fa
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

رفتن به کانال در Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
11 812
مشترکین
-3524 ساعت
-2317 روز
-92530 روز
آرشیو پست ها
Repost from TgId: 1261615922
👍 Namangan davlat universitetida noyabr oyida o'tkazilgan quyidagi fanlardan malakaviy imtihonlar natijalari e'lon qilinmoqda: ✔️ 03.00.05 – Botanika; ✔️ 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi; ✔️ 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa; ✔️ 10.00.01 – O’zbek tili; ✔️ 10.00.02 – O’zbek adabiyoti; ✔️ 10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti; ✔️ 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik; ✔️ 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi; ✔️ 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi; ✔️ 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi; ✔️ Ilmiy unvon oluvchi talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo’nalishlari; ✔️ Pedagogika fan sohasida tadqiqot olib borayotganlar uchun fanlar farqi (“Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” hamda "Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi" fanlaridan); ✔️ Falsafa f fan sohasida tadqiqot olib borayotganlar uchun fanlar farqi (“Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari”, “Inson falsafasi” va “Fan falsafasi. Texnika falsafasi” fanlari); ✔️ Chet (ingliz, nemis) tili. 🟢Asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti bo'lmagan 8-noyabrdan 14-noyabrgacha o'tkazilgan malakaviy imtihonlarda qatnashib, muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar (To'lov qilib, to'lov qog'ozini yuborganlar bundan istisno) 2025-yil 29-noyabr kuniga qadar har bir topshirgan malakaviy imtihon fani uchun 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (206 ming so'm) miqdorida to'lov amalga oshirishlari kerak. To'lov qog'ozini quyidagi havola orqali ism, familya va topshirilgan fan nomlarini yozib yuborishingiz so'raladi: https://forms.gle/vvjfbUTGG9nrubuy8 💠 29-noyabr kuniga qadar to'lovni amalga oshirib, to'lov qog'ozini yuborgan talabgorlarga guvohnoma tayyorlanadi.
نمایش همه...
3👍 2
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi. — Президент Шавкат Мирзиёев поговорил по телефону с победителем Кубка мира по шахматам Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
tel_razgavor_tg.mp462.54 MB
👍 10 2🥰 2
Repost from Pressuzb
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Ўзбекистонлик шахматчи Жавоҳир Синдаров Жаҳон чемпионатида ғалаба қозонгани ҳақидаги хабарни Президентга тақдим этиш жараёни @pressuzb
نمایش همه...
Javohir Sindarov_tg.mp437.32 MB
👍 10 4🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi, barakalla! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
🎉 11👍 6 3🏆 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim ⚡️ 2025-YIL 2-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN NOMZODLAR DIQQATIGA! Platformaga yuklangan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan nomzodlarga bu haqda platforma orqali bildirishnoma yuboriladi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni tahrirlash imkoniyati 2025-yil 26-noyabr 23:59 ga qadar taqdim etiladi. ❗️Eslatma: nomzodlarga platformadagi shaxsiy profillari orqali yuborilayotgan bildirishnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
نمایش همه...
1👍 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦 Hurmatli ilm-fan ixlosmandlari va yosh olimlar! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2025-yil 4-soniga maqolalar qabul qilish boshlandi.
Ushbu ilmiy jurnalning 2025-yil 4-soni uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
➡️Tabiiy fanlar ➡️Gumanitar fanlari ➡️Texnika fanlar ➡️Yoshlar va ilm-fan yo‘nalishi ➡️Maqola talablarini ko‘rish 🕊Maqolalar 2025-yil 1-dekabr sanasiga qadar Telegramdagi @yoshlar_va_ilmfan_bot manzili orqali qabul qilinadi. O‘z ilmiy izlanishlaringiz natijalarini biz bilan bo‘lishing va ularni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga shoshiling!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramz
نمایش همه...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi. Jim turish — bu illatga ijozat berishdir. Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253 #xalqchildavlat #birdamjamiyat @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati “Har bir yangi kun – yangi bilim va o‘sish imkoniyati.” — Albert Einstein @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
👍 5❤‍🔥 1 1
Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar ❗️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o‘rindan vakant qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: ➖2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar; ➖Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi; ➖Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi. Belgilangan miqdordagi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi. 📌 Abituriyentlarning o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketlik tartibiga qat’iy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
6👍 2
#bu_muhim ☄️Kredit qanday hisoblanadi? ❗️Fanlardan akademik qarzdor (yoki tafovuti boʻlgan) talabalar diqqatiga! ✅Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun tegishli ta’lim yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan, tiklayotgan, tegishli GPA koʻrsatkichi (2,4)ni toʻplay olmagan talabgorlarning akademik qarzdorlik (yoki tafovuti (fanlar farqi)) boʻyicha kelib chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblanadi:
Bir yillik toʻlov-kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi
Misol uchun: 7 400 000 ÷ 60 = 123 333 soʻm 🎯Demak, tegishli ta’lim yoʻnalishi boʻyicha talabalar 1 kredit uchun 123 333 soʻm toʻlashadi. Huddi shu kabi barcha talabalar o'zlari kredit summasini hisoblab olishlari mumkin. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#pdf #word #convert Tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr talabalari uchun juda foydali sayt Katta hajmdagi PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazishga qiynalayotgan bo'lsangiz quyidagi havola albatta siz uchun. Havola👉 ilovepdf.com @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
5👍 1
Siz Namangan davlat universitetining qaysi fakultetida tahsil olasiz?Anonymous voting
  • Ijtimoiy fanlar
  • Fizika-matematika
  • Tabiiy fanlar
  • Filologiya
  • Biotexnologiya
  • Jahon tillari
  • Sport va san’at
