fa
Feedback
XORAZM YOSHLARI

XORAZM YOSHLARI

رفتن به کانال در Telegram

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Ochiq muloqot va murojaatlar uchun; @yoshlarmurojaati @yoshlarmurojaati_bot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
45 637
مشترکین
-66424 ساعت
-1 1197 روز
+38 66130 روز
آرشیو پست ها
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan boshlangan “Yosh mobilograflar maktabi” doirasida Xorazm viloyati yoshlari uchun maxsus dron mutaxassisi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. 🎮Dars jarayonida ishtirokchilarga dron boshqaruvi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mutaxassis nazorati ostida ularning dronni amaliy tarzda boshqarib ko‘rishlari uchun sharoit yaratildi. ⭐️Ushbu mahorat darsi yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularda yangi tajriba va imkoniyatlar shakllanishiga xizmat qildi. 📸FOTOLAR @yoshlarxorazm
نمایش همه...
IMG_5540.MP414.88 MB
🔥 3❤‍🔥 2👍 2💯 1
00:48
Video unavailableShow in Telegram
🩸 Avval xabar berganimizdek, “Men donorman” haftaligi davom qilmoqda! Aksiya aholi, ayniqsa yoshlar orasida beg‘araz donorlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mehr-oqibat va jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan. Aksiya doirasida to‘plangan donorlik qoni muhtojlarga bepul yetkaziladi. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
IMG_5537.MOV17.51 MB
3👍 2❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kunfotosi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va sirdaryolik maktab o’quvchilari @yoshlarxorazm
نمایش همه...
👍 5 2🔥 1
01:39
Video unavailableShow in Telegram
🛑 Korrupsiya – jamiyat dushmani! ↪️U rivojlanishni to‘xtatadi, tenglikni buzadi va adolatga putur yetkazadi. ✔️Har birimiz shaffoflik, halollik va vijdon bilan harakat qilsakgina, korrupsiyasiz kelajakka erishamiz. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
Видео коррупция.mp44.85 MB
👍 1💯 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
😊 She’riyatga oshnolar uchun Mutolaa’da yangi kitob: Umar Xayyom ruboiylariUmar Xayyom ruboiylari — inson hayoti, vaqt va taqdir haqidagi chuqur falsafiy mulohazalarni ixcham va aniq ifodalaydi. Ularning uslubi sodda bo‘lsa-da, mazmuni teran va zamonlar osha o‘qiladigan darajada universal. Ruboiylar tafakkur, hushyorlik va hayotga ongli yondashuvni targ‘ib qiladi. 📚 Kitobni elektron formatda Mutolaa ilovasida o’qishingiz mumkin: havola 🤩 Bundan tashqari, 3000 dan ortiq kitoblarni elektron va audio formatda mutolaa qilishingiz mumkin! Mutolaa ilovasini yuklab oling @yoshlarxorazm
نمایش همه...
👍 2👏 1🫡 1
00:32
Video unavailableShow in Telegram
📚Urganch shahrida “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichlari o‘tkazildi 📸Foto Bugun Urganch shahrida “Kamolot” mahallasida yoshlar o‘rtasida bilim va savodxonlikni aniqlashga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar belgilangan badiiy asarlar asosidagi 25 ta test savoliga javob berishdi. 📖 Jarayon tartibli tashkil etilib, kitob mutolaasi va ishtirokchilarning umumiy bilim saviyasi baholandi. 🏆Eng yuqori ball to‘plagan yoshlar navbatdagi — hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
IMG_5517.MOV11.52 MB
❤‍🔥 3👍 2🎉 2
01:30
Video unavailableShow in Telegram
⚡️1 million dollar sarmoya olgan startaper Alisher Tojiev o‘zining HGT loyihasi uchun AKFA Group tomonidan 1 000 000 dollar, AloqaVentures tomonidan esa 50 000 dollar investitsiya jalb qildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan eng yaxshi g‘oyalarni bir maydonda jamlab, nomzodlarga investorlardan o‘zlari istagan miqdorda mablag‘ olishga imkon yaratmoqda. Loyiha tashkilotchilari — “Aloqabank” va “AloqaVentures”ga minnatdorlik bildiramiz. Ular yoshlarimiz uchun juda katta imkoniyatlarni yaratmoqda. @alisher_sadullaev
نمایش همه...
IMG_2128.MP432.78 MB
👍 1
نمایش همه...
3👍 3❤‍🔥 2
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Yoshlar tashkilotlari_murojaati 🇺🇿 Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi yoshlar va ota-onalar giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan. 🙋Hurmatli ota-onalar va yoshlar! ✔️Har bir oilaning eng bebaho boyligi – bu farzandlar. Ularning komil inson bo‘lib ulg‘ayishi esa ota-onalar va jamiyat zimmasidagi eng katta mas’uliyatdir. Bugungi davr yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga, ma’naviy yetuk shaxs sifatida shakllantirishni talab etmoqda. 🎓 Aziz talabalar! ✔️Sizning bilimga chanqoqligingiz, iroda va mustahkam hayotiy pozitsiyangiz – yurtimiz kelajagining poydevoridir. Har bir noto‘g‘ri qadam nafaqat sizning hayotingiz, balki oilangiz va atrofdagilarga ham ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun sog‘lom hayot tarzini tanlash, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va o‘zingizga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish eng muhim vazifangizdir. 🙋Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz bilan doimiy muloqotda bo‘ling, ularni tinglang va qo‘llab-quvvatlang. Ularning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun mehr-muhabbat, e’tibor va tushunish juda muhim. Yaxshi fazilatlarni singdirish, zararli illatlardan asrash – sizning eng ulkan burchingizdir. 