi lozim bo‘lgan kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilarga zamonaviy rezyume tuzish, samarali suhbatdan o‘tish, amaliyot jarayonlaridan unumli foydalanish va mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📎“Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishish
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 5👍 1👏 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
#yil_talabasi2025 #yil_o‘quvchisi2025
🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2025-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan baholandi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan nomzodlar aniqlandi (rasmda ko‘rsatilgan).
❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 25-26-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2026-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
☑️Eslatib o‘tamiz, tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 4👍 3👏 1
"KELAJAKKA QADAM" dasturi doirasida universitet bitiruvchilari uchun kredit mahsulotlari:
1⃣ "Kelajakka birinchi qadam"
Ijtimoiy soliq to'lab, o'zini-o'zi band qilgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 10 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - 21%
• Kredit muddati - 18 oygacha
• Imtiyozli davr - 3 oygacha
❗️Sug'urta polisi uchun to'lov kredit summasidan chegirib qolinadi
2⃣ "Kelajak uchun start"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 300 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
❗️Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi;
❗️Garov ta'minoti talab etiladi (50 mln. so'mgacha - sug'urta polisi asosida);
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak;
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi
3⃣ "Yorqin kelajak sari"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 1 mlrd. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
❗️ Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi
Garov ta'minoti talab etiladi
❗️ Kamida 4 ta ish o'rni yaratilishi zarur
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi
Biznes g'oyasi borlar💡 va kredit olish istagidagilar 💰"Kelajakka qadam" markaziga yoki oliy ta'lim tashkiloti mas'ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin.
@namdu309
❤ 4👍 2
EʼLON!!!
Namangan davlat universitetida 2025-yil noyabr oyida malakaviy imtihonlar topshirgan talabgorlarning barcha ixtisosliklar va fanlardan guvohnomalarni Universitetning ilmiy bo'limiga kelib shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʼrsatgan holda olib ketishlari mumkin. Аgar oʼrniga ishonchli odam kelsa, talabgorning orginal pasporti yoki ID kartasini koʼrsatib olib ketishlari mumkin.
🔴Shuningdek, asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti boʼlmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashib, muvaffaqiyatli oʼtib hali toʼlov qilmagan talabgorlardan (toʼlov qilib, toʼlov qogʼozini yuborganlar bundan istisno) Namangan davlat universitetining 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga har bir fan uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (206 ming soʼm) miqdorida toʼlov amalga oshirishlari soʼraladi. (Аsos: Universitet Kengashining 2023-yil 10-maydagi 11-sonli yigʼilish qarori).
🔴Toʼlov qogʼozini quyidagi havola orqali ism, familiya va topshirilgan fan nomlarini yozib yuborishingiz lozim:
https://forms.gle/vvjfbUTGG9nrubuy8
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2🔥 2👍 1