  • Yuridik
  • Iqtisodiyot
  • Tibbiyot
  • Talaba emasman
0 votes
👍 12 6🔥 1👌 1
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
“Sovg‘a berish, mehmondo‘stlik va korrupsiya” mavzusida anonim so‘rovnoma boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, xodimlar va aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Sovg‘a berish, mehmondo‘stlik va korrupsiya” mavzusida anonim so‘rovnoma yo‘lga qo‘yildi. Mazkur so‘rovnoma korrupsiyaga oid xavf omillarini o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Javoblar to‘liq anonim hisoblanadi. 💼 So‘rovnomada ishtirok etish havolasi: ✔️https://forms.gle/dLo88U4YYdr4EgCS7 Barcha xodimlar, o‘qituvchilar hamda talabalar so‘rovnomada faol ishtirok etishlari so‘raladi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
4👍 1
#bu_muhim ⚡️Talabalarni o'qishdan chetlashtirish (kursdan kursga qoldirish) tartibi (kredit-modul tizimi boʻyicha): Misol uchun (bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha): ✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan; ✅ 1 kredit 30 soatga teng; ✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat (6*30=180); ✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan. ❌Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning 25 foizini (ya'ni 18 soat) va undan ortiq soatni "sababsiz" qoldirsa, u ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo'yicha tegishli kreditlarni o'zlashtirmagan hisoblanadi! ❗️Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo'yicha qoniqarsiz baho olgan talaba "akademik qarzdor" hisoblanadi. 🔴Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi. ‼️Taʼlim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 — 3,0 oraligʻida boʻlishi talab etiladi. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Jami taʼlim olish muddati bakalavriat uchun 1-kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha deb belgilanadi. ⚠️Elatma: OTTlari GPA ko'rsatkichlarini mustaqil belgilash huquqiga ega. Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
5👍 2
01:57
Video unavailableShow in Telegram
👍 “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda Hujjatlar onlayn platforma orqali 2025-yilning 26-noyabriga qadar qabul qilinadi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
22222.MP422.53 MB
1👍 1
⚡️Oʻzbekiston diplomlari endi 38 ta mamlakatda rasman tan olinadi Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib YUNESKOning “Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi. Bu degani – Oʻzbekistonda olingan diplomlar Yaponiya, Koreya, Britaniya, Fransiya, Avstraliya kabi 38 ta rivojlangan davlatda toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi. Konvensiyaga aʼzo boʻlmagan Rossiya, Tojikiston va Qirgʻiziston diplomlari esa amaldagi “tan olish tartibi” asosida koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston 3 oy ichida konvensiyaning toʻlaqonli aʼzosiga aylanadi. Bu talabalar, yosh mutaxassislar va ilmiy xodimlar uchun katta xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
👍 8 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati “O‘zing ko‘rishni istagan o‘zgarishning o‘zi bo‘l.”Mahatma Gandi @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
👍 5 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_tarixi Bugun 25-noyabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Butunjahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. 🌏Xalqaro xaridlardan voz kechish kuni. 🇮🇩Indoneziya – O‘qituvchilar kuni. 🇹🇲Turkmaniston – Hosil bayrami. #muhim_voqealar 🔹1867 – Alfred Nobel dinamitni patentladi. 🔹1892 – Per de Kuberten Olimpiya o‘yinlarini tiklashni taklif qildi. 🔹1915 – Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini namoyish qildi. 🔹1994 – Toshkentda Misr ta’lim va fan markazi ochildi. #tavalludlar 🔹1562 – Lope de Vega – ispan yozuvchisi. 🔹1814 – Taras Shevchenko – ukrain shoiri va rassomi. 🔹1844 – Karl Bens – Mercedec-Bens asoschisi. 🔹1889 – Rashod Nuri Guntekin – turk yozuvchisi. 🔹1949 – Tesha Mo‘minov – O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1987 – Odil Ahmedov - O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
👍 4 2
#bu_muhim ⚡️​​my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning! 💻 my.gov.uz/uz/servitse/1017 — Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/255 — Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/949 — "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari kurslarida oʻqish uchun ariza yuborish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/187 — Vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish; 💻 my.gov.uz/oz/servitse/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/357 — Elektron raqamli imzo olish; 💻 my.gov.uz/oz/servitse/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash; 💻 my.gov.uz/oz/servitse/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish 💻 my.gov.uz/uz/servitse/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish; 💻 my.gov.uz/uz/servitse/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish; 💻 my.gov.uz/oz/servitse/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish. 💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik boʻyicha kredit olish uchun ariza berish boʻyicha; 💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari; 💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish boʻyicha; 💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud. 💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun; 💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish; 💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun. 📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store ☎️ Hududiy banklarning telefon raqamlari! 👆Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanish uchun «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#konferensiya Konferensiya: Global bilim maydonida Yangi Oʻzbekiston yoshlarining munosib ishtirokini taʼminlashda STEAM taʼlimining ahamiyati Maqomi: Respublika Soha: 1. Pedagogika fanlari Manzil: Namangan O'tkazilish sanasi: 18.12.2025 Qabul sanasi: 01.12.2025 gacha Talablar: 1. Til: o'zbek, rus, ingliz 2. Kamida 3 sahifa 3. Times New Roman 4. 14 o'lcham 5. 1.5 oraliq 6. Elektron pochta 7. Telefon raqam AXBOROT XATI BUYERDA Konferensiya haqida to'liq ma'lumot e'lon yuqorisidagi rasmlarda berilgan! Murojaat uchun: @nashr_ad @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
نمایش همه...
4🔥 2👍 1