Sevgi She'rlari
رفتن به کانال در Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

12 722
مشترکین
-3624 ساعت
-1527 روز
-34830 روز
آرشیو پست ها
Jon!
Jon jon jon jon jon
Jon deb qilding qon
Bilsang ilon ham
Sendan mehribon
Umrimni yeding
Har balo deding
Avval boshidan
Zaharchamiding
Chayonsan chayon
Ko'zingdan ayon
Indamay turib
Chaqarsan yomon
Qara holimni
Ko'r ahvolimni
Dunyo ko'rmagan
Senday zolimni
Sochlaring dormi
Men senga zormi
O'ldiray deysan
Yo qasding bormi
Yo'q yo'q yo'q yo'q yo'q
Nigohlaring o'q
Sendayin tentak
Hech qayerda yo'q
Qiynaysan buncha
Lablari g'uncha
Sevib yashayman
Seni o'lguncha
Kuydirma olov
Qormisan qalov
Seni menchalik
Sevmaydi birov.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 20.12.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 7😍 7🥰 6👍 5🔥 1😁 1🥱 1💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
.🎧🎧🎧🎧🎧🎧🎧🎧⏰⏰🎧
𝑺𝑶‘𝒁 𝑼𝑺𝑻𝑨𝑺𝑰 🎤GULIBONU
🎙🎙🎙⏰
🌸 𝗕𝗮𝘆𝗿𝗮𝗺𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇 𝘆𝗮𝗻𝗮𝗱𝗮 𝘂𝗻𝘂𝘁𝗶𝗹𝗺𝗮𝘀! 🌸
🎀📞 БУЙУРТМА БЕРИЩ
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👉👉 @Tabrikchiiiiiiiii
👉👉 @Tabrikchiiiiiiiii
👉👉 @Tabrikchiiiiiiiii
👉👉 @Tabrikchiiiiiiiii
👉👉@Tabrikchiiiiiiiii
👋🎧🎧🎧🎧🎧🎧🎧🎧
GURUHIMIZ YANGILIGI SABABLI TABRIKLARIMIZ
AUDIOLI 1️⃣5️⃣ MING
VIDEOLI 2️⃣5️⃣ MING
CHETGA 3️⃣0️⃣ MING
❤ 7👍 6😍 3🥰 2
KЕTAYAPMIZ IKKI TOMON
Ishq ko‘ksiga joylab kamon,
Orzularni qildik armon.
Ketayapmiz ikki tomon —
Menga aytar gaping yo‘qmi?
Ustun keldi g‘urur va or,
Qovoqlardan yog‘dirdik qor.
Muhim emas kim aybdor —
Menga aytar gaping yo‘qmi?
Kechirmoqlik bo‘ldi og‘ir,
Ustimizdan kuldi taqdir.
Yolg‘onmidi bari, axir?
Menga aytar gaping yo‘qmi?
Keyin attang, deb yurmagin,
Peshonanga ko‘p urmagin.
Ayta qolgin, jim turmagin —
Menga aytar gaping yo‘qmi?
Rahming kelsa edi zora,
Ko‘p qiynaldi ishq bechora.
So‘ngi lahza, so‘ngi bora —
Menga aytar gaping yo‘qmi?
Maktuba Shaydo
21.12.2025 yil
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 15👍 5🥰 4🔥 2😍 1
Unutib qoʻymang.
Mehr berib oʻtkinchi shonu shuhratga,
Yolgʻonchi dunyo bu koʻnikib quymang.
Yozilib quyilgan har bir qismatga,
Oʻlim haqligini unutib qoʻymang.
Bir kun bayram deya bir kuni toʻylab.
Oʻtkinchi hislarni baxt deya kuylab.
Bugun bilan yashab bugunni oʻylab,
Erta borligini unutib qoʻymang.
Shukur qilib yashang har bir lahzaga.
Yordam qoʻlin choʻzing har bir kimsaga.
Balki sizda ortiq boʻlgan narsaga,
Kimlar zorligini unutib qoʻymang.
Koʻp erur hayotning turfa gʻavgʻosi.
Sizni aldab qoʻyar goʻzal ruyosi.
Shaytonga sherikning ikki dunyosi,
Albat xorligini unutib qoʻymang.
Javobi boʻladi qilgan ishining.
Bahori boʻlmaydi kelgan qoshining.
Gunohkor eng razil har bir kishining,
Qabri torligini unutib qoʻymang.
Shukur qilsangiz gar har lahza, damga,
Goho toʻqchilikka gohida kamga.
Tili-yu dili bir yaxshi odamga,
Hudo yorligini unutib qoʻymang.
Toʻgʻilgan bordiru yoʻqdir oʻlmagan.
Paymonasi bitib yoʻqdir toʻlmagan.
