Alisher Sadullaev
رفتن به کانال در Telegram
Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

143 700
مشترکین
-15824 ساعت
-1 0147 روز
-3 83930 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.
Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.
Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 "Ta’lim – kelajak sarmoyasi" degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 “Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.
Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yana 500 mingta ish o‘rni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, tog‘-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar ishga tushadi.
Ishlar boshlanishi bilan “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yo‘nalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo bo‘ladi.
“Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar. Shijoatingizdan ko‘rib turibman, albatta siz, yoshlar bu korxonalarni boshqarib, katta-katta kashfiyotlar qilasizlar, ularga innovatsiyalarni olib kirasizlar! Shu bois, hozirdanoq bunday loyihalarga kadrlar tayyorlashni boshlaymiz”,- dedi Prezident. @alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.
Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta natija bo‘lishi ta’kidlandi.
“Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur. Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!”,- dedi Prezidentimiz. @alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
“Bir narsani aniq tushunib olish zarur. Bolani yomoni bo‘lmaydi. Ularga kattalarning mehri, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit, o‘ziga ishonch bo‘lishi uchun motivatsiya kerak”,- dedi Prezidentimiz so‘zining davomida. Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor o‘zlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Eng muhimi, bu o‘quvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bog‘lash haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmoqda.
“Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim. Ayting, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray? Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini ko‘rib chiqishga tayyorman”,- dedi Prezident. @alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi. Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi. Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak”,- dedi Prezident. Mahallalarimizda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi. Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:
“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq. Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”.@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.
Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.
Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.
Masalan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshdi.
Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan bo‘lsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or hududlarga aylandi.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.
“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi. Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”,- dedi Prezident. @alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.
“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.
Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”, - dedi Prezident.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Xalqimizning 34-yillik orzusi ushaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.
Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda.
Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda.
Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga qodirsiz. Sizlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”, - dedi Prezident.
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.
Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
@alisher_sadullaev
🔥 126
50❤ 35👍 32🏆 15🎉 7
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi.
Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.
Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azm-u shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.
Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?
Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”, - dedi Prezidentimiz.
@alisher_sadullaev
❤ 112
51👍 31🏆 22🔥 7🎉 7
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi.
Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, “yashil” iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.
@alisher_sadullaev
⚡️Ertaga 30-iyun "Yoshlar kuni"!
- Bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e'lon qilinadi.
- Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko'p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
- Respublika bo'ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o'tkaziladi.
- Va albatta, mamlakatimiz bo'ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo'ladi.
Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning.
Kirib kelayotgan "Yoshlar kuni" muborak bo'lsin!
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan yurtimiz ravnaqiga o‘zining mehnati, bilim va shijoati bilan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
1. Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, ayollar o‘rtasida grossmeyster;
2. Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li — Samarqand shahridagi “Polyglot school” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
3. G‘oyibova Orzugul Umarovna — “TOP-100 Uni” loyihasi rahbari, “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti eksperti;
4. Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li — Andijon shahridagi “Wester Group RJ” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
5. Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
6. Tuksanov Parviz Abduraximovich — Buxoro shahridagi “Phoenix Academy” o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, SAT imtihonidan 1600 ball sohibi;
7. Ochilova Maftuna Omonjon qizi — Urganch shahridagi “Nurli hayot” MFY yoshlar yetakchisi, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi;
8. Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li — To‘rtko‘l tumanidagi “Navoiy” MFY yoshlar yetakchisi;
9. Adilova Farzona Alisher qizi — Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i;
10. Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi, IELTS 9 ball sohibi.
Davomini o‘qish...
👏Bu – yoshlarga bo‘lgan ishonch, mehnatga berilgan munosib e’tirof!
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇳O‘zbekiston – BMT: Yoshlar bilan ishlashda yangi bosqich
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiyasi AQShda bo‘lib, BMT vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlarda davomida o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni BMTning turli tuzilmalarida malaka oshirishlari va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Nyu-Yorkdagi BMT Bosh qarorgohida “Mahalla instituti” mavzusida konferensiya o‘tkazilib, mahallaning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shayotgani e’tirof etildi. Gender tengligi, bolalar huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi yutuqlar alohida ta’kidlandi.
Tashrif davomida Florida shtatida yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Al-Buxoriy Islom markazi faoliyati yuqori baholandi.
Bu tashriflar O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi rolini mustahkamlab, mahalladagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
@alisher_sadullaev