🎓 Muhtaram ustozlar! ✔️Sizning tarbiyaviy ishingiz yoshlarimizning ma’naviy kamoloti va ijtimoiy shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Har bir dars, suhbat va maslahat orqali talabalar ongida sog‘lom fikr, mas’uliyat va to‘g‘ri yo‘lni tanlash tuyg‘usini mustahkamlashimiz kerak. Ularni o‘z farzandimizdek asrab-avaylab, yo‘l ko‘rsatish – umumiy burchimizdir. ✔️Keling, birlashaylik! Yoshlarimizning sog‘lom, baxtli va porloq kelajagi uchun birgalikda harakat qilaylik. Bizning jipslik, mehr-muhabbat va qo‘llab-quvvatlashimiz har bir yoshning ertangi kunini, shu bilan birga Yangi O‘zbekistonning ravnaqini ta’minlaydi. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
👍 2 1🔥 1
01:03
Video unavailableShow in Telegram
MEHNAT VA INTILISH — MUVAFFAQIYAT KALITI 🟢Mehnatsevar yoshlarimizning izlanishlari tufayli turli loyihalar kengayib bormoqda. ➡️ Mazkur videoda PQ–62-sonli qaror asosidagi imtiyozli kredit bilan bedanachilikni yo‘lga qo‘ygan yoshimizning mehnati aks etgan. Yoshlar yetakchisi loyiha haqida qisqacha ma’lumot beradi. 📊 Bu tashabbus yoshlarning mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, mehnat va qat’iyat bilan o‘z faoliyatini rivojlantirayotganini ko‘rsatadi. Bunday ibratli misollar boshqa yoshlarni ham harakatga undaydi. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
yoshlar daftari bedana.mp414.20 MB
👍 2❤‍🔥 1🔥 1
18:31
Video unavailableShow in Telegram
💬Uzoqdan izlangan baxt 🎬 Filmda xorijiy davlatlardagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarolarining ayanchli taqdirlari haqida hikoya qilinadi. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
Узоқдан изланган - бахт.mp479.79 MB
👍 1🔥 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎉TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO’LSIN! Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Inson resurslari bo‘yicha bosh mutaxassisi Abdullayev Axunjon Sadaddinovichni chin dildan tabriklaymiz! 🤝Sog‘lik, baxt va muvaffaqiyatlar doimo Siz bilan bo‘lsin! Hurmat bilan, Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi @yoshlarxorazm
نمایش همه...
3👍 3🔥 3🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 Startapchi yoshlar uchun yana bir imkoniyat! Endilikda ekologik startaplar saralashdan o‘tadi, pitch (taqdimot)ga professional tayyorlanadi va eng yaxshi startap uchun sarmoya ajratiladi. Bunda sizga startapingizni qanday qilib mukammal taqdim etish o‘rgatiladi. Agar taqdimot jarayonida o‘z g‘oyangizni aniq va ishonchli ko‘rsata olsangiz, loyihangizga real sarmoya jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. ⚡️ Yoshlar Ventures ekologik yo‘nalishdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “The Art of The Pitch” kursida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu albatta, bepul. 📅 Arizalar 9-dekabrgacha qabul qilinadi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola @yoshlarxorazm
نمایش همه...
👍 1🔥 1
02:20
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tib qo‘ying. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
IMG_5475.MP425.03 MB
1👍 1💯 1🫡 1
00:27
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi Jahon chempioni bo‘ldi! 27–30-noyabr kunlari Qohira shahrida Karate (WKF) bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. ⚡️Unda 19 yoshli Gulshan Alimardanova jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi sifatida Jahon chempioni bo‘ldi. ⚡️20 yoshli Abdullaxhob Rashidov esa bronza medalini qo‘lga kiritib, terma jamoamiz natijasini yanada mustahkamladi. Bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida qahramonlarimiz tantanali tarzda kutib olindi. Batafsil: gov.uz/yoshlar @yoshlarxorazm
نمایش همه...
Sportchi og'il qiz kutib olish TG.mp414.68 MB
🔥 3👍 1🎉 1
01:16
Video unavailableShow in Telegram
📚 “Kitob olami” kitoblar festivali 🆔 5–6 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Kitob olami” kitoblar festivali bo‘lib o‘tadi! O‘qing, o‘rganing va yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shing. 📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi @alisher_sadullaev
نمایش همه...
IMG_9831.MP46.67 MB
🔥 2 1👍 1
00:49
Video unavailableShow in Telegram
#Kitob_mutolaa 📚 Oltin zanglamas — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tomonidan 1963–1965-yillarda yozilgan roman. Ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan. 📚 Romanda urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatag‘onlarga duchor bo‘lgan halol va imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tarzda tasvirlangan. 📚 To‘liq o‘qish uchun 🔍 @yoshlarxorazm
نمایش همه...
MUTOLA 3.mp410.95 MB
👍 3🔥 3 2❤‍🔥 1🤩 1😍 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚠️ Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. @yoshlarxorazm
نمایش همه...
👍 1
01:16
Video unavailableShow in Telegram
#ijtimoiy_rolik 💵Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi! @yoshlarxorazm
نمایش همه...
IMG_5454.MP427.22 MB
🔥 3👍 2💯 2🫡 1