Shohlar ham dunyoga ustun boʻlmagan,
Oʻlim haqligini unutib qoʻymang.
✍ Sobitjon Eshtemirov.21.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 14👍 7😍 5🥰 4
00:06
Video unavailableShow in Telegram
Sizga tilaklarim👆👆
SIZGA KЕLAYOTGAN YANGI YILDA XUDDI SHUNDAY BARAKA OQIMI YOG‘DIRSIN INSHAALLOH❗️❗️❗️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
ClipDown_App_AQMwEO_JpFlMSUh9KN7yZXyrbL8ZC1c7oeC23295IYWqqnH8hq.mp41.35 MB
❤ 9👍 7🥰 6😍 3
00:24
Video unavailableShow in Telegram
𝑶𝑫𝑫𝑰𝒀 𝑺𝑶‘𝒁𝑳𝑨𝑹 𝑯𝑨𝑴 𝒀𝑼𝑹𝑨𝑲𝑨 𝒀𝑬𝑻𝑨𝑫𝑰
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑚𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑞𝑢𝑣𝑜𝑛𝑐ℎ 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑖𝑧❣️
🇹🇦🇧🇷🇮🇰🇱🇦🇷
✨🌙✨🌙✨
❗𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘 🎶
❗𝑽𝒊𝒅𝒆𝒐 𝑴𝒂𝒏𝒕𝒂𝒋 🎥
❗𝒀𝒂𝒏𝒈𝒊 𝒚𝒊𝒍 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊🎄
❗𝑹𝒂𝒔𝒎𝒍𝒂𝒓 🖼
❗𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊 ❤𝒎𝒂𝒌𝒕𝒖𝒃𝒊💌
𝑺𝒐‘𝒛 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒍𝒎𝒂𝒚 𝒒𝒐𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒂, 𝒃𝒊𝒛 𝒚𝒐𝒓𝒅𝒂𝒎 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒎𝒊𝒛.
𝒀𝒖𝒓𝒂𝒌𝒅𝒂𝒏 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝒔𝒐‘𝒛 𝒂𝒍𝒃𝒂𝒕𝒕𝒂 𝒚𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒂𝒅𝒊.
𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎 𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎𝑠𝑖𝑛𝑖𝑏𝑖𝑧 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑎𝑚𝑎𝑙𝑔𝑎 𝑜𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛𝑔🫴
+998996226995
+998996226995
@Elshod6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
5.83 MB
🥰 6👍 4❤ 3😍 3
00:09
Video unavailableShow in Telegram
🎊RAJAB OYI MUBORAK BO‘LSIN!🎊
🌸❄️ RAJAB oyida Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga go‘zallik, rizqimizga baraka bersin!
🤲 «Allohim! Rajab va sha’bon oylarida bizga baraka bergin va Ramazon oyiga yetkazgin». 🤲
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
8.10 MB
❤ 6👍 6🥰 4😍 4👏 1
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Assalomu Alaykum!
Dilga yaqin insonlarim❄️
❄️ Yakshanba kuningiz xayrli va fayzli bo‘lsin!!
❄️Umringizning yana bir qaytarilmas tongi muborak va xayrli bulsin!
❄️Allohim Xar bir qilayotgan xayrli ishingizdan, bosgan xar bir qadamingizdan rozi bo‘lsin.
❄️Topganingiz xalol boylik, qilgan ibodatlaringiz ajru savoblarga to‘la bo‘lsin!🤲
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.38 MB
👍 9❤ 6😍 5🥰 2💋 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
21 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
10.61 MB
👍 8❤ 6🥰 4😍 4🎉 2
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Xayrli tun🌙
Yaxshi yomon kunlarda,
Zim-zimiston tunlarda,
Har doim va har yerda,
Alloh bizni asrasin..!
Sizni qadrlaydigan do‘stlarga, yaxshilik ilinadigan yaxshilarga xamrox qilsin Allohim..!
Tuningiz osuda o‘tsin azizlar!🌙
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
f2797670-c086-44e4-b705-5e5d47dd34bd.mp41.67 MB
👍 8🥰 6😍 5❤ 2👏 2
📝Kim online bölsa omadi kelibdi)
Faqat 5ta qizga joy bor tez ulanib olamiz öchiraman 🖤🤩👇
┏━━━━━━━━━━━━━━┓
彡👉🏻💕 K I R I SH 💕👈🏻彡
┗━━━━━━━━━━━━━━┛
❤ 7🥰 5👍 3😍 2
QIZ TOPOLMAY YURGAN YIGITLAR
(hazil)
Shoh davr deb boydoqlik davri,
Rosa davrin surgan yigitlar,
Kelganida uylanish payti,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
Tinmas edi telefoningiz,
Qizlar bilan har bir oningiz,
Endi nima kechdi xolingiz,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
Gaplashishga koʻp edi,koʻproq,
Biri goʻzal,birisi quvroq,
Uylanishga kelganda biroq,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
U daryolar hech oqmas endi,
Suluv qizlar ham boqmas endi,
Tolni tepsa qiz yogʻmas endi,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
Kun sanaydi barmogʻi bilan,
Qiz ovlolmas qarmogʻi bilan,
Dardlashadi oʻrtogʻi bilan,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
Bir joningiz ogʻriydi tanda,
Goʻzal qizlar qilganda xanda,
Dunyo shunday bir kam ekanda,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
Qani sevgi,qani muhabbat,
Hijron,firoq qoldi-ku faqat,
Taqdiringizni toparsiz albat,
Qiz topolmay yurgan yigitlar.
✍Xurshid Karim
YAQINLARGA ULASHING 👇
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
❤ 11👍 7🥰 6😍 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Шеъриятга қизиқасизми?
Унда бу канал айнан сиз учун.
Шоир ЖЎРАБEК РЎЗИЕВИЧ қалбдан чиққан гўзал сатрлари, ҳаётий воқеалари!
Каналга обуна бўлинг👇
https://t.me/sabrim_05
👍 10❤ 9😍 5🥰 3
Обуна бўлиш
Qadrim osmon oy debsiz,
Otam puldor boy debsiz.
Meni g‘irrom yengibsiz,
Yashang endi Malikam.
Mehrim ko‘zda dedingiz,
Biram yaxshi edingiz.
Boyga moslab didingiz,
Yashang endi Malikam.
Dilga qazib tor qabr,
Berdingiz menga jabr.
Sevgimni qumsab axir,
Yashang endi Malikam.
Yayrab buying quynida,
Mag‘lubsiz ishq o‘ynida.
Katta hovuz buyida,
Yashang endi Malikam.
Havasdan qurib bino,
Yarating shunday kino.
Bosh rol sizda immino,
Yashang endi Malikam.
Yaxshi yolg‘on rostida,
Patrul posting ostida.
Baland yerning ustida,
Yashang endi Malikam.
Shonu-shuhrat yonida,
Ajib kuylar fonida.
Yerning turt tomonida,
Yashang endi Malikam.
Osmon senga ta’zimda,
Sog‘inch yo‘q arazimda.
Er yigitlik labzimda,
Yashang endi Malikam.
Soxta yuzli yolg‘onim,
Boy bag‘rida boy xonim.
So‘nggi shartli imkonim,
Baxtli yashang Malikam.
Boymirzayev Eshmamat
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🥰 9❤ 7😍 6👍 5🔥 1👏 1
Lolaqizgʻaldoq.
Bir kun she’rlarimsiz, yolg’iz qolarman
Balki yetib borar senga bu nolam
Bergan va’damdan ham tonib qolarman
Kelin qidirmoqda, mening ham onam
Netay tag’dir ekan, erta ayrilmoq
Lola, lolajonim, lola qizg’aldoq.
Ko’z yosh qilib ortga qaytmagin endi
Bizning yo’llarimiz bugundan ayro
Ortiq yolg’onlaring aytmagin endi
Chora yo’q, ko’z yoshing bo’lsa ham daryo
Nima ham qilardim, bo’ynimda sirtmoq
Lola, lolajonim, lola qizg’aldoq.
Men hali toʻymadim, sevgi tamiga
Qancha totsam yana soʻragim kelar
Mehring tortib ketdi, yerning qariga
Sevgimni qogʻozga oʻragim kelar
Yana she’r yozyabman, qoʻlimda titroq
Lola, lolajonim, lola qizgʻaldoq.
Baxor, yozdan keyin ajib kuz fasli
To’yimga aytaman, kelasanmi yo’q
Qulagay, bizning ham sevgimiz qasri
Lek yonar yurakda, ishqim degan cho’q
Sevgimiz yo’lida, men bo’ldim cho’loq
Lola, lola jonim, lola qizg’aldoq.
Toʻyimda koʻrinding, qarshimda kulib,
Yonimda sen emas, nega begona.
Hamon olmoqdasan yurakni yulib,
Men uchun toʻy emas, bu yer gʻamxona.
Manga nasib qilsin, baxtingni koʻrmoq,
Lola, lolajonim, lolaqizgʻaldoq.
Oppoq libos kiygan, yorimga qara
Koʻzingni yoshlama, darding ichga yut
Ajib oʻtib borar, toʻyu tantana
Endi begonaman, sen meni unut
Menga armon boʻldi, vaslingga yetmoq
Lola, lolajonim, lola qizgʻaldoq.
@Janob_xurshid she’ri (mualliflik huquqi himoyalangan)
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 11👍 6🥰 5😍 5💔 3🔥 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yashayotgan eding mudom hayolda
Huvillab qolganga oʻxshaydi koʻngil
Hech bolmasa eslab turardim kunda
Endi hayolda ham yod etmaydi dil
Quvonardim ba‘zan yod etib jondan
Tasavvurla seni bagʻrimga bosib,
Senga yetmoq huddi kechmoqdir qondan,
Taqdir hursanddir-a, etib benasib.
Mayli kechar edim qonimdan,lekin
Otam soʻzlaridan kecha olmadim,
Men seni jonimdan sevdim, sen bilgin
Bir lahza yodingni dildan qoʻymadim.
Kongilni ovlamoqqa etdilar jazm
Qancha inson keldi karvon saroydek
Shunda hamki hayolda sen bilan bazm
Yuragim ochilmas oʻzgasiga,berk
Endi haqqim yoʻqdir eslashga hatto
Xotiralar barin yurakka koʻmdim
Taqdir uchrashtirdi bizlarni hato
Ilojsiz koʻz yoshim ichimga yutdim
So'nggi soʻz,aytmoqqa bormi imkonim
Senga dunyolarcha baxtlar tilayman
Doimo sogʻ boʻlgin, armonim,jonim
Shu bilan so'zimga yakun yasayman...✍
✏️Solnishka🫠
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 10👍 8😍 5🥰 3💔 2🔥 1👏 1
00:37
Video unavailableShow in Telegram
Ражаб ойида қилинадиган дуо 🤲
https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy
☝️Обуна бўлишни унутманг!
14.44 MB
🥰 7👍 5😍 5❤ 4🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Men uchun shu qadar muhimsan bilsang,
Hayotda borliging umid baxt berar.
Hotirjam bo‘laman yonimda bo‘lsang,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.
Qiynamas yolg‘izlik qiynamas firoq,
Qo‘rqmayman tanimni bosmaydi titroq,
Meni tushunasan o‘zimdan ko‘proq,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.
Qayg‘ular eshigin qo‘yganman yopib,
G‘amlar yetolmaydi ortimdan chopib,
Ertangi kunimga o‘zda kuch topib,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.
Dardimga davodir har bitta so‘zing,
Zulmatim yorishar kulganda yuzing
Quvonchim o‘zinsan ishonchim o‘zing,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.
Sen sabab to‘xtadi ko‘zimdan namlar,
To‘kisman bilinmas mendagi kamlar,
Nolimay kunimga tutmay motamlar,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.
Muallif: Komila Qiz.✍
Muallif huquqi himoyalangan.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🥰 9❤ 8😍 4👍 2👌 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
ONASI BORNING
G‘amim bisyor desa,ishonmang,
Baxti bordir onasi borning,
Hech yo‘qsa bir inson oldida,
Qadri bordir onasi borning.
Yo‘llariga mushtoq qarovchi,
Horib kelsa boshin silovchi,
Non so‘rasa, jonin beruvchi
Mardi bordir onasi borning.
Bo‘lsa hamki uyda,ko‘chada,
Turfa taom yutsa nechada,
Dasturxonning bitta burchida
O‘rni bordir onasi borning.
To‘lsa, to‘lar to‘kilmas sira,
Qoqilsa ham, yiqilmas sira,
Dunyolardan o‘kinmas sira,
Sabri bordir onasi borning
Umr -g‘amgoh,ming tashvish o‘tar,
Goh yutkazar, gohida yutar,
Boshin qo‘ysa,dardin aritar
Ko‘ksi bordir onasi borning.
G‘arib emas, nochor emas u,
Shahanshohdir, malikadir u,
Mushtiparin ko‘nglida mangu
Taxti bordir onasi borning.
G‘amgusordir mehribon ona,
Sadoqatda tanho, yagona,
Yaratgandan cheksiz shukrona
Qarzi bordir onasi borning.
G‘amim bisyor desa,ishonmang,
Baxti bordir onasi borning,
Hech o‘ylanmay jonini berar
Mardi bordir onasi borning!..
© Farida Yunusova
Yaqinlarga Ulashing.. 🌸
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
oQJme1hRmIL9ELGBimxQ0VBwiDfQABhDXEk23H.mp43.86 MB
❤ 13🥰 5👍 4😍 2🕊 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#Бисмиллах
Duoi salomlari ila tonglarga fayz baxsh etgan YAXSHILARIM!
ASSALOMU ALAYKUM !!! 🫶
⛅️ Fayzli shanba tongi muborak bo‘lsin!!!
Yangi kun barchamiz uchun xayrli, xush diydor va xush xabarlarga boy bo‘lsin.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
4.56 MB
❤ 7👍 6🥰 4😍 4💋 1
